O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 14-sentabrda birinchi o‘qishda qabul qilingan “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalash faoliyati to‘g‘risida”gi QL-812-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to‘g‘risida” degan yangi nom bilan ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqishga doir O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining taklifi ma’qullansin.