Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 14.11.1997 yildagi 512-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1997-YILNING 9 OYIDA OʻZBEKISTON IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISh YAKUNLARI VA ISLOHOTLARNING BORIShINI BAHOLASh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, 1997-yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning ustuvor yoʻnalishlarini, inson manfaatlarini taʼminlash borasidagi chora-tadbirlar dasturining, shuningdek hukumatning boshqa qarorlarining roʻyobga chiqarilishi joriy yilda makroiqtisodiy barqarorlikka erishishni, iqtisodiyotning oʻsishini, aholi farovonligining oshishini taʼminladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joriy yilning 9 oyida yalpi ichki mahsulot 4,9 foizga koʻpaydi. Sanoat mahsulotlari (106,3%), qishloq xoʻjaligi mahsulotlari (112,7%) ishlab chiqarish, kapital qoʻyilmalar (116,7%), tovar oboroti (110,3%), pulli xizmatlar (122,5%) hajmi oʻsdi. Inflatsiya darajasi keskin pasaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yigʻma budjet taqchilligi belgilangan koʻrsatkichlar doirasida boʻldi. Mamlakat boʻyicha xarajatlardagi naqd pul emissiyasi ulushi belgilangan koʻrsatkich — 15,3 foiz oʻrniga 8,6 foizni tashkil etdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga budjetga muddatida toʻlanmagan toʻlovlar summasi koʻpligicha qolmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekyengilsanoat” va “Oʻzkimyosanoat” uyushmalari tizimidagi zarar koʻrib ishlayotgan korxonalar soni kamaymayapti. “Oʻzmashsanoat”, “Oʻzeltexsanoat” uyushmalari, “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi korxonalarida sotilmay qolgan mahsulotlarning qoldiqlari yuqoriligicha qolmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasida, Namangan, Buxoro, Samarqand, Xorazm viloyatlarida qurilish qiymatining asossiz ravishda qimmatlashishi hollari mavjud.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzkimyosanoat” uyushmasi, “Oʻzmetkombinat” birlashmasi, Oʻzbekbirlashuv, “Maxsusqotishma” respublika tashkiloti tomonidan markazlashtirilgan eksport topshiriqlarining bajarilishi taʼminlanmayapti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, bir qancha viloyatlar va tumanlar hokimliklari tomonidan paxta ekishni tashkil etish, agrokimyo tadbirlarini oʻtkazishda, hosilni yigʻib-terib olishda jiddiy kamchiliklarga yoʻl qoʻyilgan. Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand viloyatlarida va bir qancha mintaqalarda kuzgi boshoqli don ekinlari ekishning belgilangan muddatlari kechiktirib yuborilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning joriy yilga belgilangan ustuvorliklariga erishish, inson manfaatlarini taʼminlash borasidagi chora-tadbirlar dasturini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, birlashmalar va korxonalar rahbarlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1997-yilga belgilangan respublika va hududiy dasturlarning, shuningdek, tarmoqlar ishlari prognoz koʻrsatkichlarining bajarilishini taʼminlovchi zarur chora-tadbirlar koʻrsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joriy yilning noyabr-dekabr oylari mobaynida ishlab chiqariladigan mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar)ni yetkazib berish, shuningdek isteʼmolchilarning amalda toʻlovga qodirligidan kelib chiqqan holda zarur moddiy-xomashyo resurslari sotib olish yuzasidan 1998-yil uchun shartnomalar (kontraktlar) tuzilishini tashkil etsinlar. Shartnomalar tuzishni sugʻurta kompaniyalari ishtirokida amalga oshirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Soliq va toʻlov intizomini mustahkamlash Hukumat komissiyasi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning budjetdan mablagʻ bilan oʻz vaqtida taʼminlanmaganliklari tufayli vujudga kelgan budjetga muddatida toʻlanmagan toʻlovlar tarkibini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi masalani, ularni qoʻshilgan penyalarni toʻlashdan ozod qilgan holda, bir oy muddatda koʻrib chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Markaziy banki, "Oʻzdonmahsulot" davlat korporatsiyasi bilan birgalikda qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan topshirilgan boshoqli don va sholi uchun 1997-yil oxirigacha ular bilan hisob-kitoblarni tugallasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda soliq toʻlovchilar tomonidan soliqlarning bir turi boʻyicha ortiqcha toʻlangan summalarni muddatida toʻlanmagan toʻlovlarning boshqa turlarini qoplashga oʻtkazish tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsin va joriy qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi 1998-yil investitsiya dasturi doirasida qurilishlarning aniq roʻyxatiga mablagʻ bilan taʼminlashning aniq manbalari bilan taʼminlangan faqat ustuvor obyektlarni kiritish yoʻli bilan tugallanmagan qurilish hajmlarini qisqartirish chora-tadbirlarini nazarda tutsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1998-yildan boshlab markazlashtirilgan kapital mablagʻlar hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadigan obyektlarning aniq roʻyxatlarini shakllantirishda hisobga olingan belgilangan oʻrtacha narxlar boʻyicha qurish tartibini belgilasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida va viloyat markazlarida, eksperiment tariqasida, markazlashtirilgan kapital mablagʻlar hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadigan yangidan boshlanayotgan obyektlar boʻyicha qurilish-montaj tashkilotlarini tender asosida belgilasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda taʼsis shartnomalarida eksport mahsulotlari (tovarlar va xizmatlar) ishlab chiqarish nazarda tutilgan qoʻshma korxonalar ishini 1997-yil oxirigacha tahlil qilib chiqsin va ularning eksport dasturlarini roʻyobga chiqarishda yordam koʻrsatish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 1998-yil uchun eksport va import prognozini ishlab chiqsinlar va joriy yilning 20-noyabriga qadar Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi emitentlar tomonidan oʻz aksiyalarining sotib olinishi va ulardan foydalanish “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunga muvofiqligini tahlil qilsin. Tahlil natijalarini va koʻrilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida axborotni 1997-yil 31-dekabrgacha Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosarlari, tegishli komplekslar rahbarlari zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1997-yil 14-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
512-son