1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan ta’minlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.08.00 Fuqarolarning ayrim toifalarini davlat uy-joy fondiga qarashli uy-joy binolari bilan ta’minlash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sug‘urta, ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy himoya]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlash hamda Toshkent shahrida boshpanasiz, og‘ir turmush sharoitiga tushib qolgan fuqarolarning yashash sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilgan uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlash, Toshkent shahrida boshpanasiz, og‘ir turmush sharoitiga tushib qolgan fuqarolarning yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 5-martdagi PQ-5020-son qaroriga muvofiq “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilgan xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlash maqsadida ularga ipoteka kreditlari bo‘yicha boshlang‘ich badalni to‘lab berish va ijtimoiy uy-joylar sotib olish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
noturar joylarda istiqomat qilayotgan ayollarni uy-joy bilan ta’minlashga — 10 milliard so‘mdan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ota-onasidan yoki ularning biridan ayrilgan hamda yolg‘iz onasi, yolg‘iz otasi yoki boshqa shaxslar qaramog‘ida bo‘lgan voyaga yetgan uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlashga — 5 milliard so‘mdan mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 11-martdagi PF-6186-son Farmoniga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolar, shu jumladan, xotin-qizlarni ijara huquqi asosida vaqtinchalik joylashtirish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan 1 000 ta kvartira sotib olinishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida tajriba tariqasida boshpanasiz, og‘ir turmush sharoitiga tushib qolgan hamda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan fuqarolarga ijara xarajatlarining bir qismini qoplash uchun mahalliy budjet mablag‘laridan olti oy davomida oylik ijara to‘lovining 50 foizi miqdorida, biroq bazaviy hisoblash miqdorining ikki yarim baravaridan oshmagan holda oylik pul kompensatsiyasini to‘lash tartibini joriy qilish belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Noturar joylarda istiqomat qilayotgan, shuningdek, ota-onasidan yoki ularning biridan ayrilgan hamda yolg‘iz onasi, yolg‘iz otasi yoki boshqa shaxslar qaramog‘ida bo‘lgan voyaga yetgan uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar)larda tashkil etiladigan Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlashga ko‘maklashish komissiyalari tomonidan noturar joylarda istiqomat qilayotgan, shuningdek, ota-onasidan yoki ularning biridan ayrilgan hamda yolg‘iz onasi, yolg‘iz otasi (Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarining ma’lumotnomasi asosida) yoki boshqa shaxslar qaramog‘ida bo‘lgan voyaga yetgan uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni (keyingi o‘rinlarda — uy-joyga muhtoj xotin-qizlar) aniqlash;
(2-band “a” kichik bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 3-apreldagi 183-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2024-y., 09/24/183/0273-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joyga muhtoj xotin-qizlarga ipoteka krediti bo‘yicha uy-joylarning hisoblangan qiymatining 15 foizi miqdorida boshlang‘ich badalni to‘lab berish, shuningdek, foiz to‘lovlari bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorlarda subsidiyalar ajratish;
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan ijtimoiy uy-joylarni sotib olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni ijtimoiy uy-joylarga ijara huquqi asosida besh yildan ortiq bo‘lmagan muddatga keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy uy-joydan foydalanganlik uchun ijara haqini uy-joyning umumiy maydonidan kelib chiqib uning 1 kvadrat metri uchun Toshkent shahrida bir yilga bazaviy hisoblash miqdorining 2 foizi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 1 foizi miqdorida belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy uy-joyni ijaraga berish to‘g‘risidagi shartnomada uy-joyga muhtoj xotin-qizlar zimmasiga ijtimoiy majburiyatlar (kasb-hunarga o‘qish, ishga joylashish, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish yoki o‘zini o‘zi band qilish, maktab yoshidagi bolalarining maktabga qatnashishini ta’minlash va boshqalar) yuklashni nazarda tutish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli davlat organlari tomonidan ijtimoiy uy-joylarga joylashtirilgan uy-joyga muhtoj xotin-qizlarning bandligini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joyga muhtoj xotin-qizlar aniqlanishi, ipoteka kreditlari bo‘yicha boshlang‘ich badal to‘lab berilishi va foiz to‘lovlarining bir qismi qoplab berilishi, ijtimoiy uy-joylarga joylashtirilishi ustidan “Xalqparvar” komissiyalari tomonidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Toshkent shahrida boshpanasiz, og‘ir turmush sharoitiga tushib qolgan hamda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan fuqarolarga ijara kompensatsiyasini to‘lash to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Xalqparvar” komissiyalari bilan kelishgan holda ijara kompensatsiyasi to‘lanadigan muhtoj fuqarolar ro‘yxatini “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijara kompensatsiyasini uni to‘lash to‘g‘risida tuman hokimining qarori qabul qilingan kundan boshlab 6 oy davomida to‘lab borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijara kompensatsiyasini ijara shartnomasiga asosan ijara to‘lovining 50 foizi miqdorida, biroq bazaviy hisoblash miqdorining ikki yarim baravaridan oshmagan miqdorda to‘lash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijara kompensatsiyasi bo‘yicha xarajatlarni Toshkent shahar tumanlari budjetlari, zarur hollarda esa Toshkent shahri shahar budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijara kompensatsiyasining o‘z vaqtida va manzilli to‘lanishi bo‘yicha mas’ul tashkilotlarning mas’uliyati va javobgarligini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijara kompensatsiyasi to‘lanishi bo‘yicha monitoring olib borish va ijara kompensatsiyasi to‘lanishini to‘xtatish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Moliya vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy uy-joylarni ijaraga berish shartnomasining namunasini ishlab chiqsin, shu jumladan, ushbu uylarda yashayotgan shaxslar zimmasiga yuklanadigan ijtimoiy majburiyatlarning aniq ro‘yxatini belgilasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy uy-joylarni ijaraga berish shartnomasining namunasini o‘zining rasmiy veb-saytida hamda “yurxizmat.uz” maxsus axborot portaliga joylashtirsin va tuman (shahar) hokimliklariga yetkazilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-fevraldagi 170-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat uy-joy fondidagi turar joylarni ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 6-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
737-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 737-son qaroriga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Noturar joylarda istiqomat qilayotgan, shuningdek, ota-onasidan yoki ularning biridan ayrilgan hamda yolg‘iz onasi, yolg‘iz otasi yoki boshqa shaxslar qaramog‘ida bo‘lgan voyaga yetgan uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom noturar joylarda istiqomat qilayotgan, shuningdek, ota-onasidan yoki ularning biridan ayrilgan hamda yolg‘iz onasi, yolg‘iz otasi yoki boshqa shaxslar qaramog‘ida bo‘lgan voyaga yetgan uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni (keyingi o‘rinlarda — uy-joyga muhtoj xotin-qizlar) uy-joy bilan ta’minlash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy uy-joy (kvartira) — uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni ijara huquqi asosida vaqtinchalik joylashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan sotib olingan uy-joy fondi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
noturar joy — ma’muriy bino, shiypon, yerto‘la, cherdak va boshqa yashash uchun mo‘ljallanmagan joy;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
noturar joylarda istiqomat qilayotgan uy-joyga muhtoj xotin-qizlar — “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilgan, noturar joylarda istiqomat qilayotgan, o‘zida (shu jumladan, oila a’zolarida) mulk huquqi asosida turar joy bo‘lmagan (oxirgi bir yil davomida o‘ziga tegishli bo‘lgan turar joyni sotmagan yoki hadya qilmagan) xotin-qizlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ota-onasidan yoki ularning biridan ayrilgan hamda yolg‘iz onasi, yolg‘iz otasi yoki boshqa shaxslar qaramog‘ida bo‘lgan voyaga yetgan uy-joyga muhtoj xotin-qizlar — “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilgan, voyaga yetgunga qadar ota-onasi yoki ulardan biri vafot etgan (bedarak yo‘qolgan) hamda yolg‘iz onasi, yolg‘iz otasi yoki boshqa shaxslar qaramog‘ida istiqomat qilayotgan voyaga yetgan (18 yoshdan 35 yoshga qadar bo‘lgan), o‘zida (shu jumladan, oila a’zolarida) mulk huquqi asosida turar joy bo‘lmagan (oxirgi bir yil davomida o‘ziga tegishli bo‘lgan turar joyni sotmagan yoki hadya qilmagan) xotin-qizlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni aniqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni aniqlash mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq namunaviy tarkibda tuman (shahar)larda tashkil etiladigan Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlashga ko‘maklashish komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Komissiya) tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limi Komissiyaning ishchi organi hisoblanadi.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Uy-joy sharoitini yaxshilash istagida bo‘lgan uy-joyga muhtoj xotin-qizlar o‘zini o‘zi boshqarish organi yoki Komissiyaning ishchi organiga ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha so‘rovnoma-ariza bilan murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mas’ul xodimi va Komissiya ishchi organi uy-joyga muhtoj xotin qizlarga so‘rovnoma-arizani to‘ldirishda bevosita ko‘maklashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Har chorakda chorak birinchi oyining 15-kuniga qadar Komissiya a’zolari fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mas’ul xodimi bilan birgalikda uy-joyga muhtoj xotin-qizlar istiqomat qilayotgan manzil bo‘yicha joyiga chiqqan holda xotin-qizlarning yashash sharoitlarini, iqtisodiy va ijtimoiy holatini o‘rganadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘rganish natijalari, shuningdek, so‘rovnoma-arizada ko‘rsatilgan hamda elektron axborot almashinuvi orqali vakolatli vazirlik va idoralardan olingan ma’lumotlar asosida Komissiya mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda quyidagilarni tasdiqlovchi dalolatnoma tuzadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joyga muhtoj xotin-qizlarning oila a’zolari tarkibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yolg‘iz yoki oila a’zolari (boshqa shaxslar) bilan istiqomat qilayotganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
voyaga yetgunga (18 yoshga) qadar ota-onasi yoki ularning biri vafot etganligi (bedarak yo‘qolganligi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironligi bo‘lgan shaxs, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan bola parvarishi bilan bandligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joyga muhtoj xotin-qizlarning yashash sharoiti, qancha vaqtdan buyon noturar joyda istiqomat qilayotganligi (agar noturar joyda istiqomat qilayotgan bo‘lsa);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joy maydoni qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga muvofiqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘zida yoki birgalikda yashovchi oila a’zolarida mulk huquqi asosida turar joy mavjud emasligi (oxirgi bir yil davomida o‘ziga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan turar joyni sotmaganligi yoki hadya qilmaganligi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joyga muhtoj xotin-qizlarga ipoteka kreditlari orqali uy-joy olish imkoniyati yaratilgan taqdirda, kredit to‘lovlarini to‘lash imkoniyati mavjudligi yoki kelajakda mavjud bo‘lishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joyga muhtoj xotin-qizlarning o‘zi yoki oila a’zolari orasida surunkali kasalliklarning og‘ir turlaridan azob chekuvchi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq alohida xonada yashashga muhtoj bo‘lgan shaxslar, birinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning mavjudligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Uy-joyga muhtoj xotin-qizlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarga aniqlik kiritish maqsadida ushbu ma’lumotlar “Mahalla” yagona axborot tizimi dasturi orqali tegishli vazirliklar va idoralarning elektron ma’lumotlar bazalari bilan solishtiriladi. Elektron axborot almashinuvi orqali ma’lumot olish imkoni bo‘lmagan hollarda vazirliklar va idoralardan muhtoj xotin-qizlar bo‘yicha zarur ma’lumotlar so‘rab olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tegishli vazirliklar va idoralardan elektron yoki qog‘oz shaklida olingan ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq himoyalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Komissiya uy-joyga muhtoj xotin-qizlarning ehtiyojmandligi darajasi, ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablag‘lar hamda mavjud ijtimoiy uy-joylar sonidan kelib chiqib muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlash masalalarini o‘rganib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘rganish yakuniga ko‘ra Komissiya uy-joyga muhtoj xotin-qizlar bo‘yicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ularga ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich badalni to‘lab berish va foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar ajratish to‘g‘risida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ularni ijtimoiy uy-joylarga joylashtirish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya tomonidan qabul qilingan qarorlar bayonnomalar shaklida rasmiylashtiriladi hamda ular o‘rganish dalolatnomalari bilan birgalikda tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limida besh yil mobaynida saqlanadi.
(7-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ilgari maqsadli dasturlar doirasida imtiyozli ipoteka kreditlari orqali kvartira yoki yakka tartibdagi uy-joylar bilan ta’minlangan hamda ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar yoki uy-joylar ta’minoti bilan bog‘liq boshqa imtiyozlardan foydalangan xotin-qizlar mazkur Nizom asosida uy-joylar bilan ta’minlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ijtimoiy uy-joylarga joylashtirish muddati besh yildan ortiq bo‘lmasligi lozim. Ijtimoiy uy-joylarga joylashtirish muddatini uzaytirish ushbu Nizomda belgilangan umumiy asoslarda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarga ushbu Nizomga muvofiq uy-joy olish huquqi bir marta beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlash maqsadida ularga ipoteka kreditlari bo‘yicha boshlang‘ich badalni to‘lab berish va foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar ajratish hamda ijtimoiy uy-joylar sotib olish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga ajratiladigan mablag‘lar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan uy-joyga muhtoj xotin-qizlar sonidan kelib chiqib tuman va shaharlar bo‘yicha taqsimlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarga ipoteka kreditlari bo‘yicha boshlang‘ich badalni to‘lab berish va foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar ajratish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Komissiya qarori asosida uy-joyga muhtoj xotin-qizlarga ipoteka kreditlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-5886-son Farmoni bilan joriy etilgan bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashning yangi tartibiga muvofiq mazkur Nizomning xususiyatlarini inobatga olgan holda ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarga ipoteka kreditlari bo‘yicha boshlang‘ich badal uy-joylarning hisoblangan qiymatining 15 foizi miqdorida Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablag‘lar hisobidan to‘lab beriladi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joylarning hisoblangan qiymati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 11-martdagi PF-6186-son Farmonida belgilangan tartibda aniqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sotib olinadigan uy-joyning shartnomadagi qiymati uy-joylarning hisoblangan qiymatidan kam bo‘lgan taqdirda, boshlang‘ich badal shartnomada ko‘rsatilgan qiymatning 15 foizi miqdorida ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banklari tuman (shahar) moliya bo‘limlariga ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich badalni to‘lashga mablag‘ ajratish uchun buyurtmanoma kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) moliya bo‘limlari 3 ish kuni ichida ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich badal summasini tijorat banki tomonidan ko‘rsatilgan hisobvaraqqa o‘tkazib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarga ipoteka kreditlari bo‘yicha foiz to‘lovlarining bir qismini qoplab berish Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-son qarori bilan tasdiqlangan Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom asosida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan subsidiyalar ajratish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarga ipoteka kreditlari bo‘yicha boshlang‘ich badalni to‘lab berish va foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar ajratishda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-son qarorida belgilangan mas’ul tashkilotlar tomonidan ariza beruvchini ijtimoiy mezonlar bo‘yicha baholash va tuman (shahar)da subsidiya to‘lanadigan fuqarolarni tanlab olish bo‘yicha komissiya tomonidan ko‘rib chiqish va ularga subsidiya xabarnomalarini berish tartibi tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, Komissiyaning uy-joyga muhtoj xotin-qizlar bo‘yicha qabul qilgan qarori ularga ipoteka kreditlari bo‘yicha boshlang‘ich badalni to‘lab berish va foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar ajratishga asos bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni ijara huquqi asosida vaqtinchalik joylashtirish uchun ijtimoiy uy-joylarni sotib olish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ijtimoiy uy-joylar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga ipoteka kreditlari bo‘yicha boshlang‘ich badallar to‘lab berish uchun ajratilgan mablag‘larning iqtisod qilingan qismini qayta yo‘naltirish hisobidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlariga asosan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy uy-joyga bo‘lgan qo‘shimcha talabdan kelib chiqib mahalliy budjetlar daromadlarining oshirib bajarilgan qismi hisobidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan sotib olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan manbalar hisobidan ijtimoiy uy-joylar sotib olishda tegishli mablag‘lar qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadigan uy-joylarning hisoblangan qiymatini inobatga olgan holda ijtimoiy uy-joylar umumiy maydonining 48 kvadrat metrdan oshmagan maydonga mos qiymatdan kelib chiqib ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sotib olinayotgan ijtimoiy uy-joy narxining qolgan qismi mazkur bandning to‘rtinchi va beshinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan manbalar hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Ijtimoiy uy-joylar tegishli hududdagi yashash uchun yaroqli birlamchi va ikkilamchi uy-joy bozoridan sotib olinadi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-iyundagi 331-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.06.2022-y., 09/22/331/0522-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Sotib olinayotgan ijtimoiy uy-joylarning maydoni va narxi qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadigan kvartira maydonining eng ko‘p me’yori va uy-joyning hisoblangan qiymatidan oshmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Ijtimoiy uy-joylar munitsipal mulk huquqi asosida tuman (shahar) hokimligiga tegishli bo‘ladi va ular bo‘yicha alohida hisob yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni ijtimoiy uy-joylarga joylashtirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni ijtimoiy uy-joylarga joylashtirish ushbu Nizomga 4-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Ijtimoiy uy-joylarga joylashtirilishi lozim bo‘lgan uy-joyga muhtoj xotin-qizlar Komissiyaning tegishli qarori qabul qilingandan keyin ko‘pi bilan 30 kundan oshmagan muddat ichida ijtimoiy uy-joylarga joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Uy-joyga muhtoj xotin-qizlar ijtimoiy uy-joylarga tuman (shahar) hokimligi tomonidan ijara huquqi asosida vaqtinchalik joylashtiriladi. Bunda, ijtimoiy uy-joy:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari, yong‘inga qarshi va texnik talablarga javob berishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanishga tayyor holda bo‘lishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Komissiya qarori asosida ijtimoiy uy-joyga joylashtiriladigan xotin-qizlar bilan tuman (shahar) hokimligi o‘rtasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20 kun ichida ijtimoiy uy-joy ijara shartnomasi (keyingi o‘rinlarda — ijara shartnomasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijara shartnomasi tuzilgandan so‘ng 5 kun ichida ijtimoiy uy-joyni topshirish — qabul qilish dalolatnomasi tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Ijara shartnomasida ijtimoiy uy-joyga joylashtirilgan xotin-qizlarga ijtimoiy majburiyatlar (kasb-hunarga o‘qish, ishga joylashish, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish yoki o‘zini o‘zi band qilish, maktab yoshidagi bolalarining maktabga qatnashishini ta’minlash va boshqalar) yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijara shartnomasining namunasi hamda ijtimoiy uy-joyga joylashtirilgan xotin-qizlarga yuklanadigan ijtimoiy majburiyatlarning namunaviy ro‘yxati Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi, uning rasmiy veb-saytida hamda “yurxizmat.uz” maxsus axborot portaliga joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (shahar) hokimligi xotin-qizlarni ijtimoiy uy-joyga joylashtirganda, har bitta holatni alohida o‘rgangan holda, ularga to‘g‘ri keladigan ijtimoiy majburiyatlarni belgilaydi va ushbu majburiyatlarni shartnomada nazarda tutadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Komissiya qarori qabul qilinib, ijara shartnomasi va ijtimoiy uy-joyni topshirish — qabul qilish dalolatnomasi tuzilgandan so‘ng 5 kun ichida uy-joyga muhtoj xotin-qizlar ijtimoiy uy-joyga joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Nogironligi bo‘lgan shaxslar, keksa yoshdagi va o‘zi harakatlana olmaydigan shaxslar ustuvor ravishda ko‘p kvartirali uylarning birinchi qavatidagi ijtimoiy uy-joylarga joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Ijtimoiy uy-joydan foydalanganlik uchun ijara haqi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-fevraldagi 170-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat uy-joy fondidagi turar joylarni ijaraga berish va hisobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomda ko‘rsatilgan miqdorlarda ijara shartnomalariga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Ijtimoiy uy-joylardan foydalanish yuzasidan monitoring olib borish va ijtimoiy uy-joylarni qaytarib olish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Ijara shartnomasida belgilangan talablarga rioya etilishi yuzasidan tuman (shahar) hokimligi yoki uning vakolatli organi, tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlari, shuningdek, Komissiya a’zolari tomonidan doimiy monitoring olib boriladi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Tuman (shahar) hokimliklari vakolatli davlat organlari bilan birgalikda ijtimoiy uy-joyga joylashtirilgan xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini yaxshilash, shu jumladan, bandligini ta’minlash va tadbirkorlikka jalb qilish orqali yashash uchun daromad manbalarini kengaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Ijara shartnomasiga muvofiq ijtimoiy uy-joyni soz holatda saqlash, o‘z hisobidan joriy ta’mirlash va uni saqlashga ketadigan xarajatlarni, shu jumladan, elektr energiyasi, tabiiy gaz, issiqlik va boshqa kommunal xizmatlar haqini to‘lab borish ijtimoiy uy-joyda istiqomat qiluvchi xotin-qizlar tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Ijtimoiy uy-joy quyidagi hollarda Komissiya qarori asosida qaytarib olinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ijara shartnomasi talablari bajarilmagan taqdirda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ijtimoiy uy-joyga joylashtirilgan xotin-qizlar doimiy yashash uchun boshqa joyga ko‘chib ketgan taqdirda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ijtimoiy uy-joyga joylashtirilgan xotin-qizlar vafot etgan (bedarak yo‘qolgan) taqdirda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) ijtimoiy uy-joyga joylashtirilgan xotin-qizlar va ularning oila a’zolari davlat ta’minotiga olingan taqdirda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) ijtimoiy uy-joyga joylashtirilgan xotin-qizlar sud hukmi asosida ozodlikdan mahrum etilgan taqdirda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) ijtimoiy uy-joy asossiz o‘zga bir shaxsga ijaraga yoki boshqa shaklda berilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) ijtimoiy uy-joyda yashovchi xotin-qizlar yoki birga yashaydigan oila a’zolari o‘z nomiga uy-joy sotib olganda davlat kadastr organlarining ma’lumotnomasi yoki xotin-qizlarning yozma roziligi asosida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) ijtimoiy uy-joy yashash uchun yaroqsiz holga yoki avariya holatiga kelib qolgan taqdirda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) ijtimoiy uy-joy buzilishi lozim bo‘lgan taqdirda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Ijtimoiy uy-joyni qaytarib olishda Komissiya ijtimoiy uy-joyni joyiga chiqib o‘rganadi va uni qaytarib olish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Komissiya qarori qabul qilingandan so‘ng 3 kun ichida mazkur uy-joyda yashovchilarga 30 kun ichida ijtimoiy uy-joyni bo‘shatish to‘g‘risida xabarnoma yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Ijtimoiy uy-joyni bo‘shatish rad etilgan taqdirda, ijtimoiy uy-joyda istiqomat qilayotgan xotin-qiz birga yashovchi barcha shaxslar bilan birgalikda boshqa turar joy berilmasdan sud tartibida ko‘chirib yuboriladi, mazkur Nizomning 31-bandi “z” va “i” kichik bandlarida ko‘rsatilgan holatlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Ijtimoiy uy-joyga joylashtirilgan xotin-qizlar vafot etgan (yolg‘iz yashaganda) yoki boshqa joyga doimiy yashash uchun chiqib ketgan hollarda ushbu ijtimoiy uy-joyga mazkur Nizomda belgilangan tartibda boshqa muhtoj xotin-qizlar joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Uy-joyga muhtoj xotin-qizlar aniqlanishi, ularga ipoteka kreditlari bo‘yicha boshlang‘ich badal to‘lab berilishi va foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar ajratilishi, ijtimoiy uy-joylarga joylashtirilishi ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish hamda mazkur sohada byurokratiya, sansalorlik va boshqa ma’muriy to‘siqlarning oldini olish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi PF-6186-son Farmoniga muvofiq tashkil etilgan “Xalqparvar” komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Mazkur Nizom asosida uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joylar bilan ta’minlash uchun Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘larning maqsadli sarflanishi yuzasidan nazorat Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Komissiya faoliyati, shuningdek, davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Noturar joylarda istiqomat qilayotgan, shuningdek, ota-onasidan yoki ularning biridan ayrilgan hamda yolg‘iz onasi, yolg‘iz otasi yoki boshqa shaxslar qaramog‘ida bo‘lgan voyaga yetgan uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlashga ko‘maklashish komissiyasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limining ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha yetakchi mutaxassisi, komissiya kotibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Komissiya a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, Komissiya tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarur hollarda Komissiya tarkibiga tijorat bankining tuman (shahar) filiali va boshqa tashkilotlarning vakillari ham jalb qilinishi mumkin.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Noturar joylarda istiqomat qilayotgan, shuningdek, ota-onasidan yoki ularning biridan ayrilgan hamda yolg‘iz onasi, yolg‘iz otasi yoki boshqa shaxslar qaramog‘ida bo‘lgan voyaga yetgan uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
___________________________________________ tuman (shahar) hokimining o‘rinbosari — oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, tuman (shahar) moliya bo‘limi boshlig‘i, tuman (shahar) iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i, tuman (shahar) ichki ishlar organi boshlig‘i, tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish markazi direktori, tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limining ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha yetakchi mutaxassisi bilan birgalikda quyidagi tarkibda
_______________________________(MFY), _________________________________ (daha, massiv yoki noturar joyning joylashgan joyi), ___________________________________________ ko‘chasi, ______________-uyda, ______________-korpusda, ________________ kvartirada _______________ yildan buyon istiqomat qilayotgan fuqaro ________________________________________________________ning yashash sharoitlari tekshiruvdan o‘tkazdi va quyidagilarni aniqladi:
1.__________________________________________________________________ egallab turilgan turar joy umumiy maydoni ____________ kv.m. yashash maydoni _________ kv.m. _____________ xonadan iborat.
7. Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarning moddiy holati darajasi (past, o‘rta, yuqori), bunday baholanishning sabablari va hisob-kitoblar: ___________________________________________________________________________________________ ___________________________________________________________________________________________ ___________________________________________________________________________________________
8. Turar joyning yashash uchun yaroqsizligi sabablari: ___________________________________________________________________________________________ ___________________________________________________________________________________________ ___________________________________________________________________________________________
___________________ tumani (shahri) hokimining o‘rinbosari — oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i
(F.I.O.)
(imzo)
Komissiya a’zolari:
3. ___________________________
___________
___________________ tumani (shahri) moliya bo‘limi boshlig‘i
(F.I.O.)
(imzo)
4. ___________________________
___________
___________________ tumani (shahri) iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i
(F.I.O.)
(imzo)
5. ___________________________
___________
___________________ tumani (shahri) ichki ishlar organi boshlig‘i
(F.I.O.)
(imzo)
6. ___________________________
___________
___________________ tumani (shahri) bandlikka ko‘maklashish markazi direktori
(F.I.O.)
(imzo)
Komissiya kotibi
7. ___________________________
___________
___________________ tumani (shahri) oila va xotin-qizlar bo‘limi” va “oila va xotin-qizlar bo‘limining ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha yetakchi mutaxassisi
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Noturar joylarda istiqomat qilayotgan, shuningdek, ota-onasidan yoki ularning biridan ayrilgan hamda yolg‘iz onasi, yolg‘iz otasi yoki boshqa shaxslar qaramog‘ida bo‘lgan voyaga yetgan uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Noturar joylarda istiqomat qilayotgan, shuningdek, ota-onasidan yoki ularning biridan ayrilgan hamda yolg‘iz onasi, yolg‘iz otasi yoki boshqa shaxslar qaramog‘ida bo‘lgan voyaga yetgan uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni ijtimoiy uy-joylarga joylashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlashga ko‘maklashish komissiyasi
1. Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlash masalalarini o‘rganib chiqadi va ro‘yxatni shakllantiradi.
2. Ijtimoiy uy-joyga joylashtirish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Har chorakda, chorak birinchi oyining 15-kuniga qadar
2-bosqich
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, tuman (shahar) hokimligi
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga ajratiladigan mablag‘larni uy-joyga muhtoj xotin-qizlar sonidan kelib chiqib tuman va shaharlar bo‘yicha taqsimlaydi.
2. Ijtimoiy uy-joylarni sotib oladi.
Belgilangan muddatlarda
3-bosqich
Tuman (shahar) hokimligi
1. Komissiya qarorida belgilangan muddatlarga (ko‘pi bilan 5 yil muddatga) ijtimoiy uy-joyga joylashtiriladigan xotin-qizlar bilan ijara shartnomasini tuzadi.
1. Komissiya qarori qabul qilingandan so‘ng 20 kun ichida.
2. Ijtimoiy uy-joyni topshirish — qabul qilish dalolatnomasini tuzadi.
2. Ijara shartnomasi tuzilgan kundan keyin 5 kun ichida.
3. Komissiya qaroriga muvofiq ijtimoiy uy-joyga joylashtiradi.
3. Topshirish — qabul qilish dalolatnomasi tuzilgan kundan so‘ng 5 kun ichida.
4-bosqich
Ijtimoiy uy-joyga joylashtirilgan xotin-qizlar va ularning oila a’zolari
1. Ijtimoiy uy-joyga ko‘chib kiradi.
2. Ijtimoiy uy-joyni soz holatda saqlaydi.
3. Belgilangan miqdorlarda saqlash xarajatlari va ijara haqi to‘lovlarini amalga oshirib boradi.
1. Komissiya qarori qabul qilingandan keyin 30 kun ichida.
2. Ijara shartnomasida belgilangan muddatlarda.
5-bosqich
Tuman (shahar) hokimligi, oila va xotin-qizlar bo‘limi
1. Ijara shartnomasida belgilangan talablarga rioya etilishi yuzasidan monitoring olib boradi.
1. Har oyda bir marotaba.
2. Ijtimoiy uy-joyni qaytarib olish bo‘yicha Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlashga ko‘maklashish komissiyasiga taqdimnoma kiritadi.
2. Zarur hollarda.
6-bosqich
Tuman (shahar) hokimligi, oila va xotin-qizlar bo‘limi, bandlikka ko‘maklashish markazi
Ijtimoiy uy-joyga joylashtirilgan xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini yaxshilash, shu jumladan, bandligini ta’minlash va tadbirkorlikka jalb qilish orqali yashash uchun daromad manbalarini kengaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirib boradi.
Doimiy (ijara muddati davomida)
7-bosqich
Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlashga ko‘maklashish komissiyasi
1. Ijtimoiy uy-joyni qaytarib olish masalasini ko‘rib chiqadi.
1. Zaruratga ko‘ra.
2. Ijtimoiy uy-joyni bo‘shatish to‘g‘risida xabarnoma yuboradi.
2. Komissiya qarori qabul qilingandan so‘ng 3 kun ichida.
8-bosqich
Ijtimoiy uy-joyga joylashtirilgan xotin-qizlar va ularning oila a’zolari
Ijtimoiy uy-joyni bo‘shatadi.
1. Ijtimoiy uy-joyni bo‘shatish to‘g‘risida Komissiya xabarnomasini olgandan keyin 30 kun ichida.
2. Ijara shartnomasida belgilangan muddatlarda.
9-bosqich
“Xalqparvar” komissiyasi
Uy-joyga muhtoj xotin-qizlar ijtimoiy uy-joylarga joylashtirilishi ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatadi hamda mazkur sohada byurokratiya, sansalorlik va boshqa ma’muriy to‘siqlarning oldini olish choralarini ko‘rib boradi.
Doimiy
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 737-son qaroriga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida boshpanasiz, og‘ir turmush sharoitiga tushib qolgan hamda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan fuqarolarga ijara kompensatsiyasini to‘lash to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VAQTINCHALIK NIZOM

1. Mazkur Vaqtinchalik nizom (keyingi o‘rinlarda — Nizom) Toshkent shahrida boshpanasiz, og‘ir turmush sharoitiga tushib qolgan hamda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan fuqarolarga ijara xarajatlarining bir qismini qoplash uchun oylik pul kompensatsiyasini (keyingi o‘rinlarda — ijara kompensatsiyasi) to‘lash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Boshpanasiz, og‘ir turmush sharoitiga tushib qolgan hamda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan fuqarolar ushbu Nizomga muvofiq ijara kompensatsiyasi olish huquqiga ega bo‘ladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, boshpanasiz, og‘ir turmush sharoitiga tushib qolgan fuqarolar toifasiga Toshkent shahrida o‘zining yoki u bilan birga yashaydigan oila a’zolari nomida mulk huquqi asosida turar joy bo‘lmagan va ijara to‘lovini to‘liq amalga oshirish imkoni cheklangan shaxslar kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ijara kompensatsiyasi uni to‘lash to‘g‘risida tuman hokimining qarori qabul qilingan kundan boshlab 6 oy davomida Toshkent shahrida yashagan davr uchun to‘lanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ijara kompensatsiyasi miqdori ijara shartnomasiga asosan ijara to‘lovining 50 foizi miqdorida, biroq bazaviy hisoblash miqdorining ikki yarim baravaridan oshmagan holda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, ijara kompensatsiyasi miqdori tuman hokimining ijara kompensatsiyasini to‘lash to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan kundagi bazaviy hisoblash miqdoridan kelib chiqib belgilanadi va 6 oy davomida o‘zgarishsiz qoladi (ijara shartnomasi yangidan tuzilgan hollarda ham ushbu miqdor o‘zgarmaydi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ijara kompensatsiyasini to‘lash Toshkent shahar tumanlari budjeti, zarur hollarda esa Toshkent shahri shahar budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ijara kompensatsiyasining o‘z vaqtida va manzilli to‘lanishi uchun Toshkent shahar va tegishli tumanlar hokimlarining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarlari shaxsan mas’ul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Ijara kompensatsiyasi to‘lanadigan fuqarolar ro‘yxatini shakllantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ijara kompensatsiyasi to‘lanadigan fuqarolar ro‘yxati mazkur Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tuman hokimligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har oyning 5-kuniga qadar Toshkent shahar hokimligi bilan kelishgan holda ijara kompensatsiyasini to‘lab berish maqsadida tuman mahalliy budjetining iqtisod qilingan mablag‘lari hisobidan zaxira mablag‘larini shakllantiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijara kompensatsiyasini to‘lab berish maqsadida shakllantirilgan mablag‘lar bo‘yicha ma’lumotlarni hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar (keyingi o‘rinlarda — sektorlar) bo‘yicha taqsimlaydi va mablag‘lar bo‘yicha ma’lumotni tegishli sektorlarga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Sektorlar tomonidan mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi, oila va xotin-qizlar bo‘limi, tuman hokimligining mas’ul xodimlari ishtirokida boshpanasiz, og‘ir turmush sharoitiga tushib qolgan fuqarolarning ro‘yxatlari shakllantiriladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Shakllantirilgan ro‘yxatlardagi fuqarolarning “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan sifatida e’tirof etilganligi yoki e’tirof etilmaganligi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman bo‘limi (keyingi o‘rinlarda — Pensiya jamg‘armasi bo‘limi) tomonidan ro‘yxatlar olingandan keyin ikki ish kuni ichida tekshirilgan holda natijalari to‘g‘risida ma’lumot mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi, oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda tuman hokimligiga taqdim etiladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida kam ta’minlangan oila sifatida e’tirof etilmagan fuqarolar to‘g‘risidagi ma’lumot mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi, oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan bir ish kuni ichida tegishli fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga ushbu fuqarolarni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritish masalasini ko‘rib chiqish uchun yuboriladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari besh kun ichida belgilangan tartibda kam ta’minlangan deb e’tirof etilmagan fuqarolarning arizalarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan zarur hujjatlar bilan birga qabul qiladi va har besh kunda Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga taqdim etib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur fuqarolar “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga elektron tarzda O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali onlayn rejimida arizalarni taqdim etishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pensiya jamg‘armasi bo‘limi har oy yakuni bo‘yicha keyingi oyning 5-kuniga qadar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlar bo‘yicha kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan fuqarolarning yangilangan ro‘yxatini tuman hokimligiga taqdim etib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Tuman hokimligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan mablag‘lar miqdoridan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi PF-6186-son Farmoni bilan tashkil etilgan “Xalqparvar” komissiyalari bilan kelishgan holda boshpanasiz, og‘ir turmush sharoitiga tushib qolgan hamda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan fuqarolarning yakuniy ro‘yxatini shakllantiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kelishilgan ro‘yxatdagi fuqarolarga ijara kompensatsiyasini ajratish to‘g‘risida tuman hokimining qarorini qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijara kompensatsiyasi ajratiladigan fuqaro, ijaraga beruvchi bilan uch tomonlama ijara shartnomasini imzolaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomda belgilangan tartibda ijara kompensatsiyasini to‘lab boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijaraga olingan uy-joyni o‘rganishning oylik grafigini tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ijara kompensatsiyasi to‘lanadigan fuqarolar ro‘yxati tuman budjetida ushbu maqsadlar uchun qo‘shimcha mablag‘lar yoki ijara kompensatsiyasi olib turgan fuqarolar soni kamaygan hollarda mazkur Nizomda belgilangan umumiy asoslarda shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Ijara kompensatsiyasini to‘lash tartibi va muddatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ijara kompensatsiyasi belgilangan tartibda uch tomonlama ijara shartnomasi imzolangan oydan keyingi oyning 1-kunidan boshlab har oyning 5-kunigacha qadar to‘lab boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Tuman hokimligining buxgalteriya bo‘limi tomonidan tuman hokimining qaroriga hamda ijara shartnomasiga asosan har oyning 5-kuniga qadar mahalliy budjetlarda ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida ijara kompensatsiyasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijaraga beruvchiga to‘lanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Uy-joy (turar joy) ijarasi bo‘yicha bir necha asosga ko‘ra kompensatsiya olish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarga (oilaga) ularning tanlovi bo‘yicha bitta kompensatsiya to‘lanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Ijara kompensatsiyasi to‘lovi quyidagi hollarda to‘xtatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijara shartnomasi belgilangan tartibda bekor qilingan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqaro yoki u bilan birga yashaydigan oila a’zolari mulk huquqi asosida turar joyga ega bo‘lganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijara kompensatsiyasi to‘lash muddati tugaganda (6 oydan keyin);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqaro sud hukmi asosida ozodlikdan mahrum etilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqaro to‘liq davlat ta’minotiga olinganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahridan boshqa hududga doimiy yashash uchun ko‘chib ketganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqaro vafot etganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Ijara kompensatsiyasi olayotgan fuqaro Toshkent shahrining boshqa tumaniga ko‘chib o‘tganda, ijara kompensatsiyasi to‘lovi umumiy asoslarda qayta ko‘rib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Ijara kompensatsiyasini olib turgan fuqaro Toshkent shahridan boshqa hududga, Toshkent shahrining boshqa tumaniga ko‘chib o‘tganda hamda o‘zi yoki birga yashovchi oila a’zolari uy-joy olgan hollarda ushbu oyning oxirgi kuniga qadar ijara kompensatsiyasi to‘lovini amalga oshirayotgan tuman hokimligini xabardor etishi talab etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Sektorlar, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi, oila va xotin-qizlar bo‘limi tegishli fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi bilan birgalikda tuman hokimligi tomonidan tasdiqlangan reja-jadvalga asosan har oyning oxirgi haftasida ijaraga olingan uy-joyga chiqqan holda fuqaroning ijaraga olingan manzilda istiqomat qilayotganligini o‘rganadi va dalolatnoma bilan rasmiylashtiradi. Dalolatnoma ikki nusxada tuziladi va unga ijaraga olingan uy-joyning fotosurati ilova qilinadi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Mazkur Nizom doirasida ijara kompensatsiyalari to‘lab berilishining to‘g‘riligi va maqsadliligi yuzasidan nazorat Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Mazkur Nizom 2022-yil 31-dekabrga qadar amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida boshpanasiz, og‘ir turmush sharoitiga tushib qolgan hamda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan fuqarolarga ijara kompensatsiyasini to‘lash to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida boshpanasiz, og‘ir turmush sharoitiga tushib qolgan hamda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan fuqarolar ro‘yxatini shakllantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Sektorlar, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi, oila va xotin-qizlar bo‘limi va boshqa tashkilotlar
1. Boshpanasiz, og‘ir turmush sharoitiga tushib qolgan fuqarolarning ro‘yxatlarini sektorlar bo‘yicha shakllantiradi.
2. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan shakllantirilgan ro‘yxatlarni Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga taqdim etadi.
Har oyning 5-kuniga qadar
2-bosqich
Tuman hokimligi
Tuman mahalliy budjetining boshqa sohalardan iqtisod qilingan mablag‘lari hisobidan zaxira mablag‘larini shakllantiradi.
Har oyning 5-kuniga qadar
3-bosqich
Pensiya jamg‘armasi bo‘limi
1. Ro‘yxatlar asosida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan fuqarolarni tekshirib chiqadi.
2. Kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan va kam ta’minlangan deb e’tirof etilmagan fuqarolar ro‘yxatlarini tuman hokimligi hamda mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi, oila va xotin-qizlar bo‘limiga taqdim etadi.
2 ish kuni ichida
4-bosqich
Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi, oila va xotin-qizlar bo‘limi
Kam ta’minlangan deb e’tirof etilmagan fuqarolar ro‘yxatlarini tegishli fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga yuboradi.
1 kun ichida
5-bosqich
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi
Taqdim etilgan ro‘yxatlarga asosan ushbu fuqarolardan ariza va zarur hujjatlarni belgilangan tartibda qabul qilib oladi.
5 kun ichida
Qabul qilib olingan ariza va zarur hujjatlarni tegishli Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga taqdim etadi.
Har 5 kunda
6-bosqich
Pensiya jamg‘armasi bo‘limi
Taqdim etilgan hujjatlar bo‘yicha kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan fuqarolarning yangilangan ro‘yxatini tuman hokimligiga taqdim etadi.
Har oyning 5-kuniga qadar
7-bosqich
Tuman hokimligi
1. “Xalqparvar” komissiyalari bilan kelishilgan ijara kompensatsiyasini oluvchi fuqarolar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida tuman hokimining qarorini qabul qiladi.
2. Ajratilgan mablag‘lardan kelib chiqib qaror bilan tasdiqlangan fuqarolarga ijara kompensatsiyasini to‘lash bo‘yicha uch tomonlama (hokimlik, fuqaro va ijaraga beruvchi o‘rtasida) shartnomalarni imzolaydi.
Belgilangan muddatlarda
8-bosqich
Tuman hokimligining buxgalteriya bo‘limi
Tuman hokimining qarori va ijara shartnomasiga asosan ijara to‘lovining 50 foizi miqdorida, biroq bazaviy hisoblash miqdorining ikki yarim baravaridan oshmagan miqdorda ijara kompensatsiyasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijaraga beruvchiga to‘lab boradi.
Tuman hokimining qarori qabul qilingan kundan boshlab 6 oy davomida har oyning 5-kuniga qadar
9-bosqich
Sektorlar, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi, oila va xotin-qizlar bo‘limi va boshqa tashkilotlar
Ijaraga olingan uy-joyga chiqqan holda fuqaroning ijaraga olingan manzilda istiqomat qilayotganligini o‘rganadi va dalolatnoma bilan rasmiylashtiradi.
Har oyning oxirgi haftasida
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 737-son qaroriga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-fevraldagi 170-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat uy-joy fondidagi turar joylarni ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimcha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Nizomning nomi va 1-bandi “ijaraga berish” so‘zlaridan keyin “va hisobini yuritish” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 21-bandning birinchi xatboshisidagi “boshqa viloyatlarda” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda” so‘zlari bilan almashtirilsin.