24.07.2021 yildagi PQ-5193-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Surxondaryo viloyatida quvvati 1500-1600 MVt boʻlgan bugʻ-gaz elektr stansiyasi qurilishini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholini va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Energetika vazirligi, Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi va “Stone City Energy” kompaniyasi (Niderlandiya) oʻrtasida 2020-yil 26-sentabrda 1,2 mlrd AQSH dollariga teng boʻlgan Surxondaryo viloyatida quvvati 1 500-1 600 MVt boʻlgan bugʻ-gaz elektr stansiyasini qurish investitsiya loyihasini (keyingi oʻrinlarda — Investitsiya loyihasi) toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hisobiga amalga oshirish boʻyicha kelishuvning asosiy shartlari aks ettirilgan hujjat imzolanganligi;
(1-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 11-sentabrdagi PF-139-sonli Farmoni tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Investitsiya loyihasini amalga oshirish maqsadida “Stone City Energy” kompaniyasi (Niderlandiya) tomonidan “SCE Quvvat” MCHJ (keyingi oʻrinlarda — Loyiha kompaniyasi) tashkil etilganligi;
(1-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 11-sentabrdagi PF-139-sonli Farmoni tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, “Stone City Energy B.V.” (Niderlandiya), “EDF International S.A.S.” (Fransiya), “Nebras Power Investment Management B.V.” (Niderlandiya) va “Siemens Energy Global GmbN & Co. KG” (Germaniya) (keyingi oʻrinlarda — Investor) va Loyiha kompaniyasi oʻrtasida 2021-yil 22-aprelda Investitsiya bitimi, 2024-yil 20-martda Oʻzgartirilgan va yangi tahrirdagi Investitsiya bitimi hamda 2024-yil 31-iyulda Oʻzgartirilgan va yangi tahrirdagi Investitsiya bitimiga Qoʻshimcha bitim (keyingi oʻrinlarda — Investitsiya bitimi) imzolanganligi hamda ularga muvofiq Investor va Loyiha kompaniyasi”:
(1-band “v” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 11-sentabrdagi PF-139-sonli Farmoni tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Surxondaryo viloyatida quvvati 1 500-1 600 MVt boʻlgan bugʻ-gaz elektr stansiyasini loyihalashtirishi, moliyalashtirishi, qurishi va 25 yil davomida ekspluatatsiya qilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlarni oʻz zimmasiga olgan holda, jami 1,2 mlrd AQSH dollari miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, Investor va Loyiha kompaniyasi oʻrtasida Investitsiya loyihasi doirasida 2021-yil 22-aprelda Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim, 2023-yil 8-mayda Oʻzgartirilgan va yangi tahrirdagi elektr energiyasini sotib olish bitimi hamda 2024-yil 16-martda va 2024-yil 25-iyulda Oʻzgartirilgan va yangi tahrirdagi elektr energiyasini sotib olish bitimiga Qoʻshimcha bitimlar (keyingi oʻrinlarda — Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim) imzolanganligi hamda ushbu bitimlarga muvofiq:
(1-band “g” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 11-sentabrdagi PF-139-sonli Farmoni tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha kompaniyasi qurilish davridagi oʻz majburiyatlari lozim darajada bajarilishining taʼminoti sifatida 25 mln yevro miqdorida bank kafolatini taqdim etishi;
(1-band “g” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 11-sentabrdagi PF-139-sonli Farmoni tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha kompaniyasi ishlab chiqarilgan elektr energiyasini kafolatlangan tarzda “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ timsolida yagona xaridorga sotish majburiyatini olganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim shartlariga muvofiq 25 yil davomida elektr energiyasini kafolatlangan tarzda xarid qilish majburiyatini olishi va elektr energiyasi uchun toʻlovni milliy valyutada amalga oshirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ elektr energiyasini uch oy mobaynida sotib olishni qoplash uchun majburiyatlar bajarilishining taʼminoti sifatida Loyiha kompaniyasi foydasiga chet el valyutasida imtiyozli, qoplanmaydigan shartsiz bank kafolati taqdim etishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Investor va Loyiha kompaniyasi oʻrtasidagi imzolangan Investitsiya bitimi tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, Investitsiya bitimi unda koʻrsatilgan shartlarga muvofiq kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Loyiha kompaniyasi oʻrtasidagi toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar natijasida Investitsiya loyihasi doirasida imzolangan Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim maʼqullansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Surxondaryo viloyati hokimligiga Loyiha kompaniyasi va Investitsiya loyihasini moliyalashtirishda ishtirok etayotgan kreditorlar bilan Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida imzolangan bitimlar boʻyicha majburiyatlar Loyiha kompaniyasi tomonidan bajarilmagan taqdirda Loyiha kompaniyasi huquqlarini kreditorlarga berish yuzasidan bitimlar tuzish huquqi berilsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-iyuldagi PQ-215-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 07/23/215/0459-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasini uch oy mobaynida sotib olishni qoplash uchun majburiyatlar bajarilishining taʼminoti sifatida Loyiha kompaniyasi foydasiga “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBning chet el valyutasida tasdiqlangan, tiklanadigan, qaytarib berilmaydigan va shartsiz bank kafolatini taqdim etishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiya loyihasi ehtiyoji uchun tabiiy gaz yetkazib beruvchi sifatida ishtirok etishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiya bitimi va Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq ularning amal qilish muddati davomida Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan elektr energiyasi narxlarini, istisno tariqasida, chet el valyutasiga bogʻlagan holda belgilashga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Oʻztransgaz” AJ “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ bilan Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimda koʻzda tutilgan hajmlarga va parametrlarga muvofiq Loyiha kompaniyasiga tabiiy gaz yetkazib berish boʻyicha shartnomalar imzolanishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, “Oʻztransgaz” AJning aybi bilan tabiiy gaz yetkazib berilmasligi natijasida “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan Loyiha kompaniyasiga yetkazilgan zararlar, shu jumladan barcha turdagi jarima va boy berilgan foyda summalarini toʻlab berish majburiyati yuzasidan, agarda shartnomada boshqa shartlar koʻrsatilmagan boʻlsa, tabiiy gaz yetkazib beruvchilar “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ oldida qonunchilik hujjatlariga muvofiq regress tartibida javobgar boʻlishi belgilab qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi “Oʻztransgaz” AJ bilan birgalikda uch oy muddatda yangi elektr stansiyasini tabiiy gaz bilan ishonchli va uzluksiz taʼminlash maqsadida loyiha maydonigacha yangi gaz quvurini 2023-yilning uchinchi chorak yakuniga qadar qurish uchun moliyalashtirish manbaini aniqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻztransgaz” AJ ushbu gaz quvuri qurilishini belgilangan muddatlarda yakunlash choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Suv xoʻjaligi vazirligi Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimda koʻzda tutilgan hajmlarga va parametrlarga muvofiq Loyiha kompaniyasiga texnik suv yetkazib berish toʻgʻrisida shartnomalar imzolanishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida Loyiha kompaniyasiga, istisno tariqasida, quyidagi huquqlar berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻlanishi lozim boʻlgan barcha soliqlar va yigʻimlar amalga oshirilgan holda, xorijiy kreditorlarning loyihalarni moliyalashtirishda anʼanaviy qoʻllaydigan riskni boshqarish talablariga muvofiq kredit mablagʻlari sarfini nazorat qilish, chet el valyutasidagi mablagʻlarni olish va ulardan foydalanish uchun chet eldagi xorijiy banklarda bank hisobvaraqlarini ochish hamda respublikada ochilgan bank hisobvaraqlaridan xorijda ochilgan bank hisobvaraqlariga Investitsiya loyihasi doirasida olingan kreditlarni qaytarish maqsadida pul mablagʻlarini oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining tashqarisidagi xorijiy pudratchilarga, yetkazib beruvchilarga yoki xorijiy kreditorlarga toʻlovlarni toʻgʻridan-toʻgʻri chet eldagi bank hisobvaraqlaridan amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Surxondaryo viloyati hokimligi bir oy muddatda Investitsiya bitimi va Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimda koʻrsatilgan shartlarga mos keladigan yer uchastkasining Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi mazkur bandga asosan ajratilgan yer uchastkasining Investitsiya loyihasini amalga oshirish muddatiga teng davrga Loyiha kompaniyasiga ijaraga berilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha doirasida ijaraga beriladigan yer uchastkasi uchun toʻlov Loyiha kompaniyasi tomonidan amalga oshirilib, toʻlov qiymati yer soligʻi qiymatiga tenglashtirilsin.
(9-band Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-iyuldagi PQ-215-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 07/23/215/0459-son )
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Adliya vazirligi Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida Investitsiya bitimi qoidalariga muvofiq imzolangan bitimlar yuzasidan yuridik xulosalar bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi loyiha hujjatlari belgilangan tartibda davlat ekologiya ekspertizasidan oʻtkazilishini hamda Investitsiya loyihasini amalga oshirishda tabiatni muhofaza qilishga oid qonunchilikka rioya etilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Loyiha kompaniyasining talabnomalariga (buyurtmanomalariga) asosan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi ishlar vazirligi investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislar va ularning oila aʼzolari uchun kirish vizalari belgilangan tartibda, rasmiylashtirilishini (muddati uzaytirilishini) taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar vazirligi Investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga, shuningdek, ularning oila aʼzolariga koʻp martalik vizalar rasmiylashtirilishini, berilishini (muddati uzaytirilishini) hamda vaqtincha yashash joyi boʻyicha vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtishini va uning muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-apreldagi “Surxondaryo viloyatida 900 MVt quvvatga ega kombinatsiyalangan siklli issiqlik elektr stansiyasining qurilishi” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4286-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etish hamda Loyiha kompaniyasiga talab etiladigan hajmlar va parametrlarda tabiiy gaz yetkazib berish uchun masʼul va shaxsiy javobgar etib energetika vaziri A.S. Sultanov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib, ijro uchun masʼul vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan har chorak yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berib borilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 24-iyul
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-5193-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 07/21/5193/0719-son; 07.07.2023-y., 07/23/215/0459-son)