26.08.2021 yildagi SQ-368-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholini, ayniqsa, yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishga keng jalb etish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament soʻrovi natijalari haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2020-yil 20-noyabrdagi SQ-180-IV-sonli Qarori bilan aholini, ayniqsa, yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishga keng jalb etish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament soʻroviga berilgan javobni koʻrib chiqib hamda Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisining axborotini eshitib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati bu borada muayyan ishlar amalga oshirilganligini qayd etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, yugurish, yurish, velosport, badminton, stritbol, Workaut va boshqa sport turlari boʻyicha jami 56 mingdan ziyod ommaviy sport tadbirlari tashkil etilib, ushbu musobaqalarga 4 mln 700 ming aholi jalb qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholi oʻrtasida 31 mingga yaqin sogʻlomlashtirish (ertalabki badantarbiya) tadbirlarida 3 mlndan ortiq aholi ishtiroki taʼminlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalla aholisini doimiy ravishda jismoniy tarbiya mashgʻulotlariga jalb etish maqsadida “Sogʻlom turmush tarzi rivojlangan mahalla” tanlovini tashkil etish yoʻlga qoʻyilishi natijasida 2021-yilning birinchi choragida mahallalarda 70 mingga yaqin sport musobaqasi oʻtkazilib, ularda 2 mlndan ziyod aholi qamrab olingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizdagi 10 mingdan ortiq maktablarda sport turlari boʻyicha 64 339 ta toʻgarak tashkil qilinib, 1 mln 400 ming nafar oʻquvchi jalb etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yoshlar haftaligi” doirasidagi 17 981 ta ommaviy tadbirga 1 mln 300 ming nafar, “Taʼlim muassasalari haftaligi” doirasidagi 29 680 ta ommaviy tadbirda 1 mln 600 mingdan ziyod yoshlar ishtiroki taʼminlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, aholini kunlik yurish va yugurishga targʻib qilish maqsadida “Sogʻlom turmush tarzi” www.1hls.uz veb-portali hamda uning mobil ilovasi yaratilib, ishga tushirilgan hamda yuklab olish uchun Internet jahon axborot tarmogʻiga joylashtirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan birgalikda 2021-yil 1-martdan boshlab sportning 30 dan ortiq turi boʻyicha Olimpiya, jahon, Osiyo va mamlakat chempionlari respublika boʻyicha mingta maktabga biriktirilib, yoshlarni professional sportga jalb qilish boʻyicha “mahorat saboqlari” tashkil qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik, idora va tashkilotlarda xodimlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanish uchun sharoitlar yaratish maqsadida “Sport targʻibotchilari” tayinlangan hamda ularga qoʻshimcha vazifalar yuklatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yaratib berilayotgan shart-sharoitlar natijasida sport bilan doimiy shugʻullanuvchi aholi soni 2020-yildagi 19 foizdan 2021-yilda 21,3 foizga yetkazilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amalga oshirilgan ishlar bilan birga ayrim kamchiliklar ham mavjudligi aniqlandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, aholini jismoniy tarbiya va sportga jalb etish hisobini yuritishning aniq mezonlari yoʻqligi tufayli joylarda bu boradagi koʻrsatkichlarni real baholash imkoni mavjud emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayrim hududlarda bir martalik ommaviy sport tadbirlariga jalb qilingan aholini jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugʻullanuvchilar roʻyxatiga kiritish orqali qamrov koʻrsatkichlarini oshirish holatlari kuzatilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Salomatlik uchun 5000 qadam” kabi aksiyalar bir martalik kampaniyaga aylanib, muntazamlik kasb etmayapti. Hududlardagi birinchi rahbarlar mazkur aksiyalarda faol qatnashmayotgani hamda ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda ular ishtirokida muntazam targʻibot olib borilmayotgani aholini jismoniy tarbiya va sportga muntazam jalb qilishda kutilgan samaraga erishilmayapti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududlardagi sport inshootlari, xususan, Toshkent viloyatidagi futbol stadionlari imkoniyatlaridan samarali foydalanish yoʻlga qoʻyilmagan. “Workout” (mahalla va koʻcha fitnesi) — maxsus sport maydonchalaridagi jihozlar qarovsizligi sababli foydalanishga yaroqsiz ahvolga kelib qolgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonida 2021-yil 1-mayga qadar har bir tuman markazi va shaharlarda piyoda va velosipedda yurish uchun “Salomatlik yoʻlaklari”ni bunyod etish belgilangan boʻlsa-da, ayrim hududlarda ushbu topshiriq ijrosi bugunga qadar bajarilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, Toshkent viloyatida 283 ta, Sirdaryo viloyatida 127 ta, Toshkent shahrida 85 ta, Jizzax viloyatida 55 ta, Xorazm hamda Surxondaryo viloyatlaridagi 48 tadan mahallada velosport, yurish, yugurish yoʻlaklari mavjud emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayrim hududlardagi mutasaddilar tomonidan “Salomatlik yoʻlaklari” sifatida taqdim etilayotgan piyodalar yoʻlaklari belgilangan oʻlchamlar va talablarga javob bermaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, Toshkent viloyatida 477 ta, Qashqadaryo viloyatida 268 ta, Surxondaryo viloyatida 208 ta, Jizzax viloyatida 207 ta, Xorazm viloyatida 124 ta, Buxoro viloyatida 180 ta, Andijon viloyatida 58 ta mahallada “Workout” maydonchalari tashkil qilinmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorazm viloyatida 171 ta, Andijon viloyatida 71 ta, Toshkent viloyatida 38 ta mahallada mini futbol maydonlari yoʻq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sport obyektlarini davlat-xususiy sheriklik asosida samarali boshqarish hamda mazkur sohaga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish tizimi yetarlicha tashkil etilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiya dasturlariga kiritilgan sport inshootlarida olib borilgan qurilish-taʼmirlash ishlari sifatsiz bajarilganligi tufayli mazkur inshootlar qabul qilib olingandan soʻng foydalanishga yaroqsiz ahvolda qolmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, Pop tumanida 2016-yil qurilgan suzish havzasi 2 yil davomida ishlamagan. Mahalliy budjetdan qoʻshimcha 500 mln mablagʻ ajratilib, qurilishdagi kamchiliklar bartaraf etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangiyoʻl tumanida 2019-yildagi investitsiya dasturiga kiritilgan futbol stadionidagi qurilish ishlari oxiriga yetkazilmay, inshoot shu kunga qadar foydalanishga topshirilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahridagi Sebzor suv havzasida 2020-yilda boshlangan rekonstruksiya va taʼmirlash ishlari belgilangan muddatda (2021-yil mart) yakunlanmagan. Bundan tashqari, taʼmirlash jarayonida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar, sifatsiz bajarilgan ishlar tufayli inshootning tomidan chakki oʻtishi, yangi qoʻyilgan isitish radiatorlardan suv oqib ketishi kabi holatlar kuzatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, Suv sporti maktabiga qarashli Sagʻbon suv havzasi 2018-yilda markazlashgan isitish tizimidan uzilganligi oqibatida oʻquv mashgʻulotlar toʻxtatilgan. Muqobil isitish qozonxona qurilishiga shu kunga qadar zarur pul mablagʻlari ajratilmagan. Natijada Sagʻbon suv havzasida oʻtilishi kerak boʻlgan oʻquv mashgʻulotlari boshqa inshootlarda pullik tarzda olib borilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilish-taʼmirlash ishlarining oʻz vaqtida bajarilmasligi vaqt oʻtgan sayin obyektlar uchun belgilangan hisob-kitoblardan koʻproq mablagʻ sarflanishiga olib kelyapti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari, ayrim tumanlarda sport komplekslari yoʻqligi aholini jismoniy tarbiya va sportga jalb etishga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda. Jumladan, 200 mingdan ortiq aholi istiqomat qilayotgan Yangiyoʻl tumanida sport kompleksi mavjud emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududlarda sport inshootlari bir necha yillardan buyon investitsiya dasturlariga kiritilmayotganligi ham joylarda jismoniy tarbiya va sport rivojiga toʻsiq boʻlmoqda. Xususan, Pop tumanida 2016-yildan buyon birorta ham sport obyekti investitsiya dasturiga kiritilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda Internet jahon axborot tarmogʻidan foydalanuvchilar soni 22 mlndan oshgan bugungi kunda “Sogʻlom turmush tarzi” www.1hls.uz mobil ilovasidan 2021-yilning birinchi yarmida faqat 7 ming kishi foydalangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turizm va sport vazirligi tomonidan “Sogʻlom turmush tarzi” platformasida roʻyxatdan oʻtgan va undan foydalangan jismoniy shaxslar soniga hamda ularning sport natijalariga qarab vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining har chorak yakuni boʻyicha reytingini tuzish va ular faoliyatiga Hukumat tomonidan baho berish ishlari yetarlicha olib borilmayapti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashkilot va idoralarning tegishli hududlarida velosiped turar joylari va zamonaviy sport (shu jumladan, Workout) maydonchalarini tashkil etish holati talab darajasida emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va tashkilotlarining kasaba uyushmalari va ish beruvchilar oʻrtasidagi jamoa shartnomalarida ish kuni davomida xodimlar ishlab chiqarish gimnastikasi mashqlarini bajarishi uchun ish vaqtiga kiritiladigan maxsus tanaffuslar belgilangani monitoring qilinmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻlom turmush tarzi va ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida mehnat jamoalarida faoliyat yuritayotgan “Sport targʻibotchilari” uchun yoʻriqnomalar yetkazib berilmagani tufayli mazkur tizimdan kutilgan samaraga erishilmayapti. Shuningdek, “Sport targʻibotchilari”ning bazaviy lavozim maoshiga 20 foiz miqdorida ustama toʻlash uchun mablagʻlar ajratilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashkilot va idoralarning rahbar va barcha xodimlari ish vaqtidan soʻng haftada kamida bir marta jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlari (yugurish, stritbol, futbol, badminton, voleybol, basketbol, stol tennisi, suzish va boshqalar) bilan shugʻullanishi tashkil qilinmagan. Har shanba soat 14:00 dan keyin xodimlar va ularning oila aʼzolari oʻrtasida ommaviy sport musobaqalarini tashkil etish, musobaqalarni bayramona ruhda, “shou” koʻrinishida oʻtkazish, gʻolib va sovrindorlarni munosib ragʻbatlantirish yoʻlga qoʻyilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (shahar)larda har chorakda tashkil qilinishi belgilangan “Sogʻlom turmush tarzi rivojlangan mahalla” tanlovini muntazam oʻtkazish yoʻlga qoʻyilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqoridagilardan kelib chiqib hamda “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2020-yil 20-noyabrdagi SQ-180-IV-sonli Qaroriga muvofiq, aholini, ayniqsa, yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishga keng jalb etish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament soʻrovi natijalari yuzasidan berilgan javob hamda Senatning Yoshlar, Madaniyat va sport masalalari qoʻmitasining oʻrganish yakunlari boʻyicha axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kompleksi (A. Abduhakimov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Salomatlik uchun 5000 qadam” kabi aksiyalarni muntazam tashkil etish va ularda hududlar hamda tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirokini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilot va idoralarning tegishli hududlarida velosiped turar joylari va zamonaviy sport (shu jumladan, Workout) maydonchalarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilot va idoralarning rahbar va barcha xodimlari ish vaqtidan soʻng haftada kamida bir marta jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlari (yugurish, stritbol, futbol, badminton, voleybol, basketbol, stol tennisi, suzish va boshqalar) bilan shugʻullanishi tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har shanba soat 14:00 dan keyin xodimlar va ularning oila aʼzolari oʻrtasida ommaviy sport musobaqalarini tashkil etish, musobaqalarni bayramona ruhda, “shou” koʻrinishida oʻtkazish, gʻolib va sovrindorlarni munosib ragʻbatlantirishni yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Tokio Olimpiadasida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilarimiz taʼlim olgan maktab va oliy oʻquv yurtlarida, voyaga yetgan mahallalarda ularning ibratli faoliyatini targʻib etishga bagʻishlangan koʻrgazmalar tashkil qilish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qarorning ijrosi yuzasidan 2021-yilning 1-dekabriga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga axborot bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi masalalari kompleksi (A. Ramatov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir tuman markazi va shaharlarda piyoda va velosipedda yurish uchun “Salomatlik yoʻlaklari”ni belgilangan muddatlarda tashkil qilmagan rahbarlarga tegishli choralar koʻrish va ushbu yoʻlaklarni 2021-yil 1-oktabrga qadar toʻliq tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya dasturlariga kiritilgan sport inshootlaridagi qurilish-taʼmirlash ishlari sifatsiz bajarilgan hududlardagi mutasaddilarga nisbatan tegishli choralar koʻrish hamda investitsiya dasturlariga kiritilgan obyektlarda olib borilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlari oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini doimiy nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport komplekslari mavjud boʻlmagan Chust, Yangiyoʻl kabi tumanlarda zamonaviy sport komplekslarini bunyod etish va bir necha yillardan buyon investitsiya dasturlariga kiritilmayotgan hududlardagi sport inshootlarini mazkur dasturlarga kiritish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kompleksi (J. Kuchkarov) bir oy muddatda sogʻlom turmush tarzi va ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida mehnat jamoalarida faoliyat yuritayotgan “Sport targʻibotchilari”ning bazaviy lavozim maoshiga 20 foiz miqdorida ustama toʻlash uchun mablagʻlar toʻliq ajratilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda aholini jismoniy tarbiya va sportga jalb etish hisobini yuritishning aniq mezonlarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlardagi sport inshootlari, xususan, “Salomatlik yoʻlaklari” futbol stadionlari, “Workout” sport maydonchalari imkoniyatlaridan samarali foydalanishni yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport obyektlarini davlat-xususiy sheriklik asosida samarali boshqarish hamda mazkur sohaga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholini kunlik yurish va yugurishga targʻib qilish maqsadida “Sogʻlom turmush tarzi” www.1hls.uz mobil ilovasini ommalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sogʻlom turmush tarzi” platformasida roʻyxatdan oʻtgan va undan foydalangan jismoniy shaxslar soniga hamda ularning sport natijalariga qarab vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining har chorak yakuni boʻyicha reytingini tuzish va ular faoliyatiga baho berish uchun Hukumatga taklif kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlarining kasaba uyushmalari va ish beruvchilar oʻrtasidagi jamoa shartnomalarida ish kuni davomida xodimlar ishlab chiqarish gimnastikasi mashqlarini bajarishi uchun ish vaqtiga kiritiladigan maxsus tanaffuslar belgilanganini monitoring qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻlom turmush tarzi va ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida mehnat jamoalarida faoliyat yuritayotgan “Sport targʻibotchilari” uchun yoʻriqnomalar ishlab chiqish va hududlarga yetkazib berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash vazirligi bilan birgalikda tuman (shahar)larda har chorakda “Sogʻlom turmush tarzi rivojlangan mahalla” tanlovini har chorakda oʻtkazib borish hamda mahallalarda sportning jamoaviy oʻyin turlari boʻyicha musobaqalar muntazam tashkil etilishini taʼminlash, besh muhim tashabbus doirasida uyushmagan yoshlarni sport toʻgaraklariga jalb qilish ishlarini samarali tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda hududlardagi aholi orasida aniqlangan kasalliklarga qarshi kurashishda yaxshi samara beradigan sport turlari va jismoniy tarbiya mashqlarini tatbiq etish dasturlarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samarqand viloyatida Xalqaro standartlarga javob beradigan yopiq turdagi velotrek sport majmuasini barpo etish boʻyicha ishlarni 2022-yil 1-dekabrga qadar yakunlash choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash vazirligi bilan birgalikda har bir maktabdagi bir nafar jismoniy tarbiya oʻqituvchisining lavozim maoshiga 20 foiz miqdorida ustama toʻlash orqali mahallalarga “sport targʻibotchisi” sifatida biriktirish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarda investitsiya dasturlariga kiritilgan sport inshootlarida olib borilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatish hamda sport obyektlarini investitsiya dasturlariga kiritib borish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy Kengashlar sessiyalarida tegishli mutasaddi rahbarlarning aholini, ayniqsa yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish yuzasidan olib borilayotgan ishlar boʻyicha axborotlarini har chorakda eshitish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joylarda sport inshootlarini taʼmirlash, sport obyektlarini kerakli jihozlar bilan taʼminlash va sport musobaqalarini tashkil etish uchun mahalliy budjetdan mablagʻ yoʻnaltirish masalasini doimiy nazoratga olish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi B. Sayfullayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 26-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SQ-368-IV-son