24.07.2021 yildagi PQ-5195-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorazm viloyatida quvvati 174 MVt bo‘lgan gaz-porshenli elektr stansiyasi qurilishini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektr energetika tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda elektr energiyasini ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, aholini va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi “Nidro Enerji Elektrik Uretim Sanayi A.Ş.” (Turkiya Respublikasi) kompaniyasi (keyingi o‘rinlarda — Investor) bilan Xorazm viloyatida quvvati 174 MVt bo‘lgan gaz-porshenli elektr stansiyasini qurish investitsiya loyihasi (keyingi o‘rinlarda — Investitsiya loyihasi) amalga oshirilishi rejalashtirilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Investitsiya loyihasini amalga oshirish maqsadida Investor tomonidan “Odaş Enerji SA” MCHJ (keyingi o‘rinlarda — Loyiha kompaniyasi) tashkil etilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Investor va Loyiha kompaniyasi o‘rtasida 2021-yil 4-martda investitsiya bitimi imzolanganligi (keyingi o‘rinlarda — Investitsiya bitimi) hamda unga muvofiq Investor va Loyiha kompaniyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorazm viloyatida quvvati 174 MVt bo‘lgan gaz-porshenli elektr stansiyasini loyihalashtirishi, moliyalashtirishi, qurishi va 25 yil davomida ekspluatatsiya qilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni o‘z zimmasiga olgan holda, jami 105 mln AQSH dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 2021-yil 4-martda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Loyiha kompaniyasi o‘rtasida Elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitim hamda 2024-yil 20-sentabrda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning ushbu bitimda belgilangan huquq va majburiyatlarini “O‘zenergosotish” AJga o‘tkazish orqali qayta rasmiylashtirish haqidagi qo‘shimcha bitim (keyingi o‘rinlarda — Elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitim) imzolanganligi va shunga muvofiq:
(1-band “g” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-fevraldagi PQ-39-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.02.2025-y., 07/25/39/0108-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha kompaniyasi qurilish davridagi o‘z majburiyatlari lozim darajada bajarilishining ta’minoti sifatida 1,3 mln AQSH dollari miqdorida bank kafolatini taqdim etishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha kompaniyasi ishlab chiqarilgan elektr energiyasini kafolatlangan tarzda “O‘zenergosotish” AJ timsolida yagona xaridorga sotish majburiyatini olganligi;
(1-band “g” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-fevraldagi PQ-39-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.02.2025-y., 07/25/39/0108-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zenergosotish” AJ Elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitim shartlariga muvofiq 25 yil davomida elektr energiyasini kafolatlangan tarzda xarid qilish majburiyatini olishi va elektr energiyasi uchun to‘lovni milliy valyutada amalga oshirishi;
(1-band “g” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-fevraldagi PQ-39-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.02.2025-y., 07/25/39/0108-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zenergosotish” AJ elektr energiyasini uch oy mobaynida sotib olishni qoplash uchun majburiyatlar bajarilishining ta’minoti sifatida Loyiha kompaniyasi foydasiga chet el valyutasida imtiyozli, qoplanmaydigan shartsiz bank kafolati taqdim etishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
(1-band “g” kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-fevraldagi PQ-39-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.02.2025-y., 07/25/39/0108-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Investor va Loyiha kompaniyasi o‘rtasida imzolangan Investitsiya bitimi tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, Investitsiya bitimi unda ko‘rsatilgan shartlarga muvofiq kuchga kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitim ma’qullansin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-fevraldagi PQ-39-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.02.2025-y., 07/25/39/0108-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “O‘zenergosotish” AJga:
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-fevraldagi PQ-39-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.02.2025-y., 07/25/39/0108-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasini uch oy mobaynida sotib olishni qoplash uchun majburiyatlar bajarilishining ta’minoti sifatida Loyiha kompaniyasi foydasiga “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning chet el valyutasida tasdiqlangan, tiklanadigan, qaytarib berilmaydigan va shartsiz bank kafolatini taqdim etishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiya loyihasi ehtiyoji uchun tabiiy gaz yetkazib beruvchi sifatida ishtirok etishga hamda Investitsiya bitimi va Elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitimga muvofiq ushbu bitimlarning amal qilish muddati davomida O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan elektr energiyasi narxlarini chet el valyutasiga bog‘lagan holda belgilashga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “O‘ztransgaz” AJ “O‘zenergosotish” AJ bilan Elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitimda ko‘zda tutilgan hajmlarga va parametrlarga muvofiq Loyiha kompaniyasiga tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar imzolanishini ta’minlasin.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-fevraldagi PQ-39-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.02.2025-y., 07/25/39/0108-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, “O‘ztransgaz” AJning aybi bilan tabiiy gaz yetkazib berilmasligi natijasida “O‘zenergosotish” AJ tomonidan Loyiha kompaniyasiga yetkazilgan zararlar, shu jumladan barcha turdagi jarima va boy berilgan foyda summalarini to‘lab berish majburiyati yuzasidan, agarda shartnomada boshqa shartlar ko‘rsatilmagan bo‘lsa, tabiiy gaz yetkazib beruvchilar “O‘zenergosotish” AJ oldida qonunchilik hujjatlariga muvofiq regress tartibida javobgar bo‘lishi belgilab qo‘yilsin.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-fevraldagi PQ-39-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.02.2025-y., 07/25/39/0108-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Suv xo‘jaligi vazirligi Elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitimda ko‘zda tutilgan hajmlarga va parametrlarga muvofiq Loyiha kompaniyasiga texnik suv yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar imzolanishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida Loyiha kompaniyasiga to‘lanishi lozim bo‘lgan barcha soliqlar va yig‘imlar amalga oshirilgan holda, xorijiy kreditorlarning loyihalarni moliyalashtirishda an’anaviy qo‘llaydigan riskni boshqarish talablariga muvofiq kredit mablag‘lari sarfini nazorat qilish, chet el valyutasidagi mablag‘larni olish va ulardan foydalanish uchun chet eldagi xorijiy banklarda bank hisobvaraqlarini ochishga hamda respublikada ochilgan bank hisobvaraqlaridan xorijda ochilgan bank hisobvaraqlariga Investitsiya loyihasi doirasida olingan kreditlarni qaytarish maqsadida pul mablag‘larini o‘tkazishga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Xorazm viloyati hokimligi bir oy muddatda Investitsiya bitimi va Elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitimda ko‘rsatilgan shartlarga mos keladigan yer uchastkasining Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi mazkur bandga asosan ajratilgan yer uchastkasini Investitsiya loyihasini amalga oshirish muddatiga teng davrga Loyiha kompaniyasiga ijaraga berilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Adliya vazirligi Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida Investitsiya bitimi qoidalariga muvofiq imzolangan bitimlar yuzasidan yuridik xulosalar bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi loyiha hujjatlari belgilangan tartibda davlat ekologiya ekspertizasidan o‘tkazilishini hamda Investitsiya loyihasini amalga oshirishda tabiatni muhofaza qilishga oid qonunchilikka rioya etilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Loyiha kompaniyasining talabnomalariga (buyurtmanomalariga) asosan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi ishlar vazirligi Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislar va ularning oila a’zolari uchun kirish vizalarini belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini (muddati uzaytirilishini) ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar vazirligi Investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga, shuningdek, ularning oila a’zolariga ko‘p martalik vizalar rasmiylashtirilishini, berilishini (muddati uzaytirilishini) hamda vaqtincha yashash joyi bo‘yicha vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tishini va uning muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etish hamda Loyiha kompaniyasiga talab etiladigan hajmlar va parametrlarda tabiiy gaz yetkazib berish uchun mas’ul va shaxsiy javobgar etib energetika vaziri A.S. Sultanov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib, ijro uchun mas’ul vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan har chorak yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berib borilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 24-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-5195-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 07/21/5195/0720-son; 05.02.2025-y., 07/25/39/0108-son)