21.10.2021 yildagi SQ-410-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi sohasini rivojlantirish uchun koʻrilayotgan choralar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament soʻrovi natijalari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qon va uning tarkibiy qismlari donorligi sohasini rivojlantirish uchun koʻrilayotgan choralar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament soʻroviga (bundan buyon matnda Parlament soʻrovi deb yuritiladi) berilgan javobni koʻrib chiqib, bu borada muayyan ishlar amalga oshirilganligini qayd etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasida gematologiya va transfuziologiya xizmatlarini rivojlantirish hamda onkogematologik va davolash qiyin boʻlgan kasalliklarga chalingan shaxslarni yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4592-sonli qarori va u bilan tasdiqlangan 2020 — 2024-yillarga moʻljallangan “Oʻzbekiston Respublikasida gematologiya va transfuziologiya xizmatlarini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi” va “Gematologiya va transfuziologiya xizmatlarining kadrlar salohiyatini mustahkamlash boʻyicha “Yoʻl xaritasi” asosida qator ishlar amalga oshirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qon quyish muassasalarida gemakonlar, qon saqlash va transportirovka anjomlari bilan taʼminlash uchun soʻnggi besh yilda 15 mlrd soʻm mablagʻ ajratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Donorlar va qon zaxirasi haqidagi maʼlumotlar almashinuvini raqamlashtirish maqsadida qon xizmati avtomatlashgan axborot tizimi yaratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qon komponentlarini tayyorlovchi asbob-uskunalarni muntazam ravishda koʻrikdan oʻtkazib, ularni taʼmirlovchi mutaxassislar tayyorlash yoʻlga qoʻyilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, Parlament soʻrovida koʻrsatilgan ayrim masalalar yuzasidan javob yetarli darajada aks etmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, qon va uning tarkibiy qismlari donorligini tartibga soluvchi qonun, hamda qonunosti hujjatlari bilan tartibga solinadigan normativ-huquqiy hujjatlarda boʻshliqlar mavjud va ularni bartaraf etishga qaratilgan choralar koʻrilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ixtisoslashgan muassasalarning moddiy-texnika taʼminoti va modernizatsiyalash, xususan PSR apparatlari, gemotsitoferez, plazmaferez, immunogematologik analizator va IFA-analizator va boshqa uskunalar bilan jihozlash boʻyicha aniq chora-tadbirlar belgilanmagan. Jumladan, mazkur maqsadlar uchun grantlar ajratish rejalashtirilgan boʻlsada, bugunga qadar grantlar jalb qilish boʻyicha aniq natijalarga erishilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qon quyish muassasalarida gemakonlar (bir martalik tizimlar va konteynerlar yoki qon yigʻish paketlari), qon saqlash va transportirovka anjomlarining miqdor va sifat koʻrsatkichlari nazorati aniq yoritilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qon xizmati avtomatlashgan axborot tizimiga barcha ixtisoslashgan muassasalar bogʻlanmagan, axborot tizimining ish davomida qoʻllanilishi hamda joriy etilishi rasmiyatchilik uchun tashkil qilinib, tizimni takomillashtirish ishlari talab darajasida emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika miqyosida jami 2 ta “ISUZU” va 17 ta “DAMAS” rusumidagi avtotransport vositasi negizida mobil “donorlik kompleks”lari mavjud va ularning sonini koʻpaytirish boʻyicha aniq tadbirlar belgilanmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻngilli va begʻaraz donorlarning aksariyati davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari xodimlari ulushiga toʻgʻri kelib, bu borada fuqarolar orasida targʻibot ishlari yetarlncha tashkil etilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qon xizmati xodimlari uchun ijtimoiy imtiyozlar belgilash masalasi umuman yoritilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi O. Iminovning axborotini eshitib va muhokama qilib, “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 25-iyundagi SQ-328-IV-sonli Qarori bilan Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi sohasini rivojlantirish uchun koʻrilayotgan choralar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament soʻrovida qoʻyilgan masalalar chuqur oʻrganilmaganligi koʻrsatib oʻtilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasn Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
parlament soʻrovida qoʻyilgan masalalarga yuzaki yondashgan mutasaddilarning masʼuliyatini oshirish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 31-dekabrga qadar parlament soʻrovida aks ettirilgan barcha masalalarni chuqur oʻrganib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish choralarini koʻrsin va natijalari yuzasidan Senatga axborot kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur Qaror ijrosi boʻyicha Senatning Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi O. Iminov Senat Kengashiga 2022-yil 15-yanvarga qadar axborot taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy majlisi Senatining raisi T. NARBAYEVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 21-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SQ-410-IV-son