02.03.2022 yildagi PQ-150-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 03.03.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-iyuldagi “Yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6260-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirish, yoshlarni vatanparvarlik, milliy anʼana va qadriyatlarimizni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, maʼnaviy yetuk va jismonan sogʻlom barkamol avlodni voyaga yetkazish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi va Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzurida “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakatini (keyingi oʻrinlarda — “Vatan tayanchi” harakati) tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalarida boshqarma boshligʻining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlarida boʻlim boshligʻining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari lavozimlarini joriy etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar “Vatan tayanchi” harakatining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻsib kelayotgan yosh avlodni Vatan taqdiriga daxldorlik, maʼnaviy-axloqiy, milliy va umuminsoniy qadriyatlar hamda qonunlarimizga nisbatan yuksak hurmat ruhida tarbiyalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
erkin fikrlaydigan, mustahkam bilimli, jamiyatda munosib mavqeyini egallash qobiliyatiga ega, mustaqil qaror qabul qilishga qodir, mamlakatining, xalqi va oʻz oilasining farovonligi va yanada rivojlanishi orzusida boʻlgan vatanparvar yoshlarni tarbiyalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchi-yoshlarni tuzilayotgan otryad atrofida birlashtirish va jipslashtirish, ular orasida harbiy-vatanparvarlik, oʻquv-tarbiyaviy tadbirlarni amalga oshirishda asosiy tashkilotchi sifatida faoliyat yuritish, oʻquvchilarda oʻqish va intizom boʻyicha yuqori natijalarga erishishga ishtiyoqni uygʻotish hamda ularga oʻrnak boʻlish uchun faol harakat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat umumtaʼlim maktablar oʻquvchilarini odob-axloq, Vatanga sadoqat va oʻziga qatʼiy ishonch ruhida tarbiyalash, oʻqishi, intizomi va jismoniy koʻrsatkichlari past oʻquvchilarga yuqori natijalarga erishishda koʻmaklashish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat umumtaʼlim maktablarida oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchilarni turli xavfli gʻoyalar va tashqaridan “ommaviy madaniyat” niqobi ostida kirib kelayotgan salbiy taʼsirlardan himoya qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati davlat muassasasi boʻlib, uning asosiy taʼsischisi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vatan tayanchi” harakati oʻz maqomiga, Qurolli Kuchlar xizmatchilari (harbiy xizmatchilar) mehnatiga haq toʻlash (pul taʼminoti) shartlariga koʻra davlat boshqaruvi organi — Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi markaziy apparatining mustaqil boʻlimiga tenglashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vatan tayanchi” harakati xodimlarining asosiy tarkibi Mudofaa vazirligi qoʻshinlari umumiy cheklangan shtat birliklari doirasida tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari “Vatan tayanchi” harakati faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vatan tayanchi” harakatining Qurolli Kuchlar xizmatchilari (harbiy xizmatchilar) mehnatiga haq toʻlash (pul taʼminoti) Mudofaa vazirligiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan har yili ajratiladigan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vatan tayanchi” harakatining faoliyatini samarali tashkil etish uchun yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakatini rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat umumtaʼlim maktablarida chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani oʻqituvchisi rahbarligida tarkibi 20 nafar 10-11-sinf oʻquvchilaridan iborat boʻlgan “Vatan tayanchi” otryadlari tuziladi va ularning faoliyati “Vatan tayanchi” harakati tomonidan muvofiqlashtirib boriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vatan tayanchi” otryadlariga davlat umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari ixtiyoriylik asosida aʼzo boʻladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vatan tayanchi” harakati huzurida Vasiylik kengashi, uning hududiy boʻlimlari va boʻlinmalari huzurida esa muvofiqlashtiruvchi kengashlar tuziladi, ularning tarkibiga Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi va Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining vakillari kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakatining tashkiliy tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish boʻyicha dasturlar, “yoʻl xaritalari” doirasida belgilangan tartibda ajratiladigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vatan tayanchi” harakatining vaqtincha boʻsh mablagʻlarini davlat ulushi boʻlgan tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan tushadigan tushumlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari, shuningdek, boshqa xorijiy donorlarning grantlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilansinki, Jamgʻarma mablagʻlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) “Vatan tayanchi” harakatining alohida hisobvaragʻida jamlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) quyidagi maqsadlar uchun sarflanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchi yoshlarga har tomonlama taʼlim-tarbiya berish maqsadida umumtaʼlim maktablarda amaliy va texnik yoʻnalishdagi toʻgaraklar faoliyatini yoʻlga qoʻyish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vatan tayanchi” harakatini saqlash, uning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish va mustahkamlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davra suhbatlari, konferensiyalar, amaliy mashgʻulotlar, treninglar, shuningdek, madaniy-maʼrifiy, ommaviy-madaniy va boshqa tadbirlar oʻtkazish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi, Mudofaa vazirligi va harbiy-maʼmuriy sektorlar rahbarlari bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat umumtaʼlim maktablarida “Vatan tayanchi” otryadlari faoliyat yuritishi uchun tegishli shart-sharoitlarni yaratsin va har tomonlama qoʻllab-quvvatlab borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vatan tayanchi” otryadlarining faoliyati doirasida tegishli tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha davlat umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarining ijtimoiy faolligi oshirilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) “Vatan tayanchi” otryadlarining aʼzolari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vatan tayanchi” harakati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi hisobidan faoliyatining oʻziga xos xususiyatlari aks ettirilgan emblema bilan taʼminlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davra suhbatlari, konferensiyalar, amaliy mashgʻulotlar, treninglar hamda madaniy-maʼrifiy, ommaviy-madaniy va boshqa tadbirlarda qatnashish uchun bir hududdan boshqa hududga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tizimidagi harbiy qism, muassasalar va harbiy poligonlarga yuborilganda, Jamgʻarma hisobidan oziq-ovqat bilan “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylarining oʻquvchilari uchun belgilangan meʼyorlarga muvofiq taʼminlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalari, tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlari boshliqlarining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari bir vaqtning oʻzida tegishlicha “Vatan tayanchi” harakatining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlimlari hamda tuman (shahar) boʻlinmalari boshliqlari hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vatan tayanchi” harakatining faoliyatida faol ishtirok etgan hamda davlat umumtaʼlim maktabini aʼlo baholar bilan tamomlagan har bir “Vatan tayanchi” otryadining bir nafar aʼzosiga Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadigan tanlab olish tartibiga muvofiq oliy harbiy taʼlim muassasasiga oʻqishga kirish uchun imtiyozli tavsiyanoma beriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vatan tayanchi” harakatining tegishli tavsiyanomalariga ega boʻlgan “Vatan tayanchi” otryadi aʼzolari respublika oliy harbiy taʼlim muassasalarining tegishli taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishga kirishda test sinovlari natijalariga koʻra toʻplagan ballarining 5 foizi miqdorida qoʻshimcha ball shaklida imtiyozga ega boʻladilar;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vatan tayanchi” harakati tomonidan respublika oliy harbiy taʼlim muassasalariga kirish uchun berilgan tavsiyanomalar berilgan sanadan boshlab uch yil mobaynida amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Xalq taʼlimi vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda “Vatan tayanchi” otryadlari aʼzolari uchun emblemaning yagona namunasini ishlab chiqib, tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston Milliy axborot agentligiga “Vatan tayanchi” harakati faoliyatini hamda harakat tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati” davlat muassasasi ustavini ishlab chiqib, tasdiqlasin va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilikka ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov, Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri B.N. Kurbanov va Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri B.O. Saidov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 2-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-150-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-martdagi PQ-150-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakatining tashkiliy
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

“Vatan tayanchi” harakati Markaziy apparati

Harakat rahbari

1 (1-0-0)

Harakat rahbari yordamchisi

1 (0-1-0)

Bosh mutaxassis

1 (0-0-1)

Bosh mutaxassis

1 (0-0-1)

“Vatan tayanchi” harakatining hududiy boʻlim va boʻlinmalari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalari boshliqlarining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari — “Vatan tayanchi” harakatining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlimlari boshliqlari*

2 (1-0-1)

jami 14 ta boʻlim

Tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlari boshliqlarining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari — “Vatan tayanchi” harakatining tuman (shahar) boʻlinmalari boshliqlari**

2 (0-0-2)

jami 188 ta boʻlinma

“Vatan tayanchi” harakatining almashuvchi tarkibi

Davlat umumtaʼlim maktablari chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani oʻqituvchisi rahbarligidagi “Vatan tayanchi” otryadlari

(20 nafar oʻquvchidan iborat)

jami 9 942 ta otryad

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Boʻlimlar ishiga Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi hududiy kengashi Harbiy qismlardagi yoshlar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi ham jalb etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** Boʻlinmalar ishiga Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi tuman (shahar) kengashi raisi ham jalb etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Qavs ichidagi 1 — ofitserlar; 2 — serjantlar, 3 — Qurolli Kuchlar xizmatchilari.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2022-y., 07/22/150/0179-son; 25.10.2024-y., 07/24/369/0852-son)