24.01.2022 yildagi 1772-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining Qarori, 24.01.2022 yildagi 1772-IV-son
Kuchga kirish sanasi
24.01.2022
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasining 2021-yildagi faoliyati toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasining (bundan buyon matnda Qoʻmita deb yuritiladi) 2021-yildagi faoliyati yuzasidan axborotini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi taʼkidlaydiki, hisobot davrida Qoʻmita tomonidan iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, bank-moliya sohasini liberallashtirish va Davlat budjeti tizimini isloh qilish kabi qator yoʻnalishlarning huquqiy poydevorini mustahkamlashga, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy hayotning muhim masalalari ustidan taʼsirchan parlament nazoratini oʻrnatishga alohida eʼtibor qaratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻtgan davrda Qoʻmitaning qonun ijodkorligi yoʻnalishidagi faoliyati koʻlami yanada kengaydi. 2021-yilda Qoʻmita jami 25 ta qonun loyihasiga masʼul boʻlgan boʻlsa, ulardan 23 tasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, maʼqullash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobot davrida Qoʻmitaning mamlakatimiz bosh moliyaviy hujjatini — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetini qabul qilish va uning ijrosini nazorat qilish borasidagi faoliyati ham sezilarli darajada jonlandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek qonun hujjatlari ijrosini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni Qoʻmita tomonidan nazorat-tahlil tartibida oʻrganish hamda davlat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining axborotini eshitishga alohida eʼtibor qaratildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, 2021-yilda Qoʻmita tomonidan jami 19 ta nazorat-tahlil tadbiri oʻtkazildi. Ulardan 16 tasi davlat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining axborotini eshitishga hamda 3 tasi qonunlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qarorlari ijrosini monitoring qilishga taalluqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga oʻtgan davrda Qoʻmita saylovchilar tomonidan koʻtarilayotgan masalalar va joylarda olib borilayotgan oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar hamda muammolarni tegishli mutasaddi rahbarlar bilan birgalikda hal etishga eʼtibor qaratdi. Qoʻmita tashabbusi bilan davlat boshqaruvi organlarining rahbarlariga 2 ta parlament soʻrovi yuborildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek hisobot davrida Qoʻmita tomonidan qonun loyihalari muhokamasi, olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini jamoatchilikka yetkazish, muhim tarmoq va sohalardagi mavjud muammolarni tahlil qilish hamda ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqishga bagʻishlangan qator tadbirlar oʻtkazildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, 2021-yilda Qoʻmita aʼzolari ishtirokida 125 ta ishchi guruh yigʻilishi, 5 ta davra suhbati, 7 ta seminar hamda 2 ta konferensiya oʻtkazildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobot davrida jismoniy va yuridik shaxslardan qoʻmita aʼzolari nomiga kelgan jami 526 ta murojaat “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda koʻrib chiqildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita faoliyati haqida keng jamoatchilikni oʻz vaqtida xabardor qilish, nazorat-tahlil tadbirlari yakunlari va qoʻmita masʼulligida koʻrib chiqilayotgan qonun loyihalarining mazmun-mohiyatini aholiga muntazam ravishda tushuntirish maqsadida ommaviy axborot vositalarida va ijtimoiy tarmoqlarda jami 3 285-marta chiqish qilindi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasining 2021-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita faoliyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish, shuningdek Qoʻmita tomonidan koʻrib chiqilayotgan qonun loyihalari va oʻtkazilayotgan nazorat-tahlil tadbirlarining mazmun-mohiyatini doimiy ravishda jamoatchilikka yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun loyihalarini ishlab chiqish va maromiga yetkazishda, nazorat-tahlil tadbirlarini oʻtkazishda doimiy ravishda keng jamoatchilikni, soha mutaxassislarini va ekspertlarni jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning Qoʻmitaga yuborilgan murojaatlarida koʻtarilayotgan dolzarb muammolarni har tomonlama tahlil qilish, ularning yuzaga kelish sabablarini oʻrganish, koʻtarilgan masalalarga toʻliq yechim topish borasida tegishli davlat organlari tomonidan koʻrilayotgan choralar ustidan taʼsirchan parlament nazoratini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qabul qilingan qonun hujjatlarining ijro etilishi holatini doimiy ravishda monitoring qilib borish va monitoring natijalarini Qoʻmitada muhokama qilib borish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari A. Xaitov zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari U. INOYATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 24-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1772-IV-son