11.04.2005 yildagi PF-3594-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 06.02.2007 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

Farmoni

TOʻGʻRIDAN-TOʻGʻRI XUSUSIY XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB ETISHNI RAGʻBATLANTIRISH BORASIDAGI QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatda investitsiya muhitini yanada yaxshilash, xususiylashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik jihatdan qayta jihozlash va rekonstruksiya qilish, respublikaning ortiqcha ishchi kuchi mavjud boʻlgan mintaqalarida yangi ish joylarini yaratish dasturlarini amalga oshirishga toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, shuningdek xorijiy investorlar uchun ishonchli huquqiy himoya va kafolatlarni taʼminlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.

1. 2005-yilning 1-iyulidan boshlab toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etadigan iqtisodiyot tarmoqlari (ilovaga muvofiq) korxonalari asosiy faoliyati boʻyicha daromad (foyda) soligʻi, mulk soligʻi, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi, mikrofirma va kichik korxonalar uchun belgilangan yagona soliq toʻlovi toʻlashdan, shuningdek Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar toʻlashdan ozod qilinsin.
(1-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 6-fevraldagi PF-3850-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 4-6-son, 37-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalar hajmi quyidagicha boʻlganda mazkur soliq imtiyozlari beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
300 ming AQSH dollaridan 3 million AQSH dollarigacha — 3 yil muddatga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3 milliondan ortiq AQSH dollaridan 10 million AQSH dollarigacha — 5 yil muddatga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10 million AQSH dollaridan ortiq boʻlganda — 7 yil muddatga.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Farmonning 1-bandida koʻrsatilgan soliq imtiyozlari quyidagi shartlar asosida qoʻllanilishi belgilab qoʻyilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur korxonalarni ortiqcha ishchi kuchi boʻlgan mintaqalar — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo, Surxondaryo, Xorazm viloyatlarida, shuningdek Navoiy, Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarining qishloq aholi punktlarida joylashtirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy investorlar tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni Oʻzbekiston Respublikasining kafolati berilmagan holda amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonaning ustav kapitalida xorijiy ishtirokchilarning ulushi kamida 50 foizni tashkil etishi lozim;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu korxonalar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni kiritish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy investitsiyalarni erkin almashtiriladigan valyuta yoki yangi zamonaviy texnologik uskuna tarzida qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur imtiyozlarni qoʻllanish muddati davomida imtiyozlardan olingan daromadni korxonani yanada rivojlantirish maqsadida qayta investitsiyalashga yoʻnaltirish.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi zimmasiga toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalar jalb etiladigan korxonalarning ushbu Farmon ilovasida koʻrsatilgan iqtisodiyot tarmoqlariga taalluqli ekanini aniqlash vazifasi yuklatilsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 20-sentabrdagi PF-3661-son Farmoni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 37-38-son, 282-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 6-fevraldagi PF-3850-sonli Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 4-6-son, 37-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
keyingi qonun hujjatlarida investitsiyalash shart-sharoitlari yomonlashgan taqdirda mazkur Farmonning 1-bandidagi imtiyozlar qancha muddatga berilgan boʻlsa, ana shu muddat mobaynida amal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu Farmonning 1-bandiga muvofiq imtiyoz olgan korxonalar shunday imtiyoz berilgan muddat tugashidan keyin bir yil barvaqtroq faoliyatini toʻxtatgan taqdirda foydani oʻz mamlakatiga oʻtkazish va xorijiy investorning kapitalini chet elga olib chiqib ketish faqat berilgan imtiyozlar summasini budjetga qaytargandan keyin amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu Farmonda belgilangan toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalar uchun soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy investorlarga toʻlanadigan, dividend tarzida olinadigan daromadlarga soliq miqdori (stavkalari) koʻpayishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy investorning chet elga oʻtkaziladigan daromadlari (foydasi)ni oʻz mamlakatiga qaytarish tartibotini murakkablashtiruvchi yoki ularning miqdorini kamaytiruvchi qoʻshimcha talablar joriy etilishi, bunda davlat xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonaning toʻlovga qobiliyatsizligi va bankrotligi yoki kredit beruvchilarning huquqlarini himoya qilish, xorijiy investor — jismoniy shaxs sodir etgan jinoiy qilmish yoki maʼmuriy huquqbuzarlik hollarida yoxud sud yoki hakamlikning qaroriga muvofiq daromad (foyda)ni oʻz mamlakatiga qaytarishni toʻxtatib turishning boshqa zarurati boʻlganda xorijiy investor mablagʻlarini qonun hujjatlarini kamsitmaydigan tarzda qoʻllash shartlari asosida oʻz mamlakatiga qaytarilishini toʻxtatib turish hollari mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiyalarning miqdori boʻyicha investitsiyalash hajmlariga miqdoriy cheklashlar hamda boshqa qoʻshimcha talablar, shu jumladan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarda xorijiy investitsiyalarning minimal miqdorini koʻpaytirish tarzidagi talablar joriy etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika korxonalarining ustav jamgʻarmalarida xorijiy investorning ulush bilan ishtirok etishi boʻyicha cheklashlar joriy etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy investorlarning vizalarini rasmiylashtirish va uzaytirish borasidagi qoʻshimcha tartibotlar, shuningdek xorijiy investitsiyalarni amalga oshirish boʻyicha boshqa qoʻshimcha talablar joriy etilishi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻn kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasining “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari toʻgʻrisida”gi Qonuni 3-moddasining toʻrtinchi qismida belgilangan kafolatlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, yuqorida koʻrsatilgan barcha investitsiyalash shart-sharoitlari yomonlashgan taqdirda xorijiy investor mazkur kafolatni qoʻllash toʻgʻrisida tegishli vakolatli organni xabardor qilishi nazarda tutilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur Farmon qabul qilinishi munosabati bilan amaldagi qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R. Azimov zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2005-yil 11-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-3594-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
2005-yil 11-apreldagi PF-3594-sonli Farmoniga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalar uchun beriladigan imtiyozlar joriy etiladigan iqtisodiyot tarmoqlari roʻyxati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Radioelektron sanoati buyumlari hamda kompyuter va hisoblash texnikasi butlovchi buyumlarini ishlab chiqarish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Yengil sanoat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tayyor ip gazlama va jun gazlamalar ishlab chiqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tayyor tikuvchilik, trikotaj, paypoq mahsulotlari va toʻqimachilik galantereyasi ishlab chiqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
terini qayta ishlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
poyabzal, tayyor koʻn-galantereya buyumlari ishlab chiqarish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ipakchilik sanoati:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shoyi gazlamalar va ipakdan tayyor buyumlar ishlab chiqarish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qurilish materiallari sanoati:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 24-martdagi PF-3586-sonli Farmoni 1a-ilovasida koʻrsatilgan qurilish materiallarining yangi turlarini ishlab chiqarish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Parranda goʻshti va tuxumni sanoat miqyosida yetishtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oziq-ovqat sanoati:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy xom ashyodan sanoat miqyosida qayta ishlangan tayyor oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish (alkogolli, alkogolsiz ichimliklar va tamaki mahsulotlari bundan mustasno).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Goʻsht-sut sanoati:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
goʻsht va sut mahsulotlarining tayyor turlari, pishloq va sariyogʻ ishlab chiqarish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Kimyo-farmatsevtika sanoati:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dori-darmon vositalari ishlab chiqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sintetik kir yuvish vositalari, maishiy kimyo tovarlari ishlab chiqarish.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 15-16-son, 109-modda; 2005-y., 37-38-son, 282-modda; 2006-y., 28-29-son, 262-modda; 2007-y., 4-6-son, 37-modda; 2009-y., 10-11-son, 105-modda; 2010-y., 52-son, 511-modda; 2012-y., 15-son, 167-modda; 2017-y., 13-son, 198-modda, 19-son, 332-modda, 27-son, 604-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2018-y., 06/18/5326/0657-son; 05.04.2018-y., 06/18/5398/1004-son; 22.05.2018-y., 06/18/5444/1244-son; 19.06.2020-y., 06/20/6011/078-son, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; 25.06.2025-y., 06/25/97/0537-son)