Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI KUBOGI UChUN HAR YILI OʻTKAZILADIGAN TENNIS TURNIRI ITP LIMITED MENEJMENTINI SOLIQ TOʻLAShDAN OZOD ETISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 17-iyundagi 168-sonli “Soliq imtiyozlari tartibga solinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish va baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Prezident Kubogi uchun har yili oʻtkaziladigan tennis turnirining yuksak tashkiliy darajasi xalqaro sport maydonida eʼtirof etilganligini nazarda tutib Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qoʻyilsinki, norezidentlarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi uchun tennis turnirini oʻtkazish doirasida olgan daromadlari, istisno tariqasida, Oʻzbekiston Respublikasida manba oldidagi daromad (foyda) soligʻini toʻlashdan ozod etiladi.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari H.S. Karomatov va R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2002-yil 12-iyun,
207-son