29.09.2021 yildagi SQ-388-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2021-yil birinchi yarim yillik yakunlari boʻyicha ijrosi toʻgʻrisidagi hisoboti haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2021-yil birinchi yarim yillik yakunlari boʻyicha ijrosi toʻgʻrisidagi axborotini eshitib, “2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonun va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlariga binoan muayyan ishlar amalga oshirilganligini qayd etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yalpi ichki mahsulot oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 6,2 foizga oʻsib, joriy narxlarda 318 trln 500 mlrd soʻmni tashkil etgan. Xususan, sanoat 8,5 foizga, xizmatlar 8,0 foizga, qishloq xoʻjaligi 1,8 foizga oʻsgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yilning iyun oyidagi yillik inflyatsiya (soʻnggi 4 yildagi eng past koʻrsatkich)darajasi 10,9 foizni, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan aholi real umumiy daromadlari oʻsish surʼati esa 10,8 foizni tashkil qilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy faollikning oshishi natijasida 53 mingta yangi tadbirkorlik subyekti tashkil etilgan. Natijada 2021-yil 1-iyul holatiga jami 450 mingdan ortiq tadbirkorlik subyektlari faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi savdo aylanmasi 13,6 foizga oʻsib, 18 mlrd dollarga yetgan. Bunda eksport hajmi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 12,3 foizga oʻsib, 7,1 mlrd AQSH dollarini, import hajmining oʻsish tendensiyasi saqlanib qolgan holda 10,9 mlrd AQSH dollarini tashkil etgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti daromadlari 74 trln 900 mlrd soʻm va xarajatlari 79 trln 300 mlrd soʻmga teng boʻlib, Davlat budjeti taqchilligi 4 trln 500 mlrd soʻm darajasiga yetgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti daromadlari belgilangan 69 trln 400 mlrd soʻmlik prognozga nisbatan 107,8 foizga yoki 5 trln 400 mlrd soʻmga oshirib bajarilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilangan prognoz koʻrsatkichlari barcha hududlar boʻyicha bajarilib, Toshkent shahrida (860 mlrd soʻm), Qashqadaryo (328 mlrd soʻm), Toshkent (184,3 mlrd soʻm), Buxoro (129,1 mlrd soʻm), Samarqand (122,5 mlrd soʻm) viloyatlarida ortigʻi bilan ijro etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy xarajatlarni moliyalashtirish uchun Davlat budjetidan 40 trln 400 mlrd soʻm yoki umumiy xarajatlarning 50,9 foizi miqdorida mablagʻ sarflangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjetidan iqtisodiyotga xarajatlar 7 trln 800 mlrd soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 32,2 foizga kamaygan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazlashgan investitsiyalarni moliyalashtirish uchun 11 trln soʻm miqdorida mablagʻlar yoʻnaltirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholi bandligiga koʻmaklashish va yangi ish oʻrinlarini tashkil etish maqsadida Jamoat ishlari jamgʻarmasidan 250,2 mlrd soʻm miqdorida subsidiya mablagʻlari ajratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy budjetlarning daromadlari prognozga nisbatan 118,9 foizga bajarilgan yoki 16 trln 560 mlrd soʻmni, xarajatlari rejaga nisbatan 97,3 foizga ijro etilib, 28 trln 052 mlrd soʻmni tashkil etgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy budjetlar ijrosi davomida jami 3 trln 500 mlrd soʻmlik qoʻshimcha manba shakllantirilib, hududlar ixtiyorida qoldirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti ijrosini taʼminlash, budjet mablagʻlaridan maqsadli, samarali foydalanishda kamchiliklar ham mavjud.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, 2021-yil 1-iyul holatiga budjetga boqimonda qarzdorlik yil boshiga nisbatan 66,1 foizga oshib, 2 trln 781 mlrd soʻmni tashkil etgan. Eng yuqori oʻsish Sirdaryo (79 foiz) va Qashqadaryo (60 foiz) viloyatlarida hamda Toshkent shahrida (3 barobar) kuzatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik shaxslarning budjet toʻlovlari boʻyicha ortiqcha toʻlangan soliq summalari yil boshida barcha hududlarda kamayishi kuzatilgan boʻlsa-da, hamon yuqoriligicha qolib, 136 mlrd 500 mln soʻmni tashkil etgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti xarajatlariga yoʻnaltirilgan mablagʻlardan ayrim birinchi darajali budjet taqsimlovchilari tomonidan 10 foizidan ortigʻi oʻzlashtirilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, budjetdan ajratilgan mablagʻlarga nisbatan Madaniyat vazirligida 59,0 mlrd soʻm (13,0 foiz), Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligida 63,5 mlrd soʻm (11,0 foiz) va Suv xoʻjaligi vazirligida 139,4 mlrd soʻm (11,0 foiz) oʻzlashtirilmasdan qolgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-2021-yillarda daromadi yuqori boʻlmagan fuqarolarga uy-joy sotib olishda 19 mlrd 100 mln soʻm subsidiya mablagʻlari toʻlanmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti tomonidan oʻtkazilgan 3 480 ta nazorat tadbirida 372 mlrd 700 mln soʻmlik yoki oʻtgan yilga nisbatan 4,5 barobardan koʻp mablagʻlar noqonuniy oʻzlashtirilganligi aniqlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan budjet intizomini buzish holatlari Maktabgacha taʼlim vazirligi tizimida 8,5-martaga, Xalq taʼlimi vazirligi tizimida 3-martaga va Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimida 2,9-martaga oshgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi tizimida 59 mlrd 300 mln soʻmlik, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligida 24 mlrd 100 mln soʻmlik budjet mablagʻlarining noqonuniy sarflanishiga yoʻl qoʻyilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliyaviy xato va kamchiliklarning 55,0 mlrd soʻmdan ortigʻini amaldagi davlat xaridlariga oid qonunchilik hujjatlari rioya qilmaslik holatlari tashkil etgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy budjet mablagʻlarining maqsadli sarflanishi yuzasidan oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida 290,0 mlrd soʻmlik moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlangan. Yirik miqdorda moliyaviy qonunchilik talablari buzilishi holatlariga Sirdaryo (52,8 mlrd soʻm), Andijon (33,2 mlrd soʻm), Jizzax (28,3 mlrd soʻm), Toshkent (24,1 mlrd soʻm) viloyatlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasida (29,1 mlrd soʻm) yoʻl qoʻyilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy budjetlarda shakllangan qoʻshimcha manbalardan foydalanishda ham joylarda koʻplab xato va kamchiliklar kuzatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qashqadaryo viloyatida mahalliy Kengashlarning qarorlari asosida qoʻshimcha mablagʻlar hisobidan amalga oshirilgan xarajatlar oʻrganilganda Gʻuzor tumanida 3 mlrd 600 mln soʻm, Qarshi shahrida 3 mlrd 500 mln soʻm, Mirishkor tumanida 1 mlrd 600 mln soʻm, Kasbi tumanida 830 mln 500 ming soʻm, Chiroqchi tumanida 324 mln soʻm mablagʻlar mahalliy Kengashlarda muhokama qilinmasdan sarflangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Budjet kodeksida tegishli budjetdan moliyalashtirilmaydigan tashkilotlarga qoʻshimcha manbalar hisobidan mablagʻ ajratilmasligi belgilab qoʻyilganiga qaramasdan, Buxoro va Samarqand viloyatlari mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan tegishli ravishda respublika budjetidan mablagʻ oluvchilarga Gʻijduvon tumani IIB binosini taʼmirlash uchun 400,0 mln soʻm, Samarqand viloyati soliq boshqarmasiga avtotransport vositasini xarid qilish uchun 134 mln 700 ming soʻm ajratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatlar tahlili haqiqatda shakllanadigan mablagʻlarga nisbatan mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan moliyalashtiriladigan sohalar doirasi va hajmi (ulushi) kengayib ketganligi koʻrsatdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2021-yil birinchi yarim yillik yakunlari boʻyicha ijrosi toʻgʻrisidagi axborotini eshitib va muhokama qilib, “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2021-yil birinchi yarim yillik yakunlari boʻyicha ijrosi toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasi Rayosatida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2021-yil birinchi yarim yillik ijrosida yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklarni atroflicha koʻrib chiqib, davlat va xoʻjalik boshqaruvi hamda mahalliy ijro hokimiyati organlari rahbarlarining javobgarligi va masʼuliyatini oshirish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ajratilgan budjet mablagʻlarini oʻzlashtirish koʻrsatkichlari past boʻlgan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar faoliyatini tanqidiy oʻrganib chiqib, mazkur davlat boshqaruvi organlari masʼulligidagi vazifalar ijrosi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan sohalarga ajratiladigan mablagʻlar ulushlarini qayta koʻrib chiqib, ularning mutanosibligini taʼminlash va bunda mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy mustaqilligini yanada oshirishga asosiy eʼtibor qaratgan holda, tegishli qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha taklif ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Qaror ijrosi yuzasidan umumlashtirilgan axborotni 2021-yilning 1-dekabriga qadar Oliy Majlis Senatiga taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda Davlat budjetiga daromadlar oʻz vaqtida va toʻliq tushishini taʼminlash, boqimonda qarzdorlik va ortiqcha toʻlovlarni qisqartirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qilib, doimiy ravishda hududiy moliya va soliq idoralarining faoliyati natijalarini muhokama qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq qarzi va ortiqcha toʻlov miqdorlarini qisqartirish borasidagi ishlar samaradorligini oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani qoʻllab-quvvatlash boʻyicha davlat dasturida koʻzda tutilgan loyihalarning oʻz vaqtida moliyalashtirilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda mahalliy budjetlarning qoʻshimcha manbalari shakllanishi va maqsadli sarflanishi boʻyicha takliflar ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq taʼlimi, Sogʻliqni saqlash, Suv xoʻjaligi vazirliklari va Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi tomonidan budjet mablagʻlaridan foydalanish bilan bogʻliq faoliyati samaradorligi indikatorlarining ijrosi yuzasidan moliyaviy nazorat oʻrnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Madaniyat vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligining budjet mablagʻlarini oʻzlashtirish va rivojlantirish dasturlari ijrosi boʻyicha amalga oshirayotgan ishlari qoniqarsiz ekanligi koʻrsatib oʻtilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yilning 1-noyabriga qadar Davlat budjetiga boʻlgan soliq qarzdorligi va ortiqcha toʻlovlarni kamaytirish hamda budjetga qoʻshimcha hisoblangan soliqlarni undirish darajasini oshirish boʻyicha amaldagi tartibni takomillashtirish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliqlarning yigʻiluvchanlik darajasini oshirish, qoʻshimcha daromad manbalarini hamda yashirin iqtisodiyot tarmoqlarini aniqlash boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yilning birinchi yarim yilligida mahalliy budjet ijrosi tahlili asosida qoʻshimcha zaxiralarni aniqlash orqali budjetga tushumlarni koʻpaytirish, budjet mablagʻlaridan noqonuniy foydalanish holatlarining oldini olish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni belgilasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy budjet mablagʻlari, shu jumladan, qoʻshimcha manbalardan foydalanishda moliyaviy xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻygan masʼullarga nisbatan oʻrnatilgan tartibda taʼsirchan choralar koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy budjetda shakllangan qoʻshimcha manbalar mablagʻlaridan foydalanishda qonunchilikka qatʼiy rioya qilgan holda mablagʻlarning faqat (favqulodda holatlar bundan mustasno) xalq deputatlari mahalliy Kengashlari qarorlari asosida yoʻnaltirilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tumanlar va shaharlar budjetlari qoʻshimcha manbalarining jamoatchilik tomonidan bildirilgan takliflar asosidagi tadbirlarga oʻz vaqtida yoʻnaltirilishini qatʼiy nazoratga olsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻshimcha manbalar hisobidan xarid qilingan tovar va xizmatlar, qurilish-taʼmirlash ishlari olib borilayotgan obyektlar roʻyxati, qurilish-taʼmirlash ishlarining moliyalashtirilishi haqidagi maʼlumotlar har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 10-sanasiga qadar viloyat, tuman va shaharlar hokimliklari rasmiy veb-saytlarida joylashtirilishini taʼminlasin va doimiy nazoratga olsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har chorakda mahalliy budjet ijrosi boʻyicha mahalliy ijro hokimiyati organlari rahbarlarining hisobotlarini eshitib borish, hisobotlarni koʻrib chiqishda zarur hollarda mutaxassislarni jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy ijro hokimiyati mansabdor shaxslariga budjetdan ajratilgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanish yuzasidan qatʼiy deputatlik nazoratini olib borish, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida muhokama qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoatchilik fikri asosida qoʻshimcha manbalar hisobidan mablagʻlarni yoʻnaltirish masalasida fuqarolarning faol ishtirokini taʼminlash boʻyicha tushuntirish ishlarini olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalarini yoʻnaltirishda qonunchilik talablaridan kelib chiqqan holda, aholini qiynab kelayotgan ijtimoiy muammolarni bartaraf etish masalalariga alohida eʼtibor qaratish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ushbu Qarorning ijrosi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi raisi E. Gadoyev 2021-yilning 15-dekabriga qadar Senat Kengashiga axborot kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 29-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SQ-388-IV-son