13.04.2005 yildagi PQ-49-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QO‘NG‘IROT SODA ZAVODI UCHUN KADRLARNI MAQSADLI TAYYORLASHNI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qo‘ng‘irot soda zavodini oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga ega bo‘lgan yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash, ushbu korxonada ishlash uchun jalb etiladigan mutaxassislarni maqsadli tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda “O‘zkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining 2005/2006 o‘quv yilidan boshlab Toshkent kimyo-texnologiya institutining maxsus sirtqi bo‘limini tashkil etish, bo‘limning o‘quv-laboratoriya bazasini Qo‘ng‘irot soda zavodi hududida joylashgan muhandislik korpusi binosiga joylashtirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar tashkil etilayotgan Toshkent kimyo-texnologiya instituti maxsus sirtqi bo‘limining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qo‘ng‘irot soda zavodining joriy va istiqboldagi ehtiyojlariga muvofiq yuqori malakali muhandis-texnik xodimlarni maqsadli tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
institutning professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ilg‘or texnologiyalarni ishlatish va ularga xizmat ko‘rsatish masalalarini bevosita ishlab chiqarishda o‘rganish imkonini beradigan o‘quv jarayonini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnologiya jarayoni samaradorligini oshirishda institutning ilmiy-pedagogik salohiyatidan va zavodning yetakchi amaliyotchi-mutaxassislaridan foydalanish imkonini beradigan oliy ta’lim fanining ishlab chiqarish bilan mustahkam integratsiyasini rivojlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 2005/2006 o‘quv yiliga ta’limning quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha uch yillik o‘qish muddatida bakalavrlarni maqsadli tayyorlash bo‘yicha maxsus sirtqi bo‘limga qabul qilish kvotasi 65 kishidan iborat qilib belgilansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5522400 — “Kimyoviy texnologiya” — 20 kishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5520700 — “Texnologiya mashinalari va asbob-uskunalari” — 15 kishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5580400 — “Muhandislik kommunikatsiyalari qurish” — 15 kishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5521300 — “Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiya” — 15 kishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent kimyo-texnologiya instituti maxsus sirtqi bo‘limining birinchi bosqichiga qabul qilish, istisno tariqasida, kirish test sinovlarisiz asosan turdosh o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga va kamida uch yillik amaliy ish stajiga ega bo‘lgan shaxslar orasidan “O‘zkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va Qo‘ng‘irot soda zavodining yo‘llanmalari asosida davlat granti bo‘yicha amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi va uchinchi bosqich talabalari kontingenti Toshkent kimyo-texnologiya institutida va respublikaning boshqa oliy ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan, Qo‘ng‘irot soda zavodida kontrakt bo‘yicha ishlash xohishini bildirgan tegishli va turdosh ta’lim yo‘nalishlari talabalarini o‘tkazish yo‘li bilan shakllantiriladi. To‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan talabalarni o‘tkazishda o‘qitishning pulli shakli saqlanib qoladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘qishga qabul qilishda Qo‘ng‘irot soda zavodi, Toshkent kimyo-texnologiya instituti va talabalar o‘rtasida o‘qish tamom bo‘lgandan keyin bitiruvchilarning zavodda kamida besh yil majburiy ishlashini nazarda tutuvchi uch tomonlama shartnomalar tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “O‘zkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi uch oy muddatda Toshkent kimyo-texnologiya institutining maxsus sirtqi bo‘limini joylashtirish uchun Qo‘ng‘irot soda zavodining qoldiq qiymati 380 mln. so‘m bo‘lgan muhandislik korpusi qurilishini tugallasin va o‘quv jarayonini tashkil etishga zarur shart-sharoitlar yaratsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi oliy ta’lim muassasalariga qabul qilishning har yilgi ko‘rsatkichlarini shakllantirishda Qo‘ng‘irot soda zavodining kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash uchun kvotani nazarda tutsinlar.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soda zavodining ehtiyojiga muvofiq Qo‘ng‘irot sanoat kollejida texnik kadrlar tayyorlanishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2005/2006 o‘quv yili boshlangunga qadar Toshkent kimyo-texnologiya institutining Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan buyurtmanomasi bo‘yicha maxsus sirtqi bo‘limning o‘quv-laboratoriya xonalarini Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantarish jamg‘armasining mablag‘lari hisobiga o‘qitishning texnik va axborot vositalari, laboratoriya asbob-uskunalari, ko‘rgazmali qo‘llanmalar va boshqa zarur mulk bilan jihozlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent kimyo-texnologiya instituti bilan birgalikda ta’limning tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus sirtqi bo‘lim o‘quv rejalari va dasturlarini respublika ta’lim standartlariga muvofiq ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda sifatli ta’lim jarayonini tashkil etishda, talab etiladigan ilmiy-pedagog kadrlar va o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlashda Toshkent kimyo-texnologiya institutining maxsus sirtqi bo‘limiga doimiy ravishda ilmiy-metodik va amaliy yordam ko‘rsatsin;
(7-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PF-5399-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 06/18/5399/1018-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent kimyo-texnologiya institutining maxsus sirtqi bo‘limida va Qo‘ng‘irot sanoat kollejida o‘quv jarayoni tashkil etilishi ustidan doimiy nazoratni amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “O‘zkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Qoraqalpog‘iston Respublikasi kasb-hunar kollejlari negizida o‘rta maxsus ta’lim muassasalarini ilgari tamomlagan va ishlamayotgan shaxslar orasidan 564 nafar hamda “O‘rganchtransgaz” o‘quv markazi negizida 26 nafar malakali ishchini ikki oyda jadal tayyorlashni tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash sarf-xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan taqdim etilgan hisob-kitoblar va moliyalashtirishning amaldagi normativlari asosida 2005-yilda respublika oliy ta’lim muassasalarining xarajatlari smetasiga kadrlar tayyorlashga budjet parametrlarida nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida tegishli o‘zgartirishlar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2005-yil 13-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-49-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 15-16-son, 111-modda; 2006-y., 40-son, 395-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 06/18/5399/1018-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)