1-ILOVA
|
1. |
A.N. Aripov |
— |
Bosh vazir, tashkiliy qo‘mita raisi |
|
2. |
A.A. Abduvaxitov |
— |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi |
|
3. |
A.A. Abduxakimov |
— |
Bosh vazir o‘rinbosari — turizm va sport vaziri, tashkiliy qo‘mita raisi o‘rinbosari |
|
4. |
F.F. Abduxalikov |
— |
Kinematografiya agentligi bosh direktori, tashkiliy qo‘mita raisi o‘rinbosari, kinofestival bosh direktori |
|
5. |
O.A. Nazarbekov |
— |
madaniyat vaziri |
|
6. |
A.X. Toshqulov |
— |
oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri |
|
7. |
A.X. Kamilov |
— |
tashqi ishlar vaziri |
|
8. |
B.I. Zokirov |
— |
qurilish vaziri |
|
9. |
T.A. Ishmetov |
— |
moliya vaziri |
|
10. |
I.R. Maxkamov |
— |
transport vaziri |
|
11. |
A.M. Xadjibayev |
— |
sog‘liqni saqlash vaziri |
|
12. |
Sh.M. Sadikov |
— |
axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri |
|
13. |
P.R. Bobojonov |
— |
ichki ishlar vaziri |
|
14. |
R.M. Djurayev |
— |
Milliy gvardiya qo‘mondoni |
|
15. |
A.A. Xodjayev |
— |
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori |
|
16. |
A.D. Xadjayev |
— |
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi |
|
17. |
A. Ko‘chimov |
— |
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori |
|
18. |
J.A. Artikxodjayev |
— |
Toshkent shahar hokimi |
|
19. |
A.V. Nuridinov |
— |
Badiiy akademiya raisi |
|
20. |
A.I. Ikramov |
— |
Savdo-sanoat palatasi raisi |
|
21. |
S.S. Sayidov |
— |
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi |
|
22. |
Lavozimi bo‘yicha |
— |
Vazirlar Mahkamasining Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati mudiri, tashkiliy qo‘mita kotibi |
2-ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar |
Muddat |
Mas’ul ijrochilar |
|
I. “Ipak yo‘li durdonasi” XIII Toshkent xalqaro kinofestivaliga tayyorgarlik ko‘rishning tashkiliy masalalari | |||
|
1. |
Quyidagi yo‘nalishlar: “Ipak yo‘li durdonasi” XIII Toshkent xalqaro kinofestivali (Kinofestival) dasturini ishlab chiqish va uni amalga oshirish; Kinofestival ishtirokchilari va mehmonlari bilan muzokaralar olib borish, ularni taklif qilish; infratuzilma obyektlarini barpo etish, ta’mirlash, jihozlash, ko‘chalarni tartibga keltirish va obodonlashtirish; Kinofestival doirasidagi madaniy tadbirlarni tashkil etish; Kinofestival doirasidagi yoshlar tadbirlarini tashkil etish; Kinobozorni o‘tkazish, uning doirasida investorlar va ishtirokchilar bilan muzokaralar olib borish va ularni jalb qilish; Kinofestivalni texnik va texnologik ta’minlash, yangi kinotexnologiyalarni joriy etishga yo‘naltirilgan tadbirlarni o‘tkazish; Kinofestival ishtirokchilarini joylashtirish; Kinofestival ishtirokchilarini oziq-ovqat bilan ta’minlash; Kinofestival ishtirokchilarini transport vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha ishchi guruhlar tarkibini tasdiqlash. |
2021-yil |
“Ipak yo‘li durdonasi” |
|
2. |
Kinofestival dasturini shakllantirish va Tashkiliy qo‘mita tomonidan tasdiqlash. |
2021-yil |
Kinematografiya agentligi |
|
3. |
Kinofestival logotipi, maxsus esdalik sovg‘alar, tarqatma materiallar, nishonlar, bannerlar, beydjiklar va boshqalarning namunalarini ishlab chiqish hamda Tashkiliy qo‘mita tomonidan tasdiqlash. |
2021-yil |
Kinematografiya agentligi |
|
4. |
Kinofestivalga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar smetasini shakllantirish hamda Tashkiliy qo‘mita tomonidan tasdiqlash. |
2021-yil |
Kinematografiya agentligi |
|
5. |
Respublika hududlarida milliy kinematografiya sohasini rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-apreldagi PF-6202 Farmoni bilan tasdiqlangan Respublika komissiyasi namunasida hududiy komissiyalar tashkil qilish va ular tomonidan kinofestival tadbirlarini hududlarda o‘tkazish bo‘yicha “yo‘l xarita”larini ishlab chiqib, Respublika komissiyasiga tasdiqlash uchun kiritish. |
2021-yil |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, |
|
6. |
Milliy kinematografiyani rivojlantirish markaziga kinofestivalning direksiyasi vazifasini yuklash hamda uni kinofestival buyurtmachisi etib belgilash. |
2021-yil |
Kinematografiya agentligi |
|
7. |
Kinofestivalning tantanali ochilish, yopilish marosimlari ssenariysi va badiiy dasturlarini xalqaro kinofestivallar o‘tkazish tajribasiga ega bo‘lgan xorijiy kompaniya bilan hamkorlikda ishlab chiqish hamda Tashkiliy qo‘mita bilan kelishish; Kinofestival xarajatlar smetasi doirasida xorijiy mutaxassislar va kinoekspertlarni jalb etgan holda ochilish va yopilish marosimlari, tadbirlar o‘tkaziladigan joyning dizaynini ishlab chiqish, uni bezatish, LED monitorlar, reklama va targ‘ibot bannerlari bilan ta’minlash. |
2021-yil |
Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), |
|
8. |
Kinofestivalning mahalliy va xorijiy ishtirokchilari ro‘yxatini shakllantirish hamda Tashkiliy qo‘mita tomonidan tasdiqlash. Bunda: 300 nafar xorijiy ishtirokchi, shu jumladan, 5 nafar jahon kino yulduzi va 50 nafar xalqaro darajadagi kinoijodkorlar ishtirokini nazarda tutish; xorijiy ishtirokchilarning ro‘yxatini belgilangan tartibda Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishish. |
2021-yil |
Kinematografiya agentligi |
|
9. |
“Investitsiyalar paketlari” asosida hamkorlik qiluvchi mahalliy va xorijiy investorlar ro‘yxatini shakllantirish, muzokaralar olib borish. |
2021-yil |
Kinematografiya agentligi |
|
10. |
Tashkiliy qo‘mita tomonidan tasdiqlangan ro‘yxat asosida Kinofestivalning xorijiy ishtirokchilarini O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari orqali taklif etish. |
2021-yil |
Tegishli ishchi guruh, |
|
11. |
Kinofestivalga BMT, YUNESKO, SHHT, MDH, FIAPF va boshqa xalqaro tashkilotlar vakillari, kinoakademiyalar va kinofestivallar rahbarlari, O‘zbekiston Respublikasidagi xorijiy diplomatik vakolatxona va konsullik muassasalari vakillarini taklif etish. |
2021-yil |
Tegishli ishchi guruh, |
|
12. |
Tashkiliy qo‘mita bilan kelishilgan dizayn bo‘yicha tarqatma materiallar, nishonlar, bannerlar, qutlov transparant-bannerlar, beydjiklar, papkalar va boshqalarni yuqori sifatda tayyorlash. |
2021-yil |
Kinematografiya agentligi |
|
13. |
Bannerlar va Kinofestival tarqatma materiallarini (qutlov transparant-bannerlar, beydjiklar, papkalar, jurnal va boshqalar) tayyorlash uskunalari, yoritish va ovoz uskunalari, LED ekranlar, kinojihozlar, sinxron tarjima apparatlari, ixtisoslashtirilgan ko‘chma va boshqa turdagi mebellar sotib olish masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mitaga taklif kiritish. |
2021-yil |
Kinematografiya agentligi |
|
14. |
Autrich ishchilarni va xorijiy tillarni yaxshi biladigan yoshlarni, jumladan talaba yoshlarni tarjimon sifatida jalb etish, ularga qulay shart-sharoitlar yaratib berish va rag‘batlantirib borish. |
Kinofestival doirasida |
Tashkiliy qo‘mita, |
|
15. |
Malakali sinxron tarjimonlar ro‘yxatini shakllantirish, Kinofestivalning xarajatlar smetasi doirasida ularni shartnoma asosida tadbirlarga jalb qilish. |
Kinofestival doirasida |
Kinematografiya agentligi |
|
16. |
Kinofestival doirasida kino sohasidagi ta’lim muassasalarining ochilish marosimlarini o‘tkazish bo‘yicha: O‘zbekiston kinematografiya akademiyasi oliy ta’lim muassasasining ochilish marosimini tashkil qilish va o‘tkazish; Rossiya Federatsiyasi vakillari bilan birgalikda Toshkent shahrida S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti ishtirokida ta’lim muassasasini tashkil qilish va uning ochilish marosimini o‘tkazish masalasini ko‘rib chiqish. |
2021-yil |
Kinematografiya agentligi |
|
II. Kinofestival tadbirlarini o‘tkazish | |||
|
17. |
Kinofestivalning tantanali ochilish va yopilish marosimlariga hamda boshqa tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish. Bunda: xalqaro kinofestivallar o‘tkazish tajribasiga ega bo‘lgan xorijiy kompaniya bilan hamkorlik qilish hamda mutaxassislar va kinoekspertlarni jalb etish; ochilish marosimi o‘tkaziladigan joyning dizaynini ishlab chiqish, uni bezatish, LED monitorlar, reklama va targ‘ibot bannerlari bilan ta’minlash. |
2021-yil |
Kinematografiya agentligi |
|
18. |
Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi negizida tashkil etiladigan “Kinochilar uyi” binosining tegishli kinozallarini kinofestival tadbirlariga tayyorlash hamda binoga tutash hududlarni obodonlashtirish, ko‘rgazma tashkil qilish. Kinoijodkorlar hamda mashhur milliy va xorijiy filmlar xiyobonini yaratish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. |
2021-yil |
Tashkiliy qo‘mita, |
|
19. |
Kinofestivalning tantanali ochilish marosimi va muhim tadbirlarini xorijiy va mahalliy telekanallar, ommabop Internet resurslar, respublika hududlarining markazlarida tashkil etiladigan maxsus maydonlarda hamda kinoteatrlarda jamoatchilikka namoyish etish. |
Kinofestival doirasida |
Tashkiliy qo‘mita, |
|
20. |
Xorijiy davlatlarning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari vakillari bilan “Kino kunlari”ni o‘tkazish bo‘yicha muzokaralar olib borish va xorijiy mamlakatlar kinokompaniyalari va kinoijodkorlarini taklif qilish. |
2021-yil |
Tegishli ishchi guruh, Kinematografiya agentligi |
|
21. |
“Kino kunlari” tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha: “Kino kunlari” o‘tkaziladigan respublikadagi kinoteatrlar ro‘yxatini shakllantirish, ularni ta’mirlash va obodonlashtirish; “Kino kunlari” doirasidagi filmlar namoyishlarini respublika hududlari bo‘ylab tashkil qilish. |
2021-yil |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, |
|
22. |
Respublikaning har bir hududiga xorijiy ishtirokchilar delegatsiyalarini yuborish hamda hududdagi tegishli kinoteatrni zamonaviy kino qurilmalari bilan jihozlash va tayyorlash, kinolokatsiyalarni tayyorlash. |
2021-yil |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
23. |
Kinofestival tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha eng yaxshi natijalarga erishgan hududlarni taqdirlash bo‘yicha tanlov o‘tkazish yuzasidan Tashkiliy qo‘mitaga taklif kiritish. |
Kinofestival doirasida |
Kinematografi? agentligi |
|
24. |
Kinofestival doirasida Osiyo va Ipak yo‘li bo‘ylab joylashgan mamlakatlar yosh kinoijodkorlarining qisqa metrajli filmlari festivalini o‘tkazish. Bunda: yosh kinoijodkorlar ro‘yxatini shakllantirish, ular bilan muzokaralar olib borish, taklif qilish; “Yoshlar ijod saroyi”ni tayyorlash, kinofestival mavzusidagi bannerlar, LED monitorlar, ovoz va yoritish uskunalarini o‘rnatish hamda bezash; saroy hududida 2 ta yozgi (ochiq) kinoteatr va LED monitorlar tashkil qilish. Ushbu tadbirlarni Kinofestival xarajatlar smetasi doirasida tashkil qilish. |
2021-yil |
Yoshlar ishlari agentligi |
|
25. |
O‘zbekistonning kinematografiya retrospektivasi, milliy filmlar namoyishlari, O‘zbekiston kino tarixi va madaniy merosiga bag‘ishlangan media tadbirlarni o‘tkazish uchun Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrini tayyorlash, unda tadbirlarni bepul tarzda o‘tkazishni ta’minlash, O‘zbekiston davlat simfonik orkestri va “Bahor” davlat raqs ansamblini jalb qilish, konsert-tomosha va raqs dasturlari tashkil qilish. |
2021-yil |
Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), |
|
26. |
Xorijiy mamlakatlar arxivlarida saqlanayotgan o‘zbek milliy filmlarini respublikaga qaytarish, ularni restavratsiya qilish va raqamlashtirish ishlariga ko‘maklashish hamda moliyalashtirish bo‘yicha O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati bilan hamkorlik qilish. |
2021-yil |
Kinematografiya agentligi |
|
27. |
Kinofestival tadbirlari doirasida soha rivoji uchun munosib hissa qo‘shgan fuqarolarni “Kinematografiya fidokori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash marosimlarini o‘tkazish. |
Kinofestival doirasida |
Kinematografiya agentligi |
|
28. |
Kinofestival asosiy dasturidan joy olmagan milliy mavzularga bag‘ishlangan filmlar namoyishlarini, O‘zbekiston kino tarixi va madaniy merosiga bag‘ishlangan media tadbirlarni tashkil etish, “O‘zbekiston kino san’ati” nomli kitob-albom taqdimotini o‘tkazish va hujjatli filmlarni ishlab chiqish hamda taqdimotini o‘tkazish, hujjatli filmlarni milliy telekanallarda namoyish etish. |
Kinofestival doirasida |
Kinematografiya agentligi |
|
29. |
“O‘zbekfilm” kinokonsernining imkoniyatlari va istiqbollariga bag‘ishlangan, zamonaviy moddiy-texnik bazaga ega hamda filmlar ishlab chiqarish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi markaz sifatidagi taqdimotini o‘tkazish. Bunda: “O‘zbekfilm” kinokonserni taqdimotida ishtirok etuvchi xorijiy hamkorlar va ekspertlar ro‘yxatiga asosan ularga kirish vizalari hamda tovarlarni vaqtinchalik olib kirish uchun ruxsatnomalar olishda amaliy yordam ko‘rsatish; “O‘zbekfilm” kinokonsernini kino qurilmalari va texnologik uskunalar bilan jihozlash loyihasini amalga oshirishni jadallashtirish. |
Kinofestival doirasida |
Tashkiliy qo‘mita, |
|
30. |
Kinofestival kinobozorini o‘tkazish bo‘yicha: kinobozor ishtirokchilari ro‘yxatini shakllantirish, ular bilan muzokaralar olib borish va taklif qilish; milliy kinoindustriyaga investorlarni jalb qilish bo‘yicha muzokaralar olib borish, Kinofestivalda ularning ishtirokini ta’minlash hamda uning doirasida investitsiya shartnomalarini imzolash; kinobozorni o‘tkazish uchun “O‘zekspomarkaz” binosini tayyorlash, zarur texnik vositalar bilan ta’minlash va bezash ishlarini amalga oshirish. |
2021-yil |
Tashkiliy qo‘mita, |
|
31. |
Jahonning yirik onlayn striming platformalari vakillari ishtirokida zamonaviy kinotexnologiyalar forumini o‘tkazish dasturini ishlab chiqish, Tashkiliy qo‘mitaga kiritish, o‘tkazish. Bunda: xorijiy mutaxassislar va ekspertlarni shartnoma asosida jalb qilgan holda milliy (axborot-multimedia) striming platformasi konsepsiyasini ishlab chiqish, uning taqdimotini tashkil qilish, xalqaro tashkilotlar va ekspertlar bilan muzokaralar o‘tkazish; forumni o‘tkazish joyini belgilash, zarur texnik vositalar bilan jihozlash va bezash; forum natijalaridan kelib chiqqan holda striming platformasini ishga tushirish va uni doimiy to‘ldirib borish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish; striming platformasini yaratish bo‘yicha xorijiy mutaxassislar va ekspertlarni jalb etish. |
Kinofestival doirasida |
Kinematografiya agentligi |
|
32. |
Mamlakat kinolokatsiyalari ro‘yxatini shakllantirish, Tashkiliy qo‘mita bilan kelishish, ta’mirlash va obodonlashtirish, kinofestival ishtirokchilari tashriflarini uyushtirish choralarini ko‘rish. Bu borada chora-tadbirlar rejasini qabul qilish. |
2021-yil |
Tashkiliy qo‘mita, |
|
33. |
Kinofestival tadbirlari o‘tkaziladigan joylarda o‘zbek milliy san’ati va madaniyati, urf-odatlari va an’analarini aks ettiruvchi liboslar va hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmalari hamda taqdimotlarini tashkil qilish. |
Kinofestival doirasida |
Kinematografiya agentligi |
|
34. |
Kinofestival tadbirlarida ishtirok etish uchun xorijiy mashhur kino yulduzlarini bepul jalb qilgan jismoniy va yuridik shaxslarni bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravarigacha miqdorda rag‘batlantirish masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mitaga taklif kiritish. |
Kinofestival doirasida |
Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi |
|
III. Kinofestival ishtirokchilariga transport xizmati ko‘rsatish | |||
|
35. |
Kinofestival xorijiy ishtirokchilarining O‘zbekistonga yetib kelish va mamlakat hududida harakatlanish jadvalini ishlab chiqish, jadval asosida yuqori martabali va taniqli shaxslarni inobatga olib, transportlar soni va turini belgilash, transport vositalarini ajratish hamda Kinofestival xarajatlari smetasida nazarda tutish. |
2021-yil |
Tashkiliy qo‘mita, |
|
36. |
Kinematografiya agentligining talabnomalariga binoan Kinofestivalning xorijiy ishtirokchilari uchun konsullik yig‘imlari va haqiqiy xarajatlarning o‘rnini qoplash hisobidan yig‘imlar undirilmasdan, zarur hollarda, respublika aeroportlarida, jumladan Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida kirish vizalarining o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlash. |
Kinofestival doirasida |
Tashqi ishlar vazirligi |
|
37. |
Temir yo‘l vokzallarining VIP zallari va viloyat aeroportlarining rasmiy delegatsiyalarga xizmat ko‘rsatish zallari orqali bepul xizmat ko‘rsatish. |
Kinofestival doirasida |
Transport vazirligi |
|
38. |
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida xorijiy delegatsiya a’zolarini munosib kutib olish. |
Kinofestival doirasida |
Kinematografiya agentligi |
|
39. |
Kinofestival doirasida o‘tkaziladigan tadbirlar, tadbirlar ishtirokchilari va ularning respublika bo‘ylab harakatlanishi xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha alohida tadbirlar dasturini ishlab chiqish hamda Tashkiliy qo‘mitaga tasdiqlash uchun kiritish. |
2021-yil |
Ichki ishlar vazirligi (Bobojonov), |
|
IV. Kinofestivalni targ‘ib qilish va keng yoritish | |||
|
40. |
Kinofestivalning matbuot markazini tashkil etish. Matbuot markazining samarali faoliyat olib borish uchun kompyuterlar, Wi-Fi va boshqa zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash hamda boshqa tegishli sharoitlarni yaratish. |
2021-yil |
Tashkiliy qo‘mita, |
|
41. |
Xorijiy ommaviy axborot vositalarida Kinofestivalga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish jarayonlarining targ‘iboti va reklamasini shartnoma asosida tashkillashtirish. |
2021-yil |
O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (Safoyev), |
|
42. |
Kinofestival tadbirlari haqida aholini xabardor qilib borish. Bunda: Kinofestivalning rasmiy veb-saytini yaratish, uni Kinofestival faoliyati, uning doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlar, mehmonlar, ishtirokchilar va boshqa ma’lumotlar bilan to‘ldirib borish; respublikada faoliyat yuritayotgan mobil aloqa operatorlari orqali (sms xabarlar yordamida) aholiga Kinofestival tadbirlari haqidagi ma’lumotlarni yetkazib borish masalasini ko‘rib chiqish. |
2021-yil |
Kinematografiya agentligi |
|
43. |
Kinofestivalni keng targ‘ib etishga qaratilgan ijtimoiy rolik va materiallarni tayyorlash. |
2021-yil |
O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (Safoyev), |
|
44. |
Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi qoshida tashkil etiladigan Kinofestival shtabiga kompyuter va nusxasi ko‘chirish uskunalari, proyektor va ekranlar, shuningdek, boshqa maxsus uskunalar ajratilishini ta’minlash. Bunda ushbu maqsadlar uchun xarajatlarni Kinofestival xarajatlar smetasida nazarda tutish. |
2021-yil |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
|
45. |
Kinofestivalga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni atroflicha yoritib borish. Bunda: Kinofestivalni yoritish uchun mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarini akkreditatsiyadan o‘tkazish; ijtimoiy reklama vaqtidan Kinofestivalning targ‘ibot roliklari namoyishi uchun vaqt ajratish; Kinofestivalni keng targ‘ib etishga qaratilgan ijtimoiy rolik va materiallarni tayyorlash; ijtimoiy roliklarni tayyorlashda kinofestival homiylari va investorlar reklamalarini kiritishni nazarda tutish. |
2021-yil |
Kinematografiya agentligi |
|
46. |
Yirik bino va inshootlar, ko‘chalar, jamoat transport vositalarini kinofestival logotipi va reklama bannerlari bilan bezatish, LED ekranlarni o‘rnatish. |
2021-yil |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, |
|
V. Kinofestival o‘tkaziladigan obyektlarni tayyorlash | |||
|
47. |
“Premier Nall Cinema” kinoteatri binosini tegishli tadbirkorlik subyektining o‘z mablag‘lari hisobidan ta’mirlash, zamonaviy kino qurilmalari bilan jihozlash, Kinofestivalga tayyorlash. Bunda, eskiz loyihasini Tashkiliy qo‘mita bilan kelishish. |
2021-yil |
Kinematografiya agentligi |
|
48. |
Samarqand viloyatidagi “Sharq yulduzi”, “Zarafshon”, “Qo‘shrabot” hamda Farg‘ona shahridagi Alisher Navoiy kinoteatrlarini mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan ta’mirlash va jihozlash. |
2021-yil |
Samarqand viloyati hokimligi (Turdimov), |
|
49. |
Respublikaning har bir hududi markazida Kinofestivalning ochilish marosimini namoyish etish bo‘yicha zarur maydonlar va ularda monitor, ovoz kuchaytirgich, mashinalar to‘xtash joyi kabi tashkiliy masalalarni hal etish. |
2021-yil |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar |
|
50. |
Respublika har bir hududidagi kinoteatrlar va konsert-tomosha obyektlarini Kinofestival doirasidagi filmlar namoyishlari uchun tayyorlash, ularga olib boradigan yo‘llarni ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish. |
2021-yil |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar |
|
51. |
Tegishli mehmonxona majmualarini tayyorlash va chet ellik ishtirokchilarni joylashtirish, tevarak-atrofni obodonlashtirish va xona zaxirasining tayyorligini aniqlash. |
2021-yil |
Turizm va sport vazirligi |
|
52. |
Kinofestival tadbirlarini o‘tkazish joylarini tayyorlash (obodonlashtirish, elektr ta’minot tizimini to‘liq tekshirish, lift, yong‘in xavfsizligi, yorug‘lik, havoni tozalash va suv ta’minoti, hududlar va ichki binolar). |
2021-yil |
Toshkent shahar, Samarqand, Buxoro, Xorazm va Farg‘ona viloyatlari hokimliklari |
|
53. |
Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Qo‘qon, Nukus shaharlaridagi Kinofestival tadbirlari o‘tkaziladigan obyektlarni tayyorlash, jumladan: tadbirlar o‘tkaziladigan obyektlarga olib boruvchi ichki yo‘laklarni tartibga keltirish; tadbirlar o‘tkaziladigan obyektlarni jihozlash (stol-stullar, ekranlar va boshqalar), ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun sharoit yaratish; kofe-breyklarni tashkil etish va boshqa masalalarni hal qilish. |
2021-yil |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Samarqand, Buxoro, Xorazm va Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahar hokimliklari |
|
54. |
Kinoteatrlar va ma?aniyat va istirohat bog‘larida yozgi (ochiq) kinoteatrlar tashkil qilish hamda ularda kinofestival doirasidagi filmlarni muntazam namoyish etilishini ta’minlash. |
2021-yil |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
55. |
Kinofestival va uning doirasida tashkil etiladigan tadbirlar o‘tkaziladigan obyektlarni yuqori tezlikdagi uzluksiz bepul Internet (Wi-Fi), xalqaro telefon aloqasi, LED ekranlar, telekommunikatsiya jihozlari va tarmoqlari bilan ta’minlash. |
2021-yil |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish agentligi (Sadikov), |
|
56. |
Kinofestival ishtirokchilari uchun: tegishli tibbiyot muassasalarini yuqori darajada tayyor holatga keltirish; Kinofestival doirasida o‘tkaziladigan tadbirlarda maxsus reanimatsiya transport vositasining (reanimobil) navbatchilik qilishini ta’minlash; dezinfeksiya mahsulotlari va maxsus himoya vositalarining yetarli zaxirasini yaratish. |
2021-yil |
Sog‘liqni saqlash vazirligi |
|
57. |
Kinofestival ishtirokchilari istiqomat qiladigan mehmonxonalarda malakali tibbiy xizmat ko‘rsatilishini tashkil etish. Tadbirlar ishtirokchilari ovqatlanadigan joylarda epidemiologiya, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish. |
Tadbirlar davomida |
Sog‘liqni saqlash vazirligi |
|
58. |
Sanitariya-epidemiologiya nazoratini kuchaytirish va tadbirlar davomida tibbiy yordam ko‘rsatish, aeroportlarda, ishtirokchilarning yashash joylarida tez tibbiy yordam va tibbiyot xodimlari navbatchiligini ta’minlash. |
Tadbirlar davomida |
Sog‘liqni saqlash vazirligi |
|
59. |
Milliy kinematografiya sohasi ijodkorlari, mutaxassislari va xodimlari uchun ikkita ko‘p qavatli turar-joy binosini qurish, ipoteka kreditlarini ajratish masalasi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. |
2021-yil |
Kinematografiya agentligi (Abduxalikov) |
|
60. |
Kinematografiya sohasida xalqaro ilg‘or tajribalarni atroflicha o‘rganish, sohaga oid qonunchilik hujjatlarini birlashtirish maqsadida quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish: “Kinematografiya fidokori” ko‘krak nishonini ta’sis etish bo‘yicha; Xudoybergan Devonov nomidagi davlat stipendiyasini ta’sis etish bo‘yicha; Kinematografiya agentligi nizomi, uning huzuridagi Badiiy va Ekspertlar kengashlari nizomlari; davlat buyurtmasi asosida film va seriallarni ishlab chiqarish bo‘yicha ijodiy tanlov o‘tkazish tartibini takomillashtirishga oid; davlat buyurtmasi asosida ishlab chiqariladigan film ijodkorlarini toifalash bo‘yicha; xorijiy va mahalliy kinokompaniyalar uchun o‘z filmlarini respublika hududida yaratishdagi xarajatlarining bir qismini davlat budjeti hisobidan qoplab berish (“rebate”) tizimini soddalashtirish bo‘yicha; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-apreldagi PF-6202-son Farmoni hamda PQ-5060-son qaroridan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida. |
2021-yil |
Kinematografiya agentligi (Abduxalikov), |