09.09.2021 yildagi 562-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 01.03.2025 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtidorli oʻquvchilar oʻrtasida fan olimpiadalarini oʻtkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 3-maydagi PQ-4306-son qarori, “Taʼlim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 6-noyabrdagi PQ-4884-son qarori hamda “Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari, akademik litsey va kasb-hunar maktablari oʻquvchilari oʻrtasida fan olimpiadalarini tashkil etish, oʻtkazish hamda xalqaro olimpiadalar ishtirokchilarini saralash va gʻoliblarni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fan olimpiadalari (asosiy olimpiadalar, qoʻshimcha respublika olimpiadalari, onlayn olimpiadalar)ni tashkil etish, oʻtkazish hamda olimpiada gʻoliblari va ularning oʻqituvchilarini ragʻbatlantirish tartibi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maqomi asosiy olimpiadalarning respublika bosqichiga tenglashtirilgan mintaqaviy xalqaro fan olimpiadalari roʻyxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalariga nomzodlarni saralash, Oʻzbekiston terma jamoasini shakllantirish, terma jamoa aʼzolarini tayyorlash uchun jalb etilgan mahalliy va xorijiy trenerlar mehnatiga haq toʻlash tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fan olimpiadalarining nazorat materiallarini tayyorlash hamda nazorat materiallarini tayyorlash uchun jalb etilgan mutaxassislar va ekspertlar mehnatiga haq toʻlash tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi, ingliz, nemis yoki fransuz tillaridan biri xorijiy til sifatida oʻqitiladigan umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻrtasida oʻtkaziladigan “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovini tashkil etish hamda oʻtkazish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ingliz, nemis, fransuz tillari boʻyicha bir xil murakkablikdagi nazorat materiallarini tayyorlash va tanlov oʻtkaziladigan joylarga yetkazib berish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim muassasalarida xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni tahlil qilish, maktabning xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha natijadorligi koʻrsatkichlarini baholash tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar)lar miqyosida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri miqyosida hamda respublika miqyosida xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi natijaga erishgan maktablarni aniqlash va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sovrinini berish tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi mazkur qarorda nazarda tutilgan xarajatlarni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan taqdim etiladigan talabnomaga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutib borsin.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 07/24/346/0805-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq tanlovda gʻolib boʻlgan maktablarni bir martalik pul mukofotlari bilan ragʻbatlantirish uchun ajratiladigan mablagʻlarning moliyalashtirish manbalari quyidagilar hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tuman (shahar) bosqichida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-oʻrin uchun — 100 million soʻm, 2-oʻrin uchun — 75 million soʻm, 3-oʻrin uchun — 50 million soʻm miqdorida mukofotlash — tuman (shahar) mahalliy budjetlari hisobidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-oʻrin uchun — 250 million soʻm, 2-oʻrin uchun — 200 million soʻm, 3-oʻrin uchun — 150 million soʻm miqdorida mukofotlash — Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari hisobidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) respublika bosqichida:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-oʻrin uchun — 500 million soʻm, 2-oʻrin uchun — 400 million soʻm, 3-oʻrin oʻrin uchun — 300 million soʻm miqdorida mukofotlash respublika budjetidan Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligining markazlashgan xarajatlariga ajratiladigan mablagʻlar hisobidan.
(2-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 07/24/346/0805-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻqituvchilariga, xalqaro olimpiadalar va asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi gʻoliblariga gʻoliblikni qoʻlga kiritgan fanidan dars berganligi uchun, belgilangan ustamalarni qayta hisob-kitob qilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 3-maydagi PQ-4306-son qarori qabul qilingan kundan boshlab toʻliq toʻlab berilishini taʼminlasin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 07/24/346/0805-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisida” 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qaroriga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri X.U. Umarova zimmasiga yuklansin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 07/24/346/0805-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 9-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
562-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari, akademik litsey va kasb-hunar maktablari oʻquvchilari oʻrtasida fan olimpiadalarini tashkil etish, oʻtkazish hamda xalqaro olimpiadalar ishtirokchilarini saralash va gʻoliblarni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom davlat va nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari, akademik litsey va kasb-hunar maktablari (keyingi oʻrinlarda — maktablar) oʻquvchilari oʻrtasida umumtaʼlim fanlari boʻyicha olimpiadalarni tashkil etish, oʻtkazish, xalqaro va mintaqaviy olimpiadalar ishtirokchilarini saralash hamda olimpiada gʻoliblarini ragʻbatlantirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asosiy olimpiada — umumtaʼlim fanlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) tomonidan maktablar oʻrtasida respublika miqyosida tizimli ravishda har yili tashkil etiladigan olimpiada;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 07/24/346/0805-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻshimcha respublika olimpiadalari — mahalliy davlat hokimiyati organlari, vazirlik va idoralar, davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlari tomonidan asosiy olimpiadalardan tashqari, oʻz tashabbusi bilan oʻtkaziladigan olimpiadalar;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
onlayn olimpiada — oʻquvchilarning bilimlarini sinovdan oʻtkazish va asosiy olimpiadalarga tayyorgarlik koʻrish koʻnikmalarini shakllantirishga qaratilgan hamda faqat axborot texnologiyalari (kompyuter, planshet, telefon va boshqalar) orqali amalga oshiriladigan olimpiadalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nufuzli xalqaro olimpiadalar — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 3-maydagi PQ-4306-son qarorida belgilangan xalqaro olimpiadalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mintaqaviy xalqaro olimpiadalar — nufuzli xalqaro olimpiadalar roʻyxatiga kirmaydigan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatga kiritilgan hamda gʻoliblarining maqomi asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi gʻoliblariga tenglashtirilgan xalqaro olimpiadalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
olimpiadalar taqvimi — oʻquv yili davomida oʻtkazilishi rejalashtirilgan fan olimpiadalarining reja-jadvali;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
olimpiada gʻoliblari — asosiy olimpiada, qoʻshimcha respublika olimpiadalarida 1, 2, 3-oʻrinlarni, xalqaro olimpiadalarda oltin, kumush va bronza medallarini qoʻlga kiritgan oʻquvchilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot tizimi — Vazirlikning olimpiadalarni tashkil qilish va oʻtkazishga moʻljallangan veb-sayti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Fan olimpiadalari yagona ilmiy-uslubiy yondashuv asosida adolatlilik, ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Olimpiadalar uchun test topshiriqlari, yozma va amaliy ishlarni (keyingi oʻrinlarda — nazorat materiallari) tayyorlash, iqtidorli oʻquvchilar zaxirasini shakllantirish hamda olimpiadalarni oʻtkazish bilan bogʻliq tadbirlar Vazirlik tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika miqyosida tashabbus tartibida tashkil qilinadigan barcha turdagi fan olimpiadalari Vazirlik bilan kelishgan holda oʻtkaziladi hamda olimpiadalar taqvimiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Olimpiadalar nazorat materiallari oʻquvchilarning bilim, koʻnikmalarini standart va nostandart masalalarda, amaliy topshiriqlarda qoʻllay olish malakalarini va kompetensiyalarini baholashga qaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Nufuzli xalqaro olimpiadalar va mintaqaviy xalqaro olimpiadalarni oʻtkazish tartibi va shartlari ularning tashkilotchilari tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻquvchilar olimpiadalarda oʻz xohishlariga koʻra, ixtiyoriy ravishda qatnashadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Asosiy olimpiadalarni tashkil etish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Asosiy olimpiadalarning tegishli bosqichini oʻtkazish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni bajarish uchun Vazirlik hamda uning hududiy boʻlinmalari oʻz buyruqlari bilan tashkiliy qoʻmitalar, hakamlar hayʼatlari, apellyatsiya komissiyalari tashkil etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Tashkiliy qoʻmita
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Olimpiadalarni tashkil etish uchun Vazirlik, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari), tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlarida har bir olimpiada hamda uning bosqichlarini oʻtkazish boʻyicha respublika va hududiy tashkiliy qoʻmita (keyingi oʻrinlarda — tashkiliy qoʻmita ) tuziladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 07/24/346/0805-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Quyidagilar tashkiliy qoʻmitaning vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
olimpiada oʻtkaziladigan joyni belgilash va tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hakamlar hayʼati tarkibi, apellyatsiya komissiyasi aʼzolari, auditoriya rahbarlari roʻyxatini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
olimpiada nazorat materiallarining maxfiyligini, olimpiadani mazkur Nizom talablari asosida oʻtkazilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
olimpiadaning tashkil etilishi, oʻtkazilishi va natijalarini ommaviy axborot vositalarida yoritib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha olimpiada ishtirokchilari haqidagi maʼlumotlarni axborot tizimiga kiritilishini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
olimpiada natijalari va hakamlar hayʼati qarori asosida gʻoliblarni keyingi bosqichda ishtirok etishi boʻyicha tavsiyani yuqori turuvchi tashkiliy qoʻmitaga taqdim etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Maktablarda tashkiliy qoʻmitaning vazifalari Pedagogik kengash tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Tashkiliy qoʻmita tarkibiga Vazirlik, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Bilim va malakalarni baholash agentligi hamda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligining masʼul xodimlari va boshqa mahalliy davlat hokimiyati organlari vakillari kiritilishi mumkin.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 07/24/346/0805-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Hakamlar hayʼati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Olimpiadalarning barcha bosqichlarida tashkiliy qoʻmita tomonidan 3 kishidan 7 kishigacha tarkibda hakamlar hayʼati tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Hakamlar hayʼati:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
olimpiada jarayonida beriladigan nazorat materiallarini ekspertizadan oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
olimpiada ishtirokchilari tomonidan bajarilgan ishlarni Vazirlik tomonidan tasdiqlangan baholash mezonlari asosida xolisona tekshiradi, baholaydi va gʻoliblarni aniqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
natijalarni olimpiada oʻtkazilgan kuni eʼlon qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻtkazilgan olimpiada natijalari boʻyicha qaror qabul qiladi va uni tashkiliy qoʻmitaga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Hakamlar hayʼati tarkibiga maktablar, nodavlat taʼlim tashkilotlari, oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot institutlarining yuqori malakali mutaxassislari jalb qilinadi. Har bir fan boʻyicha tuzilgan hakamlar hayʼati aʼzolari ochiq ovoz berish yoʻli bilan hayʼat raisini saylaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Hakamlar hayʼati aʼzolari olimpiada gʻoliblarini xolisona aniqlashda va nazorat materiallarining maxfiyligini taʼminlashda shaxsan javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Auditoriya rahbari va nazoratchilar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Tashkiliy qoʻmita tomonidan olimpiada boshlanishidan oldin qurʼa tashlash yoʻli bilan fan oʻqituvchilari orasidan xonalarga auditoriya rahbari va nazoratchilari tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fan oʻqituvchisi oʻz mutaxassislik yoʻnalishida olimpiada oʻtkazilayotgan auditoriyaga rahbar yoki nazoratchi etib tayinlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Auditoriya rahbarlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishtirokchilarga olimpiadaning tartib-qoidalari toʻgʻrisida qisqacha tushuntiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
olimpiada boshlanishi va tugash vaqtini eʼlon qiladi hamda olimpiada jarayonini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fan olimpiadasi jarayonida oʻrnatilgan tartib-qoidalarga amal qilmagan oʻquvchilarni olimpiadadan dalolatnoma tuzib chetlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishtirokchilarning bajargan ishlarini shifrlab, tekshirish uchun hakamlar hayʼatiga topshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hakamlar hayʼati tomonidan tekshirilgan ishlarni shifr boʻyicha roʻyxatini tuzadi va tashkiliy qoʻmitaga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Auditoriya nazoratchilari olimpiada oʻtkazilayotgan va oʻzlari biriktirilgan auditoriyada tartib saqlanishini taʼminlaydilar va auditoriya rahbariga qoʻyilgan vazifalarni amalga oshirishda koʻmaklashadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Olimpiada oʻtkaziladigan auditoriyalar videokuzatuv kameralari bilan jihozlanadi. Auditoriyada telefon va turli aloqa vositalaridan foydalanish taqiqlanadi. Kimyo va fizika fanlarida kalkulyatordan hamda matematika fanida sirkul va chizgʻichdan foydalanishga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ommaviy axborot vositalari vakillariga olimpiada jarayoniga xalaqit qilmagan holda kuzatishlariga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Olimpiada oʻtkazilayotgan jarayonda ishtirokchilarning oʻzaro gaplashishi, aloqa vositalari va turli xil qoʻshimcha manbalardan foydalanishi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday holatlar uchun ishtirokchi olimpiadadan chetlashtiriladi, bajargan ishlari tekshirilmaydi va baholanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Apellyatsiya komissiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Apellyatsiya komissiyasi hakamlar hayʼati tarkibiga kirmagan uch nafargacha fan mutaxassislaridan iborat tarkibda tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Apellyatsiya komissiyasi tomonidan olimpiada ishtirokchilarining arizalari olimpiada natijalari eʼlon qilingan kunning oʻzida qabul qilinadi. Apellyatsiya jarayonida hakamlar hayʼati aʼzolari, ishtirokchi va uning fan oʻqituvchisi ishtirok etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Apellyatsiyaga olimpiadalar ishtirokchilarining faqatgina oʻzlari tomonidan bajarilgan ishlarini qayta koʻrib chiqish boʻyicha natija eʼlon qilingandan soʻng shu kunning oʻzida arizalar qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Hakamlar hayʼati tomonidan baholangan ishtirokchining bajargan ishida baholash mezonlariga mos kelmaslik holatlari aniqlanganda apellyatsiya komissiyasi hakamlar hayʼati qarorini bekor qilish yoki ularga oʻzgartirishlar kiritish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Apellyatsiya komissiyasi hakamlar hayʼatiga apellyatsiya natijalari boʻyicha izoh berib, olimpiada natijalarini oʻzgartirishi mumkin va bunda hakamlar hayʼati qarori qayta tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-§. Iqtidorli oʻquvchilar zaxirasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Iqtidorli oʻquvchilar zaxirasi axborot tizimida shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Iqtidorli oʻquvchilar zaxirasiga quyidagi toifadagi oʻquvchilar kiritiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asosiy olimpiadaning uchinchi bosqichida fanlar kesimida 1, 2, 3-oʻrinlarni egallagan oʻquvchilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mintaqaviy xalqaro olimpiadalar gʻoliblari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etgan oʻquvchilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻshimcha respublika olimpiadalari gʻoliblari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
onlayn olimpiadalar gʻoliblari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Iqtidorli oʻquvchilar zaxirasidagi oʻquvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yillar kesimida Vazirlikning axborot tizimida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Asosiy olimpiadalarni oʻtkazish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Asosiy olimpiadalar ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan fanlardan ikki guruhga ajratilgan holda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, nufuzli xalqaro olimpiadalar tashkil qilinadigan fanlar mos keluvchi birinchi guruh (matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari fanlari) va ikkinchi guruh (qolgan fanlar) deb belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Barcha fanlardan nazorat turlari, shakllari, baholash mezonlari Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birinchi guruhdagi fanlar boʻyicha nazorat turlarida fanlar boʻyicha sinovlar xalqaro olimpiadalarning talablari va topshiriqlari metodologiyasini qoʻllagan holda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Asosiy olimpiadalar maktablarning 9 — 11-sinf, akademik litseylar va kasb-hunar maktablarining oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Asosiy olimpiadalar toʻrt bosqichda quyidagi muddatlarda oʻtkaziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi bosqich — maktab, akademik litsey va kasb-hunar maktablar miqyosida sentabr oyida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi bosqich — tuman (shahar) miqyosida oktabr oyida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi bosqich — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida noyabr oyida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi bosqich — respublika miqyosida barcha fanlardan aprel-may oylarida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻrtinchi bosqichda umumtaʼlim maktablarining 11-sinf, kasb-hunar maktablari, akademik litseylarning 2-bosqich oʻquvchilari ishtirok etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birinchi bosqich maktab, akademik litsey va kasb-hunar maktablar tomonidan oʻquvchilar oʻrtasida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir fan va sinf kesimida ishtirokchilar orasidan ballar ketma-ketligida 3 nafargacha gʻolib aniqlanadi va maktab pedagogik kengashining (yoki nodavlat taʼlim tashkiloti rahbarining) qarori bilan ikkinchi bosqichda ishtirok etish uchun tavsiya etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ikkinchi bosqichda ishtirok etish uchun tavsiya etilgan oʻquvchilar hamda ularning oʻqituvchilari haqidagi maʼlumotlar axborot tizimiga joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birinchi bosqichni oʻtkazish bilan bogʻliq masalalar, nazorat materiallarining maxfiyligini, jarayonning adolatli va shaffof oʻtkazilishini taʼminlashga maktab direktori masʼul hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi birinchi bosqich tashkil etilishini muvofiqlashtiradi hamda adolatli va shaffof oʻtkazilishi boʻyicha nazoratni amalga oshiradi.
(33-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 07/24/346/0805-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Ikkinchi bosqich tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari tomonidan birinchi bosqichda gʻolib boʻlgan oʻquvchilar oʻrtasida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademik litsey hamda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod maktablari hamda Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulugʻbek, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablar va ushbu maktablarning hududlardagi filiallarining birinchi bosqich gʻoliblari ikkinchi bosqichda ishtirok etmasdan toʻgʻridan-toʻgʻri uchinchi bosqichda ishtirok etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi boshqa maktablarning birinchi bosqich gʻoliblari joylashuvi boʻyicha asosiy olimpiadalarning ikkinchi bosqichida ishtirok etadi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 07/24/346/0805-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Ikkinchi bosqichda har bir fan va sinf kesimida ishtirokchilar orasidan ballar ketma-ketligida 3 nafargacha (1, 2, 3-oʻrinlar) gʻolib aniqlanadi va hakamlar hayʼati qarori asosida tashkiliy qoʻmita tomonidan uchinchi bosqichda ishtirok etish uchun tavsiya etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashkiliy qoʻmita tavsiya etilgan oʻquvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni axborot tizimiga kiritadi va tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Ikkinchi bosqichni tashkil etishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishtirokchilarini olimpiadalar boʻlib oʻtadigan manzilga xavfsiz kelib-ketishlariga tegishli maktab direktorlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat materiallarining maxfiyligini taʼminlash, jarayonlarning shaffof, adolatli va barcha xavfsizlik choralarini koʻrgan holda tashkil etilishiga — tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi mudirlari shaxsan masʼul hisoblanadi.
(36-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 07/24/346/0805-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Hududiy maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari tomonidan ikkinchi bosqich oʻtkazilishini nazorat qiladi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 07/24/346/0805-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Uchinchi bosqich Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida hududiy maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari tomonidan oʻtkaziladi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 07/24/346/0805-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Asosiy olimpiadalarning uchinchi bosqichida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi bosqichda 1, 2, 3-oʻrinlarni egallagan oʻquvchilar;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akademik litseylar hamda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod maktablari hamda Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulugʻbek, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablar va ushbu maktablarning hududlardagi filiallari tomonidan tavsiya etilgan 3 nafargacha oʻquvchilar;
(39-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 07/24/346/0805-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻtgan oʻquv yilida asosiy olimpiadaning uchinchi bosqichida 1-oʻrinni egallagan va hozirda maktab, akademik litsey yoki kasb-hunar maktablarining oʻquvchilari oʻtgan oʻquv yilida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan fani boʻyicha ishtirok etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Uchinchi bosqichda har bir fan va sinf kesimida ishtirokchilar orasidan ballar ketma-ketligida 3 nafar (1, 2, 3-oʻrinlar) gʻoliblar aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Ishtirokchilarning olimpiadalar boʻlib oʻtadigan manzilga xavfsiz kelib-ketishlarini taʼminlashga tuman (shahar) hokimlari va maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi mudirlari shaxsan masʼul hisoblanadi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 07/24/346/0805-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Toʻrtinchi bosqich respublika miqyosida Vazirlik tomonidan uchinchi bosqichda 1, 2, 3-oʻrinlarni egallagan, umumtaʼlim maktablarining 11-sinf oʻquvchilari hamda kasb-hunar maktablari va akademik litseylarning 2-bosqich oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Toʻrtinchi bosqich uchun nazorat materiallari hamda ularni baholash mezonlari Vazirlik tomonidan tayyorlanadi.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 07/24/346/0805-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Koʻzi ojizlar maxsus maktab-internatlari oʻquvchilari oʻrtasida ona tili va adabiyot, matematika, tarix, rus tili va adabiyoti fanlaridan olimpiada ikki (viloyat va respublika) bosqichda tashkil qilinadi hamda nazorat materiallari Vazirlik tomonidan ishlab chiqiladi.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 07/24/346/0805-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Toʻrtinchi bosqichda har bir fan yoʻnalishida ballar ketma-ketligida 1, 2, 3-oʻrinlarni egallagan oʻquvchilar gʻolib hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Toʻrtinchi bosqichni tashkil etishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ishtirokchilarning respublika bosqichi boʻlib oʻtadigan manzilga xavfsiz kelib-ketishlariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tizimida taʼlim tashkilotlari boʻlgan vazirlik va idoralarning birinchi rahbarlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nodavlat taʼlim tashkiloti rahbarlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) nazorat materiallarining maxfiyligini taʼminlash, jarayonlarning shaffof va adolatli oʻtkazilishiga — Vazirlik bevosita masʼul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Qoʻshimcha respublika olimpiadalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Qoʻshimcha respublika olimpiadalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar yoki davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlari tashabbusiga koʻra oʻtkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Qoʻshimcha respublika olimpiadalarini oʻtkazish tartibi, gʻoliblar va ularning oʻqituvchilari yoki taʼlim muassasalarini ragʻbatlantirish masalalari olimpiadalarni oʻtkazish uchun tashkil etiladigan tashkiliy qoʻmita (yoki tashkilotchilar) tomonidan oʻrnatilgan tartibda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Oʻquvchilar oʻrtasida umumtaʼlim fanlari boʻyicha oʻtkaziladigan qoʻshimcha respublika olimpiadalari Vazirlik bilan kelishiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻshimcha respublika olimpiadasini oʻtkazish uchun tashabbuskor tashkilot tomonidan Vazirlikka oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan olimpiada toʻgʻrisida quyidagi maʼlumotlarni ilova qilgan holda murojaat yuboradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
olimpiadaning maqsadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
olimpiadani oʻtkazish joyi va vaqti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
olimpiada oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan fanlar roʻyxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishtirokchilar uchun qoʻyilgan talablar (sinfi, yoshi va boshqalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gʻolib va sovrindorlar uchun belgilangan mukofot jamgʻarmasi hamda qoʻshimcha imtiyozlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik murojaatni kelib tushgan vaqtdan boshlab oʻn kun mobaynida koʻrib chiqadi hamda qoʻshimcha respublika olimpiadasini oʻtkazishga rozilik berish yoki rad qilish boʻyicha asoslantirilgan javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Quyidagi hollarda olimpiadani oʻtkazishga rad javobi berilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
olimpiadani oʻtkazishning maqsadi amaldagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan taʼlim sohasidagi asosiy prinsiplarga mos kelmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
olimpiadani oʻtkazish joyi va vaqti ishtirokchilarning hayoti va sogʻligiga xavf tugʻdirsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Onlayn olimpiada
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Umumtaʼlim fanlari boʻyicha Vazirlik tomonidan oʻtkaziladigan onlayn olimpiada maktablarning 4 — 11-sinf oʻquvchilari hamda akademik litsey va kasb-hunar maktablarining oʻquvchilari oʻrtasida oʻquvchilarning bilimlarini sinovdan oʻtkazish, asosiy olimpiadalarga tayyorgarlik koʻrish koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Onlayn olimpiadani oʻtkazish tartibi, muddatlari va shartlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar onlayn olimpiada boshlanishidan ikki hafta oldin Vazirlikning rasmiy veb-saytlarida joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Onlayn olimpiadada roʻyxatdan oʻtish, ishtirok etish va natijalarini aniqlash axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Onlayn olimpiadaning texnik taʼminoti Vazirlik tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Vazirlik tomonidan tashkil qilinadigan onlayn olimpiadalar natijalari taʼlim muassasasi, oʻquvchilar va ularning oʻqituvchilarini ragʻbatlantirishga asos boʻlmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Nodavlat tashkilotlar tomonidan tashkil etiladigan onlayn olimpiadalarini oʻtkazish tartibi, gʻoliblar va ularning oʻqituvchilari yoki taʼlim muassasalarini ragʻbatlantirish masalalari tashkilotchilar tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etuvchi terma jamoaga nomzodlarni saralash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etuvchi terma jamoaga nomzodlarni saralash (keyingi oʻrinlarda — saralash) birinchi guruh fanlardan uch bosqichda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Saralashning barcha bosqichlarida ishtirokchilarga sinfidan qatʼi nazar, har bir fan yoʻnalishida bir xil nazorat materiallari taqdim etiladi va natijalar ham sinflarga ajratilmagan holda eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Saralashning birinchi bosqichiga quyidagi toifadagi oʻquvchilar jalb qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli oʻquv yilida oʻtkazilgan asosiy olimpiadalarning uchinchi (viloyat) bosqichida fanlar boʻyicha sinflar kesimida, ballar ketma-ketligida 1 — 5-oʻrinlarni egallagan 9 — 11-sinf va akademik litsey hamda kasb-hunar maktablarining oʻquvchilari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mintaqaviy xalqaro olimpiadalarda oʻtgan va joriy oʻquv yili davomida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan tavsiya qilingan oʻquvchilar (har bir fandan 5 nafargacha);
(59-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 07/24/346/0805-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻtgan oʻquv yilida nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etgan, hozirda umumtaʼlim maktablarida, akademik litsey va kasb-hunar maktablarida tahsil olayotgan oʻquvchilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Saralashning birinchi bosqichi Vazirlik tomonidan noyabr oyida tashkil qilinadi va ikkinchi bosqichga Respublika miqyosida har bir fan boʻyicha eng yuqori ballarni qoʻlga kiritgan dastlabki 25 nafar ishtirokchilar saralab olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Saralashning ikkinchi bosqichi doirasida oʻtkazilgan sinovlar natijalari boʻyicha ballar ketma-ketligida eng yuqori natijaga erishgan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biologiya fanidan — 12 nafar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kimyo fanidan — 12 nafar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
informatika va axborot texnologiyalari fanidan — 12 nafar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fizika fanidan — 15 nafar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
matematika fanidan — 18 nafar oʻquvchilar uchinchi bosqichda ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. Vazirlik tomonidan saralashning ikkinchi bosqich natijalariga koʻra saralab olingan oʻquvchilar uchun tajribali oʻqituvchilar, oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari va xorijiy mutaxassislar, shuningdek, xalqaro tanlov va olimpiadalar sovrindorlari boʻlgan trenerlar ishtirokida mahorat darslari, kuchaytirilgan oʻquv mashgʻulotlari tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63. Tashkil etiladigan oʻquv mashgʻulotlari davomida oʻtkaziladigan uchinchi bosqich sinov natijalariga koʻra har bir fan yoʻnalishida eng yuqori ballarni qoʻlga kiritgan oʻquvchilardan nufuzli xalqaro olimpiadalarda belgilangan kvotalar asosida Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibi shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64. Nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning barcha bosqichlari uchun nazorat materiallari hamda baholash mezonlari Vazirlik tomonidan ishlab chiqiladi hamda maxfiyligi taʼminlangan holda, olimpiada oʻtkaziladigan joylarga yetkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65. Nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etuvchi terma jamoa rahbarlari va ularning yordamchilari Vazirlik tomonidan tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66. Vazirlik huzurida matematika, fizika, informatika va axborot texnologiyalari, kimyo va biologiya fanlaridan maslahat kengashlari tashkil qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maslahat kengashlariga oʻz fani boʻyicha yuqori malakaga ega boʻlgan tajribali trenerlar, professor-oʻqituvchilar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maslahat kengashi aʼzolari terma jamoani nufuzli xalqaro olimpiadalarga tayyorlashda, mahorat darslarini tashkil qilishda ishtirok etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
67. Terma jamoa rahbari oʻz fani boʻyicha yuqori malakaga ega boʻlishi, xalqaro olimpiada topshiriqlarini ingliz tilidan davlat tiliga bexato tarjima qila olishi hamda oʻquvchilar ishlarini xalqaro hakamlar hayʼatiga himoya qila olishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
68. Mintaqaviy xalqaro olimpiadalarda ishtirok etish uchun Oʻzbekiston terma jamoasi nufuzli xalqaro olimpiadalarga oʻtkazilgan saralash bosqichlari natijalari asosida yoki Vazirlik tomonidan qoʻshimcha saralashlar oʻtkazish orqali shakllantirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Olimpiada gʻoliblari hamda ularning oʻqituvchilarini taqdirlash va ragʻbatlantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
69. Asosiy olimpiadaning uchinchi bosqichida gʻolib boʻlgan har bir oʻquvchiga quyidagi miqdorda pul mukofotlari beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-oʻrinni egallagan oʻquvchiga — bazaviy hisoblash miqdorining 6 baravari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-oʻrinni egallagan oʻquvchiga — bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-oʻrinni egallagan oʻquvchiga — bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Asosiy olimpiadaning toʻrtinchi bosqichida gʻolib boʻlgan har bir oʻquvchiga quyidagi miqdorda pul mukofotlari beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-oʻrinni egallagan oʻquvchiga — bazaviy hisoblash miqdorining 12 baravari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-oʻrinni egallagan oʻquvchiga — bazaviy hisoblash miqdorining 8 baravari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-oʻrinni egallagan oʻquvchiga — bazaviy hisoblash miqdorining 6 baravari.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
70. Asosiy olimpiadaning toʻrtinchi bosqichida 1, 2, 3-oʻrinlarni egallagan oʻquvchilarga ixtisoslik fani boʻyicha davlat oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarida maksimal ball olish huquqini beruvchi va uch yil muddat davomida amal qiluvchi diplom Vazirlik tomonidan beriladi va uning alohida elektron reyestri yuritiladi.
(70-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 07/24/346/0805-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71. Informatika va axborot texnologiyalari fani boʻyicha mazkur sertifikatni olgan oʻquvchilarga ixtisoslik fan sifatida matematika fanidan davlat oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarida maksimal ball olish huquqi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
72. Vazirlik tomonidan har yili asosiy olimpiadaning respublika bosqichi va respublika bosqichiga tenglashtirilgan mintaqaviy xalqaro olimpiadalar hamda nufuzli xalqaro olimpiadalarning gʻoliblari roʻyxati shakllantiriladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasiga taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
73. Nufuzli xalqaro olimpiadalar gʻoliblarining oʻqituvchilari hamda taʼlim muassasalari direktorlari belgilangan tartibda ragʻbatlantiriladi.
(73-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 07/24/346/0805-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
74. Taʼlim muassasalarida oʻqituvchi boʻlib faoliyat yuritayotgan nufuzli xalqaro olimpiadalar gʻoliblari lavozim maoshiga har oy 150 foiz, asosiy olimpiadalar respublika bosqichi gʻoliblari lavozim maoshiga har oy 100 foiz miqdorida ustama haqi toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ustamalar nufuzli xalqaro olimpiadalar va asosiy olimpiadalar oʻtkaziladigan fanlar boʻyicha aynan gʻoliblikni qoʻlga kiritgan fanidan dars berayotgan olimpiada gʻolibiga beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim muassasalarida oʻqituvchi boʻlib faoliyat yuritayotgan nufuzli xalqaro olimpiadalar va asosiy olimpiadalar respublika bosqichi gʻoliblari tomonidan gʻoliblikni tasdiqlovchi hujjat yoki sertifikat taqdim qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
75. Ustama olishga daʼvogar shaxsda bir paytda nufuzli xalqaro va asosiy olimpiada (respublika bosqichi) gʻolibi boʻlganda unga eng yuqori natijasi boʻyicha ustama tayinlanadi va toʻlov amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
76. Olimpiada gʻoliblari va ularning oʻqituvchilarini ragʻbatlantirish xarajatlari Vazirlikka Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan roʻyxatdagi xalqaro olimpiadalar gʻoliblari va ularning oʻqituvchilari uchun pul mukofotlarini toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
(76-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 07/24/346/0805-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Fan olimpiadalarini tashkil etishni moliyalashtirish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
77. Asosiy olimpiadalarni tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlar tegishliligi boʻyicha tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari, hududiy maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari hamda Vazirlikning har yilgi markazlashgan xarajatlar smetasida rejalashtiriladi.
(77-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 07/24/346/0805-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat taʼlim muassasalarida olimpiadalarni oʻtkazish bilan bogʻliq quyidagi xarajatlar Ijtimoiy himoya milliy agentligiga ajratilgan budjet mablagʻlari va Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asosiy olimpiadani tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchi va kuzatuvchilarning asosiy olimpiadada ishtiroki bilan bogʻliq xarajatlar (kelib ketishi va yashashi, transport, mehmonxona, ovqatlanish);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
esdalik sovgʻalari, tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa xarajatlar, asosiy olimpiada gʻoliblariga beriladigan pul mukofotlari, nazorat materiallari mualliflari va hakamlar hayʼati (apellyatsiya komissiyasi) aʼzolariga toʻlanadigan toʻlovlar, gʻoliblikni tasdiqlovchi hujjat yoki sertifikat (diplom) bilan bogʻliq xarajatlar bundan mustasno.
(77-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-fevraldagi 125-sonli qaroriga asosan ikkinchi — beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/125/0203-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
78. Mazkur Nizomning 2-ilovasida keltirilgan xalqaro olimpiadalar terma jamoa aʼzolari va rahbarlarining ishtiroki bilan bogʻliq barcha xarajatlar Vazirlik tomonidan qoplanadi.
(78-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 07/24/346/0805-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
79. Olimpiadada ishtirok etgan hakamlar hayʼati aʼzolari va apellyatsiya komissiyasi aʼzolariga har yili Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladigan Vazirlikning markazlashgan xarajatlari hisobidan quyidagi miqdorlarda bir martalik haq toʻlovlari amalga oshiriladi:
(79-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 07/24/346/0805-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asosiy olimpiadaning uchinchi bosqichida — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan 50 foiz miqdorida;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asosiy olimpiadaning toʻrtinchi bosqichi hamda xalqaro olimpiadalarga saralash bosqichlarida — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan 100 foiz miqdorida.
(79-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 07/24/346/0805-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
80. Asosiy olimpiadalarga va xalqaro olimpiada saralash bosqichlariga jalb qilingan hakamlar hayʼati aʼzolari va apellyatsiya komissiyasi aʼzolarining xizmat safari bilan bogʻliq kunlik, yashash va transport xarajatlari ularning asosiy ish joyidan qoplanadi.
(80-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 07/24/346/0805-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
81. Nazorat materiallarini tayyorlash uchun maktablarning, akademik litsey, kasb-hunar maktablarining, oliy taʼlim va nodavlat taʼlim tashkilotlarining oliy maʼlumotli oʻqituvchilari va boshqa mutaxassislar jalb qilinadi hamda ularga quyidagi miqdorlarda haq toʻlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asosiy olimpiada va onlayn olimpiadalar uchun tayyorlangan har bir test topshirigʻi (uning yechimi bilan) uchun — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan 5 foiz miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asosiy olimpiada va onlayn olimpiadalar uchun tayyorlangan har bir yozma ish topshirigʻi (uning yechimi bilan) uchun — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan 20 foiz miqdorida;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro olimpiadalarda ishtirok etuvchi terma jamoani saralash bosqichlari uchun tayyorlangan har bir topshiriq (uning yechimi bilan) uchun — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan 50 foiz miqdorida;
(81-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 07/24/346/0805-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asosiy olimpiada, onlayn olimpiadalar va xalqaro olimpiadalar uchun tayyorlangan bitta nazorat topshirigʻini (yozma ish, test) tarjima qilganlik (oʻzbek, rus, ingliz tillariga) uchun — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan 2 foiz miqdorida.
(81-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 07/24/346/0805-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
82. Xalqaro olimpiadalarda ishtirok etuvchi Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolarini qoʻshimcha oʻqitishga jalb qilingan:
(82-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 07/24/346/0805-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy mutaxassislarga soatbay haq toʻlash ilmiy daraja va unvoniga (ilmiy daraja va unvonlarga ega boʻlmagan trenerlar uchun ilmiy darajaga ega boʻlmagan oʻqituvchi lavozimiga) muvofiq oliy taʼlim muassasasi talabalariga oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazganlik uchun belgilangan miqdorlarda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy mutaxassislarning ish haqi, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashashi va kelib-ketishi bilan bogʻliq toʻlovlar ular bilan amalga oshirilgan kelishuvga asosan Vazirlik tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
83. Xalqaro olimpiadalarda oʻquvchilarning muvaffaqiyatli ishtirokini taʼminlash maqsadida, ularning yuqori darajada tayyorgarlik koʻrishlari uchun Fan olimpiadalari markazida hamda “Renessans” oromgohida oʻquv bazasi tashkil etiladi, barcha zarur sharoitlar taʼminlanadi va Vazirlik tomonidan oʻquv jarayonlariga respublika va xorijlik malakali mutaxassislar jalb qilinadi.
(83-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 07/24/346/0805-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
84. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi xalqaro olimpiadalarga jalb qilingan mahalliy va xorijiy mutaxassislar hamda terma jamoa aʼzolarini yotoqxona va transport xizmati bilan taʼminlaydi.
(84-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 07/24/346/0805-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
85. Xalqaro olimpiadalarda Oʻzbekiston terma jamoasining ishtirok etishi Vazirlik tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
(85-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 07/24/346/0805-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
86. Asosiy olimpiadalarning barcha bosqichlarida, xalqaro olimpiadalarga saralashning birinchi va ikkinchi bosqichlarida ishtirokchilarning olimpiada oʻtkaziladigan joyga kelib-ketishi, yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash boʻyicha barcha tashkiliy chora-tadbirlarni koʻrish mahalliy davlat hokimiyati organlari, Ichki ishlar vazirligi va hududiy xalq taʼlimi boʻlinmalari zimmasiga yuklatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
87. Olimpiada oʻtkaziladigan joyning sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga mosligi, oʻquvchilar sogʻligi bilan bogʻliq masalalar Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan nazoratga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
88. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari, akademik litsey va kasb-hunar maktablari oʻquvchilari oʻrtasida fan olimpiadalarini tashkil etish, oʻtkazish hamda xalqaro olimpiadalar ishtirokchilarini saralash va gʻoliblarni rahbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sinflar kesimida asosiy olimpiada oʻtkaziladigan fanlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

I. Birinchi guruh fanlar

Sinflar

9

10

11

1.

Matematika

+

+

+

2.

Fizika

+

+

+

3.

Kimyo

+

+

+

4.

Biologiya

+

+

+

5.

Informatika va axborot texnologiyalari

+

+

+

II. Ikkinchi guruh fanlar

6.

Ona tili va adabiyot

+

+

+

7.

Oʻzbek tili (boshqa tillarda tahsil oladiganlar uchun)

+

+

+

8.

Qoraqalpoq tili va adabiyoti

+

+

+

9.

Rus tili va adabiyoti

+

+

+

10.

Ingliz tili

+

+

+

11.

Nemis tili

+

+

+

12.

Fransuz tili

+

+

+

13.

Tojik tili

+

+

+

14.

Qozoq tili

+

+

+

15.

Tarix

+

+

+

16.

Geografiya

+

+

+

161.

Davlat va huquq asoslari fani

+

+

+

III. Maxsus maktab-internat oʻquvchilari uchun fan olimpiadasi oʻtkaziladigan fanlar roʻyxati

17.

Ona tili va adabiyot

+

+

+

18.

Matematika

+

+

+

19.

Tarix

+

+

+

20.

Rus tili va adabiyoti

+

+

+

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: mazkur roʻyxatga Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 07/24/346/0805-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari, akademik litsey va kasb-hunar maktablari oʻquvchilari oʻrtasida fan olimpiadalarini tashkil etish, oʻtkazish hamda xalqaro olimpiadalar ishtirokchilarini saralash va gʻoliblarni rahbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro olimpiadalar

Nufuzli xalqaro olimpiadalar

1.

Xalqaro matematika olimpiadasi

International Mathematical Olympiad (IMO)

2.

Xalqaro fizika olimpiadasi

International Physics Olympiad (IPhO)

3.

Xalqaro kimyo olimpiadasi

International Chemistry Olympiad (IChO)

4.

Xalqaro biologiya olimpiadasi

International Biology Olympiad (IBO)

5.

Xalqaro informatika olimpiadasi

International Olympiad in Informatics (IOI)

Xalqaro olimpiadalar

6.

Xalqaro nemis tili olimpiadasi

International German Olympics (IDO)

7.

Xalqaro fransuz tili olimpiadasi

International French Language Olympiad (IFLO)

8.

Xalqaro ingliz tili olimpiadasi

International English Olympiad

9.

Xalqaro geografiya olimpiadasi

International Geographical Olympiad (IGeo)

10.

Xalqaro iqtisod olimpiadasi

International Economics Olympiad (IEO)

11.

Xalqaro astronomiya olimpiadasi

The International Astronomy Olympiad (IAO)

Mintaqaviy xalqaro olimpiadalar

12.

Xalqaro Jautikov olimpiadasi (matematika, fizika, informatika va axborot texnologiyalari fanlari boʻyicha)

International Zhautykov Olympiad (IZHO)

13.

Kavkaz matematika olimpiadasi

Caucasus Mathematic Olympiad (CMO)

14.

Bolqon matematika olimpiadasi

Balkan Mathematical Olympiad (BMO)

15.

Oʻsmirlar oʻrtasidagi Bolqon matematika olimpiadasi

Junior Balkan Mathematical Olympiad (JBMO)

16.

Xalqaro matematika musobaqasi

International Mathematical Competition (IMC)

17.

Xalqaro Mendeleyev olimpiadasi (kimyo fani boʻyicha)

International Mendeleev Olympiad in Chemistry

18.

Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasi

International Junior Science Olympiad (IJSO)

19.

Osiyo fizika olimpiadasi

Asian Physics Olympiad (APhO)

20.

Yevropa fizika olimpiadasi

European Physics Olympiad (EuPhO)

21.

Osiyo-Tinch okeani mintaqasi informatika olimpiadasi

Asian-Pacific Informatics Olympiad (APIO)

22.

Ahmad al-Fargʻoniy nomidagi xalqaro fizika olimpiadasi

International Al-Farghani Olympiad in Physics

23.

Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasi

International Al-Biruni Olympiad in Chemistry

24.

Abu Ali Ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasi

International Avicenna Olympiad in Biology (AIBO)

25.

Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika va informatika olimpiadasi

International Al Khwarizmi Olympiad in Mathematics and Informatics

26.

Yevropa Qizlar Informatika Olimpiadasi

European Girlsʼ Olympiad in Informatics (EGOI)

27.

Yevropa Qizlar Matematika Olimpiadasi

European Girlsʼ Mathematical Olympiad (EGMO)

28.

Osiyo-Tinch okeani mintaqasi matematika olimpiadasi

Asian-Pacific Mathematical Olympiad (APMO)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: mazkur roʻyxatga Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 07/24/346/0805-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovini oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizom talablari Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan umumiy oʻrta taʼlim maktablari (keyingi oʻrinlarda — maktab)ga nisbatan tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab tanlovi (keyingi oʻrinlarda — tanlov) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) hamda Xalq taʼlimi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) tomonidan har yili xolislik, oshkoralik va adolat tamoyillariga amal qilingan holda ingliz, nemis, fransuz tillari (keyingi oʻrinlarda — xorijiy tillar) oʻqitiladigan maktablar oʻrtasida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlov shartlari va baholash mezonlari ingliz, nemis, fransuz tillari boʻyicha bir xil murakkablikda Agentlik tomonidan ishlab chiqiladi hamda maktablar oʻqitiladigan xorijiy tillardan qatʼi nazar, umumiy tanlovda ishtirok etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktabni aniqlash va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sovrinini berish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Tanlovning maqsadi va vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Maktablar oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish, ularda xorijiy tillarni oʻqitishning darajasi va sifatini oshirishni ragʻbatlantirish, pedagog-oʻqituvchilarning xorijiy tillarni oʻrganishga qiziqishini oshirish, oʻqitish sifati boʻyicha xalqaro mezon va standartlarga muvofiq yuqori koʻrsatkichlarga erishishga zamin yaratish tanlovning maqsadi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar tanlovning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktablarda xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligini tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy tillar boʻyicha oʻquvchilarga sifatli taʼlim berayotgan, samarali faoliyat olib borayotgan oʻqituvchilarni aniqlash va ragʻbatlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktablarda xorijiy tillarni oʻrgatish boʻyicha koʻrsatilayotgan taʼlim xizmatlari sifati va samaradorligini oshirish, ularda amalga oshirilayotgan ishlar va erishilayotgan natijalar toʻgʻrisida keng jamoatchilikni xolis axborotlar bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlovda yuqori koʻrsatkichlarni qayd etgan maktablarni ragʻbatlantirish, ularning tajribasini ommalashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlik tizimidagi maktablar (xorijiy tillarga ixtisoslashgan maktablar bundan mustasno) tanlovga jalb etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan maktab har yili 20-sentabrga qadar Vazirlikning axborot tizimida (keyingi oʻrinlarda — axborot tizimi) maktab terma jamoasini roʻyxatdan oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Tanlovga oid maʼlumotlarni shakllantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Roʻyxatdan oʻtgan maktab har yili 20-oktabrga qadar axborot tizimiga xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha Vazirlik tomonidan belgilangan asosiy koʻrsatkichlarini (keyingi oʻrinlarda — asosiy koʻrsatkichlar) kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot tizimiga kiritilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi va toʻgʻriligiga maktab direktori javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi axborot tizimiga kiritilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi va 1-dekabrga qadar haqqoniyligini tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlarining tanlov jarayonini tashkil etish boʻyicha faoliyati, shuningdek maktablarning haqqoniy maʼlumotlarni taqdim etishlari yuzasidan nazorat Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda — hududiy boshqarmalar) tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Har bir maktabdan bitta til boʻyicha bitta terma jamoa ishtirok etishi mumkin. Terma jamoa 7 — 9-sinflarda tahsil oladigan 5 nafar oʻquvchidan tashkil topadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Tanlovni tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Tanlov uch bosqichda: tuman (shahar), viloyat va respublika bosqichlarida tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlovning barcha bosqichlari uchun tashkiliy ishlarni amalga oshiradigan tashkiliy qoʻmita va hakamlar hayʼati tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Quyidagilar tashkiliy qoʻmitaning vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov oʻtkaziladigan joyni belgilash va tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hakamlar hayʼati tarkibi, apellyatsiya komissiyasi aʼzolari, auditoriya rahbarlari roʻyxatini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov materiallarining maxfiyligini, tanlovni mazkur Nizom talablari asosida oʻtkazilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov tashkil etilishi, oʻtkazilishi va natijalarini ommaviy axborot vositalarida yoritib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov natijalari va hakamlar hayʼati qarori asosida gʻoliblarni keyingi bosqichda ishtirok etishi boʻyicha tavsiyani yuqori turuvchi tashkiliy qoʻmitaga taqdim etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Tanlovni tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlar tegishliligi boʻyicha tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi hamda Xalq taʼlimi vazirligining har yilgi markazlashgan xarajatlar smetasida rejalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Tanlovning birinchi bosqichi (tuman bosqichi) har yili fevral oyida tumandagi maktablar oʻrtasida, Agentlik hamda Vazirlik tomonidan tayyorlanadigan maxsus sinov materiallari asosida, bevosita Agentlik, Vazirlik, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Davlat test markazi tomonidan belgilanadigan masʼullar ishtirokida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Tanlovning birinchi bosqichida har bir ishtirokchi maktab oʻquvchilaridan iborat terma jamoasining xorijiy tillarni bilish darajasi test topshiriqlari vositasida sinovdan oʻtkaziladi hamda ushbu Nizomga 2-ilovadagi asosiy koʻrsatkichlarni baholash mezonlari asosida ballar qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birinchi bosqichda maktablar 100 ballik tizimi boʻyicha baholanadi, jumladan, test topshiriqlari uchun — 50 ball, asosiy koʻrsatkichlar uchun — 50 ball qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Maktab jamoasining har bir aʼzosi sinovlar jarayonida individual baholanib, ishtirokchilarning natijalari umumlashtiriladi va asosiy koʻrsatkichlarga qoʻyilgan ballar qoʻshilgan holda maktabning umumiy natijasi chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Umumiy natijaga koʻra eng yuqori ball toʻplagan maktablar ballar ketma-ketligiga koʻra 1, 2, 3-oʻrinlarni egallagan maktablar sifatida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Tuman bosqichi natijalari tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi tomonidan axborot tizimiga kiritiladi. Sinovlarga taalluqli hujjatlar tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimida uch yil muddatgacha saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Tuman bosqichida 1-oʻrinni koʻlga kiritgan maktab viloyat bosqichida qatnashish huquqini qoʻlga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Tanlovning ikkinchi bosqichi (viloyat bosqichi) har yili aprel oyida tuman bosqichida gʻolib boʻlgan maktablar oʻrtasida, Agentlik hamda Vazirlik tomonidan tayyorlanadigan maxsus sinov materiallari asosida, bevosita Agentlik, Vazirlik, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Davlat test markazi tomonidan belgilanadigan masʼullar ishtirokida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Viloyat bosqichida ishtirok etadigan maktablarning axborot tizimiga asosiy koʻrsatkichlar boʻyicha kiritgan maʼlumotlari hududiy xalq taʼlimi boshqarmalari tomonidan tuzilgan tashkiliy qoʻmita tomonidan tahlil qilinadi va haqqoniyligi tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Tanlovning viloyat bosqichida ishtirokchilarning tinglab tushunish (listening), yozish (writing), oʻqish (reading) va leksik-grammatik koʻnikmalarini baholash boʻyicha bilimlari tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ikkinchi bosqichda har bir ishtirokchi 100 ballik tizim boʻyicha baholanadi, jumladan, tinglab tushunish (listening) — 25 ball, yozish (writing) — 25 ball, oʻqish (reading) — 25 ball va leksik-grammatik koʻnikmalar — 25 ball qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Maktab jamoasining har bir aʼzosi sinovlar jarayonida individual baholanib, ishtirokchilarning natijalari umumlashgan holda, maktabning umumiy natijasini hosil qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Ikkinchi bosqich natijalariga koʻra umumiy hisobda eng yuqori ball toʻplagan maktablar viloyat bosqichida 1, 2, 3-oʻrinlarni egallagan maktablar sifatida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Viloyat bosqichida 1-oʻrinni koʻlga kiritgan maktab respublika bosqichida qatnashish huquqini qoʻlga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Tanlovning uchinchi bosqichi (respublika bosqichi) har yili avgust oyida, viloyat bosqichida gʻolib boʻlgan maktablar oʻrtasida Agentlik hamda xorijiy hamkor tashkilotlar tomonidan tayyorlanadigan maxsus sinov materiallari asosida, bevosita Agentlik, Vazirlik hamda boshqa vazirlik va idoralar tomonidan belgilanadigan masʼullar ishtirokida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Tanlovning respublika bosqichida ishtirokchilarning tinglab tushunish (listening), yozish (writing), gapirish (speaking) va oʻqish (reading) koʻnikmalari chet tilini bilishning xalqaro sertifikatsiyalangan standartlari asosida sinovdan oʻtkaziladi hamda tegishli til ona tili sifatida foydalaniladigan mamlakatlar haqidagi bilimi tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uchinchi bosqichda chet tilini bilishning xalqaro sertifikatsiyalangan standartlari boʻyicha belgilangan baholash tizimi asosida baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Maktab jamoasining har bir aʼzosi sinovlar jarayonida individual baholanib, ishtirokchilarning natijalari, maktabning umumiy natijasini hosil qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ingliz, nemis va fransuz tillari boʻyicha mos holda turli xalqaro sertifikatsiyalangan standartlar boʻyicha baholash tizimi qoʻllanilganda, maktablarning natijalarini hisoblash 100 ballga proporsional tarzda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Uchinchi bosqich natijalariga koʻra umumiy hisobda eng yuqori ball toʻplagan maktablar 1, 2, 3-oʻrinlarni egallagan maktablar sifatida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Har bir bosqichda gʻoliblikka daʼvogar jamoalarning ballari teng boʻlib qolgan taqdirda, jamoalar oʻrtasida qoʻshimcha sinov tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Respublika bosqichida 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan maktab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini sohibi sifatida eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Nazorat materiallarini tayyorlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Tanlov jarayonida foydalaniladigan test topshiriqlari, yozma va amaliy ishlarni (keyingi oʻrinlarda — nazorat materiallari) bosqich darajasidan kelib chiqib, Agentlik, Vazirlik hamda xalqaro hamkor tashkilotlar tomonidan ishlab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat materiallarini ishlab chiqishda malakali mutaxassislar, xorijiy ekspertlar jalb qilinadi hamda ularning mehnatiga haq toʻlash tegishliligi boʻyicha Agentlik yoki Vazirlik tomonidan tuzilgan shartnomalarga asosan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat materiallarini tayyorlash uchun mutaxassislarga quyidagi miqdorlarda haq toʻlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov uchun tayyorlangan har bir test topshirigʻi (uning yechimi bilan) uchun mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan 5 foiz miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov uchun tayyorlangan har bir yozma ish (uning yechimi bilan) va amaliy topshiriq uchun mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan 20 foiz miqdorida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birinchi va ikkinchi bosqich uchun tayyorlangan nazorat materiallari bir nusxada muhrlangan holda tegishli hududlarga Agentlik masʼuli biriktirilgan holda bir kun oldin yetkazib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hakamlar hayʼatiga tanlovning uchinchi bosqichida nazorat materiallarini koʻrib chiqish va zarur hollarda oʻzgartirish kiritish vakolati beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Tanlovning barcha bosqichlari uchun baholash mezonlari Agentlik va Vazirlik tomonidan ishlab chiqiladi hamda tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Tanlov gʻoliblariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sovrinini berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Tanlov gʻoliblari quyidagi miqdorlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini bilan mukofotlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tuman (shahar) bosqichida 1-oʻrin uchun — 100 million soʻm, 2-oʻrin uchun — 75 million soʻm, 3-oʻrin uchun — 50 million soʻm;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichida 1-oʻrin uchun — 250 million soʻm, 2-oʻrin uchun — 200 million soʻm, 3-oʻrin uchun — 150 million soʻm;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) respublika bosqichida 1-oʻrin uchun — 500 million soʻm, 2-oʻrin uchun — 400 million soʻm, 3-oʻrin oʻrin uchun — 300 million soʻm.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini sifatida berilgan pul mukofotlari tanlovning belgilangan bosqichi yakunlangandan soʻng 5 ish kuni ichida gʻolib maktabning budjetdan tashqari shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gʻolib maktabning budjetdan tashqari jamgʻarmasiga oʻtkazilgan mablagʻlar quyidagicha yoʻnaltiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov shartlariga koʻra asosiy koʻrsatkichlar boʻyicha maktabning yuqori baholanishiga hissa qoʻshgan hamda oʻquvchilarni tanlovga tayyorlagan xorijiy tillar oʻqituvchilarini ragʻbatlantirish uchun — mukofot summasining 25 foizigacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlovda qatnashib yuqori natijalar koʻrsatgan terma jamoa aʼzolari boʻlgan oʻquvchilarni esdalik sovgʻalar yoki naqd pul shaklida ragʻbatlantirish uchun — mukofot summasining 25 foizigacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabning boshqa ehtiyojlari, jumladan, tanlovning keyingi bosqichiga tayyorgarlik uchun zarur xarajatlar, xorijiy tillarni oʻqitishni yanada yaxshilash uchun shart-sharoitlar yaratish, maktab kutubxonasini xorijiy tildagi ilmiy, badiiy adabiyotlar bilan boyitish, oʻquvchilarning xorijiy tilda tinglab tushunish koʻnikmalarini baholashga koʻmaklashuvchi texnik vositalar bilan fan kabinetlarini jihozlash uchun — mukofot summasining qolgan qismi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Terma jamoa aʼzolariga bir xil qiymatdagi sovgʻalar ajratiladi yoki mukofot summasi jamoa aʼzolari oʻrtasida teng taqsimlanadi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Tanlov gʻoliblarini taqdirlash marosimlari Agentlik, Vazirlik, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tuman (shahar) hokimliklari tomonidan tantanali ravishda tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Mazkur Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktabni aniqlash va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sovrinini berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqich

Masʼullar

Chora-tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Maktablar

Axborot tizimida roʻyxatdan oʻtish

20-sentabrga qadar

2-bosqich

Maktablar

Axborot tizimiga maktabning asosiy koʻrsatkichlarini kiritadi

20-oktabrga qadar

3-bosqich

Tuman(shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari

Axborot tizimida kiritilgan maʼlumotlarni haqqoniyligini tekshirish

1-dekabrga qadar

4-bosqich

Agentlik, Vazirlik

Tanlovning birinchi (tuman) bosqichi uchun nazorat materiallarini tayyorlash

1-fevralga qadar

5-bosqich

Tashkiliy qoʻmita

Tanlovning birinchi (tuman) bosqichini oʻtkazish va gʻoliblarni aniqlash

1-martga qadar

6-bosqich

Tanlovning ikkinchi (viloyat) bosqichini oʻtkazish boʻyicha tuzilgan Tashkiliy qoʻmita

Tanlovning ikkinchi (viloyat) bosqichida ishtirok etadigan maktablarning axborot tizimiga asosiy koʻrsatkichlar boʻyicha kiritgan maʼlumotlari tahlil qilinadi va haqqoniyligi tasdiqlanadi

1-mayga qadar

7-bosqich

Agentlik, Vazirlik

Tanlovning ikkinchi (viloyat) bosqichi uchun nazorat materiallarini tayyorlash

1-mayga qadar

8-bosqich

Agentlik, Vazirlik, vazirlik va idoralar

Tanlovning ikkinchi (viloyat) bosqichini oʻtkazish va gʻoliblarni aniqlash

1-iyunga qadar

9-bosqich

Agentlik, Vazirlik xalqaro hamkor tashkilotlar

Tanlovning uchinchi (respublika) bosqichi uchun nazorat materiallarini tayyorlash

1-avgustga qadar

10-bosqich

Agentlik, Vazirlik, xalqaro hamkor tashkilotlar, vazirlik va idoralar

Tanlovning uchinchi (respublika) bosqichini oʻtkazish va gʻoliblarni aniqlash

1-sentabrga qadar

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha maktabning asosiy koʻrsatkichlarini baholash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MEZONLARI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Asosiy koʻrsatkichlar

Ball*

JAMI:

50 ballgacha

I. Xorijiy til oʻqituvchilarining malaka toifasiga egaligi

15 ballgacha

1.

Oliy malaka toifasiga ega oʻqituvchilar ulushi — 100 foizni tashkil etganda

15

Oliy malaka toifasiga ega oʻqituvchilar ulushi — 50 foizdan oshganda

10

Oliy malaka toifasiga ega oʻqituvchilar mavjud, ulushi — 50 foiz va undan kam boʻlganda

5

2.

Oliy va birinchi malaka toifasiga ega oʻqituvchilar ulushi — 100 foizni tashkil etganda

10

Oliy va birinchi malaka toifasiga ega oʻqituvchilar ulushi — 50 foizdan oshganda

5

Birinchi malaka toifasiga ega oʻqituvchilar mavjud, ulushi — 50 foiz va undan kam boʻlganda

3

3.

Malaka toifasiga ega oʻqituvchilar ulushi — 100 foizni tashkil etganda

5

Malaka toifasiga ega oʻqituvchilar ulushi — 50 foizdan oshganda

3

Malaka toifasiga ega oʻqituvchilar mavjud, ulushi — 50 foiz va undan kam boʻlganda

1

II. Xorijiy til oʻqituvchilarining xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha maxsus sertifikatlarga egaligi**

15 ballgacha

4.

Ingliz (fransuz, nemis) tilini bilish darajasi haqidagi sertifikat (TOEFL boʻyicha kamida 72 yoki IELTS boʻyicha kamida 5,5 ball, TestDaF (TDN3), CEFR boʻyicha kamida V2), ingliz (fransuz, nemis) tilini oʻqitishning kasbiy mahoratlarni aniqlovchi sertifikat (TKT, GOETNE ZERTIFICAT B2, DSD II, TEFL, TESOL, SELTA, DELTA, DAF, DPAFP-FLE) yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan beriladigan ingliz (fransuz, nemis) tilini bilish darajasi haqidagi V2 yoki S1 darajasidagi sertifikatiga ega oʻqituvchi mavjud boʻlganda

10

5.

Ingliz (fransuz, nemis) tilini bilish darajasi haqidagi sertifikat (TOEFL boʻyicha kamida 72 yoki IELTS boʻyicha kamida 5,5 ball, TestDaF (TDN3), CEFR boʻyicha kamida V2), ingliz (fransuz, nemis) tilini oʻqitishning kasbiy mahoratlarni aniqlovchi sertifikat (TKT, GOETNE ZERTIFICAT B2, DSD II, TEFL, TESOL, SELTA, DELTA, DAF, DPAFP-FLE) yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan beriladigan ingliz (fransuz, nemis) tilini bilish darajasi haqidagi V2 yoki S1 darajasid?gi sertifikati?a ega oʻqituvchilar soni 2 yoki unda? ortiq boʻlganda

15

III. Maktabda xorijiy til oʻrgatish boʻyicha taʼlim xizmatlari koʻrsatishning yoʻlga qoʻyilganligi

10 ballgacha

6.

Maktabda xorijiy til oʻrgatish boʻyicha oʻquv kurslari tashkil etilgan va kamida 6 oydan buyon faoliyat yuritayotgan boʻlsa (ijara shartnomasi asosida)

5

7.

Maktabda xorijiy til oʻrgatish boʻyicha oʻquv kurslari tashkil etilgan va kamida 6 oydan buyon faoliyat yuritayotgan boʻlsa va kamida 50 nafar oʻquvchilarga til oʻrgatish yoʻlga qoʻyilgan boʻlsa (ijara shartnomasi asosida)

10

IV. Oʻquvchilarning olimpiada va tanlovlarda erishgan natijalari

10 ballgacha

8.

Oʻquv yilida oʻquvchisi xorijiy til boʻyicha respublika olimpiadasiga yoʻllanma olganda

10

9.

Oʻquv yilida oʻquvchisi xorijiy tili boʻyicha viloyat olimpiadasiga yoʻllanma olganda

5

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*Maktab parametrlari bitta boʻlimdagi ikkita va undan ortiq asosiy koʻrsatkichlarga mos kelganda yuqori koʻrsatkich boʻyicha belgilangan ball qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
**Ushbu mezonlarda koʻrsatilgan xalqaro yoki milliy sertifikatlar roʻyxatiga va tanlovda ishtirok etish uchun belgilangan eng kam darajasiga (shkalasi) zaruriyatga koʻra vazirlik va Agentlik tomonidan oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisida” 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 1-bandning toʻrtinchi va beshinchi xatboshilaridan “olimpiadalari” soʻzi chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 4-ilova:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) nomidan “olimpiadalari” soʻzi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 1-banddan “akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarining umumtaʼlim fanlari boʻyicha olimpiadalarini” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 2, 8, 10-bandlardan hamda 7-bandning ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilaridan “olimpiadalar” soʻzi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 3-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) 6-banddan “olimpiadalari” soʻzi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) 11-banddan “olimpiada” soʻzi chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) nomidan “olimpiadalari” soʻzi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 1-banddan “Umumtaʼlim fanlari boʻyicha akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarining rasmiy xalqaro va respublika olimpiadalari” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 6-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 7-banddan “olimpiadalari” va “olimpiada fanlari” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) 8, 11, 12, 15-bandlardan “olimpiadalari” soʻzi chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) 13-banddan “olimpiadalar” soʻzi chiqarib tashlansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2021-y., 09/21/562/0857-son; 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son; 28.08.2024-y., 09/24/532/0665-son; 10.10.2024-y., 07/24/346/0805-son; 01.03.2025-y., 09/25/125/0203-son; 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son; 19.12.2025-y., 09/25/797/1181-son)