Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining
Qarori
“Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansub emaslik toʻgʻrisida maʼlumotnomalar berish tartibini tasdiqlash haqida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 7-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 513-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-martdagi PF-6185-son “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga oid masalalarni koʻrib chiqishning yangilangan tartibini belgilash toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Tashqi ishlar vazirligining 1998-yil 15-oktabrdagi 210/1236-son “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansub emaslik toʻgʻrisida maʼlumotnomalar berish tartibini tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 513, 1998-yil 27-oktabr) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2021-yil 30-avgust,
40qq-son
Tashqi ishlar vaziri A. KAMILOV
Toshkent sh.,
2021-yil 26-avgust,
67-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2021-y., 10/21/513-1/0849-son)