Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 20.10.1997 yildagi 480-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“ALOQA—DEU” O‘ZBEKISTON — KOREYA QO‘SHMA KORXONASINI RIVOJLANTIRISH VA UNING FAOLIYATI MASALALARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Ko‘chirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmog‘ini 2010-yilgacha bo‘lgan davrda rekonstruksiya qilish va rivojlantirish milliy dasturini bajarish, O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiyalar bozorini zamonaviy raqamli kommutatsiya tizimlari bilan to‘ldirish, vatanimizning eksportga mo‘ljallangan va importning o‘rnini bosuvchi sanoat ishlab chiqarishini yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi va Janubiy Koreyaning “DEU Telekom” firmasi tomonidan telekommunikatsiya asbob-uskunalarini yig‘ish bo‘yicha, keyinchalik butlovchi materiallarni joyning o‘zida ishlab chiqargan holda, “Aloqa-DEU" (Urganch shahri) qo‘shma korxonasi tashkil etilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ustav jamg‘armasi 6,5 mln. AQSH dollari, shu jumladan, O‘zbekiston tomoni ulushi 3,185 mln. AQSH dollari (49 foiz), Janubiy Koreya tomoni ulushi 3,315 mln. AQSH dollari (51 foiz) miqdorida belgilanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish binolari, inshootlar qurilishi, mahsulot ishlab chiqarish uchun texnologik liniyalarni montaj qilish nihoyasiga yetkazilganligi, mahsulot chiqarish boshlanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
imzolangan ta’sis shartnomasiga muvofiq Koreya tomoni qo‘shma korxona mahsulotining kamida 30 foizini eksportga sotish majburiyatini o‘z zimmasiga olganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi "O‘zeltexsanoat" uyushmasi bilan birgalikda 1997-yil IV choragi mobaynida kommutatsiya tizimlari ishlab chiqarishini, 2000-yilda uni 60 foizga yetkazishni nazarda tutgan holda, joyning o‘zida yo‘lga qo‘yish dasturini ishlab chiqsin va uning amalga oshirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. "Aloqa-DEU" qo‘shma korxonasi yetkazib beriladigan kommutatsiya tizimlari va telefon apparatlari turkumiga kiruvchi chetdan olib kelinadigan materiallar, butlovchi buyumlar, yordamchi asbob-uskunalar, ishlab chiqarishni tashkil etish va mahsulot chiqarish uchun zarur bo‘lgan texnologik asbob-uskunalar uchun boj to‘lovlari to‘lashdan 5 yilga ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi "Aloqa-DEU" qo‘shma korxonasi loyihalarini va butlovchi materiallarni joyning o‘zida ishlab chiqarish dasturlarini O‘zbekiston Respublikasining 1998-yilgi Investitsiya dasturiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi "Aloqa-DEU" loyihasi bo‘yicha ishga keluvchi xorijiy mutaxassislarga belgilangan tartibda ko‘p martalik kelish vizalari berilishini ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. "Aloqa-DEU" qo‘shma korxonasi masalalari bo‘yicha ishlash uchun keladigan xorijiy mutaxassislarga O‘zbekiston Respublikasi hududida yashash va transportning barcha turlarida yurishlari uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan tariflar bo‘yicha haq to‘lash huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi "Aloqa-DEU" qo‘shma korxonasini butlash uchun shartnoma asosida kadrlar tayyorlashni ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Xorazm viloyati hokimligi Janubiy Koreyalik mutaxassislar va ular oilasining uzoq muddat yashashlari uchun shart-sharoitlar yaratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari K.R.Rahimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1997-yil 20-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
480-son