Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.03.2024 27.11.2021 yildagi 36-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.03.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy ishlarni kassatsiya tartibida ko‘rish bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 25-martdagi 10-sonli “Sudlar tomonidan iqtisodiy ishlarni apellyatsiya, kassatsiya tartibida ko‘rishning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganligi, sud amaliyotida masalalar kelib chiqayotganligi munosabati bilan hamda qonun normalarini bir xilda va to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining 22-moddasiga asoslanib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tushuntirilsinki, iqtisodiy ishlarning kassatsiya tartibida qayta ko‘rilishi birinchi va apellyatsiya instansiyasi sudlari hujjatlarining qonuniyligi va asosliligi, ular tomonidan moddiy huquq normalari to‘g‘ri qo‘llanilishini va protsessual qonun talablariga rioya etilishini ta’minlovchi muhim huquqiy institut hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi) 282-moddasiga muvofiq, birinchi instansiya sudining apellyatsiya tartibida ko‘rilgan hal qiluv qarori va apellyatsiya instansiyasi sudining qarori ustidan kassatsiya tartibida shikoyat qilish (protest keltirish) huquqi quyidagilarga tegishli:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
da’vogar, arizachi, javobgar, uchinchi shaxs, ularning vakillariga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taraflar va uchinchi shaxslarning huquqiy vorislariga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakiliga, tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida yuzaga keladigan iqtisodiy nizolar, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan nizolar bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarining himoyasida da’vo arizasi (ariza) bergan davlat organlari va boshqa shaxslarga (IPK 50-moddasining birinchi qismi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqida sud qaror qabul qilgan shaxsga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
prokurorga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishda ishtirok etuvchi shaxsning vakili, shu jumladan, advokat sud hujjati ustidan kassatsiya tartibida shikoyat qilishga, basharti bunday huquq vakolat beruvchi tomonidan berilgan ishonchnomada maxsus ko‘rsatilgan bo‘lgandagina haqli (IPK 63-moddasining ikkinchi qismi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishda ishtirok etuvchi shaxsning huquqiy vorisi tomonidan berilgan kassatsiya shikoyatiga huquq o‘tganligi faktini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Prokuror o‘zining ishtirokida ko‘rilgan ish bo‘yicha kassatsiya protesti keltirishga, prokuror ishtirokisiz ko‘rilgan ish bo‘yicha esa, taraflarning murojaati mavjud bo‘lganda kassatsiya protesti keltirishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Sudlarga tushuntirilsinki, IPK 50-moddasining birinchi qismiga muvofiq, davlat organlari va boshqa shaxslar (masalan, Savdo-sanoat palatasi, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari va h.k.) da’vo ular tomonidan taqdim etilgan holdagina sud hujjati ustidan kassatsiya tartibida shikoyat berishi mumkin, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qonunga muvofiq, kassatsiya shikoyati (protesti) apellyatsiya instansiyasi sudining qarori qabul qilingan kundan e’tiboran bir yil ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga beriladi (IPK 284, 285-moddalari).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. IPK 119-moddasining to‘rtinchi qismiga ko‘ra, kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddati apellyatsiya instansiyasi sudi qarori qabul qilingan kunning ertasidan boshlab hisoblanadi va mazkur muddat oxirgi oyining tegishli sanasida tugaydi. Bunda apellyatsiya instansiyasi sudi qarorining faqat xulosa qismi e’lon qilinishi kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddatini hisoblashga ta’sir ko‘rsatmaydi, biroq muddatni tiklash haqidagi iltimosnomani hal qilishda inobatga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar kassatsiya shikoyati (protesti) pochta orqali protsessual muddatning oxirgi kuni soat yigirma to‘rtga qadar jo‘natilgan bo‘lsa, muddat o‘tmagan hisoblanadi. Bunday holda kassatsiya shikoyati (protesti) berish sanasi aloqa xati qabul qilinganligini tasdiqlovchi konvertdagi shtamp, buyurtma xat qabul qilinganligi haqidagi kvitansiya yoxud boshqa hujjat bo‘yicha belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Kassatsiya shikoyati (protesti) berishning o‘tkazib yuborilgan muddati kassatsiya instansiyasi sudi sudyasi tomonidan manfaatdor shaxs iltimosnomasi bo‘yicha, basharti u kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddati o‘tgan kundan e’tiboran uch oydan kechiktirmay berilgan va muddat o‘tkazib yuborilishi sabablari uzrli deb topilgan bo‘lsa, tiklanishi mumkin (IPK 285-moddasining ikkinchi qismi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kassatsiya shikoyati (protesti) berishning o‘tkazib yuborilgan muddatini tiklash haqidagi iltimosnoma kassatsiya shikoyati (protesti) bilan birga beriladi. Ushbu protsessual muddatni tiklash haqidagi iltimosnoma bevosita kassatsiya shikoyatida (protestida) ko‘rsatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Shuni nazarda tutish lozimki, protsessual harakatlarni amalga oshirishga obyektiv to‘sqinlik qiluvchi holatlar uzrli sabablarga kiritilishi mumkin (masalan, favqulodda holatlar, suv toshqinlari, epidemiyalar, pandemiya, karantin, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqida sud qaror qabul qilgan shaxsning sud hujjatidan bexabarligi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik shaxs vakilining xizmat safarida, mehnat ta’tilida bo‘lishi, huquqshunosning bo‘lmasligi, vakilning yordami yoki davlat bojini to‘lash uchun pul mablag‘larining mavjud emasligi yuridik shaxs tomonidan kassatsiya shikoyati berish muddati o‘tkazilganligining uzrli sabablari sifatida ko‘rilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘tkazib yuborilgan kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddatini tiklash haqida IPK 285-moddasining ikkinchi qismida belgilangan uch oylik muddat o‘tkazib yuborilganidan keyin berilgan iltimosnomani qanoatlantirish rad etiladi. Agar kassatsiya shikoyati (protesti) berishning bir yillik muddatini tiklash rad etilgan bo‘lsa, kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish rad etilishi lozim (IPK 291-moddasi birinchi qismining 4-bandi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Kassatsiya shikoyati (protesti) berishning o‘tkazib yuborilgan muddatini tiklash haqidagi masala kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish masalasi ko‘rib chiqilayotganda muhokama qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muddat o‘tkazib yuborilganligi munosabati bilan kassatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish haqidagi ajrim ustidan IPK 306-moddasida nazarda tutilgan tartibda shikoyat (protest) berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. IPK 286-moddasida kassatsiya shikoyatining (protestining) shakli va mazmuniga doir talablar belgilanganligi sababli, sudya har bir holda kassatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxs tomonidan qonunda ko‘rsatilgan talablarga rioya qilinganligini tekshirishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuni inobatga olish kerakki, qonunga ko‘ra, kassatsiya shikoyati (protesti) va unga ilova qilingan hujjatlar nusxalarini ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuborish yoki topshirish kassatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxs zimmasiga kiritilgan bo‘lib, bu buyurtma xat yuborilganligi haqidagi kvitansiya, ular qabul qilinganligi haqidagi tilxat va boshqalar bilan tasdiqlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Qonunga ko‘ra (IPK 288-moddasi), kassatsiya shikoyatiga quyidagilar ilova qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boji va pochta xarajatlari to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga kassatsiya shikoyatining va unga ilova qilingan, ushbu shaxslarda mavjud bo‘lmagan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari yuborilganligini yoki topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kassatsiya shikoyati vakil tomonidan imzolangan taqdirda, uning imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kassatsiya protestiga ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga kassatsiya protesti va unga ilova qilingan, ushbu shaxslarda mavjud bo‘lmagan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari yuborilganligini yoki topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat, prokuror ishtirokisiz ko‘rilgan ish bo‘yicha tarafning murojaati ko‘chirma nusxasi ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish va apellyatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrim ustidan berilgan kassatsiya shikoyatiga (protestiga) qaytarilgan shikoyat (protest) va uni sudga taqdim etishda unga ilova qilingan hujjatlar ham ilova qilinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kassatsiya shikoyatiga davlat boji va pochta xarajatlari to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlarning asli ilova qilinishi kerak, to‘lov elektron tarzda amalga oshirilgan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayd etilgan talablarga rioya etmaslik shikoyatni IPK 292-moddasi birinchi qismining 2 — 4-bandlariga, protestni esa IPK 292-moddasi birinchi qismi 2-3-bandlariga asosan qaytarish uchun asos bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Shikoyatni imzolashda faksimiledan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar shikoyatni qabul qilishda sudyada shikoyatni imzolagan shaxsda ta’sis hujjatlariga muvofiq uni imzolash huquqi mavjudligi borasida shubha tug‘ilsa, sudya kassatsiya shikoyatini ish yuritishga qabul qiladi va arizachiga uning shikoyatni imzolashga vakolatini tasdiqlovchi dalillarni taqdim etishni taklif qiladi. Bunday dalil taqdim etilmaganda kassatsiya instansiyasi sudi shikoyatni IPK 295-moddasining birinchi qismiga asosan, ko‘rmasdan qoldiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Kassatsiya shikoyati bergan shaxs tomonidan davlat boji to‘lashning qonun bilan belgilangan tartibi va miqdorlariga rioya qilinganligi haqidagi masalani hal qilishda sudya “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 5-moddasining 2-bandi, 9-moddasi va qayd etilgan Qonunga ilova “Davlat boji stavkalarining miqdorlari”ga amal qilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat boji to‘lashni kechiktirish, bo‘lib-bo‘lib to‘lash haqidagi iltimosnoma sudya tomonidan kassatsiya shikoyatini qabul qilishda hal qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Tushuntirilsinki, kassatsiya instansiyasi sudi sudyasi kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ishni suddan talab qilib olishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishni talab qilib olish haqidagi masala sudya tomonidan kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrimda hal qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Kelib tushgan kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya instansiyasi sudining sudyasi tomonidan o‘rganib chiqiladi va u besh kunlik muddatda IPK 289-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish va ishni talab qilib olish to‘g‘risida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kassatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish to‘g‘risida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kassatsiya shikoyatini (protestini) o‘rganish natijalari bo‘yicha chiqarilgan ajrimning ko‘chirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ajrim chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Tushuntirilsinki, davlat organlari va boshqa shaxslarning kassatsiya shikoyatini ish yuritishga qabul qilish, agar ish ularning da’vo arizasi asosida qo‘zg‘atilgan bo‘lmasa, IPK 291-moddasi birinchi qismining 1-bandiga asosan, rad etilishi kerak, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil tomonidan tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida yuzaga kelgan nizo yuzasidan, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan nizo yuzasidan qabul qilingan sud hujjati ustidan berilgan kassatsiya shikoyatini ish yuritishga qabul qilish ham shu asoslar bo‘yicha rad etilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Kassatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin bo‘lmagan sud hujjati ustidan berilgan kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish IPK 291-moddasi birinchi qismining 2-bandiga asosan, rad etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunga ko‘ra, birinchi va apellyatsiya instansiyasi sudlarining quyidagi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishni yopiq sud majlisida muhokama qilish (IPK 11-moddasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘zini o‘zi rad qilish yoki sudya, prokuror, ekspert, mutaxassis, sud majlisi kotibi, tarjimonni rad qilish to‘g‘risidagi masalani ko‘rish natijalari (IPK 23-moddasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishni boshqa iqtisodiy sudga tegishliligi bo‘yicha o‘tkazish (IPK 39-moddasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa javobgarni ishda ishtirok etishga jalb etish yoki jalb etishni rad qilish (IPK 44-moddasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishga daxldor bo‘lmagan javobgarni almashtirish (IPK 45-moddasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishda ishtirok etishga uchinchi shaxslarni jalb qilish (IPK 47, 48-moddalari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mutaxassisni sud majlisida ishtirok etish uchun jalb qilish (IPK 57-moddasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dalillarni talab qilib olish va ularni turgan joyida ko‘zdan kechirish (IPK 69, 70-moddalari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ashyoviy dalillarni qaytarish (IPK 79-moddasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekspertiza tayinlash yoki ekspertiza tayinlash haqidagi iltimosnomani qanoatlantirishni rad etish (IPK 80-moddasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud topshirig‘i (IPK 91-moddasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud topshirig‘ining ijrosi (IPK 92-moddasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish yuritishni tiklash (IPK 106-moddasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
protsessual muddatlarni tiklash (IPK 123-moddasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
protsessual muddatni uzaytirish yoki uzaytirishni rad etish (IPK 124-modda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etish (IPK 134-moddasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud buyrug‘ini bekor qilish (IPK 147-moddasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
da’vo arizasini ish yuritishga qabul qilish va ish qo‘zg‘atish (IPK 153-moddasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
da’voning asosini yoki predmetini o‘zgartirishni, da’vo talablari miqdorini ko‘paytirishni yoki kamaytirishni, da’vogarning da’vodan to‘liq yoki qisman voz kechishini qabul qilish yoxud qabul qilishni rad etish (IPK 157-moddasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlarni birlashtirish (IPK 158-moddasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talablarning bir qismini alohida ish yuritishga ajratish (IPK 159-moddasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarshi da’voni qabul qilish (IPK 161-moddasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishni sud muhokamasiga tayyorlash (IPK 162-moddasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizalari va iltimosnomalarini hal etish (IPK 169-moddasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud muhokamasini keyinga qoldirish (IPK 171-moddasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish (IPK 267-moddasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani ish yuritishga qabul qilish (IPK 330-moddasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijro ishini yuritishni tiklash (IPK 346-moddasi) haqidagi ajrimlari ustidan kassatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunga ko‘ra, birinchi va apellyatsiya instansiyasi sudlarining ijro varaqasi (IPK 336-moddasi) ustidan ham kassatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish va kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish haqidagi ajrimda tegishlicha IPK 291-moddasining birinchi qismida hamda 292-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan aniq asoslar ko‘rsatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IPK 291 va 292-moddalarida nazarda tutilmagan asoslar bo‘yicha kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish yoki qaytarishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish yoki qaytarish to‘g‘risidagi ajrim bekor qilingan holda, u sudga dastlab taqdim etilgan kunda berilgan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Tushuntirilsinki, kassatsiya shikoyatida (protestida) uni imzolagan shaxsning familiyasi ko‘rsatilib, ismi yoki ismi va otasining ismi ko‘rsatilmaganligi shikoyatni (protestni) IPK 292-moddasi birinchi qismining 1-bandiga asosan qaytarish uchun asos bo‘lmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kassatsiya shikoyati (protesti) elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanishi mumkin. Bunda sudlar shuni e’tiborga olishi kerakki, elektron raqamli imzoning haqiqiyligi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining axborot tizimida tasdiqlangan bo‘lishi lozim, aks holda u imzolanmagan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Qonunga ko‘ra (IPK 2941-moddasi), kassatsiya shikoyatini (protestini) sud muhokamasida ko‘rib chiqish uchun tayinlash to‘g‘risidagi masala ish kassatsiya instansiyasi sudiga kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay hal qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kassatsiya shikoyatini (protestini) sud muhokamasida ko‘rib chiqish uchun tayinlash to‘g‘risidagi ajrimda sud majlisini o‘tkazish vaqti va joyi ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar sud majlisi videokonferensaloqa rejimida o‘tkaziladigan bo‘lsa, bu haqda kassatsiya shikoyatini (protestini) sud muhokamasida ko‘rib chiqish uchun tayinlash to‘g‘risidagi ajrimda ko‘rsatiladi va u ishda ishtirok etuvchi shaxslarga hamda videokonferensaloqa o‘tkazilishiga ko‘maklashadigan tegishli sudga yuboriladi (IPK 166-moddasining ikkinchi qismi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. IPK 294-moddasining birinchi qismiga muvofiq, sudya ishda ishtirok etuvchi shaxslar iltimosnomasiga ko‘ra, sud hujjatlari ijrosini ish bo‘yicha kassatsiya instansiyasi sudida ish yuritish tamomlanguniga qadar to‘xtatib turishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud hujjati ijrosini to‘xtatib turish yoki uning ijrosini to‘xtatib turishni rad etish haqida sudya kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrimda yoxud alohida ajrimda ko‘rsatishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud hujjatlari ijrosini to‘xtatib turishni bekor qilish to‘g‘risida ishni mazmunan ko‘rish natijalari bo‘yicha kassatsiya instansiyasi sudi qarorining xulosa qismida yoxud kassatsiya instansiyasi sudining alohida ajrimida ko‘rsatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarur hollarda sudya (sud) ishda ishtirok etuvchi shaxs iltimosnomasiga ko‘ra, kassatsiya instansiyasi sudida ish yuritish tamomlanguniga qadar IPK 94-moddasida nazarda tutilgan da’voni ta’minlash choralarini ko‘rishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Shuni nazarda tutish lozimki, qonunda kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rmasdan qoldirish va kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni tugatish uchun turlicha asoslar nazarda tutilgan bo‘lib, ularning huquqiy oqibatlari ham jiddiy farq qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kassatsiya shikoyati (protesti) IPK 295-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha ko‘rmasdan qoldirilganda, uni ko‘rmasdan qoldirish uchun asos bo‘lgan holatlar bartaraf qilingandan so‘ng, shikoyat (protest) yangidan berilishi mumkin. IPK 296-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha ish yuritish tugatilganda, aynan bir shaxs tomonidan va aynan shu asoslar bo‘yicha takroran berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) ko‘rmasdan qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risida, kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni tugatish to‘g‘risida sud ajrim chiqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan ish IPK 297-moddasida nazarda tutilgan tartibda ko‘rib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kassatsiya instansiyasi sudida, jumladan, boshqa javobgarni ishda ishtirok etish uchun jalb qilish (IPK 44-moddasi), ishga daxldor bo‘lmagan javobgarni almashtirish (IPK 45-moddasi), uchinchi shaxslarni ishda ishtirok etishga jalb qilish (IPK 47, 48-moddalari), da’voning predmeti yoki asosini o‘zgartirish, da’vo talablari miqdorini o‘zgartirish (IPK 157-moddasi), ishlarni bitta ish yuritishga birlashtirish (IPK 158-moddasi), talablarning bir qismini alohida ish yuritishga ajratish (IPK 159-moddasi), qarshi da’vo taqdim etish (IPK 161-moddasi), shuningdek, qonunda faqat birinchi instansiya sudi uchun belgilangan boshqa qoidalar qo‘llanilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunda kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan ishni kassatsiya tartibida ko‘rish vaqti va joyi haqida ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilinishi shartligi belgilanganligi sababli, ushbu talabning bajarilmaganligi sud muhokamasi keyinga qoldirilishiga olib keladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud muhokamasini o‘tkazish vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan, shikoyat (protest) bergan shaxsning va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning kassatsiya instansiyasi sudining majlisiga kelmaganligi ishni ularning ishtirokisiz ko‘rishga to‘sqinlik qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. IPK 298-moddasiga muvofiq, kassatsiya shikoyati bergan shaxs sud hujjati chiqarilguniga qadar shikoyatdan voz kechishga, protest keltirgan prokuror, shuningdek yuqori turuvchi prokuror, protestni chaqirib olishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shikoyatdan voz kechilganligi (protest chaqirib olinganligi) munosabati bilan shikoyat (protest) bo‘yicha ish yuritishni tugatish masalasi kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan shikoyatni (protestni) ko‘rish uchun tayinlangan sud majlisida hal qilinadi va bunda shaxsning shikoyatdan voz kechish (protestni chaqirib olish) vakolati tekshirilishi zarur. IPK 63-moddasi mazmuniga ko‘ra, ishda ishtirok etuvchi shaxsning vakili, agar ishonchnomada bunday huquq maxsus ko‘rsatilmagan bo‘lsa, kassatsiya shikoyatidan voz kechishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tushuntirilsinki, kassatsiya shikoyatidan voz kechilganda (protest chaqirib olinganda) kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritish tugatiladi, boshqa kassatsiya shikoyati (protesti) mavjud bo‘lgan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Tushuntirilsinki, ishni kassatsiya tartibida ko‘rishda sud yangi dalillarni tekshirish va yangi faktlarni aniqlashga haqli bo‘lmasdan, birinchi va apellyatsiya instansiyasi sudlari tomonidan moddiy huquq normalari to‘g‘ri qo‘llanilganligi va protsessual qonun talablariga rioya qilinganligini ish materiallari bo‘yicha tekshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birinchi instansiya sudida ko‘rib chiqish predmeti bo‘lmagan yangi talablar kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan ko‘rib chiqilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IPK 296-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, agar kassatsiya shikoyatida (protestida) birinchi instansiya sudi tomonidan ko‘rib chiqish predmeti bo‘lmagan yangi talablar bildirilgan bo‘lsa, kassatsiya instansiyasi sudi shikoyatning (protestning) bu talablarga taalluqli qismi bo‘yicha ish yuritishni tugatadi. Bunda yangi talablar deganda, moddiy-huquqiy talablar, shuningdek, birinchi instansiya sudida ishni ko‘rishda ishtirok etmagan shaxsga nisbatan bildirilgan talablar tushuniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. IPK 300-moddasiga muvofiq, kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan ishni muhokamaga tayinlash to‘g‘risida ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran bir oydan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘riladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alohida hollarda kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rib chiqish muddati sud tomonidan ko‘pi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish muddati uzaytirilganligi to‘g‘risidagi ajrim chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Qonunga ko‘ra, ishni kassatsiya tartibida ko‘rishda quyidagilar aniqlanishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudning hal qiluv qarori, ajrimi, qarorida bayon qilingan xulosalarning ish holatlariga muvofiqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moddiy huquq normalari to‘g‘ri qo‘llanilganligi va (yoki) protsessual qonun talablariga amal qilinganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi va apellyatsiya instansiyasi sudlari tomonidan qabul qilingan sud hujjatlarining mazmun va shakl jihatidan qonunda ko‘rsatilgan talablarga muvofiqligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan ish yuritishni to‘xtatib turish IPK 9-bobida nazarda tutilgan asoslar va tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IPK 101-moddasi birinchi qismining 1-bandida belgilangan normani qo‘llashda shuni nazarda tutish kerakki, agar ko‘rsatilgan holatlar ishni ko‘rishga to‘sqinlik qilmasa, kassatsiya tartibida ish yuritishni to‘xtatib turish mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish yuritish tiklanganligi to‘g‘risida kassatsiya instansiyasi sudi ajrim chiqaradi va ish ko‘riladigan kuni va vaqti to‘g‘risida ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Kassatsiya shikoyatini (protestini) mazmunan ko‘rish natijalari bo‘yicha kassatsiya instansiyasi sudi qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kassatsiya instansiyasi sudi qarori ishni ko‘rish tugashi bilanoq darhol qabul qilinadi. Ayrim hollarda asoslantirilgan qarorni tayyorlash besh kungacha bo‘lgan muddatga kechiktirilishi mumkin, biroq uning qaror qismini sud kassatsiya shikoyati (protesti) muhokamasi tamomlangan majlisning o‘zida e’lon qilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kassatsiya instansiyasi sudi qarori qabul qilingan kundan e’tiboran qonuniy kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Kassatsiya instansiyasi sudi o‘z qarorida kassatsiya shikoyatidagi (protestidagi) har bir vajni, uning asosli yoxud asossizligi haqidagi xulosani bayon etgan holda muhokama qilishga majbur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kassatsiya instansiyasi sudi qarorining xulosa qismida ishni shikoyat (protest) bo‘yicha ko‘rish natijalari to‘g‘risidagi xulosalar, shuningdek, sud xarajatlari taqsimlanishi ko‘rsatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud qarori o‘qib eshittirilganidan so‘ng, ishda ishtirok etuvchi shaxslarga qabul qilingan qarorning mazmun-mohiyati, ishni kassatsiya tartibida takroran ko‘rish haqida protest kiritish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilish huquqi, shuningdek, sud majlisi bayonnomasi bilan tanishish muddati tushuntiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. IPK 302-moddasiga muvofiq, sud hujjatlarini kassatsiya instansiyasida o‘zgartirish yoki bekor qilishga quyidagilar asos bo‘ladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlar to‘liq aniqlanmaganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarning isbotlanmaganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hal qiluv qarorida bayon etilgan xulosalarning ish holatlariga muvofiq kelmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moddiy va (yoki) protsessual huquq normalarining buzilganligi yoxud noto‘g‘ri qo‘llanilganligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Moddiy huquq normalarini buzish yoki noto‘g‘ri qo‘llash deganda, birinchi va apellyatsiya instansiyasi sudlari tomonidan qo‘llanilishi lozim bo‘lgan qonun yoki boshqa qonunchilik hujjatini qo‘llamaslik yoxud qo‘llanilishi lozim bo‘lmagan qonun yoki boshqa qonunchilik hujjatini qo‘llash yoxud qonunni yoki boshqa qonunchilik hujjati noto‘g‘ri talqin qilinganligi tushunilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Protsessual huquq normalarining buzilishi yoki noto‘g‘ri qo‘llanilishi, agar bu ishning noto‘g‘ri hal etilishiga olib kelgan bo‘lsa, shuningdek, IPK 302-moddasining to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan hollarda sud hujjatlarini bekor qilish uchun asos bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuni nazarda tutish lozimki, agar qonun huquqiy munosabatlar vujudga kelgan paytda amalda bo‘lgan qonunchilik hujjati qo‘llanilishiga yo‘l qo‘ysa, birinchi va apellyatsiya instansiyasi sudlari tomonidan o‘z kuchini yo‘qotgan qonunchilik hujjati qo‘llanilganligi sud qarorlarini bekor qilish uchun asos bo‘lmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. IPK 301-moddasiga muvofiq, kassatsiya instansiyasi sudi quyidagilarga haqli:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hal qiluv qarori, qarorni o‘zgarishsiz, kassatsiya shikoyatini (protestini) esa qanoatlantirmasdan qoldirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hal qiluv qarori, qarorni to‘liq yoki qisman bekor qilishga va ishni yangidan ko‘rish uchun yubormasdan yangi qaror qabul qilishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IPK 302-moddasi birinchi qismining 1-bandida va to‘rtinchi qismining 4 va 7-bandlarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lganda, hal qiluv qarorini, qarorni bekor qilishga va ishni yangidan ko‘rish uchun sud hujjati bekor qilingan sud instansiyasiga yuborishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hal qiluv qarorini, qarorni o‘zgartirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hal qiluv qarorini, qarorni to‘liq yoki qisman bekor qilishga va ish yuritishni tugatishga yoxud arizani (shikoyatni) to‘liq yoki qisman ko‘rmasdan qoldirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud hujjatlarining ba’zilarini bekor qilishga va ish bo‘yicha ilgari qabul qilingan sud hujjatlaridan birini o‘z kuchida qoldirishga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Kassatsiya instansiyasi sudi, agar birinchi va apellyatsiya instansiyasi sudlari tomonidan sud hujjatlari qonunga muvofiq chiqarilgan degan xulosaga kelsa, kassatsiya shikoyatini (protestini) qanoatlantirmasdan qoldirishga, hal qiluv qarori, ajrim, qarorni esa, o‘zgarishsiz qoldirishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. IPK 301-moddasining 3-bandini qo‘llashda shuni inobatga olish lozimki, ushbu asos bo‘yicha ishni yangidan ko‘rish uchun birinchi yoki apellyatsiya instansiyasi sudiga yuborishga, ish uchun ahamiyatli bo‘lgan holatlar to‘liq aniqlanmagan, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq va majburiyatlari to‘g‘risida sud tomonidan hal qiluv qarori qabul qilingan, shuningdek, arz qilingan talab bo‘yicha hal qiluv qarori qabul qilinmagan holda, yo‘l qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birinchi instansiya sudi tomonidan da’vo predmeti yoki asosini o‘zgartirish, da’vo talablari miqdorini o‘zgartirish to‘g‘risidagi arizani (IPK 157-moddasi), shuningdek, qarshi da’vo arizasini (IPK 160-moddasi) ish yuritishga qabul qilishni asossiz rad etilishi hal qiluv qarori va apellyatsiya instansiyasi sudi qarorini bekor qilish uchun asos bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijro etilmagan sud hujjati bekor qilinib yoki o‘zgartirilib, da’voni to‘liq yoki qisman rad etish to‘g‘risida yangi sud hujjati qabul qilinsa yoxud ish yuritish tugatilsa yoki da’vo ko‘rmasdan qoldirilsa, kassatsiya instansiyasi sudi qarorining xulosa qismida sud hujjatining tegishlicha bekor qilingan yoki o‘zgartirilgan qismi bo‘yicha undiruv to‘liq yoki qisman bekor qilinishi ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud xarajatlarini taqsimlash masalasining hal etilmasligi yoxud noto‘g‘ri hal etilishi sudning hal qiluv qarori yoki qarorini bekor qilishga yoki o‘zgartirishga asos bo‘lmaydi. Bunday holda kassatsiya instansiyasi sudi qarorining xulosa qismida sud xarajatlarini IPKning 118-moddasida nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha yangidan taqsimlash haqida ko‘rsatiladi.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 6-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Kassatsiya instansiyasi sudi IPK 107 va 110-moddalarida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha, agar shunday qaror qabul qilinishiga sabab bo‘luvchi holatlar aniqlangan bo‘lsa, hal qiluv qarori, qarorni butunlay yoki qisman bekor qilishga, arizani ko‘rmasdan qoldirishga yoxud ish yuritishni tugatishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Kassatsiya instansiyasi sudi IPK 190 va 191-moddalarida nazarda tutilgan hollarda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarorni tushuntirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qaror matnida yo‘l qo‘yilgan xatolarni va arifmetik xatolarni tuzatishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu masalalar sud majlisida ishda ishtirok etuvchi shaxslarni sud majlisi o‘tkazilishi vaqti va joyi haqida xabardor qilgan holda ko‘riladi. Biroq, mazkur shaxslarning kelmasligi bu masalalarni hal etish uchun to‘sqinlik qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. IPK 199 va 305-moddalariga muvofiq, apellyatsiya instansiyasi sudida ko‘rilgan birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan, agar bu qonunda nazarda tutilgan yoki ishning kelgusidagi harakatlanishiga to‘sqinlik qiladigan bo‘lsa, kassatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya instansiyasi sudida ko‘rilgan birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan kassatsiya tartibida shikoyat (protest) berish va uni ko‘rish, sudning hal qiluv qarori ustidan kassatsiya shikoyati (protesti) berish va ko‘rish uchun nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. IPK 305-moddasining uchinchi qismiga ko‘ra, kassatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya instansiyasi sudida ko‘rilgan ajrim, qaror, apellyatsiya instansiyasi sudining ajrimi ustidan berilgan shikoyatni (protestni) ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha quyidagilarga haqli:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi instansiya sudining ajrimini, qarorini, apellyatsiya instansiyasi sudining qarorini o‘zgarishsiz, kassatsiya shikoyatini (protestini) esa qanoatlantirmasdan qoldirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi instansiya sudining ajrimini, qarorini, apellyatsiya instansiyasi sudining qarorini o‘zgartirishga yoki bekor qilishga yoxud ilgari qabul qilingan sud hujjatlaridan birini o‘z kuchida qoldirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
da’vo arizasini qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi, da’vo arizasini qaytarish, da’vo arizasini ko‘rmasdan qoldirish, ish yuritishni tugatish, ish yuritishni to‘xtatib turish haqidagi ajrimni, ularni o‘z kuchida qoldirish to‘g‘risidagi apellyatsiya instansiyasi sudi qarorini bekor qilishga va da’vo arizasini, ishni ko‘rish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
apellyatsiya instansiyasi sudining apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi, apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risidagi, apellyatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rmasdan qoldirish, apellyatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni tugatish, apellyatsiya instansiyasi sudida ish yuritishni to‘xtatib turish haqidagi ajrimni bekor qilishga va apellyatsiya shikoyatini (protestini), ishni ko‘rish uchun apellyatsiya instansiyasi sudiga yuborishga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Qonunga ko‘ra, kassatsiya instansiyasi sudi sudyasining kassatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish, kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risidagi ajrimi kassatsiya shikoyatini bergan (protestini keltirgan) shaxsning arizasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi yoki uning o‘rinbosarining ajrimi bilan bekor qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rmasdan qoldirish, kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi yoki uning o‘rinbosarining protesti bo‘yicha bekor qilinishi va ish kassatsiya tartibida mazmunan ko‘rib chiqilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kassatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish, kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish, kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rmasdan qoldirish, kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi ajrimni bekor qilish haqidagi ariza sud hujjati ustidan kassatsiya shikoyati berish muddati davomida, ushbu muddat tugagan holda esa, ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran bir oy muddat ichida berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. IPK 282-moddasida ko‘rsatilgan shaxslar ishni kassatsiya tartibida takroran ko‘rish to‘g‘risida protest keltirish haqidagi ariza bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokurori yoki ularning o‘rinbosarlariga murojaat qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokurori yoki ularning o‘rinbosarlari IPK 302-moddasi birinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lganda, ishni kassatsiya tartibida takroran ko‘rish to‘g‘risida protest keltirishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishni kassatsiya tartibida takroran ko‘rish to‘g‘risida protest kiritish haqidagi ariza kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddati davomida, ushbu muddat tugagan taqdirda, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran bir oy muddat ichida berilishi mumkin. Ushbu muddatlar o‘tgandan so‘ng berilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi va o‘tkazib yuborilgan muddatlar tiklanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishni kassatsiya tartibida takroran ko‘rish umumiy asoslarda besh nafar sudyadan iborat tarkibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Kassatsiya instansiyasi sudi davlat organi yoki boshqa organ, tashkilot, mansabdor shaxs yoki fuqaroning faoliyatida qonun hujjatlari buzilishi fakti aniqlanganda, ularning sud protsessida ishtirokidan qat’iy nazar, xususiy ajrim chiqarishga haqli. Agar sud ularning harakatlarida jinoyat alomatlarini aniqlasa, bu haqda jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasini hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda prokurorga xabar beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiy ajrim chiqarilganligi haqida sud majlisida e’lon qilinadi va bu haqda sud majlisi bayonnomasida ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Kassatsiya shikoyati ish kassatsiya instansiyasi sudida ko‘rilgandan so‘ng kelib tushganda, uni bergan shaxsga ishni kassatsiya tartibida takroran ko‘rish to‘g‘risida protest kiritish haqidagi ariza bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokurori yoki ularning o‘rinbosarlariga murojaat qilish huquqi tushuntiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Iqtisodiy ishlarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri hal etilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga ishlarni kassatsiya tartibida ko‘rish bo‘yicha sud amaliyotini har chorakda umumlashtirish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K. KAMILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi I. ALIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 27-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36-son