28.12.2021 yildagi 780-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koronavirus pandemiyasi davrida tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki kredit liniyasini jalb qilish va undan foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koronavirus global pandemiyasining salbiy oqibatlariga qarshi kurashishda chet el kredit liniyalari mablagʻlaridan foydalanish hamda ular orqali tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy barqarorligini taʼminlash va faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, budjet, bazaviy infratuzilma va tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash uchun tashqi yordam mablagʻlarini jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 22-apreldagi PQ-4691-son qaroriga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi va “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyati milliy banki” aksiyadorlik jamiyati (keyingi oʻrinlarda — “Oʻzmilliybank” AJ) tomonidan Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankining (keyingi oʻrinlarda — OIIB) umumiy qiymati 200 mln AQSh dollariga teng kredit liniyasini jalb qilish boʻyicha dastlabki kelishuvlarga erishilgani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu kelishuvlarga koʻra, OIIBning kredit liniyasi davlat kafolati ostida bir nechta transhlar asosida, jumladan, har bitta transh 5 yil muddatga 2 yillik imtiyozli davr bilan, foiz stavkasi 6 oylik Libor plyus yillik 0,65 foiz, OIIBning 0,25 foiz boshlangʻich bir martalik tashkiliy komissiyasi va yillik 0,25 foiz kredit liniyasining foydalanilmagan qismi uchun hisoblaniladigan majburiyat komissiyasi bilan jalb qilinishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jalb qilinadigan mablagʻlar koronavirus pandemiyasi oqibatlaridan jabrlangan tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash va oʻz faoliyatini tiklashga, ularni aylanma mablagʻlar bilan taʼminlash va ishlab chiqarish quvvatlarini oshirishga, shu jumladan ishlab chiqarish, qishloq xoʻjaligi, ulgurji va chakana savdo, umumiy ovqatlanish va transport sohalaridagi loyihalarni moliyalashtirishga yoʻnaltirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Oʻzmilliybank” AJ OIIB tomonidan ajratiladigan kredit liniyasi boʻyicha qarz oluvchi hisoblanadi va unga OIIB kredit liniyasini jalb qilish boʻyicha tegishli qarz shartnomasini imzolash tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzmilliybank” AJga jalb qilinayotgan OIIB kredit liniyasining maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan masʼul ijro organi vazifasi yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzmilliybank” AJ OIIB tomonidan ajratiladigan kredit liniyasining maqsadli va samarali foydalanilishi, shu jumladan kredit hisobiga amalga oshiriladigan loyihalar (loyihaning samaradorligi, natijadorligi, kreditni toʻliq qaytarish muddatlari va loyiha qiymatlarini maqbullashtirishni koʻrsatgan holda) boʻyicha har chorakda Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzmilliybank” AJga OIIBning jalb qilingan mablagʻlarini qaytarish bilan bogʻliq xarajatlar, shu jumladan, foizlar, boshlangʻich bir martalik tashkiliy komissiya va majburiyat komissiyasi haqlarini toʻlash va boshqa xarajatlar boʻyicha toʻlovlar “Oʻzmilliybank” AJ mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga tuzilayotgan qarz shartnomasi boʻyicha “Oʻzmilliybank” AJning OIIB oldidagi kredit majburiyatlari yuzasidan belgilangan tartibda OIIB tomonidan talab etilgan shaklda davlat kafolatini berish vakolati berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolati uchun toʻlovlar qarzning qoldiq summasiga (qarzni qoplash jadvaliga muvofiq) yillik 0,5 foiz miqdorida belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi davlat kafolati yuzasidan OIIB tomonidan talab etilgan shaklda belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Oʻzmilliybank” AJga jalb qilinayotgan OIIBning kredit liniyasini jozibadorligini oshirish va mablagʻlarning foydalanish samaradorligini taʼminlash maqsadida, OIIB bilan kredit liniyasi jalb qilinishi va moliyalashtirish tartibi yuzasidan qoʻshimcha muzokaralar olib borilishiga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzmilliybank” AJga muzokaralar yakuni boʻyicha OIIB bilan tuzilishi moʻljallangan qarz shartnomasi shartlariga Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda oʻzgartirish kiritish vakolati berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 28-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
780-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/780/1211-son)