28.07.2021 yildagi PQ-5200-son
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-260-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07/23/260/0557-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-dekabrdagi PQ-52-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 07/21/52/1165-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
Belgilansinki, mazkur bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan imtiyoz oldin har 35 gektar maydonda uzum va mevali bog‘lar plantatsiyalariga suv chiqarish uchun burg‘ilangan quduq, shuningdek, daryolar, kanallar hamda boshqa suv havzalaridan suvni tortish maqsadida nasos stansiyasini qurishga subsidiya olgan tadbirkorlik subyektlariga yangidan quduq qazish hamda nasos stansiyasini qurish sharti bilan tatbiq etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-260-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07/23/260/0557-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi PF-28-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.02.2024-y., 06/24/28/0099-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-260-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07/23/260/0557-son)

Bosqich

Subyekt

Tadbir

Muddat

 

1-bosqich

Tashabbuskor

(fermer xo‘jaliklari, tadbirkorlik subyektlari)

a) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimliklari intensiv bog‘ va tokzorlar barpo etiladigan yer maydonlarini ochiq tanlov asosida “Agroservis operator” DUKga, fermer xo‘jaliklari va tadbirkorlik subyektlariga ijaraga berilishini ta’minlaydi, “Agroservis operator” DUK va tashabbuskorlar o‘rtasida shartnoma tuziladi;

b) fermer xo‘jaliklari va tadbirkorlik subyektlari ijara shartnomasi asosida o‘�lariga tegishli bo‘lgan yerlarda bog‘ va tokzorlar tashkil etish to‘g‘risida operator korxona bilan shartnoma tuzadi.

Shartnomada “tayyor holda” topshirish tamoyili asosida bog‘ va tokzorlar tashkil etilib, shartnoma qiymatining 20 foizini oldindan, qolgan 80 foizini 7 yil davomida bo‘lib to‘lash sharti belgilanadi.

2021-2022-yillar davomida

2-bosqich

Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Agroservis operator” DUK

“Agroservis operator” DUK o‘ziga hamda fermer xo‘jaliklari, tadbirkorlik subyektlariga ijaraga berilgan kamida 20 gektar yer maydonlarida zamonaviy, resurs tejaydigan texnologiyalarga asoslangan intensiv bog‘ va tokzorlar tashkil qiladi.

Shartnomada ko‘rsatilgan muddatlarda

3-bosqich

Tashabbuskor

(fermer xo‘jaliklari, tadbirkorlik subyektlari)

Tashabbuskorlar o‘zlariga tegishli bo‘lgan yer maydonlarida barpo etiladigan bog‘ va tokzorlarga bo‘lgan mulk huquqini hamda erga bo‘lgan ijara huquqini to‘lovlar amalga oshirilgunga qadar “Agroservis operator” DUK foydasiga garovga qo‘yadi.

Shartnoma tuzilganidan so‘ng

4-bosqich

Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Agroservis operator” DUK

Bog‘ va tokzorlarni dastlabki 3 yil mobaynida parvarishlab berishni va buyurtmachiga tayyor holda topshirishni kafolatlaydi.

Shartnoma majburiyatlari bajarilmaganda garovga qo‘yilgan mulk huquqi hamda erga bo‘lgan ijara huquqi operator korxonaga o‘tadi.

Shartnomada ko‘rsatilgan muddatlarda

T/r

Tovar nomenklaturasi

TIF TN kodlari

1.

Boshqa tirik o‘simliklar (shu jumladan ularning ildizlari), qalamcha va yo‘g‘on tomir, to‘qima:

Ildizsiz qalamcha va yo‘g‘on tomir:

uzum;

boshqa (tok uchun payvandtaglar)

boshqa (in-vitro ko‘chatlari)

0602

0602 10 0000

0602 10 1000

0602 10 9000

2.

Vino ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan faol xamirturushlar, boshqalar

2102 10 1000

2102 10 9000

3.

Vodorodfosfat diammoniy (fosfat diammoniy)

3105 30 0000

4.

Ekstraktlar sumaxa, ekstrakt valonei, eman (dub) ekstrakti va kashtan ekstrakti

3201 90 2000

5.

Faollashtirilgan ko‘mir

3802 10 0000

6.

Plastmassadan tayyorlangan quvurlar, naychalar, shlanglar va ularni birlashtiruvchilari (masalan, muftalar, tirsaklar, gardishlar)

3917 39 0001

7.

Suyuqliklarni sanoat va laboratoriya maqsadlarida filtrlash uchun membrana filtri elementlari (neylon, plastmassa, sellyuloza nitrat, polivinilidentftorid, atsetat va nitrat aralashmasi)

3926 90 9709

8.

Yog‘och idishlar, bochkalar, krujkalar, vannalar va boshqa yog‘och (bondarlik) mahsulotlar va ularning qismlari, shu jumladan klepka

4416 00 0000

9.

Tabiiy po‘kakdan tayyorlangan silindrik tiqinlar va qopqoqlar

4503 10 1000

10.

Aglomeratlangan qopqoqlar (bog‘lovchi bilan yoki bog‘ichsiz) va undan ko‘pikli vinolar uchun buyumlar, shu jumladan tabiiy mantarlardan bo‘lgan shaybali tiqinlar

4504 10 1100

11.

Agromeratlangan po‘kak (bog‘lovchi bilan yoki bog‘ichsiz) va undan tayyorlangan boshqa buyumlar

4504 10 1900

12.

Oziq-ovqat suyuqliklari uchun filtrlangan karton va qog‘oz

4805 40 0000

13.

Korroziyaga chidamli quvurlar

7306 40 8009

14.

Qora metallardan tayyorlangan, har qanday moddalar uchun (siqilgan yoki suyultirilgan gazdan tashqari) hajmi 300 litrdan ortiq bo‘lgan, qoplama yoki issiqlik izolatsiyasi bilan yoki ularsiz, lekin mexanik yoki isitish texnik uskunalari bo‘lmagan rezervuarlar, tsisternalar, baklar va shunga o‘xshash sig‘imlar

7309 00 5900

15.

Vino saqlash uchun sig‘imlar

7310 10 0000

16.

Hisoblagichli yoki hisoblagichsiz nasoslar, suyuqlik ko‘taruvchilar

8413

17.

Suyuqliklarni yoki poroshoklarni otish, purkash yoki sepish uchun mexanik qurilmalar (qo‘lda boshqarish bilan yoki ularsiz);

8424

To‘ldirilgan yoki to‘ldirilmagan holdagi o‘t o‘chirish vositalari;

Purkovchi va shu kabi moslamalar;

Bug‘ yoki qum otuvchi va shu kabi moslamalar:

qishloq xo‘jaligi yoki bog‘do�chilik uchun purkagichlar;

8424 41 1000

ko‘chma purkagichlar;

boshqalar (traktorlarga o‘rnatish yoki traktorlar shatakka olinishiga mo‘ljallangan)

8424 49 9100

18.

Tuproqqa ishlov berish va tayyorlash uchun qishloq xo‘jaligi, bog‘dorchilik yoki o‘rmon xo‘jaligi mashinalari:

Maysazor va sport maydonchalari uchun katoklar;

Shudgorlash va tok tuplarini ko‘muvchi agregat; tok tuplarini yarim ochuvchi agregat; tok tuplarini to‘liq ochuvchi agregat;

8432

8432 10 0000

19.

Diskli baronalar

8432 21 0000

20.

Turli kultivatorlar

8432 29 1000

21.

Baronalar

8432 29 3000

22.

Aylanma ishlov beruvchilar (pochvofrez)

8432 29 5000

23.

Markaziy privodli urug‘ni aniq ekuvchi mashinalari

Ekkichlar va ko‘chat ekish mashinalari

8432 39 1100

8432 39 9000

24.

Organik va noorganik o‘g‘itlarni purkovchi va sochuvchi moslama:

organik o‘g‘itlar uchun;

noorganik o‘g‘itlar uchun.

8432 41 0000

8432 42 0000

25.

Tuproqqa ishlov berish va tayyorlash uchun mo‘ljallangan boshqa qishloq xo‘jaligi, bog‘dorchilik yoki o‘rmon xo‘jaligi texnikalari va maysazorlar va sport maydonchalari uchun jihozlar

8432 80 0000

26.

Tuproqqa ishlov berish va tayyorlash uchun mo‘ljallangan boshqa qishloq xo‘jaligi, bog‘dorchilik yoki o‘rmon xo‘jaligi texnikalarining hamda maysazorlar va sport maydonchalari uchun jihozlarning butlovchi qismlari

8432 90 0000

27.

Tirkamalar va yarim tirkamalar; yurmaydigan boshqa transport vositalari, ularning qismlari:

qishloq xo‘jaligi uchun o‘zi yuklovchi yoki yukni o‘zi tushiruvchi tirkamalar va yarim tirkamalar (zanglamas po‘latdan tayyorlangan uzum uchun tirkamalar)

8716 20 0000

28.

Uzum hosilini yig‘ib-terib oluvchi kombayn

8433 59 8501

29.

Po‘latdan zadvijkalar

8481 80 6390

Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Ijro uchun mas’ullar

1.

Respublika hududlarida mavjud bo‘lgan 206 ming gektar bog‘ va 90 ming gektar tokzorlarni konturlar kesimida har yili xatlovdan o‘tkazib, iqtisodiy jihatdan samarasiz va kam hosil beradigan bog‘ va tokzorlarni yangilash yoki boshqa haydaladigan ekin yerlari toifasiga o‘tkazish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

1. Mavjud bog‘ va tokzorlarni fermer xo‘jaliklari kesimida hududiy ishchi guruhlari tashkil etib, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-dekabrdagi 1012-�on qaroriga asosan yaroqsiz va iqtisodiy jihatdan samarasiz bog‘larni aniqlash maqsadida xatlovdan o‘tkazish.

2. Yaroqsiz deb topilgan mevali bog‘ va tokzorlar o‘rnida intensiv bog‘ va tokzorlarni barpo etish.

3. Iqtisodiy jihatdan samarasiz va kam hosil beradigan bog‘ va tokzorlarni boshqa haydaladigan ekin yerlari toifasiga o‘tkazish yuzasidan takliflar tayyorlash.

Doimiy

Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi, Kadastr agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

2.

“In-vitro” laboratoriya sharoitida yaratilgan payvandtaglardan hududlarning tuproq-iqlim sharoitiga mos intensiv mevali daraxtlar va tok ko‘chatlarini yetishtirish va ularni kelgusida tadbirkorlik subyektlariga sotish tizimini yaratish.

1. “In-vitro” laboratoriya sharoitida yaratilgan payvandtaglarni tashqi muhitga moslashtirish uchun zamonaviy issiqxonalar tashkil etish.

2. Mahalliy sharoitda yetishtirilgan intensiv (pakana va yarim pakana) ko‘chatlarni sotib olish xarajatlarining bir qismini fermer xo‘jaliklariga subsidiya sifatida qoplab berish tizimini joriy etish.

2021 — 2023-yillar

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

3.

Yangi nav mualliflari va originatorlarini rag‘batlantirish, urug‘chilik va ko‘chatchilik bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlarini himoya qilish, nihol va ko‘chatlarini sertifikatlashtirish mexanizmini yaratish.

Qishloq xo‘jaligi ekinlarining nav mualliflari va originatorlarini rag‘batlantirish, urug‘chilik va ko‘chatchilik bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tartibga solish, qishloq xo‘jaligi ekinlarining urug‘lari va mevali, manzarali daraxt hamda butalarni sertifikatlashtirish mexanizmini belgilash bo‘yicha qaror loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil noyabr

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Fanlar akademiyasi, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi

4.

Dunyo bozorida talab yuqori bo‘lgan, respublikaning tuproq-iqlim sharoitiga mos uzum navlarini urug‘chilik rivojlangan davlatlardan respublika hududlariga olib kirish choralarini ko‘rish.

1. Dunyo bozorida talab yuqori bo‘lgan, respublikaning tuproq-iqlim sharoitiga mos, kasalliklardan xoli uzum navlarini aniqlash.

2. Mamlakatimizga ushbu uzum navlarini olib kirish yuzasidan tegishli takliflarni tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil oktyabr

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi

5.

Uzumning yuqori mahsuldor, sovuqqa chidamli hamda urug‘siz navlarini yaratish, uning istiqbolli navlarini introduksiya qilish.

Ko‘chatchilik tizimini takomillashtirishga qaratilgan tartibni ishlab chiqish.

1. Uzumning yuqori mahsuldor, sovuqqa chidamli hamda urug‘siz navlarini yaratish bilan shug‘ullanuvchi xorijiy ilmiy tadqiqot muassasalari tajribasini o‘rganish.

2. Rivojlangan xorijiy ilmiy tadqiqot muassasalari, shu jumladan, Rossiya Federatsiyasining “Kurchatovskiy institut” milliy tadqiqot markazi, “Magarach” uzumchilik va vinochilik instituti bilan o‘zaro hamkorlikni
yo‘lga qo‘yish.

3. Amaldagi ko‘chatchilik tizimini takomillashtirish, davr talabiga moslashtirishni nazarda tutuvchi “Uzum ko‘chatlarini yetishtirish va ushbu jarayonni tartibga solish bo‘yicha yo‘riqnoma”ni ishlab chiqib, uni tasdiqlash haqidagi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini tayyorlash.

2021-2022-yillar

Innovatsion rivojlanish vazirligi, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi, Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi

6.

Agrotexnik tadbirlarni yaxshilash maqsadida tokzorlarda ishlatiladigan maxsus texnikalarni respublikada ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va uzoq muddatga imtiyozli shartlarda lizing asosida yetkazib berish tizimini joriy qilish.

1. Tokzorlarda agrotexnik tadbirlarni yaxshilash maqsadida xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish.

2. Tokzorlarda ishlatiladigan maxsus texnikalar ro‘yxatini shakllantirish.

3. Ularni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va uzoq muddatga imtiyozli shartlarda lizing asosida yetkazib berish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

2021-yil oktyabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi, “Agrolizing” AJ, boshqa vazirlik va idoralar

7.

Yangi yaratilayotgan o‘zbek milliy vinochilik brendi mahsulotlarini targ‘ib qilish maqsadida Buxoro, Samarqand, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida enoturizm yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yish.

Soha korxonalari tomonidan sifatli, sanoatbop uzum xomashyosidan o‘zbek milliy vinochilik brendi mahsulotlarini yaratish hamda turistik yo‘nalishlariga kiritish va OAVda targ‘ibot ishlarini amalga oshirish.

2022-yil davomida

Turizm va sport vazirligi, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, tadbirkorlik subyektlari

71.

Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlarida joylashgan yerto‘lalarni Agentlik balansiga o‘tkazish choralarini ko‘rish.

Toshkent shahri, Abay ko‘chasi, 6-uy manzilida, Samarqand shahri, Dahbed ko‘chasi, 18-uy manzilida, Buxoro shahri, B. Naqshband ko‘chasi, raqamsiz uyda joylashgan yerto‘lalarni Agentlik balansiga o‘tkazish va ularni Vinochilikni rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan rekonstruksiya qilish.

2021-2022-yillar

Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi, Samarqand, Buxoro viloyatlari va Toshkent shahar hokimligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Tadbirkorlik subyektlari

8.

Mahalliy vinochilik mahsulotlari (vino xomashyosi, konyak distillyati
va uzum konsentrati) saqlash sifatini xalqaro me’yorlar talablariga muvofiqlashtirish hamda eksportni ta’minlash maqsadida zanglamas metalldan tayyorlangan oziq-ovqatga mo‘ljallangan vagon-tsisternalar parkini yangilash choralarini ko‘rish.

1. Zanglamas metalldan tayyorlangan vagon-tsisternalarni xatlovdan o‘tkazish.

2. Zanglamas metalldan tayyorlangan vagon-tsisternalarga bo‘lgan ehtiyojni shakllantirish.

3. Ishlab chiqaruvchi xorijiy korxonalar bilan shartnomalar tuzilishini ta’minlash.

4. Tuzilgan shartnomalarga asosan mablag‘lar manbaini aniqlash va moliyalashtirilishini ta’minlash.

5. Vagon-tsisternalar parkini bosqichma-bosqich yangilash choralarini ko‘rish.

2021-2022-yillar

Transport vazirligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi

9.

Uzum va undan tayyorlangan mahsulotlar eksport geografiyasini kengaytirish va bunda yirik importyor hamda geografik jihatdan yaqin joylashgan davlatlarga alohida e’tibor qaratish.

1. Uzumchilik ustuvor hisoblangan tashqi bozorlarda chuqur marketing tadqiqotlarini olib borish. Bunda, Rossiya Federatsiyasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Hindiston va arab davlatlari kabi yirik bozorlarda mustahkam o‘rin egallash maqsadida elchilarning savdo masalalari bo‘yicha maslahatchilari asosiy e’tiborini respublikada uzumchilik yo‘nalishini qo‘llab-quvvatlashga qaratish.

2. Eksport qilinadigan mahsulotlarni karantin talablariga javob beradigan holatga keltirish yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil oktyabr

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi

10.

Xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, milliy mahsulotlarni tashqi bozorlarda ommalashtirish maqsadida Xitoy, Latviya, Koreya, JAR, Rossiya va boshqa vinochilikda ilg‘or davlatlarda o‘tkaziladigan xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalarda soha korxonalarining ishtirokini ta’minlash.

1. Sohaga oid xalqaro ko‘rgazmalar va yarmarkalar ro‘yxatini shakllantirish.

2. Ushbu tadbirlarda soha korxonalarining ishtirokini ta’minlash.

3. Erishilgan natijalar to‘g‘risida tegishli mutasaddi idoralarga ma’lumotlar kiritib borish.

2021-2022-yillar

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi, tadbirkorlik subyektlari

11.

Respublikada uzumchilik sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar bilan xorijiy korxonalar vakillari, salohiyatli investorlar, ekspertlarni yaqindan tanishtirish choralarini ko‘rish.

2022-yil oktyabr oyidan boshlab har yili mahalliy va xorijiy korxona vakillari, ekspertlar va tarmoqqa aloqador boshqa mutaxassislarni jalb qilgan holda, uzumchilik va alkogol xalqaro savdo ko‘rgazmasini (“UzEnoWeek-2022”) tashkil qilish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil oktyabr

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi

12.

Maishiy chiqindilar tarkibidagi shisha idishlarni yig‘ib olib, xomashyo sifatida qayta ishlashga yo‘naltirish.

1. Hududlardagi maishiy chiqindilarni yig‘ish shoxobchalarida shisha idishlar yig‘ish uchun maxsus rangli konteynerlar o‘rnatish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

2. Shisha chiqindilarini yig‘ish va qayta ishlashga yo‘naltirishni tashkil qilish bo‘yicha manzilli dasturni ishlab chiqib, tasdiqlash.

2021-2022-yillar

Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

13.

Qonunga xilof ravishda tayyorlangan, sifatsiz alkogol va tamaki mahsulotlarini aniqlash hamda aholi o‘rtasida tarqatilishining oldini olishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Bunda qonunga xilof ravishda, sifatsiz alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish va uning realizatsiyasiga qarshi kurashda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish va huquqbuzarliklar haqida xabar bergan subyektlarni rag‘batlantirish.

Noqonuniy ishlab chiqarilgan va (yoki) realizatsiya qilinayotgan alkogol va tamaki mahsulotlarini aniqlash bo‘yicha jamoatchilik nazoratini ta’minlovchi maxsus “asllik belgisi” dasturiy (mobil) ilova orqali xabardor qilish sxemasi”ni amalga oshirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. Bunda:

noqonuniy ishlab chiqarilgan va (yoki) realizatsiya qilinayotgan mahsulotni aniqlash bo‘yicha jamoatchilik nazoratini ta’minlovchi maxsus “asllik belgisi” dasturiy (mobil) ilova orqali berilgan xabar natijasida qonunbuzish holati aniqlanib, qo‘llanilgan jarima summasini mahalliy budjetga, qoida buzilishini aniqlagan fuqaroni hamda holatni rasmiylashtirgan vakolatli organ xodimini rag‘batlantirishga va Vinochilikni rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

Doimiy

Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

14.

Alkogol mahsulotlarining qonunga xilof ravishda ishlab chiqarilishi va aylanmasiga qarshi kurashni kuchaytirish, aholining salomatligini himoya qilish va davlat budjeti tushumini to‘liq ta’minlash maqsadida etil spirti, alkogolli va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish harakatlari uchun sanksiyani kuchaytirish bo‘yicha taklif ishlab chiqish.

O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobg�rlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasig? k?ritish.

2021-yil oktyabr

Davlat soliq qo‘mitasi, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi

15.

Davlat himoyasiga olingan tarixiy qimmatlikka ega qadimiy vinolar to‘plamini (kolleksiyasi), yillar davomida shakllangan milliy vinochilik an’analarini saqlab qolish va rivojlantirish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish to‘g‘risida” 2021-yil 11-fevraldagi PF-6167-sonli Farmoniga asosan tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan “Xovrenko nomidagi Samarqand vino kombinati”, “Shahrisabz vino-aroq”, “Toshkent vino kombinati” hamda “Konvin” aksiyadorlik jamiyatlarining davlat ulushlari va mavjud yer maydonlarini kelgusida soha yo‘nalishini saqlab qolish va rivojlantirish sharti bilan savdoga chiqarish.

2021-yil

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi

16.

Yangidan tashkil etiladigan bog‘ va tokzorlarning toza navli va viruslardan xoli ko‘chatlar asosida yaratilishini ta’minlash

Respublikada yetishtiriladigan va sotiladigan mevali daraxtlar hamda tok ko‘chatlarining nav tozaligi va viruslardan xoliligini tasdiqlovchi sertifikatlash tizimini joriy etish va faqat sertifikatlangan ko‘chatlarni sotish va ekishga ruxsat berish, shuningdek, faqat sertifikatlangan ko‘chatlarga bank kreditlarini ajratish tartibini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil oktyabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi

17.

Uzumchilik xo‘jaliklarida zamonaviy agrotexnik chora-tadbirlarni amaliyotga joriy qilgan holda sifatli mahsulot yetishtirilishini ta’minlash

Har 10 gektardan kam bo‘lmagan uzumchilik xo‘jaliklarida kamida 1 nafar oliy ma’lumotli agronom shtatining joriy qilinishini ta’minlash

2021-2022-yillar

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi

18.

Hududlarda tegishli infratuzilmaga ega bo‘lgan “Enoturizm” faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun salohiyatli tadbirkorlarni jalb etish.

Hududlarda tegishli infratuzilmaga ega bo‘lgan “Enoturizm” faoliyatini yo‘lga qo‘yadigan tadbirkorlik subyektlarini aniqlash;

Hududlarda “Enoturizm” faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

2021-2022-yillar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Turizm va sport vazirligi, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi

19.

Respublikada ishlab chiqarilgan vinochilik mahsulotlarini o‘zbek brendi ostida ommalashtirish maqsadida xorijda “O‘zbekiston vinolari” savdo tarmoqlarini tashkil etish choralarini ko‘rish.

Xorijiy mamlakatlarda respublikada ishlab chiqarilgan vinochilik mahsulotlaridan iborat “O‘zbekiston vinolari” savdo tarmoqlarini tashkil etish.

2021-2022-yillar

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi

20.

Uzum ko‘chatlarini ekish va yetishtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy qo‘llanma ishlab chiqish.

Hududlarning tabiiy iqlim sharoiti, tuproq tarkibini tahlil qilgan holda sovuqqa chidamli hosildor va bozorbop uzum ko‘chatlarini ekish va yetishtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy qo‘llanma ishlab chiqish.

2022-yil 1-noyabr

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi

21.

Ko‘chatchilik komplekslarini barpo etish.

Samarqand viloyatida 80 gektar, Jizzax viloyatida 50 gektar, Qashqadaryo viloyatida 50 gektar va Toshkent viloyatida 20 gektar ko‘chatchilik komplekslarini barpo etish.

2021-2022-yillar

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi

22.

Uzumchilik sohasida xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

Uzumning hosildorligi yuqori, sovuqqa va kasallikka chidamli hamda danaksiz yangi navlarini yaratish bo‘yicha ilg‘or xorijiy mamlakatlar, jumladan Rossiya Federatsiyasi, Chili, Turkiya, Italiya va boshqa mamlakatlarning ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

2021-2022-yillar

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
a) 1-bandning birinchi xatboshisidagi “67” raqami “57” raqami bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
uchinchi — oltinchi xatboshilar tegishincha to‘rtinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
oltinchi xatboshi o‘n birinchi xatboshi deb hisoblansin.
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin: