O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI TUZILMASIDAGI O‘ZGARIShLAR TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 20-maydagi 248-son “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining madaniyat, ommaviy axborot vositalari va turizm bo‘limi hamda ijtimoiy masalalar, fan va ta’lim bo‘limi tugatilib, ular negizida ijtimoiy masalalar, fan va madaniyat bo‘limi tuzilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 28-yanvar,
49-son