20.09.2021 yildagi 587-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yirik shaharlarda, viloyatlar va tumanlar markazlarida tunu kun faoliyat yurituvchi savdo va xizmat koʻrsatish obyektlari joylashgan hududlarda jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 11-maydagi PQ-5113-son qaroriga muvofiq yirik shaharlarda, viloyatlar va tumanlar markazlarida tashkil etiladigan savdo va koʻngilochar koʻchalarda tunu kun faoliyat yurituvchi savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarining faoliyat olib borishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash choralarini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 11-maydagi PQ-5113-son qaroriga asosan quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdo va koʻngilochar koʻchalarda barcha tadbirkorlik subyektlariga jamoat xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya qilgan holda 24 soat mobaynida tunu kun faoliyat yuritish huquqi berilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarining 24 soat mobaynida tunu kun faoliyat yuritishga doir jamoat xavfsizligi boʻyicha soddalashtirilgan talablarni oʻrnatish vazifasi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarining 24 soat mobaynida tunu kun faoliyat yuritishga doir jamoat xavfsizligi boʻyicha soddalashtirilgan talablar oʻrnatiladi. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yirik shaharlarda, viloyatlar va tumanlar markazlarida tashkil etiladigan savdo va koʻngilochar koʻchalarda qoʻshimcha patrullik yoʻnalishlari va postlar tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmatga jalb etilgan naryadlarning zichligini oshirishni nazarda tutgan holda mavjud kuch-vositalar taqsimotiga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyektlari mol-mulkini qoʻriqlash, har xil favqulodda holatlarning oldini olish boʻyicha qoʻshimcha choralar koʻriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi yirik shaharlarda, viloyatlar va tumanlar markazlarida tashkil etiladigan savdo va koʻngilochar koʻchalardagi tunu kun faoliyat yurituvchi savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarida tadbirkorlik subyektlari bilan shartnoma asosida mol-mulkni qoʻriqlash boʻyicha muntazam ravishda targʻibot-tashviqot ishlarini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ushbu qarorning maqsadi, mohiyati va ahamiyati tadbirkorlik subyektlari orasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov va Milliy gvardiya qoʻmondoni R.M. Djurayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 20-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
587-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2021-y., 09/21/587/0894-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)