11.08.2021 yildagi 509-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 06.08.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish va ularni moliyalashtirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2021 — 2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 28-dekabrdagi PQ-4936-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish va ularni moliyalashtirish tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim doirasida xususiy sherikning va (yoki) kreditorning (kreditorlarning) manfaatlarini himoya qilish maqsadida qoʻllab-quvvatlashning quyidagi turlarini taqdim etishi mumkinligi belgilab qoʻyilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiyalar, shu jumladan, xususiy sherikning davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishdan oladigan, kafolatlangan eng kam daromadini taʼminlashga yoʻnaltiriladigan subsidiyalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan aktivlar va mol-mulk tarzidagi qoʻyilmalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish jarayonida ishlab chiqarilgan yoki yetkazib berilgan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) muayyan miqdorini yoki bir qismini isteʼmol qilganlik yoki ulardan foydalanganlik uchun toʻlovga yoʻnaltiriladigan Oʻzbekiston Respublikasi budjeti tizimining budjet mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet ssudalarini, qarzlarini, grantlarini, kredit liniyalarini va moliyalashtirishning boshqa turlarini berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investorlar tomonidan majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash maqsadida oʻzaro kelishuvga koʻra qoʻshimcha kafolatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq imtiyozlari va preferensiyalari, shuningdek, boshqa imtiyozlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa kafolatlar va (yoki) kompensatsiyalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat-xususiy sheriklik loyihalari doirasida davlat-xususiy sheriklik obyektini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish, taʼmirlash va xizmat koʻrsatish xarajatlarini hamda davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish doirasida konsalting xizmatlarini jalb etish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan subsidiyalar, budjet ssudalari, kredit liniyalarini berish tartibini nazarda tutuvchi Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan davlat-xususiy sheriklik loyihalarining manzilli roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2022-yildan boshlab davlat-xususiy sheriklik sohasidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan mezon va shartlarga mos keladigan, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetida obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalar uchun nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini shakllantirib, ularning Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2022-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan talab etiladigan mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 11-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
509-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 509-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom davlat-xususiy sheriklik (keyingi oʻrinlarda — DXSH) loyihalarini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi budjeti tizimining budjet mablagʻlari, subsidiyalar, budjet ssudalari va kredit liniyalarini berish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. DXSH loyihalari uchun ajratiladigan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi budjeti tizimining budjet mablagʻlari hisobidan DXSH toʻgʻrisidagi bitimda belgilangan hollarda, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti parametrlarida hamda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturida nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Subsidiyalar, shu jumladan, xususiy sherikning davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishdan oladigan, kafolatlangan eng kam daromadini taʼminlashga yoʻnaltiriladigan subsidiyalar DXSH toʻgʻrisidagi bitimda inobatga olingan hollarda, DXSH loyihalari doirasida tovarlar ishlab chiqarish, ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish va ularni realizatsiya qilishni moliyalashtirish yoki birgalikda moliyalashtirish yoxud maqsadli xarajatlarning oʻrnini qisman qoplash uchun budjet tizimi budjet mablagʻlari hisobidan qaytarilmaslik sharti bilan xususiy sheriklarga beriladigan pul mablagʻlari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Budjet ssudasi ijtimoiy va infratuzilmaviy vazifalarni hal etishga qaratilgan DXSH loyihalarini moliyalashtirish maqsadida DXSH toʻgʻrisidagi bitimda inobatga olingan hollarda xususiy sherikka, yaʼni rezident-yuridik shaxsga qaytarish sharti bilan foizsiz yoki foizli asosda ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kredit liniyalari DXSH loyihalarini moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari va qonunchilikka muvofiq boshqa manbalar hisobidan qaytarish sharti bilan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. DXSH toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq DXSH loyihalarini quyidagi xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi budjeti tizimining budjet mablagʻlari, subsidiyalar, budjet ssudalari va kredit liniyalari hisobidan moliyalashtiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) DXSH obyektini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish xarajatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) DXSH obyektini taʼmirlash va xizmat koʻrsatish xarajatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) DXSH loyihalarini amalga oshirish doirasida konsalting va auditorlik xizmatlarini jalb etish bilan bogʻliq xarajatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) davlat-xususiy sheriklik obyektidan foydalanish (ekspluatatsiya qilish) va (yoki) obyektga xizmat koʻrsatish davrida undan erkin foydalanilishni taʼminlaganlik uchun davlat sherigi tomonidan amalga oshiriladigan xarajatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur Nizom 3-bandining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“a” kichik bandida nazarda tutilgan xarajatlar birinchi darajali va hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalar boʻyicha xarajatlarning cheklangan miqdorlari doirasida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b”, “v” va “g” kichik bandlarida nazarda tutilgan xarajatlar birinchi darajali va hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning joriy xarajatlari uchun ajratiladigan mablagʻlarning cheklangan miqdorlari doirasida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. DXSH loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi budjeti tizimining budjet mablagʻlari hisobidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari boʻyicha tegishincha hududiy moliya organlari tomonidan har bir DXSH loyihasi uchun davlat sherigi va (yoki) davlat sherigi tomonidan vakolat berilgan hamda uning tuzilmasiga kiruvchi quyi tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — davlat sherigi) uchun alohida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarini ochish orqali moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi budjeti tizimining budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. DXSH loyihasining konsepsiyasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan DXSH loyihasi uchun mazkur Nizomning 3-bandida koʻrsatib oʻtilgan xarajatlar (toʻlovlar) davlat sherigi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi budjeti tizimining budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Davlat sherigi tomonidan DXSH loyihasiga Oʻzbekiston Respublikasi budjeti tizimining budjet mablagʻlarini ajratish boʻyicha budjet soʻrovi davlat sherigiga Davlat budjetidan ajratiladigan budjet mablagʻlarining cheklangan miqdorlari doirasida tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. DXSH loyihasini Davlat budjetidan moliyalashtirish uchun davlat sherigi tomonidan mazkur Nizomning 3-bandida koʻrsatib oʻtilgan toʻlovlar boʻyicha budjet soʻrovlarini tuzish va taqdim etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va (yoki) hududiy moliya organlari (keyingi oʻrinlarda — moliya organlari) tomonidan DXSH loyihasi uchun talab etiladigan budjet mablagʻlarini DXSH toʻgʻrisidagi bitimning amal qilish davri davomida har yili Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda rejalashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Davlat budjeti hisobidan DXSH loyihalari uchun rejalashtirilgan mablagʻlar moliya organlari tomonidan davlat sherigi orqali xususiy sherikka yoki toʻgʻridan-toʻgʻri mahsulot (xizmat) yetkazib beruvchi (koʻrsatuvchi)ga ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Budjet soʻrovlarini taqdim qilish, xarajatlar smetasini tasdiqlash, roʻyxatdan oʻtkazish va shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarini ochish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. DXSH toʻgʻrisidagi bitim Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — vakolatli davlat organi) tomonidan DXSH loyihalari reyestriga kiritilgandan soʻng mablagʻlar davlat sherigi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining gʻazna ijrosi qoidalariga asosan yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga (hisobga olishga) buyurtmasi va toʻlov topshiriqnomalari asosida xususiy sherikning tijorat bankdagi hisobvaraqlariga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Moliya yili yakunida davlat sherigining shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida foydalanilmay qolgan Davlat budjeti mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasining tegishli budjetiga qaytariladi va keyingi yil budjeti hisobidan bitimga asosan toʻlab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini subsidiya ajratish orqali moliyalashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Subsidiyalar, shu jumladan, xususiy sherikning davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishdan oladigan, kafolatlangan eng kam daromadini taʼminlashga yoʻnaltiriladigan subsidiyalar DXSH toʻgʻrisidagi bitimda inobatga olingan hollarda, DXSH loyihalari doirasida tovarlar ishlab chiqarish, ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish va ularni realizatsiya qilishni moliyalashtirish yoki birgalikda moliyalashtirish yoxud maqsadli xarajatlarning oʻrnini qisman qoplash uchun budjet tizimi budjet mablagʻlari hisobidan qaytarilmaslik sharti bilan xususiy sheriklarga beriladigan pul mablagʻlari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Agar imzolangan va vakolatli davlat organi tomonidan reyestrga kiritilgan, DXSH toʻgʻrisidagi bitimda boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, xususiy sherik subsidiya olish toʻgʻrisidagi ariza (keyingi oʻrinlarda — ariza) bilan davlat sherigiga murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Arizada yuridik shaxsning nomi, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR), tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan manzili (pochta manzili), subsidiyaning maqsadi, loyihani amalga oshirish manzili, xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankining nomi va bankdagi maxsus hisobvaragʻi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Davlat sherigi ariza kelib tushgan kundan boshlab besh ish kunida uning mazkur Nizom talablariga muvofiqligini oʻrganib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Arizani oʻrganib chiqishda qoʻshimcha oʻrganishlar oʻtkazish talab etilsa, davlat sherigi ariza beruvchini xabardor qilgan holda, arizani oʻrganib chiqish muddatini qoʻshimcha oʻn ish kuniga uzaytirishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Davlat sherigi va xususiy sherik oʻrtasida tuzilgan DXSH toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq davlat sherigi subsidiya ajratiladigan xususiy sherik haqidagi maʼlumotlarni tegishli moliya organiga taqdim qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Moliya organi quyidagi hollarda subsidiya ajratilishini rad etishga haqli:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DXSH toʻgʻrisidagi bitim vakolatli davlat organi tomonidan yuritiladigan tegishli reyestrga kiritilmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DXSH toʻgʻrisidagi bitimda xususiy sherikka davlat budjetidan subsidiya berish koʻrsatilmaganda yoki soʻralayotgan subsidiya miqdori bitimda koʻrsatilgan subsidiya miqdorlariga nomuvofiq boʻlganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Moliya organlari tomonidan DXSH loyihasiga subsidiya berish rad etilgan taqdirda, subsidiya berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar koʻrsatilgan holda uch ish kunida davlat sherigiga yozma rad javobi yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Davlat sherigi ariza rad etilganligi toʻgʻrisida ikki ish kuni mobaynida xususiy sherikni xabardor qiladi. Xususiy sherik bir oy davomida koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklarni bartaraf etishi va ularning bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda, davlat sherigiga ariza bilan qayta murojaat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Davlat sherigi tomonidan qayta murojaat qilingan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida ariza moliya organlari tomonidan qayta koʻrib chiqiladi va subsidiya ajratish choralari koʻriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Moliya organlari tomonidan belgilangan tartibda DXSH loyihasi uchun talab etiladigan subsidiyalar DXSH toʻgʻrisidagi bitimning amal qilish davri davomida har yili Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda rejalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Davlat sherigi tomonidan subsidiya mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining gʻazna ijrosi qoidalariga asosan yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga (hisobga olishga) buyurtmasi va toʻlov topshiriqnomalari asosida xususiy sherikning tijorat bankdagi hisobvaraqlariga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Moliya yili yakunida davlat sherigining shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida foydalanilmay qolgan subsidiya mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasining tegishli budjetiga qaytariladi va keyingi yil budjeti hisobidan bitimga asosan toʻlab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. DXSH loyihasini amalga oshirish uchun alohida hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida subsidiya mablagʻlari ajratilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini budjet ssudalari ajratish orqali moliyalashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Budjet ssudasi — bir moliya yili ichida olti oygacha boʻlgan muddatga foizsiz asosda hamda bir moliya yilidan ortiq, ammo uch moliya yilidan ortiq boʻlmagan muddatga yillik ikki foizli miqdorda beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Budjet ssudasini berishning majburiy sharti ulardan belgilangan maqsadda foydalanish, shuningdek, budjet ssudasini ajratish toʻgʻrisidagi shartnomada belgilangan muddatga muvofiq ularni oʻz vaqtida qaytarishdan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Budjet ssudasi davlat va xususiy sheriklarning budjet ssudasiga boʻlgan ehtiyojini asoslovchi hisob-kitoblar asosida beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Budjet ssudasi olish toʻgʻrisidagi murojaatda soʻralayotgan budjet ssudasining miqdori va soʻralayotgan davr, shuningdek, budjet ssudasini qaytarishning kafolatlangan manbalari koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Budjet ssudasini berish toʻgʻrisidagi murojaatni koʻrib chiqishda moliya organi qaror qabul qilish uchun zarur boʻlgan axborot va hisob-kitoblarni soʻrab olish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Budjet ssudasini berish toʻgʻrisidagi murojaat tegishli moliya organi tomonidan murojaat olingan sanadan eʼtiboran besh ish kuni ichida koʻrib chiqiladi va uning natijasi toʻgʻrisida ariza beruvchiga xabar qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Budjet ssudasini olish toʻgʻrisidagi murojaatni koʻrib chiqish natijasi ijobiy boʻlgan taqdirda, tegishli moliya organi bir ish kuni ichida ariza beruvchini ajratiladigan budjet ssudasining miqdori, uni ajratishdan maqsad va belgilangan qaytarish muddatlari toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Budjet ssudasini berish rad etilgan taqdirda, tegishli moliya organi bir ish kuni ichida budjet ssudasi berish rad etilganligi toʻgʻrisida aniq sabablar va asoslarni koʻrsatgan holda ariza beruvchini xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Axborot va hisob-kitoblar taqdim etilmagan yoki toʻliq taqdim etilmagan taqdirda, budjet ssudasini olish uchun murojaat koʻrib chiqilmaydi hamda budjet ssudasini berish rad etilganligi toʻgʻrisida moliya organi ariza beruvchini ikki ish kuni ichida xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Budjet ssudasini ajratish budjet ssudasini berayotgan moliya organi va budjet ssudasini oluvchi oʻrtasida tuziladigan budjet ssudasini ajratish toʻgʻrisidagi shartnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Budjet ssudasini qaytarish muddatlarini uzaytirish budjet ssudasini oluvchida uni belgilangan muddatlarda oʻz vaqtida toʻlash imkoniyatini istisno etadigan moliyaviy qiyinchiliklar yuzaga kelgan hollarda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Budjet ssudasini qaytarish muddatlari kelgusi moliya yiliga uzaytirilganda, budjet ssudasining qaytarilmagan qismidan yillik ikki foiz miqdorida toʻlov belgilanadi va budjet ssudasi qaysi tegishli budjetlardan berilgan boʻlsa, shu budjetlarga yoʻnaltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Budjet ssudasini oluvchi, yaʼni xususiy sherik tegishli moliya organiga budjet ssudasini toʻlash muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi soʻrov bilan uni toʻlash muddati tugashidan kamida besh ish kuni oldin murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Budjet ssudasi budjet ssudasini berish toʻgʻrisidagi shartnomada belgilangan muddatlarda va hajmlarda oʻz vaqtida qaytarilmagan taqdirda moliya organi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarzni qarzdordan soʻzsiz tartibda undiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir kechiktirilgan kun uchun muddati oʻtkazib yuborilgan qarz summasining 0,033 foizi miqdorida penya hisoblaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini kredit liniyalari hisobidan moliyalashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. DXSH loyihalarini kredit liniyalari hisobidan moliyalashtirishda vakolatli davlat organi uchun alohida budjetdan tashqari jamgʻarma shaklida shaxsiy gʻazna hisobvaraq (keyingi oʻrinlarda — gʻazna hisobvaragʻi) ochiladi. DXSH loyihalariga kredit liniyalari hisobidan yoʻnaltiriladigan mablagʻlar ushbu gʻazna hisobvaragʻida jamlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Quyidagilar gʻazna hisobvaragʻini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hisobidan ajratiladigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlari va boshqa donorlarning homiylik xayriyalari, kreditlari (qarzlari) va grantlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda tijorat banklari tomonidan toʻlab beriladigan kredit foizlari boʻyicha mablagʻlar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Gʻazna hisobvaragʻidagi mablagʻlar DXSH toʻgʻrisidagi bitim asosida obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash, modernizatsiya qilish va jihozlashga kreditlarni berish uchun tijorat banklariga kredit liniyalarini ochish orqali taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Gʻazna hisobvaragʻidagi mablagʻlar doirasida kreditlar — tijorat banklari tomonidan DXSH toʻgʻrisidagi bitimga va vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlangan roʻyxatga muvofiq DXSH loyihalarini amalga oshiruvchi xususiy sheriklarga belgilangan tartibda ajratib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Gʻazna hisobvaragʻidagi mablagʻlar hisobidan kredit liniyalarini oluvchi tijorat banklari — Moliya vazirligi tomonidan tender oʻtkazish orqali aniqlanadi va Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan tender komissiyasining bayoni bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Vakolatli davlat organi tender natijalariga koʻra gʻolib deb topilgan tijorat banklari bilan gʻazna hisobvaragʻidagi mablagʻlar hisobidan DXSH loyihalari uchun kredit liniyalarini ajratish yuzasidan bosh kelishuv (keyingi oʻrinlarda — bosh kelishuv) tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Gʻazna hisobvaragʻi mablagʻlari hisobidan kredit liniyasini ajratish toʻgʻrisida bosh kelishuvni bir yoki bir necha tijorat banklari bilan tuzishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Vakolatli davlat organi tomonidan ushbu Nizom doirasida ajratiladigan mablagʻlar tijorat bankining birinchi darajali regulyativ kapitalidan oshib ketmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Bosh kelishuv imzolangandan soʻng vakolatli davlat organi va tijorat bank oʻrtasida kredit liniyasini ochish boʻyicha shartnoma (keyingi oʻrinlarda — shartnoma) tuziladi. Shartnoma imzolangandan soʻng har oyning 15-sanasidan kechiktirmay shartnomada koʻrsatilgan summa tijorat bankining shartnomada koʻrsatilgan hisobvaragʻiga toʻlab boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Kredit liniyalari uchun ajratilgan mablagʻlar — vakolatli davlat organining Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining gʻazna ijrosi qoidalariga asosan yuridik majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga (hisobga olishga) buyurtmasi va toʻlov topshiriqnomalari asosida gʻazna hisobvaragʻi orqali tijorat banklarining hisobvaraqlariga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Kredit liniyalari hisobidan beriladigan kreditlar boʻyicha hisoblangan foizlar tijorat banklarida alohida hisobvaraqda jamlanadi va shartnomada belgilangan muddatlarda vakolatli davlat organning gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Kredit liniyasining amal qilish muddati tugagandan soʻng kredit oluvchilar tomonidan kreditning amalda qaytarilishidan qatʼi nazar, tijorat banklari kredit liniyasi boʻyicha olingan kreditlarni hisoblangan foizlar bilan birga vakolatli davlat organning gʻazna hisobvaragʻiga qaytarishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Tijorat banklari tomonidan kredit mablagʻlaridan maqsadli foydalanmayotganligi aniqlangan taqdirda, vakolatli davlat organi kredit liniyasining maqsadsiz ishlatilgan qismi muddatidan oldin qaytarilishini talab qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Tijorat banklari kredit liniyalarini oʻzlashtirish holati toʻgʻrisida har chorakda vakolatli davlat organiga kredit oluvchilar roʻyxatini ilova qilgan holda hisobot taqdim etib boradi. Mazkur hisobotlar asosida har chorakda tijorat banki va vakolatli davlat organi oʻrtasida mablagʻlarning ishlatilishi haqida oʻzaro solishtirma dalolatnoma tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. DXSH loyihalari uchun ajratiladigan kredit liniyalari mablagʻlari quyidagi maqsadlar uchun berilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgari olingan bank kreditlarini yoki har qanday boshqa qarzlarni qaytarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdo-vositachi va umumiy ovqatlanish tashkilotlari aylanma mablagʻlarini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish hamda ular uchun uskunalar sotib olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish maqsadlari uchun ishlatilmaydigan xususiy mulkni sotib olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼmuriy xarajatlarni toʻlash, shu jumladan, xizmat avtomobillarini xarid qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aloqa xizmatlari uchun toʻlovlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarda kredit berilmasligi nazarda tutilgan boshqa tovar (ish, xizmat)lar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Tijorat banklari kredit berish uchun kredit oluvchilardan vakolatli davlat organi tomonidan davlat reyestriga kiritilgan DXSH toʻgʻrisidagi bitim nusxasini talab qilib olishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Qarz oluvchilar kredit qaytarilishining taʼminoti sifatida tijorat bankiga quyidagi taʼminot turlaridan birini taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mol-mulk garovi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank va (yoki) sugʻurta kompaniyasining kafolati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarz oluvchi tomonidan olingan kreditni qaytarmaslik xatarining bank foydasiga sugʻurta qilinganligi toʻgʻrisidagi sugʻurta polisi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DXSH toʻgʻrisidagi bitimda koʻrsatilgan va DXSH loyihasiga kiritilgan davlat sherigining obyektlar, shuningdek, DXSH toʻgʻrisidagi bitim davri mobaynida xarid qilingan boshqa mol-mulklar kredit taʼminoti hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Tijorat banklari tomonidan kreditlar 3 — 15 yillik muddatga 3 — 6 oylik imtiyozli davr bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalashtirish stavkasi miqdoridagi foiz stavkasiga tijorat bankining 2 foizdan koʻp boʻlmagan marjani qoʻshgan holda taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda kreditlar DXSH loyihasi umumiy qiymatining 80 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Vakolatli davlat organining gʻazna hisobvaragʻiga kelib tushgan kredit foizlari hisobiga shakllangan mablagʻlar kredit liniyalarini ochish orqali tijorat banklariga belgilangan tartibda qayta joylashtiriladi. Ushbu bandda nazarda tutilgan mablagʻlarning vaqtincha boʻsh turgan qismi tijorat banklarida depozitga ham joylashtirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. DXSH loyihasini amalga oshirish uchun alohida hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida kredit liniyalari ochilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. Davlat sherigi budjet sohasidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda har chorakda DXSH loyihalari uchun ajratilgan mablagʻlarning ishlatilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarni tegishli moliya organlariga taqdim etib boradi hamda chorakdan keyingi oyning 25-sanasidan kechiktirmay oʻz rasmiy veb-saytiga joylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63. Moliya organiga taqdim etilgan hisobotlarning asosliligi va toʻgʻriligi, shuningdek, belgilangan muddatlarda taqdim qilinishi uchun davlat sherigi va xususiy sherik birgalikda javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64. DXSH loyihalari uchun rejalashtirilgan Oʻzbekiston Respublikasi budjeti tizimining budjet mablagʻlari, subsidiyalar, budjet ssudalari va kredit liniyalarini DXSH toʻgʻrisidagi bitimda nazarda tutilgan maqsadlardan tashqari boshqa maqsadlar uchun sarflash qatʼiyan taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65. DXSH loyihalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi budjeti tizimining budjet mablagʻlari, subsidiyalar, budjet ssudalari va kredit liniyalarining maqsadli sarflanishi uchun davlat sherigi va xususiy sherik javobgar hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66. DXSH loyihalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi budjeti tizimining budjet mablagʻlari, subsidiyalar, budjet ssudalari va kredit liniyalaridan maqsadli foydalanish boʻyicha nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
(66-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 431-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
67. Davlat sherigi va vakolatli davlat organi DXSH loyihalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi budjeti tizimining budjet mablagʻlari, subsidiyalar, budjet ssudalari va kredit liniyalaridan foydalanishda DXSH toʻgʻrisidagi bitimda tasdiqlangan muddatlar va shartlarga rioya etilishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
68. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 509-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan davlat-xususiy sheriklik loyihalarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MANZILLI ROʻYXATI*
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Loyihaning nomi

DXSH bitimining amal qilish muddati

Loyihani amalga oshirish muddati

Loyiha qiymati

2021-yilda Davlat budjeti hisobidan ajratiladigan mablagʻ

(mln soʻm)

shu jumladan, yoʻnalishlari boʻyicha

Qurilish va modernizatsiya

Taʼmirlash xarajati

Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish

Uy-joy va kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi

1.

Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani “Qorashina”, “Beshbuloq”, “Aerodrom”, “Bibi-Qorasoch”, “Chuchuk-quduq” va “Gumbuloq” MFYlarda ichimlik suv tizimini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish va boshqarish.

(Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2020-yil 12-13-noyabr kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan 90-son yigʻilish bayoni 13-bandi).

10 yil

3 yil

21 mlrd soʻm

15 000,0

15 000,0

Suv xoʻjaligi vazirligi

2.

Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida joylashgan irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlarini boshqaruvga berish va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish.

(Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-iyuldagi PF-6024-son Farmonining 5-bandi hamda Moliya vazirligining 2020-yil 30-sentabrdagi GP0481-son xati).

10 yil

3 yil

53,8 mlrd soʻm

1 573,2

1 353,6

219,6

3.

Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanidagi Amu-Surxon irrigatsiya tizimlari Havza boshqarmasi huzuridagi nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi hisobida boʻlgan “Oqtoshobod — 2” sugʻorish nasos stansiyasini sholichilikni rivojlantirish maqsadida DXSH asosida modernizatsiya qilish va boshqarish.

(Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, barcha sohalardagi muammolarni hal etish boʻyicha koʻrsatmalariga asosan Respublika ishchi guruhi tomonidan oʻtkazilgan yigʻilish 8-bayonining 35-bandi hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-apreldagi 199-son qarorga 5-ilovaning 75-bandi).

10 yil

2 yil

6,9 mlrd soʻm

2 627,5

2 627,5

Maktabgacha taʼlim vazirligi

4.

Oʻzbekiston Respublikasining olis hududlarida maktabgacha taʼlim muassasalarini davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil qilish va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish.

(Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-iyundagi PQ-5144-son qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev rahbarligida 2021-yil 24-may kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishining 29-son bayoni

10 yil

2 yil

50 mln AQSh dollari

15 000,0

15 000,0

Taqsimlanmagan limit

165 799,3

JAMI

200 000,0

17 627,5

1 353,6

15 219,6

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Loyihalar qiymati tender natijalari boʻyicha aniqlashtiriladi, davlat-xususiy sheriklik loyihalarining manzilli roʻyxati va talab etiladigan mablagʻlar miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi hamda Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining xulosalari asosida Vazirlar Mahkamasining bayonnomasini rasmiylashtirish orqali oʻzgartirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 509-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2018-yil 13-dekabrdagi 1009-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 1-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi uchinchi-toʻrtinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim muvaffaqiyatli rasmiylashtirilganligi uchun tender gʻolibi yoki toʻgʻridan-toʻgʻri muzokara ishtirokchilaridan undiriladigan bir martalik toʻlov miqdorlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) quyidagi mazmundagi 3-ilova bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-dekabrdagi 1009-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim muvaffaqiyatli rasmiylashtirilganligi uchun tender gʻolibi yoki toʻgʻridan-toʻgʻri muzokara ishtirokchilaridan undiriladigan bir martalik toʻlov miqdorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Davlat-xususiy sheriklik loyihasining qiymati

Bir martalik toʻlov miqdori

(foizda)

1.

Umumiy qiymati 1 mln AQSh dollaridan 10 mln AQSh dollarigacha boʻlgan loyihalar uchun

0,2%

2.

Umumiy qiymati 10 mln AQSh dollaridan 100 mln AQSh dollarigacha boʻlgan loyihalar uchun

0,1%

3.

Umumiy qiymati 100 mln AQSh dollaridan 1 mlrd AQSh dollarigacha boʻlgan loyihalar uchun

0,05%

4.

Umumiy qiymati 1 mlrd AQSh dollaridan ortiq boʻlgan loyihalar uchun

0,02%

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi va tender gʻolibi yoki toʻgʻridan-toʻgʻri muzokara ishtirokchisi oʻrtasida tuziladigan shartnomaga muvofiq bir martalik toʻlovlar undiriladi. Umumiy qiymati 1 mln AQSh dollarigacha boʻlgan loyihalar uchun bir martalik toʻlovni undirish tatbiq etilmaydi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 2-ilova 22-bandiga quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim muvaffaqiyatli rasmiylashtirilganligi uchun tender gʻolibidan yoki toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar ishtirokchisidan undiriladigan bir martalik toʻlovlarning 50 foizi miqdoridagi ajratmalar”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishli ravishda toʻrtinchi — toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
221-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “loyiha hujjatlari” soʻzlari “loyihani baholash hujjatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“konsalting va auditorlik xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishli ravishda oltinchi — toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-sentabrdagi 573-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi huzuridagi Davlat qarziga xizmat koʻrsatish boʻyicha kafolat jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 9-bandga quyidagi mazmundagi “n” kichik band qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“n) davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim muvaffaqiyatli rasmiylashtirilganligi uchun tender gʻolibidan yoki toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar ishtirokchisidan undiriladigan bir martalik toʻlovlarning 50 foizi miqdoridagi ajratmalar”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 10-bandga quyidagi mazmundagi “g” kichik band qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“g) davlat sherigining aybi bilan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim doirasida davlat-xususiy sheriklik loyihasi boʻyicha yuzaga kelgan zararlarni qoplash”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/509/0784-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son)