Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Intellektual mulk obyektlarining huquqiy muhofazasi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 15-iyunda qabul qilingan
Senat tomonidan 2021-yil 31-iyulda maʼqullangan
Senat tomonidan 2021-yil 31-iyulda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 6-mayda qabul qilingan “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi 1062-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 29-avgustda qabul qilingan 397-II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 9, 158-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 7, 355-modda; 2011-yil, № 12/2, 364-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda, № 10, 593-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 5-moddasi uchinchi qismining oʻzbekcha matnidagi “patent berilganligiga qarshi eʼtiroz bildirish” degan soʻzlar “patent berilganligi yuzasidan nizolashish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 163-I-sonli va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan 256-I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 9, 494, 498-moddalar; 2007-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 4, 156, 164-moddalar, № 8, 367-modda, № 9, 416-modda, № 12, 598, 608-moddalar; 2008-yil, № 4, 192-modda, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 9, 335, 337, 340-moddalar; 2011-yil, № 12/2, 363, 364, 365-moddalar; 2012-yil, № 4, 106, 109-moddalar, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 9, 510-modda, № 12, 773-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda, № 7, 433-modda, № 10, 673-modda; 2019-yil, № 3, 161, 166-moddalar, № 5, 267-modda, № 10, 671-modda, № 12, 880, 886-moddalar; 2020-yil, № 1, 3, 4-moddalar, № 10, 593-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 1065-moddasining birinchi, ikkinchi va toʻrtinchi qismlaridagi “ellik” degan soʻz “yetmish” degan soʻz bilan almashtirilsin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustda qabul qilingan “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi 267-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 178-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 9, 418-modda; 2011-yil, № 12/2, 364-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2017-yil, № 4, 138-modda, № 9, 510-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda, № 10, 593-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 8-modda:
quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma berilgandan soʻng Agentlik ushbu talabnoma haqidagi maʼlumotlarni oʻz rasmiy veb-saytiga bir ish kuni ichida joylashtiradi.
Talabnoma haqidagi maʼlumotlar rasmiy veb-saytga joylashtirilgandan soʻng manfaatdor shaxslar Agentlikka tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish uchun nohalol topshirilgan arizalar haqidagi yozma eʼtirozlarini taqdim etishlari mumkin”;
uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlari tegishincha beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlar deb hisoblansin;
2) 15-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Taraflarning kelishuviga koʻra amalga oshiriladigan muhofazaga layoqatlilik axborotini izlash oʻtkazilgan taqdirda, talabnomada ifodalangan belgining ekspertizasi talabnomani koʻrib chiqish uchun qabul qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran bir oy ichida oʻtkaziladi”;
3) 26-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tovar belgisiga doir mutlaq huquq guvohnomada koʻrsatilgan tovarlarga nisbatan amal qiladi. Bunda mutlaq huquq tovar belgisi Tovar belgilarining davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilgan sanadan eʼtiboran roʻyxatdan oʻtkazishning amal qilish davrida amalga oshiriladi hamda tovar belgisi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oʻsha kunning oʻzida Agentlikning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi”;
4) 27-modda uchinchi qismining oʻzbekcha matnidagi “soxtalashtirilgan boʻladi” degan soʻzlar “kontrafakt hisoblanadi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyulda qabul qilingan “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi OʻRQ-42-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 7, 372-modda; 2011-yil, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 5, 267-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 35-moddaning birinchi, ikkinchi va toʻrtinchi qismlaridagi “ellik” degan soʻz “yetmish” degan soʻz bilan almashtirilsin;
2) 65-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“zararlar yetkazilishi faktidan qatʼi nazar, huquqbuzarlikning xususiyati va huquqbuzarning aybi darajasidan kelib chiqib ish muomalasi odatlarini hisobga olgan holda zarar qoplanishi oʻrniga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan ming baravarigacha miqdorda toʻlanishi lozim boʻlgan tovonni toʻlashini”.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
7-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 20-avgust,
OʻRQ-709-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2021-y., 03/21/709/0808-son)