Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 31.12.1996 yildagi 472-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KORXONALAR, BINOLAR VA INShOOTLAR QURILIShI LOYIHALARI BO‘YIChA DAVLAT IDORADAN TAShQARI EKSPERTIZA ORGANLARINING ROLI VA MAS’ULIYATINI KUChAYTIRISh TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyihalash sifatini oshirish, investitsiya faoliyatida idoraviy yondashishni bartaraf etish, bu muhim ishda davlat idoradan tashqari ekspertizadan o‘tkazish organlarining roli va mas’uliyatini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi davlat qurilish boshqarmasi, viloyatlar hokimliklari (Toshkent shahridan tashqari) huzuridagi xo‘jalik hisobidagi davlat idoradan tashqari ekspertiza organlari O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi davlat idoradan tashqari ekspertiza bosh boshqarmasining bevosita tasarrufiga berilsin va bundan buyon bu organlar O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi davlat idoradan tashqari ekspertiza bosh boshqarmasining xo‘jalik hisobidagi davlat idoradan tashqari ekspertiza organlari deb atalsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi 2 oy muddatda faoliyatning ushbu turiga ilgari berilgan litsenziyalarni qayta ko‘rib chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qo‘yilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qiymati 2 mln. so‘mgacha bo‘lgan (1991-yildagi bazaviy narxlarda) obyektlar qurilishi (rekonstruksiya qilinishi) loyihalari “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi davlat idoradan tashqari ekspertiza bosh boshqarmasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi viloyatlaridagi davlat idoradan tashqari ekspertiza organlari, shuningdek Toshkent shahar idoradan tashqari ekspertiza boshqarmasi tomonidan, qiymati 2 mln. so‘mdan ortiq bo‘lgan, shu jumladan, qiymatidan qat’i nazar, xorijiy investitsiyalar hisobiga amalga oshirilayotgan loyihalar O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi davlat idoradan tashqari ekspertiza bosh boshqarmasi tomonidan ko‘rib chiqiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoraviy ekspertiza organlari tomonidan ko‘rib chiqilishi mumkin bo‘lgan obyektlar qurilishi qiymati O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi tomonidan beriladigan litsenziya bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mablag‘ bilan ta’minlovchi banklar ijobiy ekspert xulosasiga ega bo‘lmagan loyihalar bo‘yicha obyektlar qurilishini mablag‘ bilan ta’minlashga yo‘l qo‘ymasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi davlat idoradan tashqari ekspertiza bosh boshqarmasi ekspert organlariga, ularning idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, uslubiy rahbarlikni ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1987-yil 10-sentabrdagi 373-son qarori bandining to‘rtinchi xat boshi va 5-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1996-yil 31-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
472-son