28.12.2021 yildagi 782-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sariosiyo tumanida qurilish materiallari ishlab chiqarish salohiyatini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, hududda tadbirkorlik faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqarishni tashkil etishda investitsiyalarni faol jalb qilish, yangi raqobatbardosh qurilish materiallari ishlab chiqarishlarini va tadbirkorlik subyektlarini rivojlantirishni yanada qoʻllab-quvvatlash, aholining bandligi va daromadlarini oshirish hamda yangi ish oʻrinlari tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarning sanoat salohiyatini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 9-iyundagi PF-6244-son Farmoniga asosan qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan tumanlarda zarur yer uchastkalarini ajratgan holda, shu jumladan, “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB huzuridagi “PSB Capital” MCHJ investitsiya kompaniyasi ishtirokida, qurilish materiallari ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish maqsadida “kichik sanoat zonalari”ni tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Surxondaryo viloyati hokimligining Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani “Anorzor” MFY hududidagi Sariosiyo tumani hokimligi zaxirasida boʻlgan, qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan 10,0 gektar yer maydonida qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Anorzor” kichik sanoat zonasini (keyingi oʻrinlarda — “Anorzor” kichik sanoat zonasi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, “Anorzor” kichik sanoat zonasi hududidagi yer uchastkalari import oʻrnini bosuvchi va eksportga yoʻnaltirilgan gips buyumlar, temir-beton buyumlari, tabiiy boʻyoqlar, sendvich-panellar hamda boshqa turdagi qurilish materiallari ishlab chiqarish uchun tadbirkorlik subyektlariga “E-auksion” savdo maydonchasida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Anorzor” kichik sanoat zonasida investorlar bilan hamkorlikda “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB oʻzining investitsiya kompaniyasi “SQB Capital” masʼuliyati cheklangan jamiyati va uning ishtirokida taʼsis etilgan “SQB Construction” masʼuliyati cheklangan jamiyatlarga investitsiya kiritish orqali qurilish materiallari ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Kichik sanoat zonalarida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar va moliyalashtirish manbalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 18-dekabrdagi PQ-4929-son qarori bilan belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Surxondaryo viloyati hokimligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB bilan birgalikda bir oy muddatda “Anorzor” kichik sanoat zonasi hududida joylashtirish uchun taklif etilayotgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishning tarmoq jadvallarini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilish vazirligi bilan birgalikda kichik sanoat zonasida quriladigan obyektlar boʻyicha loyiha-smeta hujjatlari belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan oʻtkazilishi va qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi ustidan davlat nazorati oʻrnatilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov va Surxondaryo viloyati hokimi T.A. Bobolov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 28-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
782-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/782/1212-son)