O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari avtomatlashtirilgan bank tizimlarida axborotni muhofaza qilish to‘g‘risidagi nizomning 1-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021 yil 17 iyunda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3224-1]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 1-avgustdagi 19/1-sonli “O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining axborot xavfsizligi va kiberxavfsizligiga doir minimal talablar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3669, 18.08.2025-y.) asosan 2025-yil 20-noyabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi va 2021-yil 30-martdagi O‘RQ-679-son “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-yanvardagi 2/4-son qarori (ro‘yxat raqami 3224, 2020-yil 10-mart) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.03.2020-y., 10/20/3224/0312-son) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari avtomatlashtirilgan bank tizimlarida axborotni muhofaza qilish to‘g‘risidagi nizomning 1-bandi yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“axborot resursi — axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, ma’lumotlar banki, ma’lumotlar bazasi, shu jumladan axborot tizimlarida ochiq shaklda joylashtiriladigan yoxud e’lon qilinadigan audio-, video-, grafik va matnli axborot;”.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2021-yil 28-may,
12/3-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.06.2021-y., 10/21/3224-1/0567-son)