31.01.2022 yildagi 1786-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining qarori, 31.01.2022 yildagi 1786-IV-son
Kuchga kirish sanasi
31.01.2022
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasining 2021-yildagi faoliyati toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasining (bundan buyon matnda Qoʻmita deb yuritiladi) 2021-yildagi faoliyati yuzasidan axborotini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi taʼkidlaydiki, hisobot davrida Qoʻmita tomonidan qonun ijodkorligi faoliyati samaradorligini oshirish, qonun loyihalarini tayyorlashda xalqaro tajribadan unumli foydalanish, shuningdek mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayotning muhim masalalari yuzasidan taʼsirchan parlament nazoratini oʻrnatishga eʼtibor qaratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobot davrida Qoʻmita oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarorlariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi va boshqa qonun hujjatlariga asosan amalga oshirgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻtgan davr mobaynida Qoʻmita axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish, fuqarolarning axborot sohasidagi huquqlarini himoya qilish va qonuniy manfaatlarini taʼminlash hamda Oʻzbekistonda faoliyat yuritib kelayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan 8 ta qonun loyihasiga masʼul etib belgilandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi, “Noshirlik faoliyati toʻgʻrisida”gi va “Reklama toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining qabul qilinishi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotini yanada liberallashtirish, tadbirkorlik sohasida ortiqcha byurokratik toʻsiqlarni kamaytirishga imkon beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kelib tushgan qonun loyihalarining 7 tasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan va 1 tasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda kiritilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita kelib tushgan qonun loyihalarini takomillashtirish, ularning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida 53 marotaba ishchi guruh yigʻilishi, 12 marotaba ekspertlar guruhi yigʻilishlari, qator davra suhbatlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining fikr va mulohazalarini oʻrganish maqsadida 3 marotaba fraksiyalararo munozaralar tashkil etgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari, parlament nazorati vakolati doirasida Qoʻmita tomonidan qonun hujjatlarining ijro etilishi holatini va huquqni qoʻllash amaliyotini joylarga chiqqan holda oʻrganish hamda qonunosti hujjatlarining qabul qilinishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish doirasida 13 ta nazorat-tahlil tadbiri oʻtkazilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, Qoʻmita qabul qilingan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini ijrochilarga va keng aholi qatlamlariga yetkazish, aholining huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida 3 ta davra suhbati, 11 ta seminar hamda 1 ta konferensiya oʻtkazgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholi bilan toʻgʻridan toʻgʻri muloqotni tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish, mazkur yoʻnalishda sifat jihatdan yangi va samarali tizimni yoʻlga qoʻyish borasida olib borilayotgan siyosatni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Qoʻmita tomonidan salmoqli ishlar amalga oshirilgan. Xususan, Qoʻmita Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2021-yil uchun moʻljallangan Ish rejasiga muvofiq har chorak yakunida davlat organlari rahbarlarining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarida koʻtarilgan masalalari qay darajada hal etilayotganligi boʻyicha hisobotlarini eshitib, tegishli qarorlar qabul qilgan. Qolaversa, hisobot davrida Qoʻmita aʼzolari jismoniy va yuridik shaxslar bilan toʻgʻridan toʻgʻri aloqalar oʻrnatib, ular tomonidan yoʻllangan jami 319 ta murojaat “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda koʻrib chiqilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qabul qilinayotgan qonunlarning mazmun-mohiyati, nazorat-tahlil tadbirlarining natijalari, seminarlar va davra suhbatlari ommaviy axborot vositalarida doimiy ravishda yoritib borilgan. Jumladan, hisobot davrida Qoʻmita aʼzolari tomonidan ommaviy axborot vositalarida jami 2 217 ta chiqish tashkil qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasining 2021-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun loyihalarini ishlab chiqish va maromiga yetkazishda, shuningdek nazorat-tahlil tadbirlarini oʻtkazishda doimiy ravishda keng jamoatchilik, soha mutaxassislari va ekspertlarni jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
parlamentning innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari sohasidagi oʻrni hamda vakolatlari yuzasidan ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish boʻyicha aniq takliflarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari sohasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti ijrosining borishi toʻgʻrisidagi masalalarni koʻrib chiqish, ushbu soha uchun ajratilgan mablagʻlarning maqsadli sarflanishi hamda ulardan samarali foydalanilishi yuzasidan davlat organlari va xoʻjalik boshqaruv organlari rahbarlarining axborotlarini eshitib borish amaliyotini davom ettirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning Qoʻmita nomiga yuborilgan murojaatlarida koʻtarilayotgan dolzarb muammolarni har tomonlama tahlil qilish, ularning yuzaga kelish sabablarini oʻrganish, koʻtarilgan masalalarga toʻliq yechim topish borasida mutasaddi vazirliklar, davlat qoʻmitalari hamda idoralar tomonidan koʻrilayotgan choralar ustidan taʼsirchan parlament nazoratini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat-tahlil tadbirlari doirasida qabul qilingan qarorlarning ijro etilishi holatini doimiy ravishda monitoring qilib borish va amaliyotda uchraydigan muammolarni bartaraf etish borasida mutasaddi vazirliklar, davlat qoʻmitalari hamda idoralar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar ustidan samarali parlament nazoratini olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita faoliyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish, shuningdek Qoʻmita tomonidan koʻrib chiqilayotgan qonun loyihalari va oʻtkazilayotgan nazorat-tahlil tadbirlarining mazmun-mohiyatini doimiy ravishda jamoatchilikka yetkazish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari A. Qodirov zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 31-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1786-IV-son