24.05.2021 yildagi KQ-227-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarori, 24.05.2021 yildagi KQ-227-IV-son
Kuchga kirish sanasi
24.05.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sirdaryo viloyatidagi “Sardoba suv ombori” toʻgʻonida yuz bergan texnogen holat oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sirdaryo viloyatidagi “Sardoba suv ombori” toʻgʻonida yuzaga kelgan texnogen holat oqibatida talafot koʻrgan aholining uy-joylarini taʼmirlash, yangi uy joylar qurish hamda obodonlashtirish ishlari qisqa muddatda sifatli yakunlanib, hududlarda keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan 1 830 ta beton-panelli uyda qurilish-taʼmirlash ishlari bajarilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sardoba tumani “Doʻstlik” mahallasi hamda Mirzaobod tumani “Navbahor” va “Yangi Oʻzbekiston” mahallalarida 86 ta 2 640 xonadonli uy barpo etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy soha muassasalaridan 34 tasida qurilish-taʼmirlash ishlari amalga oshirilib, har bir tumanda 1 tadan yangi umumtaʼlim maktabi va maktabgacha taʼlim tashkiloti qurilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talafot koʻrgan mahallalar va yangi qurilgan uy-joy massivlari tabiiy gaz hamda elektr energiyasi bilan taʼminlangan, ichimlik va oqova suv tarmoqlari qurilib, ichki xoʻjalik yoʻllari taʼmirlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sardoba, Oqoltin, Mirzaobod tumanlarida yaroqsiz ahvolga kelib qolgan 98,6 kilometrlik irrigatsiya va melioratsiya obyektlari tiklanib, qishloq xoʻjaligi ekin maydonlari hamda aholi tomorqalari qisman suv bilan taʼminlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, oʻz yechimini kutayotgan ayrim masalalar mavjud.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida ishchi guruhlar tomonidan baliqchilik, chorvachilik, parrandachilik yoʻnalishidagi tadbirkorlik subyektlariga favqulodda hodisa oqibatida yetkazilgan zarar miqdorini hisoblash va qoplash choralarini koʻrish hamda irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlari boʻyicha qurilish-taʼmirlash ishlarini qisqa muddatda yakunlash talab etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sirdaryo viloyatida joylashgan “Sardoba suv ombori” toʻgʻonida yuzaga kelgan favqulodda hodisa oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2020-yil 1-maydagi F-5569-sonli farmoyishini, Sirdaryo viloyatidagi “Sardoba suv ombori” toʻgʻonidan suv toshishi oqibatlarini bartaraf etish va hodisa sabablarini oʻrganish boʻyicha Hukumat komissiyasining 2021-yil 27-apreldagi 01-05/1-1084-sonli sayyor yigʻilishi bayonida belgilangan tadbirlarni inobatga olib, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 9 va 16-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi hukumat komissiyasining 2021-yil 27-apreldagi 01-05/1-1084-son sayyor yigʻilishi bayoni maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida zarar koʻrgan baliqchilik, chorvachilik va parrandachilik yoʻnalishida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer xoʻjaliklari) tomonidan koʻrilgan zararlarni qoplash hamda irrigatsiya va melioratsiya obyektlarida amalga oshirilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlarini qisqa muddatda yakunlash uchun talab etiladigan mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan bosqichma-bosqich ajratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida favqulodda hodisa oqibatida zarar koʻrgan baliqchilik, chorvachilik va parrandachilik xoʻjaliklarini 2020-yil 1-maydan 2022-yil 1-noyabrga qadar barcha soliq toʻlovlaridan ozod qilish yuzasidan joriy yil 1-iyulga qadar tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda “2021-yil uchun Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar taqdim etish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklari bilan birgalikda Sirdaryo viloyati hokimligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi maʼlumotlari asosida zarar koʻrgan baliqchilik, chorvachilik va parrandachilik xoʻjaliklarini moliyaviy inqirozdan chiqarish maqsadida ushbu xoʻjaliklarga tijorat banklari tomonidan ajratilgan kreditlar boʻyicha asosiy qarz hamda hisoblangan foizlar toʻlanishini 2020-yil 1-maydan vaqtincha toʻxtatib turish masalasini oʻrganib, takliflar ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Sirdaryo viloyati hokimligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida zarar koʻrgan baliqchilik, chorvachilik hamda parrandachilik yoʻnalishida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer xoʻjaliklari) tomonidan koʻrilgan zararlarni qoplash hamda irrigatsiya va melioratsiya obyektlarida amalga oshirilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlari uchun budjet mablagʻlarini ajratish masalasini muhokama qilib tegishli qaror qabul qilish uchun xalq deputatlari viloyat Kengashiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika budjetidan mazkur tadbirlarga ajratilgan mablagʻlarning manzilli va maqsadli sarflanishi ustidan masʼul tashkilot, idoralar rahbarlari javobgarligi belgilansin hamda ushbu mablagʻlarni xalq deputatlari viloyat Kengashi qaroriga binoan qonunchilik talablariga muvofiq yoʻnaltirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika budjetidan ajratilgan mablagʻlarning sarflanishi yuzasidan har chorak yakuni bilan xalq deputatlari viloyat Kengashiga, Senatga hamda Hukumat komissiyasiga hisobot taqdim etib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida zarar koʻrgan tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini tegishli mutaxassislar bilan toʻliq va xolisona koʻrib chiqib, tahlil qilgan holda ular tomonidan koʻrilgan zararni qoplash yuzasidan tasdiqlovchi hujjatlarni Hukumat komissiyasiga taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi (E. Gadoyev) zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 24-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KQ-227-IV-son