O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “TABIIY GAZ YETKAZIB BERISh VA UNING UChUN HISOB-KITOB QILISh TIZIMINI YANADA TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA” 2002 YIL 20-MARTDAGI 90-SON QARORIGA QO‘ShIMChA KIRITISh HAQIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
“O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining magistral gaz quvurlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqadigan ulgurji iste’molchilarga tabiiy gaz sotishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tabiiy gaz yetkazib berish va uning uchun hisob-kitob qilish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2002-yil 20-martdagi 90-son qaroriga 1-ilovaning “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining magistral gaz quvurlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqadigan ulgurji iste’molchilar” ustuniga “Qizilqumnodirmetalloltin” davlat konsernining Navoiy kon-metallurgiya kombinati” so‘zlari qo‘shilsin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Toshkent sh.,
2002-yil 2-oktabr,
339-son