Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Huzurida tarmoq ilmiy-texnik kengashlari faoliyat koʻrsatuvchi investitsiya loyihalari tashabbuskorlari boʻlgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi organlar, tashkilotlar roʻyxatiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suv tizimini yanada takomillashtirish hamda sohadagi investitsiya loyihalari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 25-sentabrdagi PF-6074-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-maydagi 285-son qarori bilan tasdiqlangan Huzurida tarmoq ilmiy-texnik kengashlari faoliyat koʻrsatuvchi investitsiya loyihalari tashabbuskorlari boʻlgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi organlar, tashkilotlar roʻyxatining rus tilidagi matni quyidagi mazmundagi 252-band bilan toʻldirilsin:
“252. AO “Oʻzsuvtaʼminot”.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 7-mart,
95-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2022-y., 09/22/95/0187-son)