17.05.2021 yildagi 967-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining qarori, 17.05.2021 yildagi 967-IV-son
Kuchga kirish sanasi
17.05.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarining joriy yil 29-aprel — 3-may kunlari saylov okruglarida oʻtkazgan uchrashuvlari yakunlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari U. Inoyatovning “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarining joriy yil 29-aprel — 3-may kunlari saylov okruglarida oʻtkazgan uchrashuvlari yakunlari toʻgʻrisida”gi axborotini eshitib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi taʼkidlaydiki, xalq vakillari saylov okruglarida boʻlib, saylovchilar bilan yuzma-yuz uchrashuv oʻtkazish orqali ularni tashvishga solayotgan muammolarni, yechimini kutayotgan masalalarni, shuningdek aholining talab va istaklarini oʻrgandilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amalga oshirilayotgan islohotlarning borishi, qonun ijodkorligi va nazorat-tahlil faoliyati, mamlakatni iqtisodiy hamda ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishning eng muhim masalalari yuzasidan fraksiyalarning nuqtai nazari haqida oʻz saylovchilariga axborot berdilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saylov okruglaridagi uchrashuvlar chogʻida yangi qabul qilingan qonunlarning mohiyati va ahamiyati saylovchilar eʼtiboriga yetkazildi, shuningdek qabul qilingan qonunlarning joylardagi ijro etilish holati oʻrganildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deputatlar tomonidan jami 952 ta xonadonga tashrif buyurilib, 807 ta uchrashuv oʻtkazildi. Ularda 13 mingdan ziyod fuqaro, shu jumladan 1 200 dan ortiq tadbirkor bilan bevosita uchrashuv va muloqotlar tashkil etildi, 388 ta ijtimoiy soha obyektining faoliyati bilan tanishildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saylovchilar tomonidan koʻtarilgan jami 1 606 ta masaladan 735 tasining (45,8 foizi) deputatlar koʻmagida joyida hal qilinishiga erishildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saylov okruglarida deputatlar “Yoshlar daftari” hamda “Ayollar daftari”ga kiritilgan yoshlar va xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash, ularga tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun imtiyozli kredit ajratilishi masalasini oʻrgandilar, qator masalalarning amaliy hal etilishiga koʻmaklashdilar. Natijada 20 nafar yigit-qiz ishga joylashtirildi, 5 ta mahallaga yangi transformator oʻrnatildi, 10 ta mahallaning ichimlik suv bilan bogʻliq muammosi hal etildi, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish istagini bildirgan fuqarolarga kredit rasmiylashtirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deputatlar joylarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonalari hamda Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari bilan hamkorlikda ishladilar, muammolarni atroflicha oʻrganib, ularni bartaraf etishda faol ishtirok etdilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saylov okruglaridagi uchrashuvlar chogʻida hududlarda aholini qiynab kelayotgan qator muammolar mavjudligi aniqlandi. Xususan, hududlarda barpo etilayotgan yangi massivlar, ijtimoiy soha obyektlari, koʻp qavatli turar-joylar, korxonalar uchun yangi oqova suv hamda markazlashgan kanalizatsiya tarmoqlarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish borasida jiddiy qiyinchiliklar yuzaga kelayotganligi kuzatildi (Fargʻona viloyati Bagʻdod va Oltiariq tumanlari, Navoiy viloyati Konimex tumani, Jizzax viloyati Gʻallaorol shahri).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududlardagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilishda kompleks yondashuvning yetarlicha yoʻlga qoʻyilmaganligi, ayrim tuman va shaharlarning tasdiqlangan bosh rejasi keng jamoatchilik bilan muhokama qilinmaganligi, aholi punktlarining bosh rejalaridan fuqarolar lozim darajada xabardor emasligi natijasida joylarda tartibsiz qurilishlar davom etmoqda (Toshkent shahri, Xorazm viloyatining Xiva shahri va Xiva tumani).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika hududlaridagi ayrim umumiy oʻrta taʼlim maktablarining moddiy-texnika taʼminoti talab darajasida emas. Qator maktablarda oshxonalar mavjud boʻlishiga qaramay, oʻquvchilarning ovqatlanish normalariga rioya etilmayapti, ayrim maktablarda esa oshxonalar umuman mavjud emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qator maktablarda aniq fanlar boʻyicha amaliy mashgʻulotlarni oʻtkazishda muayyan qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda. Jumladan, maktablarning aksariyatida musiqa fani uchun zarur boʻladigan asbob-anjomlar, koʻrgazmali materiallar yetarli emas, mavjud musiqiy cholgʻular eski, yaroqsiz holga kelib qolgan, shuningdek mutaxassislar yetishmayapti, sohaga doir darslik va oʻquv adabiyotlari talab darajasida emas. Xususan, Bektemir tumanidagi maktablarda musiqa fanining oʻqitilish darajasi oʻrganilganida tumanning 203, 289, 291-umumtaʼlim maktablarida musiqa fanining oʻqitilish darajasi past ekanligi maʼlum boʻldi. Bunday holat Sirdaryo, Navoiy va Buxoro viloyatlarida ham kuzatildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayrim hududlarda aholini toza ichimlik suv bilan taʼminlash masalasiga yetarlicha eʼtibor qaratilmayotganligi kuzatildi. Holbuki, aholi sonining muntazam ravishda oshib borishi natijasida ichimlik suvga boʻlgan talab ortayotganligi hududlarda yangi suv quvurlarini tortishni, shuningdek mavjudlarini qayta taʼmirlashni talab etmoqda. Ayrim yerlarda bunday kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish rejalari belgilangan boʻlishiga qaramay, ishlar nihoyasiga yetkazilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, Toshkent viloyati Qibray tumani Shalola mahallasida 2019-yilda “Obod qishloq” dasturi asosida ichimlik suv tarmoqlarini rekonstruksiya qilish boʻyicha loyiha doirasida muayyan ishlar boshlangan boʻlsa-da, shu kunga qadar yakuniga yetkazilmagan. Vaholanki, loyihada mazkur vazifalarni 2019-yilning dekabriga qadar yakuniga yetkazish, xususan, 2 dona koʻtarma nasos agregati oʻrnatish, 8 km uzunlikdagi suv quvurini tortish hamda mavjud suv inshootini rekonstruksiya qilish nazarda tutilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻrganishlar davomida aholini tashvishlantirayotgan yana boshqa qator masalalar ham aniqlandi hamda deputat va parlament nazorati shakllaridan samarali foydalangan holda ularning hal etilishi nazoratga olindi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqoridagilardan kelib chiqib, deputatlarning saylov okruglaridagi ishlar samaradorligini yanada oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari U. Inoyatovning “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarining joriy yil 29-aprel — 3-may kunlari saylov okruglarida oʻtkazgan uchrashuvlari yakunlari toʻgʻrisida”gi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. OʻzLiDeP fraksiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasining Oʻzbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirining hududlarda yangi oqova suv tarmoqlarini yaratish, markazlashgan kanalizatsiya tarmoqlarini kengaytirish, mavjudlarini qayta rekonstruksiya qilish va bu borada olib borilayotgan ishlar yuzasidan axborotini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisida eshitish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” DP fraksiyasining Qonunchilik palatasi majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻining “Taʼlim muassasalarida, ayniqsa maktablarda sanitariya qoidalari va normalariga, gigiyenik normativlarga rioya etilishi ustidan nazorat oʻrnatish boʻyicha olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axborotini eshitish haqidagi tashabbusi qoʻllab-quvvatlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston XDP va “Adolat” SDP fraksiyalarining majlisida Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining “Xalq taʼlimi tizimidagi taʼlim muassasalarining moddiy-texnika taʼminotini mustahkamlash hamda maktablarda musiqa fanining oʻqitilishini tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axborotini eshitish haqidagi taklif maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasiga respublika aholisini toza ichimlik suv bilan taʼminlash masalasini, xususan, Toshkent viloyatining Qibray tumani Shalola mahallasida 2019-yilda “Obod qishloq” dasturi asosida ichimlik suv tarmoqlarini rekonstruksiya qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarning holatini joyiga chiqqan holda oʻrganish va uning yakunlarini fraksiya majlisida mutasaddi vazirlik va idoralar masʼullari ishtirokida atroflicha koʻrib chiqish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kelgusida barcha deputatlarning saylov okruglarida oʻz saylovchilari bilan uchrashuvlarini tashkil etish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
deputatlarning saylov okruglarida olib borilgan uchrashuvlari yakunlarini oʻz majlislarida doimiy ravishda koʻrib chiqish va ularga tegishli baho berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saylov okruglarida aholi tomonidan koʻtarilgan masalalarni partiyaning dasturiy vazifalaridan kelib chiqqan holda, har tomonlama oʻrganish hamda zarur boʻlgan taqdirda tegishli qonunchilikka oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
deputatlarning saylov okruglaridagi uchrashuvlarini oʻtkazishga sifatli tayyorgarlik koʻrish uchun siyosiy partiyalar mintaqaviy boʻlinmalarining faolligini oshirish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saylov okruglaridagi navbatdagi uchrashuvlarda joylardagi muammolarni har bir fraksiya tomonidan aniq bir masala boʻyicha savolnoma asosida oʻrganish va ularning yechimiga qaratilgan takliflar ishlab chiqish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha deputatlarning saylov okruglarida oʻz saylovchilari bilan uchrashuvlarini belgilangan muddatlarda tashkil etish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz faoliyat yoʻnalishidan kelib chiqib, saylov okruglarida aholi tomonidan koʻtarilgan muammolarni chuqur oʻrgansin hamda agar ularni hal etish uchun zarur boʻlsa, tegishli qonunchilikka oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari U. Inoyatov zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 17-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
967-IV-son