04.10.2021 yildagi O‘RQ-720-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 16-avgustda qabul qilingan
Senat tomonidan 2021-yil 30-sentabrda maʼqullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 203, 204-moddalar, № 7, 449-modda, № 9, 539, 540-moddalar, № 10, 593, 596-moddalar, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 7, 12, 13, 14-moddalar, № 2, 142-modda, № 3, 217-modda, № 4, 290, 293-moddalar, 4-songa ilova) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) quyidagi mazmundagi 172-modda bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“172-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan huquqbuzarliklar uchun shaxslarning maʼmuriy javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Kodeks 22710-moddasining ikkinchi qismida va 22713-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda, deklarant yoxud uning ishonchli vakili maʼmuriy javobgarlikka tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Kodeks 22716-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilgan taqdirda, bojxona organi oldidagi majburiyatni oʻz zimmasiga olgan shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Kodeks 22722-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilgan taqdirda, deklaratsiyalovchi shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortiladi, bunda, agar mazkur huquqbuzarlik bojxona rasmiylashtiruvi uchun taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri axborot koʻrsatilganligi oqibatida sodir etilgan boʻlsa, tegishli hujjatlarni va axborotni taqdim etgan deklarant yoxud uning ishonchli vakili maʼmuriy javobgarlikka tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligiga doir maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqishda huquqbuzarlik takroriy sodir etilganligi eʼtiborga olinmaydi, bundan ushbu Kodeks 321-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hol mustasno”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) quyidagi mazmundagi 212-modda bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“212-modda. Yarashilganligi munosabati bilan maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Kodeksning 40-moddasida (tuhmat), 41-moddasida (haqorat qilish), 45-moddasida (fuqarolarning turar joyi daxlsizligini buzish), 46-moddasida (fuqaroga maʼnaviy yoki moddiy zarar yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni oshkor etish), 461-moddasida (shaxsiy hayot daxlsizligini buzish), 52-moddasida (yengil tan jarohati yetkazish), 612-moddasida (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish), 104-moddasida (ekinzorlarni payhon qilish, qishloq xoʻjalik ekinlarining dalada toʻplab qoʻyilgan hosiliga zarar yetkazish yoki uni yoʻq qilib yuborish, koʻchatlarga shikast yetkazish), 133-moddasida (transport vositalari haydovchilarining yoʻl harakati qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelishi), 134-moddasida (haydovchilarning yoʻl harakati qoidalarini buzishi transport vositalarining yoki boshqa mol-mulkning shikastlanishiga olib kelishi), 183-moddasida (mayda bezorilik) hamda 200-moddasida (oʻzboshimchalik) nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxs, agar u oʻz aybiga iqror boʻlsa, jabrlanuvchi bilan yarashsa va yetkazilgan zararni bartaraf etsa, maʼmuriy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiquvchi organ (mansabdor shaxs) taraflarning yarashuvi munosabati bilan ishni sudga yuborish toʻgʻrisida qaror chiqaradi va maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilish haqidagi masalani hal etish uchun ish materiallarini ushbu Kodeksning 3131-moddasida belgilangan tartibda sudga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni bir yil ichida takroran sodir etgan shaxs tomonlarning yarashuvi munosabati bilan maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilinmaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) 22710-modda ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomining oʻzbekcha matnidagi “qoʻyish” degan soʻz “joylashtirish” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tovarlarni saqlash uchun joylashtirishning belgilangan talablari va shartlariga, ularni saqlash tartibiga, xuddi shuningdek bojxona omborlarida hamda erkin omborlarda tovarlarga doir operatsiyalar oʻtkazish tartibiga rioya etmaslik, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida, ushbu Kodeksning 2274, 2278, 2279 va 22711-moddalarida nazarda tutilgan hollar mustasno”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tovarlarni bojxona rejimida saqlash muddatlariga rioya etmaslik, —
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) 22716-modda birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) 22722-modda ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) 245-moddaning birinchi qismi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“461, 462, 47, 471, 472, 473” raqamlari “461, 462-moddalarida, 47-moddasining ikkinchi — toʻrtinchi qismlarida, 471, 472” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“148-moddasida (ajratilgan mintaqalarda va yogʻoch koʻpriklardan 100 metrgacha boʻlgan masofada olov yoqqanlik, taxta toʻshamali koʻpriklarda chekkanlik uchun)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“188, 1881, 1882” raqamlari “1881” raqami bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2251, 226-moddalarida, 2274-moddasining birinchi — toʻrtinchi qismlarida, 2278, 2279, 22713, 22714, 22715, 22716, 22717, 22718, 22719, 22720, 22721, 22722, 22723, 22724, 22725, 22726, 22727-moddalarida” degan soʻzlar “2251, 226, 2274, 2278, 2279-moddalarida, 22713-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 22714, 22715-moddalarida, 22716-moddasining ikkinchi — beshinchi qismlarida, 22717, 22718, 22719, 22720, 22721-moddalarida, 22722-moddasining birinchi qismida, 22723, 22724, 22725, 22726, 22727-moddalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“54, 561-moddalarida” degan soʻzlar “47-moddasining birinchi qismida, 473, 54, 561-moddalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“147, 156, 161, 183-moddalarida, 187-moddasining birinchi qismida, 192, 204, 205-moddalarida” degan soʻzlar “147-moddasida, 148-moddasida (ajratilgan mintaqalarda va yogʻoch koʻpriklardan 100 metrgacha boʻlgan masofada olov yoqqanlik, taxta toʻshamali koʻpriklarda chekkanlik uchun), 156, 161, 183-moddalarida, 187-moddasining birinchi qismida, 188, 1882, 192, 204, 205-moddalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi qismining 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“4) ushbu Kodeksning 47-moddasi birinchi qismida, 473, 54, 561-moddalarida, 110-moddasining birinchi qismida (fuqarolarga nisbatan), 111-moddasining birinchi qismida, 113-moddasining birinchi, ikkinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlarida, 114, 122, 123-moddalarida, 127-moddasida (tovush signalini sababsiz berishga doir qismida), 1286-moddasida, 147-moddasining birinchi qismida (avtomobil yoʻllarini oʻzboshimchalik bilan qazish, ularda sunʼiy notekisliklar va toʻsiqlar yaratganlik, avtomobil yoʻlida ishlarni amalga oshirish uchun berilgan ruxsatnoma talablarini bajarmaganlik, shuningdek yoʻllarni saqlash qoidalarini buzganlik uchun), 148-moddasida (ajratilgan mintaqalarda va yogʻoch koʻpriklardan 100 metrgacha boʻlgan masofada olov yoqqanlik, taxta toʻshamali koʻpriklarda chekkanlik uchun), 161-moddasida (fuqarolarga nisbatan), 187-moddasining birinchi qismida, 188, 1882, 192, 221-moddalarida, 223-moddasining birinchi qismida, 2231, 2233-moddalarida, 224-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun — ichki ishlar organlari tayanch punktlarining profilaktika katta inspektorlari va inspektorlari”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi qismidagi “227, 2271, 2272, 2273, 2275, 2276, 2277, 22710, 22711, 22712-moddalarida” degan soʻzlar “227, 2271, 2272, 2273, 2275, 2276, 2277, 22710, 22711, 22712-moddalarida, 22713-moddasining uchinchi qismida, 22716-moddasining birinchi qismida, 22722-moddasining ikkinchi qismida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishga hamda jarima tariqasidagi maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga bojxona organlarining bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini amalga oshiradigan bosh inspektorlari, katta inspektorlari (inspektorlari) haqlidir”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10) 271-modda quyidagi mazmundagi 101-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“101) huquqbuzar ushbu Kodeksning 212-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha jabrlanuvchi bilan yarashgan boʻlsa”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11) 283-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Transport vositasidan foydalangan holda yoʻl harakati qoidalari buzilganligi maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan, shuningdek bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan taqdirda maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzilmaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12) 294-moddaning ikkinchi qismidagi “3091-moddasining birinchi qismida” degan soʻzlar “3091-moddasining birinchi qismida va 3092-moddasining birinchi qismida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13) quyidagi mazmundagi 3092-modda bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“3092-modda. Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilganligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan hollarda jarima solish toʻgʻrisidagi qaror
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishlari boʻyicha jarima solish haqidagi qaror maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsning ishtirokisiz chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jarima solish toʻgʻrisidagi qaror yuridik kuchga ega boʻlgan elektron hujjat shaklida rasmiylashtiriladi hamda ushbu hujjatni tuzgan vakolatli shaxsning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jarima solish toʻgʻrisidagi qaror chiqarilgan kundan eʼtiboran uch kun ichida huquqbuzarga elektron shaklda yuboriladi yoki qogʻoz shaklida topshiriladi yoxud pochta orqali topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat bilan yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jarima solish toʻgʻrisidagi qarorda quyidagilar koʻrsatilishi kerak: qaror chiqarilgan sana va joy; uni chiqargan organning nomi, shaxsning lavozimi va familiyasi; maʼmuriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilgan (aniqlangan) vaqt, joy va holatlar, ushbu Kodeks Maxsus qismining mazkur huquqbuzarlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddasi ushbu moddaning qismi koʻrsatilgan holda; qabul qilingan qaror, tayinlangan jarimani toʻlash tartibi va muddatlari, maʼmuriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning huquq va majburiyatlari, shuningdek jarima solish toʻgʻrisidagi qaror ustidan shikoyat berishning protsessual tartibi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14) quyidagi mazmundagi XXIII1 bob bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“XXIII1 bob. YaRAShUV TOʻGʻRISIDAGI IShLAR BOʻYIChA ISh YURITISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3131-modda. Yarashilganligi munosabati bilan koʻrib chiqiladigan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yarashilganligi munosabati bilan ushbu Kodeksning 212-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar koʻrib chiqilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3132-modda. Yarashuv toʻgʻrisidagi ariza
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jabrlanuvchi yoxud uning qonuniy vakili yarashuv toʻgʻrisidagi arizani ish vakolatli organlar (mansabdor shaxslar) tomonidan koʻrib chiqilishi vaqtida, shuningdek sud muhokamasining istalgan bosqichida, ammo sud qaror chiqarguniga qadar berishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizada yetkazilgan zarar bartaraf etilgani, shuningdek yarashilganligi munosabati bilan maʼmuriy huquqbuzarlik haqidagi ish yuritilishini tugatish toʻgʻrisidagi iltimos koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar yarashuv haqidagi ariza ish birinchi instansiya sudida sud muhokamasidan oʻtkazilayotganda berilgan boʻlsa, sud uni darhol koʻrib chiqishga kirishadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ish boʻyicha bir necha jabrlanuvchi boʻlsa, faqat barcha jabrlanuvchilar bilan yarashuvga erishilgan taqdirda, yarashuv toʻgʻrisidagi ishni yuritish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizani qabul qilish chogʻida vakolatli organ (mansabdor shaxs) va sud jabrlanuvchiga yoki uning qonuniy vakiliga sud yarashuvni tasdiqlasa, u mazkur ish boʻyicha ish yuritishni qayta tiklash haqida iltimosnoma berish huquqini yoʻqotishini tushuntirishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3133-modda. Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni sudga yuborish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli organ (mansabdor shaxs) jabrlanuvchining yoki uning qonuniy vakilining yarashuv toʻgʻrisidagi arizasini olgach, uch kundan ortiq boʻlmagan muddatda huquqbuzarning roziligiga koʻra ishni taraflarning yarashuvi munosabati bilan sudga yuborish haqida qaror chiqaradi hamda ishni tegishliligi boʻyicha sudga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarorning tavsif qismida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni yuritish uchun asos;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar va ular tomonidan sodir etilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar haqidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yarashuv toʻgʻrisidagi arizaning mazmuni hamda huquqbuzarning arizaga nisbatan munosabati koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarorning qaror qismida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishni sudga yuborish haqidagi qaror;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ashyoviy dalillar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ish boʻyicha huquqbuzar sifatida ishtirok etish uchun bir necha shaxs jalb qilingan boʻlib, ularning barchasi bilan yarashuvga erishilmagan boʻlsa, yarashuvga erishilmagan huquqbuzarlarga taalluqli materiallar ajratiladi va ular boʻyicha ish yuritish umumiy qoidalarga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan holatlar vakolatli organning (mansabdor shaxsning) ishni taraflarning yarashuvi munosabati bilan sudga yuborish haqidagi qarorida koʻrsatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3134-modda. Sud muhokamasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yarashuv toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud muhokamasi ish sudga kelgan paytdan eʼtiboran uch kundan kechiktirmay oʻtkazilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud majlisida: huquqbuzar, jabrlanuvchi, ularning qonuniy vakillari va, agar ishda qatnashayotgan boʻlsa, advokat ishtirok etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yarashuv haqidagi ishlar boʻyicha sud muhokamasi jabrlanuvchining yarashuv haqidagi arizasini oʻqib eshittirish bilan boshlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud huquqbuzarning va jabrlanuvchining sodir etilgan maʼmuriy huquqbuzarlik holatlari toʻgʻrisidagi soʻzlarini eshitadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yarashuvning ixtiyoriyligi va uning sabablarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqbuzar oʻz aybiga ixtiyoriy ravishda iqror boʻlganligini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqbuzar oʻzi sodir etgan qilmishning oqibatlarini anglaganligini va yetkazilgan zararni bartaraf etish choralarini koʻrgan-koʻrmaganligini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jabrlanuvchiga yoki huquqbuzarga biron-bir tazyiq boʻlgan-boʻlmaganligini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash bilan bogʻliq masalalarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqbuzarning, jabrlanuvchining va ularning qonuniy vakillarining yarashuvga roziliklarini aniqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shundan keyin, agar sud majlisida ishtirok etayotgan boʻlsa, advokatning fikrini eshitadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar sud majlisi davomida yarashuv, aybga iqror boʻlish ixtiyoriy emasligi, zararning oʻrnini qoplashni rad etish hollari aniqlangudek boʻlsa, sud taraflarning yarashuvi munosabati bilan ishni sudga yuborish toʻgʻrisidagi qarorni bekor qiladi va ishni umumiy asoslarda koʻrib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biroq, sodir etilgan qilmishda boshqa turdagi maʼmuriy huquqbuzarlik yoki jinoyat tarkibi belgilari mavjud boʻlsa, sud taraflarning yarashuvi munosabati bilan ishni sudga yuborish haqidagi qarorni bekor qiladi va ishni maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomani rasmiylashtirgan yoki maʼmuriy huquqbuzarlik haqidagi ishni qoʻzgʻatgan organga umumiy asoslarda koʻrib chiqish uchun yoki tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshirish uchun yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud muhokamasining natijalari boʻyicha sud qonunda belgilangan tartibda qaror chiqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud majlisi vaqtida ushbu Kodeksning 308-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga binoan bayonnoma yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3135-modda. Sud qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud qarorining kirish qismida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qaror chiqarilgan vaqt va joy;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qaror chiqargan sudning nomi, sudyaning, sud majlisi kotibining, taraflarning, agar ishda ishtirok etayotgan boʻlsa, tarjimonning ismi, otasining ismi va familiyasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqbuzarning ismi, otasining ismi va familiyasi, tugʻilgan yili, oyi, kuni va joyi, yashash joyi, ish joyi, mashgʻulotining turi, maʼlumoti va ish uchun ahamiyatga molik boshqa maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud qarorining tavsif-asoslash qismida yarashuv uchun asos boʻlgan holatlar bayon etiladi, ushbu Kodeksning 3134-moddasida sanab oʻtilgan masalalarga javoblar ifodalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarorning qaror qismida sud quyidagi masalalarni hal etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼmuriy huquqbuzarlik haqidagi ishni taraflarning yarashuvi munosabati bilan yoki ushbu Kodeksning 310-moddasida koʻrsatilgan boshqa asoslar boʻyicha tugatish haqidagi, maʼmuriy jazoning qoʻllanilishi toʻgʻrisida yoxud uni maʼmuriy huquqbuzarlik haqidagi bayonnomani rasmiylashtirgan yoki maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni qoʻzgʻatgan organga yuborish haqidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ashyoviy dalillar toʻgʻrisidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zararning oʻrnini qoplash haqidagi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudning qaroriga huquqbuzar, jabrlanuvchi, ularning qonuniy vakillari, advokat tomonidan shikoyat berilishi hamda prokuror tomonidan protest keltirilishi mumkin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15) 321-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidalari buzilishlariga doir ish yoki Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishlariga doir ish yangitdan koʻrib chiqish uchun yuborilib, qaror bekor qilingan taqdirda, mazkur ish maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsga nisbatan u ilgari sodir etgan huquqbuzarliklarning takroriyligi inobatga olingan holda umumiy asoslarda koʻrib chiqilishi lozim”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun 1-moddasining 1, 3 — 6-bandlari, 7-bandining beshinchi xatboshisi, 9, 11 — 13 va 15-bandlari ushbu Qonun kuchga kirgan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach amalga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 4-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻRQ-720-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2021-y., 03/21/720/0930-son)