30.07.2021 yildagi SQ-344-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya (Toshkent, 2021-yil 15-16-iyul) yakunlaridan kelib chiqadigan vazifalar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning tashabbusi bilan 2021-yil 15-16-iyul kunlari oʻtkazilgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy oʻzaro bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi Toshkent konferensiyasi tarixiy voqeaga aylanib, Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalarini rivojlantirishning konseptual yangi shart-sharoitlarini yaratdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Forum aslida koʻp tomonlama keng muloqot uchun misli koʻrilmagan platformaga aylandi va global jarayonlarda tobora muhim rol oʻynayotgan ulkan mintaqadagi davlatlar oʻrtasida ishonchni mustahkamlash uchun muhim shart-sharoit yaratdi. Konferensiya mintaqaviy rivojlanishda yuzaga kelayotgan tendensiyalarni anglab yetish, hamkorlikning asosiy istiqbollarini aniqlab olish hamda Janubiy va Markaziy Osiyo oʻrtasida oʻzaro bogʻliqlikka erishishda hamkorlikning eng muhim yoʻnalishlarini belgilash imkonini berdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konferensiya maqsadlariga erishish parlament diplomatiyasi resurslaridan faol foydalanishni talab qiladi. Parlament aʼzolari mintaqalarning salohiyatini birlashtirishga koʻmaklashishlari mumkin va buni amalga oshirishlari kerak. Bu esa mintaqalarning barqaror rivojlanishi, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti va xavfsizligini mustahkamlashning muhim omiliga aylanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bogʻliqlik: tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi Toshkent konferensiya yakunlaridan kelib chiqadigan vazifalar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning mazkur anjumandagi mazmunli nutqida ilgari surilgan tashabbuslarni muvaffaqiyatli amalga oshirishga koʻmaklashish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar Oliy Majlis Senati faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BMT Bosh Assambleyasining Markaziy va Janubiy Osiyo oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni mustahkamlash toʻgʻrisidagi maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish boʻyicha taklifni, shuningdek unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning xalqaro konferensiyada ilgari surgan tashabbuslarini parlamentlararo hamkorlik mexanizmlari orqali targʻib etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari parlamentlari oʻrtasida aloqalarni rivojlantirish va parlamentlararo muloqotni yanada chuqurlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi atrofida xavfsizlik, ahil qoʻshnichilik va barqarorlik muhitini yaratishga qaratilgan tashqi siyosiy tashabbuslarni parlamentlararo darajada ilgari surish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konferensiyada ilgari surilgan savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, transport logistikasi va ekologiya sohalaridagi hamkorlikning huquqiy asoslarini takomillashtirishda oʻzaro tajriba almashishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hamda Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari hududlari oʻrtasida oʻzaro manfaatli birodarlik aloqalarni rivojlantirishga koʻmaklashish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalari ustuvor vazifalarga erishish maqsadida keng va tizimli asosda parlament diplomatiyasi hamda parlament nazoratining quyidagi mexanizmlaridan foydalansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari bilan xalqaro shartnomalar bazasini muntazam takomillashtirish ustidan parlament nazoratini oʻrnatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro majburiyatlar monitoringini yuritish, shu jumladan mamlakatimizning mintaqalar mamlakatlari bilan munosabatlarni rivojlantirish boʻyicha qabul qilinadigan harakat rejalari (“yoʻl xaritalari”) ustidan parlament nazoratini oʻrnatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlarining hisobotlarini eshitish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa davlatlarning parlamentlari va xalqaro parlament tashkilotlari bilan hamkorlik qilish boʻyicha parlamentlararo guruhlar, komissiyalar, qoʻmitalar, ishchi guruhlar va boshqa tuzilmalar faoliyatining samaradorligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro parlament tashkilotlari (PI, MDH PI, TurkPA) doirasida Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari parlamentlari aʼzolari bilan yaqin hamkorlik oʻrnatish va mintaqalar manfaatlarini ilgari surish boʻyicha saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari oʻrtasida savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar aloqalarni chuqurlashtirish boʻyicha tashabbuslarni targʻib qilishga qaratilgan xalqaro konferensiyalar, uchrashuvlar hamda forumlar tashkil etish va oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
parlament diplomatiyasida tajriba almashish va axborot texnologiyalari hamda “Elektron parlament” tizimidan faol foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining milliy manfaatlarini dunyoda ilgari surish maqsadida parlament delegatsiyalarining tashriflarini tashkil etish, xalqaro forumlarda ishtirok etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Afgʻoniston Islom Respublikasi hamda Ummon Sultonligi parlamentlari oʻrtasida hamkorlik guruhlarini shakllantirish boʻyicha takliflar tayyorlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Pokiston, Eron, Afgʻoniston va Hindistondagi Elchilarining hisobotlarida xalqaro konferensiyada davlat rahbari ilgari surgan tashabbuslarini amaliyotda tatbiq etish yuzasidan alohida axborot blokini nazarda tutsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bilan hamkorlikda “Markaziy va Janubiy Osiyoning oʻzaro bogʻliqligi: shartlari, istiqbollari, geostrategik ahamiyati” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita ushbu Qaror ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida umumlashtirilgan maʼlumotni joriy yil 1-dekabrga qadar Senat rahbariyatiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Toshkent shahar va viloyatlar xalq deputatlari Kengashlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy Osiyo davlatlarining qoʻshni hududlari bilan transchegaraviy va hududlararo hamkorlikni, shaharlar oʻrtasidagi birodarlik aloqalarini kuchaytirish boʻyicha olib borilayotgan ishlarda mahalliy kengash deputatlarini faol ishtirokini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalar, saylov okruglari, oliy oʻquv yurtlari va boshqa jamoalarda oʻtkazilayotgan uchrashuvlar davomida Toshkent konferensiyasi natijalari hamda Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalari oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikning mazmun-mohiyati haqidagi maʼlumotlarni fuqarolarga yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konferensiya yakunlariga bagʻishlangan materiallar bilan ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlarda faol ishtirok etsin, ilgari surilgan tashabbuslar mazmun-mohiyatini ochib berish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 30-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SQ-344-IV-son