Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 06.06.2002 yildagi 199-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 06.06.2002 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YEVROPA TIKLANISh VA TARAQQIYOT BANKI BILAN HAMKORLIKNI KENGAYTIRIShGA DOIR ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokidagi loyihalar tayyorlanishini jadallashtirish, loyiha tayyorlanishidan uning toʻliq amalga oshirilishigacha boʻlgan butun davr mobaynida amaliy natija beradigan monitoringni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan birgalikda amalga oshirish moʻljallangan loyihalar roʻyxati 1-ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*1-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar jadvali 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*2-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan qoʻshma loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi komplekslari rahbarlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki hafta muddatda ishchi guruhlarni shakllantirsinlar va ularning rahbarlarini tayinlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan qoʻshma loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish boʻyicha ijroiya agentliklar sifatida belgilangan respublika vazirliklari va idoralari bilan birgalikda bir oy muddatda loyihalarni amalga oshirishga jadal tayyorgarlik koʻrilishini taʼminlaydigan chora-tadbirlarning tegishli rejalarini tasdiqlasinlar, bunda texnik-iqtisodiy asoslash oʻz vaqtida ekspertizadan oʻtkazilishini, mablagʻ bilan taʼminlash manbalari va qarz mablagʻlari qaytarilishini kelishishni nazarda tutsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻshma loyihalarning tayyorlanishidan ularning toʻliq amalga oshirilishigacha boʻlgan butun davr mobaynida amaliy natija beradigan monitoringni taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida ishlab chiqilayotgan loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishi yuzasidan texnik vazifalar ishchi guruhlar tomonidan majburiy tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi hamda Moliya vazirligiga kelishish uchun taqdim etiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi loyihalarni mablagʻ bilan taʼminlashga buyurtmanomalar Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslari rahbarlari bilan kelishilgandan keyin Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti orqali yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar tayyorlanishi va roʻyobga chiqarilishi jarayonini muvofiqlashtirish va nazorat qilish uchun vazirlikning markaziy apparati tuzilmasida 4 kishidan iborat monitoring guruhini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Bosh vazirning oʻrinbosari, Makroiqtisodiyot va statistika vaziri R.S.Azimov texnik koʻmak olish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolati ostida moliyaviy koʻmak olish yuzasidan Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankiga buyurtmanomalarni imzolashga vakil qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2002-yil 6-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
199-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 4-son, 42-modda)