Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 06.06.2002 yildagi 201-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YEVROPA TIKLANISh VA TARAQQIYOT BANKINING KIChIK BIZNESNI TO‘LIQ KO‘LAMDA RIVOJLANTIRISh BO‘YIChA DASTURINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat banklarining Xususiy tadbirkorlikka, mikrofirmalarga, dehqon va fermer xo‘jaliklariga, boshqa kichik biznes subyektlariga kredit berish bo‘yicha imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek kichik biznesni to‘liq ko‘lamda rivojlantirish Yaponiya — O‘zbekiston dasturi doirasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki kredit liniyasidan o‘z vaqtida va samarali foydalanish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining kichik biznesni to‘liq ko‘lamda rivojlantirish Yaponiya — O‘zbekiston dasturini amalga oshirish uchun ikki bosqichda 20 mln AQSh dollaridan — jami 40 mln AQSh dollari miqdorida kredit liniyasi berishi to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qo‘yilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kreditlar bitta qarz oluvchiga 100 ming AQSh dollarigacha miqdorda yoki shunga teng miqdorda O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mikrokreditlar 10 ming AQSh dollarigacha miqdorda yoki shunga teng miqdorda milliy valyutada beriladi. Bunda naqd pul shaklida berilgan kreditlar naqd pul shaklida qaytariladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘rsatib o‘tilgan Dastur doirasida kreditlar olish yuzasidan buyurtmanomalarni tanlab olishda mahalliy xomashyo va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha mikro va kichik ishlab chiqarishlarni, xizmatlar ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish, shuningdek respublika aholisining ish bilan band bo‘lmagan qismi uchun kasanachilik mehnati tashkil etish kredit berishning ustuvor yo‘nalishlari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri mazkur kredit liniyasi doirasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan tanlab olingan subqarz bo‘yicha tijorat banklarining kredit bitimlari yuzasidan Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankiga O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan belgilangan tartibda kafolat berishga vakil qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Adliya vazirligi birgalikda ikki hafta muddatda idoraviy normativ hujjatlarga ushbu qarordan kelib chiqadigan tegishli o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S.Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M.Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2002-yil 6-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
201-son