Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 10-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3317]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-son “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4611-son “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga oʻtish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2021-yil 15-iyul,
17/3-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 15-iyuldagi 17/3-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2003-yil 8-noyabrdagi 27/4-son “Tijorat banklarida moliyaviy hisobotlaridagi xatolarni tuzatish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1301, 2004-yil 21-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 3-son, 37-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2004-yil 6-noyabrdagi 24/8-son “Tijorat banklari tomonidan shuʼba xoʻjalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalarning buxgalteriya hisobini yuritish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1424, 2004-yil 19-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 45-46-son, 484-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2010-yil 23-oktabrdagi 34/5-son “Tijorat banklari tomonidan shuʼba xoʻjalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalarning buxgalteriya hisobini yuritish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1424-1, 2010-yil 15-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 46-son, 421-modda).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2004-yil 6-noyabrdagi 24/10-son “Hisobot sanasidan keyin yuz bergan voqealarni banklar tomonidan buxgalteriya hisobida aks ettirish toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1426, 2004-yil 23-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 47-son, 489-modda).
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2004-yil 6-noyabrdagi 24/11-son “Tijorat banklarining birgalikdagi faoliyatda ishtirokining buxgalteriya hisobi tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1427, 2004-yil 23-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 47-son, 490-modda).
6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2004-yil 6-noyabrdagi 24/9-son “Tijorat banklari tomonidan qaram xoʻjalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalarning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1429, 2004-yil 2-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 48-49-son, 499-modda).
7. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2004-yil 27-noyabrdagi 25/5-son “Tijorat banklarida qimmatbaho metallar, toshlar va tangalarning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1431, 2004-yil 17-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 50-son, 506-modda).
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2021-y., 10/21/3317/0775-son)