Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 05.11.2002 yildagi 378-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“OʻZBEKISTON TEMIR YOʻLLARI” DAVLAT-AKSIYADORLIK KOMPANIYASINING BOShQARISh TUZILMASINI YANADA TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Temir yoʻl transportini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish, uni boshqarishda funksional va hududiy yondashuvlarning yanada mustahkam oʻzaro bogʻliqligini taʼminlash, yuk tashishlarni boshqarish tizimini markazlashtirishdan chiqarish darajasini oshirish, shuningdek temir yoʻl transporti texnika vositalarini saqlash va ularga xizmat koʻrsatish tizimini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining tugatilayotgan “Oʻztemiryoʻlyuktrans” yuk tashish boshqarmasi hamda uning mintaqaviy markazlari, shuningdek kompaniyaning tarkibiy boʻlinmalaridan berilayotgan yoʻl, elektr taʼminoti, signalizatsiya va aloqa uchastkalari, shuningdek Toshkent, Qoʻqon, Buxoro, Qarshi funksional-foydalanish vagon depolari negizida mintaqaviy (Toshkent, Qoʻqon, Buxoro, Qoʻngʻirot, Qarshi-Termiz) temir yoʻl uzellari tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar tashkil etilayotgan mintaqaviy temir yoʻl uzellarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashuvlar mintaqaviy bozori konyunkturasini oʻrganish, ularning infratuzilmasini shakllantirish, shuningdek temir yoʻl tarmoqlarini rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
temir yoʻl transportining xizmat koʻrsatiladigan hudud doirasida barqaror va xavfsiz ishlashini taʼminlash, foydalanuvchilarga keng koʻlamda temir yoʻl xizmatlari koʻrsatish,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joylardagi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan birgalikda temir yoʻl transporti boʻlinmalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga doir chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat koʻrsatiladigan hududdagi temir yoʻllar tarmoqlarining barqaror ishlashini hamda tashuvlarni oʻtkazish quvvatini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi chegaralari orqali yuk va yoʻlovchi tashishlarni amalga oshirishda joylardagi bojxona va soliq organlari, chegara xizmati bilan aniq, muvofiqlashtirilgan holda oʻzaro hamkorlikni taʼminlash.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 3-avgustdagi 366-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 31-son, 353-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkil etilayotgan mintaqaviy temir yoʻl uzellari “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan shuʼba korxonalari hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mintaqaviy temir yoʻl uzellari faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlash xoʻjalik faoliyati daromadlari, shuningdek Kompaniya kengashi tomonidan belgilanadigan tartibda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining tashish jarayoni daromadlari hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 3-martdagi 108-son qaroriga 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin, shuningdek mazkur qarorga 2-ilovadan 11-band “Oʻztemiryoʻlyuktrans” yuk tashish boshqarmasi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N. Toʻlaganov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2002-yil 5-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
378-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 3-avgustdagi 366-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 31-son, 353-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 3-avgustdagi 366-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 31-son, 353-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 3-avgustdagi 366-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 31-son, 353-modda)