30.11.2021 yildagi PQ-23-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlarining yuridik yo‘nalishdagi bilimlarini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar organlari uchun mutaxassislar tayyorlashning yangi tizimini joriy etish, ichki ishlar organlarida oliy yuridik ma’lumotga ega kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni to‘laqonli qondirish, shuningdek, Yangi O‘zbekiston sharoitida ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlari oldida turgan muhim vazifalarning samarali amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab ichki ishlar organlarida uch yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lgan, kasbiga fidoyi, tashabbuskor profilaktika (katta) inspektorlarini Jamoat xavfsizligi universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti hamda yurisprudensiya sohasida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi mavjud bo‘lgan boshqa davlat oliy ta’lim muassasalariga (Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi hamda Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti bundan mustasno) (keyingi o‘rinlarda — oliy ta’lim muassasalari) kirish imtihonlarisiz sirtqi ta’lim shakliga o‘qishga qabul qilish tartibi joriy etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
profilaktika (katta) inspektorlariga yurisprudensiya sohasida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha sirtqi ta’lim shakliga o‘qishga tavsiyanomalar berish uchun ichki ishlar vazirining o‘rinbosari — Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i rahbarligida komissiya (keyingi o‘rinlarda — komissiya) tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
komissiya tomonidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda o‘qishga nomzod profilaktika (katta) inspektorlarining bilim darajalarini aniqlash uchun test imtihonlari o‘tkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
komissiya raisi test imtihonlari natijalari hamda komissiya xulosasi asosida ichki ishlar vaziriga tavsiyanoma berilgan profilaktika (katta) inspektorlari ro‘yxatini taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tavsiyanoma berilgan profilaktika (katta) inspektorlari ro‘yxati ichki ishlar vaziri tomonidan har yili iyun oyida test imtihonlari natijalari va komissiya xulosasi bilan birgalikda, tavsiya etilayotgan oliy ta’lim muassasalari kesimida O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasiga (keyingi o‘rinlarda — Davlat komissiyasi) taqdim etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tavsiyanomalar oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida teng taqsimlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat komissiyasi tomonidan tavsiyanoma berilgan profilaktika (katta) inspektorlarini sirtqi o‘qishga qabul qilish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘qishga qabul qilish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi hamda kontrakt mablag‘lari respublika budjeti mablag‘lari hisobidan Ichki ishlar vazirligi orqali to‘lab beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tavsiyanomaga ega profilaktika (katta) inspektorlari oliy ta’lim muassasalarining sirtqi ta’lim shakliga qabul parametrlaridan tashqari o‘qishga qabul qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki ishlar vaziriga oliy yuridik ma’lumotga ega profilaktika (katta) inspektorlariga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqib, Moliya vazirligi bilan kelishgan holda, Davlat komissiyasiga tavsiyanomalar sonini ko‘paytirish bo‘yicha taklif kiritish huquqi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ichki ishlar vazirligi (P.R. Bobojonov, B.T. Abdullayev):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 1-mayga qadar 2022/2023 o‘quv yilida yurisprudensiya sohasida bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha sirtqi ta’lim shakliga o‘qishga qabul qilish uchun 100 nafar profilaktika (katta) inspektorlariga tavsiyanoma bersin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023/2024 o‘quv yilidan boshlab profilaktika (katta) inspektorlarini yurisprudensiya sohasida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha sirtqi ta’lim shakliga o‘qishga qabul qilish uchun tavsiyanomalarni 2 barobargacha oshirish yuzasidan Davlat komissiyasiga asoslantirilgan taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qo‘yilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) mazkur qarorga muvofiq joriy etiladigan tartibga ko‘ra, Ichki ishlar vazirligining tavsiyanomasi asosida oliy ta’lim muassasalarida sirtqi ta’lim shaklida o‘qigan bitiruvchilarga ichki ishlar organlarida kamida besh yil xizmat o‘tab berish majburiyati yuklatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) tavsiyanomalar berilgan xodimlar bilan o‘qishni tamomlaganidan keyin besh kalendar yil mobaynida ichki ishlar organlarida majburiy uzluksiz xizmat o‘tash haqida uch tomonlama (Ichki ishlar vazirligi — profilaktika inspektori — oliy ta’lim muassasasi) shartnoma tuziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) tavsiyanoma asosida o‘qishga qabul qilinib, turli sabablarga ko‘ra o‘qishdan chetlashtirilgan yoki o‘qishni tamomlagandan so‘ng ichki ishlar organlarida besh yil xizmat o‘tab bermagan profilaktika (katta) inspektorlaridan o‘qishga sarflangan to‘lov-kontrakt mablag‘lari undiriladi. Bunda, quyidagi hollarda profilaktika (katta) inspektorlaridan o‘qishga sarflangan shartnoma mablag‘lari undirilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki ishlar organlaridan harbiy-tibbiy komissiya xulosasi asosida bo‘shatilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimning ota-onasi, aka-ukalari yoki opa-singillaridan biri huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimi yoxud O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchisi bo‘lib, xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida halok bo‘lganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodim vafot etganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ichki ishlar vazirligi (P.R. Bobojonov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) bir oy muddatda profilaktika (katta) inspektorlarini oliy ta’lim muassasalarining sirtqi ta’lim shakliga o‘qishga kirishga tavsiya etishning aniq, shaffof va adolatli mezonlarini ishlab chiqsin va tavsiyanoma berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin. Bunda quyidagilarga alohida e’tibor qaratilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
profilaktika (katta) inspektorlariga yurisprudensiya sohasida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha sirtqi ta’lim shakliga o‘qishga tavsiyanomalar berish uchun komissiya tuzish hamda uning asosiy vazifa va funksiyalarini aniq belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur qaror talablari asosida o‘qishga nomzod bo‘lgan profilaktika (katta) inspektorlarini saralash va ro‘yxatini shakllantirish tartibini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
komissiya tomonidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda o‘qishga nomzod profilaktika (katta) inspektorlarini test imtihonlaridan o‘tkazish tartibini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
test natijalari asosida komissiya raisi tomonidan ichki ishlar vaziriga tavsiyanoma berish tartibini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
komissiya xulosasi va test natijalari asosida ichki ishlar vaziri tomonidan Davlat komissiyasiga taklif kiritish tartibini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2022/2023 o‘quv yili va undan keyingi o‘quv yillarida tavsiyanoma asosida profilaktika inspektorlari uchun yurisprudensiya sohasida bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga ajratiladigan umumiy qabul parametrlaridan tashqari qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari yuzasidan oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining sirtqi ta’lim shaklida o‘qishga qabul qilish parametrlarini shakllantirish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga taqdim etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) profilaktika (katta) inspektorlariga oliy ta’lim muassasalarining sirtqi ta’lim shakliga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tadbirlarini har yili may-iyun oylarida ushbu qaror talablariga muvofiq amalga oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) bir oy muddatda Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda ushbu qarorga muvofiq xarajatlar smetalariga o‘zgartirishlar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) manfaatdor idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, mas’ul vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi B.D. Islamov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 30-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-23-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 07/21/23/1114-son)