O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
RESPUBLIKA AHOLISINI DORI-DARMONLAR BILAN TA’MINLASh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
[Ko‘chirma]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Inson manfaatlarini ta’minlash borasidagi chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish va respublika tibbiyot muassasalarini asosiy dori-darmonlar bilan ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi “O‘zfarmsanoat” davlat-aksiyadorlik konserniga keyinchalik O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasida sotish uchun 200 ming tonna hajmda dizel yonilg‘isiga eksport kvotasi ajratsin.
“Farmeksim” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasidagi savdolarda “O‘zfarmsanoat” konsernidan qatnashchi etib belgilansin.
2. “O‘zdavneftmahsulot” davlat-aksiyadorlik birlashmasiga “O‘zfarmsanoat” uchun ajratilgan dizel yonilg‘isi qo‘shilgan qiymat solig‘ini va aksiz solig‘ini hisobga olgan holda yuklab jo‘natish kunida Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodining sotish narxlari bo‘yicha, keyinchalik jahon bozorida shakllangan narxlar bo‘yicha erkin almashtiriladigan valyutaga eksportga sotgan holda, O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasida sotishga ruxsat berilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining hukumatlararo bitim bo‘yicha “Farmprom” yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyatidan (Ukraina) xarid qilinadigan dori-darmonlarni chakana dorixona tarmog‘i orqali aholiga sotish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Chetdan keltiriladigan dori-darmonlar tannarxi amaldagi xarajatlar bo‘yicha belgilansin, O‘zbekiston tomoni dizel yonilg‘isini ortish va transportda tashish bilan bog‘liq Ukraina chegarasigacha sarflangan xarajatlar ham shu jumlaga kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 12-martdagi 71-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 11-son, 143-modda)
5. 1995-yilda hukumatlararo bitim bo‘yicha Qozog‘iston Respublikasiga yetkazib berilgan tabiiy gaz va elektr energiyasi uchun o‘zaro hisob-kitoblar hisobiga Qozog‘iston hududi bo‘ylab dizel yonilg‘isini temir yo‘lda tranzit tashish uchun “O‘zfarmsanoat” konserniga 4000 vagonga kvota ajratilsin.
6. Belgilansinki, Tojikiston temir yo‘lining Leninobod uchastkasi bo‘yicha temir yo‘lda tashish uchun haq to‘lash, istisno tariqasida, Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 10-fevraldagi 56-f-son farmoyishi bilan belgilangan foydalanilmagan limitlar va idoraviy kvotalar hisobiga milliy valyutada amalga oshiriladi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Davlat bojxona qo‘mitasi “Farmeksim” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati bilan “Farmprom” (Ukraina) yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati o‘rtasidagi kontrakt belgilangan muddatlarda ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta’minlasinlar.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A. Azizxo‘jayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Toshkent sh.,
1997-yil 7-avgust,
391-son