Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kunini belgilash toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 10-avgustda qabul qilingan
Senat tomonidan 2021-yil 27-avgustda maʼqullangan
Senat tomonidan 2021-yil 27-avgustda maʼqullangan
1-modda. 26-sentabr Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kuni etib belgilansin.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 2-oktabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kunini belgilash toʻgʻrisida”gi OʻRQ-490-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 10, 666-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 14-sentabr,
№ OʻRQ-715-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.09.2021-y., 03/21/715/0872-son)