07.09.2021 yildagi PQ-5242-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahrida 2021-yil 10-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Tojikiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida imzolangan Tojikiston-Oʻzbekiston investitsiya kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisidagi Bitim tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tojikiston-Oʻzbekiston investitsiya kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda — Kompaniya) 12 million AQSH dollari miqdoridagi boshlangʻich ustav kapitali hamda investitsiya portfeli shakllangan sari uni 50 million AQSH dollarigacha bosqichma-bosqich yetkazish sharti bilan masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil qilinishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrnatilgan tartibda qoʻshimcha ishtirokchilarni jalb qilish imkoniyati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining Kompaniya ustav kapitalini shakllantirishdagi ulushi 75 foizni hamda Tojikiston Respublikasi Investitsiyalar va davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi huzuridagi “Tajinvest” davlat unitar korxonasining ulushi 25 foizni tashkil etishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Tojikiston tomoniga quyidagilar toʻgʻrisida tegishli bildirishnomani yoʻllasin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi hamda uni amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ belgilanganligi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kompaniya Kuzatuv kengashi aʼzoligiga Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — J.A. Xodjayev, investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri — L.Sh. Kudratov hamda Strategik islohotlar agentligi bosh direktori — Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi ijrochi direktori Sh.A. Vafayevning nomzodlari taqdim etilishi;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-iyuldagi PF-111-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 06/23/111/0509-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi ijrochi direktori Sh.A. Vafayevga Kompaniyaning ustavini imzolash vakolati berilganligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan oʻrnatilgan tartibda nazoratni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 7-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-5242-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.09.2021-y., 07/21/5242/0853-son; 22.07.2023-y., 06/23/111/0509-son)