Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TABIATNI MUHOFAZA QILISh DAVLAT QOʻMITASI
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TABIATNI MUHOFAZA QILISh DAVLAT QOʻMITASI
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining
Qarori
BALIQ OVLASh KORXONALARIDA TABIIY SUV HAVZALARIDAN FOYDALANGANLIK UChUN IJARA HAQINI HISOBLASh VA UNI UNDIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2003-yil 20-dekabrda 1292-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2017-yil 27-noyabrdagi 170, 2, 39-sonli “Baliq ovlash korxonalarida tabiiy suv havzalaridan foydalanganlik uchun ijara haqini hisoblash va uni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1292-4 30.11.2017-y.) asosan 2018-yilning 1-yanvaridan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13-avgust 2003-yil 350-sonli qarorini bajarish maqsadida qaror qilamiz:
1. Baliq ovlash korxonalarida tabiiy suv havzalaridan foydalanganlik uchun ijara haqini hisoblash va uni undirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlansin,
2. Ushbu qaror Adliya vazirligidan roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab, oʻn kundan soʻng kuchga kiradi.
Moliya vaziri M. NURMURODOV
Toshkent sh.,
2003-yil 6-noyabr ,
125-son
Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi X. ShERIMBETOV
Toshkent sh.,
2003-yil 6-noyabr ,
02-1212-son
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri A. JOʻRAYEV
Toshkent sh.,
2003-yil 6-noyabr ,
01/22-142-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi,
Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi,
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining
2003-yil 6-noyabrdagi
125, 02-1212, 01/22-142-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Baliq ovlash korxonalarida tabiiy suv havzalaridan foydalanganlik uchun ijara haqini hisoblash va uni undirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-avgustdagi “Baliqchilik tarmogʻida monopoliyadan chiqarish va xususiylashtirishni chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 350-sonli qaroriga asosan ishlab chiqilgan boʻlib, baliq va boshqa suv jonivorlarini ovlash yoki ularni koʻpaytirish uchun foydalanilayotgan yoki foydalanish mumkin boʻlgan barcha tabiiy suv havzalaridan (dengiz, daryolar, suv omborlari, koʻllar va ularga yondosh suv havzalari — koʻl xoʻjaliklari va baliq pitomniklaridan tashqari) olinadigan ijara haqlarining miqdori va uni undirish tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizomga asosan tabiiy suv havzalari kamida 10 yil muddatga ijaraga berilib, ijaraga olgan baliq ovlash korxonalari suv havzalaridan foydalanganlik uchun ijara haqi toʻlaydilar.
II. Ijara haqini hisoblash tartibi
2. Ijara haqi ijara shartnomasi tuzilganda joriy yil uchun belgilanib, keyingi har yil uchun yanvar oyida qaytadan belgilanadi.
3. Ijaraga berilgan tabiiy suv havzalaridan olinadigan ijara haqi miqdori quyidagi tartibda hisoblanadi:
a) ijaraga beriladigan suv havzalarining maydoni aniqlanadi (gektarda);
b) ijaraga beriladigan suv havzasining maydonidan oxirgi 3 yil davomida ovlangan baliq va boshqa suv jonivorlarining miqdori Davlat statistika idoralari maʼlumotlari asosida aniqlanadi;
v) 3 yil davomida tutilgan baliq va suv jonivorlarining miqdori qoʻshilib, oʻrtacha bir yilga toʻgʻri keladigan miqdor aniqlanadi;
g) oʻrtacha bir yilda tutilgan baliq va suv jonivorlarining miqdori ijaraga beriladigan suv havzasining maydoniga boʻlinib, bir gektarga toʻgʻri keladigan miqdor aniqlanadi (kg.da);
d) hisob-kitoblar natijasida bir gektardan olingan mahsulotning miqdori 4,2 kg.dan kam boʻlsa yoki oldin ushbu havzadan olingan mahsulotning miqdori aniq boʻlmasa, u holda bir gektardan ovlanadigan baliq va suv jonivorlarining miqdori Baliqchilikni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot markazi xulosasiga asosan aniqlanadi;
e) bir gektardan olinadigan mahsulotning oʻrtacha miqdori eng kam ish haqi miqdorining birinchi ikki yilida 1.5 foiziga, ikkinchi ikki yilda 2 foiziga va keyingi yillarda 3 foiziga teng boʻlgan summaga koʻpaytiriladi. Aniqlangan summa 1 gektar tabiiy suv havzasiga toʻgʻri keladigan ijara haqi hisoblanadi.
4. Agar tanlov gʻolibi bergan arizasida mazkur Nizomning 3-bandiga asosan hisoblangan ijara haqi summasidan koʻproq summani taklif qilgan boʻlsa, shartnomada ijara haqi mazkur taklif qilingan summa miqdorida belgilanadi. Bunda keyingi yillarda eng kam oylik ish haqining belgilangan miqdori oʻzgarsa, ijara haqi miqdori ham tegishlicha oʻzgartirilishi lozim.
5. Eng kam oylik ish haqining miqdori yil davomida oʻzgarsa, joriy yil uchun ijara haqi qayta hisoblanmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
III. Ijara haqini undirish tartibi
6. Ijara haqi baliq ovlash korxonalari tomonidan yil davomida 2 qismga boʻlib toʻlanadi. Bir qismi (ijara haqining 40 foizidan kam boʻlmagan) yilning 1-apreligacha, qolgan qismi 1-oktabrgacha toʻlab beriladi.
7. Suv havzasi ijaraga berilgan birinchi yilda joriy yil uchun ijara haqi ushbu yilda faoliyat koʻrsatadigan oylar miqdoriga teng ulushlarda quyidagi tartibda belgilanadi:
Ix = Yix /12 x Tm
Ix — ijara haqi;
Yix — yillik ijara haqi;
Tm — joriy yilda faoliyat koʻrsatadigan oylar soni.
8. Ijarachi ijara haqining:
a) 60 foizini tegishli mahalliy budjetlarga, shu jumladan baliqchilik tarmogʻini rivojlantirish tadbirlariga;
Keyingi tahrirga qarang.
b) 25 foizini “Baliqchilikni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot markazi huzuridagi Baliqchilikni rivojlantirish jamgʻarmasi”ga;
Keyingi tahrirga qarang.
v) 15 foizini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasiga yoʻnaltiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Ijarachi tomonidan ijara haqining oʻz vaqtida toʻlab borilishi tegishli idoralar tomonidan nazorat qilinadi.
IV. Javobgarlik
10. Ijarachi ijara haqini belgilangan muddatlarda toʻlab bermasa, toʻlov muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun 0,07 foiz miqdorida, lekin ijara haqining 50 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda penya undiriladi. Penya ijara haqi summasini toʻlashdan ozod qilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi raisi Gʻ. QUDRATOV
Toshkent sh.,
2003-yil 6-noyabr
(Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 24-son; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 6-7-son, 57-modda, 23-son, 191-modda; 2015-y., 27-son, 362-modda)