Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 16.02.1993 yildagi 87-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 16.02.1993 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QIZILQUM FOSFORIT KOMBINATI QURILIShI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fosforli oʻgʻitlar ishlab chiqaruvchi respublika korxonalarini Navoiy viloyatidagi Jeroy-Sardara konidan qazib olinadigan mahalliy fosfat xomashyosi bilan taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Jeroy-Sardara koni negizida har yili 2320 ming tonna fosforit konsentrati ishlab chiqaradigan Qizilqum fosforit kombinati qurilishi amalga oshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston davlat kimyo sanoati konserni kombinat qurilishi buyurtmachisi, Oʻzbekiston sanoat va xoʻjalik qurilishi davlat korporatsiyasi bosh pudratchi etib belgilansin. 1995-yilda kombinatning har yili 1190 ming tonna fosforit konsentrati ishlab chiqaradigan birinchi navbatini, 1996-yilda ikkinchi navbatini ishga tushirish taʼminlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston davlat kimyo sanoati konserni manfaatdor vazirliklar va idoralarning loyiha tashkilotlari bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilishni 1993-yil aprel oyidan kechiktirmay boshlashni hisobga olgan holda kombinatni loyihalashtirishni taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1993-yilda Oʻzbekiston sanoat va xoʻjalik qurilishi davlat korporatsiyasiga qurilish rayonida ishlab chiqarish bazasini tashkil etish uchun hisob-kitoblarga muvofiq hamda oʻzlashtirilishiga koʻra mablagʻ ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 12-fevraldagi 78-son qarori bilan “Oʻzdavkimyo” konserniga 1993-yilga 1,8 mlrd soʻmlik imtiyozli kreditlar ajratilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin. “Oʻzdavkimyo” konserni 1993-yil fevral-mart oylarida ajratilgan mablagʻlardan loyiha-qidiruv va tayyorgarlik ishlarini mablagʻ bilan taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi har yili respublika investitsiya dasturida mazkur kombinat qurilishiga zarur mablagʻlar ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻrta Osiyo Temir yoʻl boshqarmasi, Energetika va elektrlashtirish vazirligi, Neft va gaz sanoati davlat konserni, “Oʻzavtotrans” korporatsiyasi, Aloqa vazirligi, “Oʻzsuvqurilish” davlat konserni, “Oʻzbektransqurilish” davlat uyushmasi, “Oʻzdehqonchilikqurilish”, “Oʻzkolxozqurilish” birlashmalari bosh pudratchilar sifatida temir yoʻllar, elektr uzatish liniyalari, gazoprovodlar, avtomobil yoʻllari, suv oqizgichlar va boshqa muhandislik kommunikatsiyalarini loyihalash, butlash va qurishni belgilangan muddatlarda taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston davlat kimyo sanoati konserni, “Oʻzsanoatxoʻjalikqurilish” korporatsiyasi, “Oʻzmontajmaxsusqurilish” uyushmasi subpudrat tashkilotlarni jalb qilgan holda kon, boyitish fabrikasi, turar joy shaharchasi, ijtimoiy-madaniy-maishiy inshootlar qurilishini amalga oshirsinlar hamda ularning 1993 — 1996-yillarda ishga tushirilishini taʼminlasinlar, bunda loyihalash va qurilish ishlari bir vaqtning oʻzida olib borilsin. Qurilish-montaj ishlariga, haqiqatda bajarilgan ishlar boʻyicha haq toʻlashga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston shartnomalar va savdo boʻyicha davlat-aksionerlik uyushmasi, “Oʻzqurilishmateriallari” davlat konserni va respublikaning boshqa taʼminot-sotish tashkilotlari kombinat qurilishi qatnashchilari boʻlgan tashkilotlarga kapital mablagʻlarning tasdiqlangan hajmlari doirasida biriktirilgan nomenklatura boʻyicha kvotalangan mahsulotlarni ajratsinlar, shuningdek, mahsulot yetkazib beruvchilar bilan shartnoma asosida xoʻjalik aloqalari oʻrnatilishiga koʻmaklashsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Oʻzbekistonqishloq” xoʻjaligi mashinasozligi davlat konserni, “Qizilqumnodirmetalloltin” konserni va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat qimmatbaho metallar qoʻmitasi Oʻzbekiston davlat kimyo sanoati konserni va qurilish qatnashchilari boʻlgan tashkilotlarning buyurtmanomalari boʻyicha nostandart asbob-uskunalar, detallar va uzellarning oʻz vaqtida tayyorlanishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Navoiy viloyati hokimligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kon, boyitish fabrikasi, uy-joylar, muhandislik va transport kommunikatsiyalari qurilishi hamda qurilishning boshqa inshootlari uchun yer uchastkasi tanlash va ajratishni belgilangan tartibda amalga oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston “Savdo” davlat-aksionerlik uyushmasi va Oʻzbekbirlashuv bilan birgalikda inshootlarda ishlovchilarni oziq-ovqat va kundalik ehtiyoj mollari bilan taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Vazirliklar va idoralarga qayd qilib oʻtilgan kombinat qurilishida bevosita band boʻlgan qurilish, montaj, ishga tushirish-sozlash tashkilotlari ishchilari va mutaxassislari mehnatiga xodimlar lavozim maoshlarining 30 foizgacha oshirilgan tarif stavkalari boʻyicha haq toʻlashga ruxsat berilsin, bu xarajatlar qurilish smetasiga kiritilsin. Xizmat safariga yuboriladigan xodimlarga sutkalik xarajatlar belgilangan eng kam ish haqining 0,08 foizi miqdorida belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Fosforit kombinati qurilishi bilan bogʻliq masalalarni tez hal etish uchun Bosh vazirning oʻrinbosari K.N. Toʻlaganov raisligida ilovaga muvofiq respublika shtabi tuzilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1993-yil 16-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
87-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 16-fevraldagi 87-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qizilqum fosforit kombinati qurilishi boʻyicha respublika shtabi aʼzolarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Roʻyxati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

K.N.‎ Tlaganov

—‎‎

Bosh vazirning oʻrinbosari, shtab raisi

K.J.‎ Xaqqulov

—‎‎

Bosh vazirning oʻrinbosari, shtab raisining oʻrinbosari

‎‎Shtab aʼzolari

A.A.‎ Aydarqulov

—‎‎

Navoiy viloyatining‎ hokimi

V.V. Ulasevich ‎

—‎‎

Navoiy viloyati hokimining oʻrinbosari

J.K. ‎Nurullayev

—‎‎

Konimex tumani hokimi

Y.N. ‎Konnikov

—‎‎

Oʻzsanoatxoʻjalikqurilish”‎ korporatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari

R.Yo.‎ Yoqubov

—‎‎

Oʻzdavkimyo konserni raisining birinchi oʻrinbosari

R.I.‎ Raimqulov

—‎‎

Oʻzavtoyoʻl konserni raisining birinchi oʻrinbosari

R.S. Sagatov ‎

—‎‎

Oʻzdavkimyo konserni raisining oʻrinbosari

V.K. Sutskarev ‎

—‎‎

Oʻzmontajmaxsusqurilish uyushmasi raisining oʻrinbosari

V.A.‎ Kravchenko

—‎‎

Aloqa vazirining oʻrinbosari

U.N‎. Nazarov

—‎‎

Energetika va elektrlashtirish vazirining oʻrinbosar�

V.I. ‎ Saakov

—‎‎

Oʻzistiqbolstat davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari

A.M.‎ Mahmudov

—‎‎

Oʻzshartnomasavdo raisining oʻrinbosari

K.I. Kamalov ‎

—‎‎

Oʻrta Osiyo Temir yoʻl boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari

R.V.‎ Soy

—‎

Davlat geologiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari

N.I.‎ Rahmatov

—‎‎

Oʻzsuvqurilish konserni raisining oʻrinbosari

V.M.‎ Tovarovskiy

—‎‎

Oʻzbekneftgazqurilish davlat aksionerlik birlashmasining raisi

M.A.‎ Omelnitskiy

—‎‎

Oʻzbektransqurilish davlat uyushmasi raisi

A.X.‎ulomov

—‎‎

Oʻzbekneftgazqazibolish davlat aksionerlik birlashmasi bosh direktorining raisi

G.G.‎ Goryachev

—‎‎

OʻzNIIKIMYo loyiha direktori

T.I.‎ Isroilov

—‎‎

Savdo taraqqiyoti respublika aksionerlik birlashmasining raisi

A.V. Rasщupkin

—‎

Navoiy kon metallurgiya kombinati direktorining kapital qurilish boʻyicha oʻrinbosari

Keyingi tahrirga qarang.