24.05.2021 yildagi KQ-226-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarori, 24.05.2021 yildagi KQ-226-IV-son
Kuchga kirish sanasi
24.05.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayrim budjetdan tashqari maqsadli jamgʻarmalar mablagʻlarining shakllantirilishi va ulardan foydalanish samaradorligini oʻrganish natijalari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi faoliyatini rivojlantirish jamgʻarmasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasi hamda Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, xodimlarini ragʻbatlantirish va mukofotlash jamgʻarmasi mablagʻlarining shakllantirilishi, ulardan foydalanish samaradorligi oʻrganildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat test markazi faoliyatini rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil qilinishi natijasida soʻngi uch yilda test jarayonlarining oshkoraligi va shaffofligini taʼminlash, videokuzatuvlar orqali keng jamoatchilik hamda abituriyentlar ota-onalarining kirish test sinovlarini onlayn rejimida kuzatib borishlariga imkoniyat yaratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Test jarayonlarining shaffof va adolatli tarzda oʻtkazilishini taʼminlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun jamgʻarma mablagʻlari hisobidan 2018 — 2020-yillarda 93 mlrd 300 mln soʻm mablagʻ sarflangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻrganish va tahlillar amalga oshirilgan ishlar bilan birga jamgʻarma daromadlarini shakllantirish va ulardan foydalanishda qator xato-kamchiliklarga yoʻl qoʻyilganligini koʻrsatdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, 2019-2020 oʻquv yili qabuli test sinovlarida ishtirok etish uchun ariza topshirgan abituriyentlardan 896 mln 400 ming soʻm ortiqcha toʻlov undirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmaning 30,0 mlrd soʻm miqdoridagi mablagʻi inson omilini istisno etishni nazarda tutuvchi elektron saralash tizimisiz toʻgʻridan toʻgʻri tuzilgan kelishuvlar orqali tijorat banklari depozitlariga joylashtirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14 ta oliy taʼlim muassasasi tomonidan oshirilgan toʻlov-shartnoma tushumlari hisobidan jamgʻarmaga mablagʻ oʻtkazib berilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Test sinovlari jarayonlariga jalb etilganlarni bir mahal tushlik bilan taʼminlash boʻyicha test sinovlari oʻtkazilmagan kunlar uchun tushlik xarajatlari hisoblanib, 35 mln 100 ming soʻm mablagʻ maqsadsiz sarflangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijda malaka oshirish kurslarida ishtirok etgan xodimlarga kunlik xarajatlar uchun asossiz ravishda 19 mln 100 ming soʻm mablagʻ ortiqcha toʻlab berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonun talablariga rioya etilmasdan 5 ta holatda 11 mlrd 200 mln soʻmlik xaridlar amalga oshirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasi mablagʻlarining shakllantirilishi va sarflanishi oʻrganilganida quyidagi xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻyilganligi aniqlandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, tuman va shahar Aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari (keyingi oʻrinlarda ABKM deb yuritiladi) tomonidan shakllantirilgan haq toʻlanadigan yigʻma buyurtmalarning moliyalashtirilishi bir necha qismlarga boʻlingan holda 306 ta holatda 2 oydan ortiq muddatga kechiktirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26 ta tuman va shahar ABKMga haq toʻlanadigan jamoat ishlarining 2020-yil uchun xarajatlar smetasiga nisbatan 259 mln 500 ming soʻm mablagʻ ortiqcha moliyalashtirilib berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayrim tuman va shahar ABKM tomonidan 2020-yili jamoat ishlari samarali tashkil etilmaganligi natijasida ajratilgan mablagʻlardan yil yakuniga qadar foydalanilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman va shahar ABKM tomonidan amalda ishsiz deb eʼtirof etilmagan, haqiqatda ish bilan band boʻlgan 93 nafar fuqaro jamoat ishlariga jalb etilishi natijasida 93,0 mln soʻm mablagʻ noqonuniy sarflangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Naslchilik ishi va sunʼiy urugʻlantirishni tashkil etishga jalb etiladigan texnik-osemenator soni Moliya vazirligi bilan kelishilmasdan, 2020-yil davomida har oyda oʻrtacha 1 240 nafar fuqaro hududiy “Chorvanasl” markazlari tomonidan jamoat ishlariga jalb etilib, ularga jamgʻarma mablagʻlaridan 22 mlrd 100 mln soʻm ish haqi toʻlab berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻnggi 2 yilda oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida 10 mlrd soʻmdan ortiq jamgʻarma mablagʻlari noqonuniy sarflanganligi aniqlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday holatlarga Andijon, Buxoro, Jizzax, Namangan, Samarqand viloyatlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasida yoʻl qoʻyilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻrilgan choralar natijasida noqonuniy sarflangan 1 mlrd 120 mln soʻm jamgʻarmaga qaytarilib, 1 mlrd 929 mln soʻm miqdoridagi mablagʻning noqonuniy sarflanishi oldi olinib, huquqiy baho berish uchun prokuratura organlariga yuborilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, xodimlarini ragʻbatlantirish va mukofotlash jamgʻarmasi mablagʻlaridan samarali foydalanishda quyidagi xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻyilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yilda jamgʻarmaning boʻsh turgan mablagʻlarini oʻrnatilgan tartibda tijorat banklari depozitlariga joylashtirish orqali qoʻshimcha kamida 3,0 mlrd soʻm miqdorida daromad olish imkoniyati boʻlsa-da, ushbu imkoniyatdan foydalanilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga xarid qilingan avtotransport vositalari oynalarini qoraytirishga moʻljallab olingan 7 mlrd 600 mln soʻmlik plyonka mahsulotidan samarali foydalanish yoki oʻrnatilgan tartibda sotish orqali mablagʻlarni jamgʻarmaga qaytarish boʻyicha zarur choralar koʻrilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonun talablariga rioya qilinmasdan 5 ta holatda umumiy miqdori 6 mlrd 400 mln soʻmlik xaridlar amalga oshirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xarid qilingan tovar va xizmatlar, amalga oshirilayotgan loyihalar va boshqa xaridlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tashkilot veb-saytiga joylashtirib borilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi raisi E. Gadoyevning budjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlarining shakllantirilishi va ulardan foydalanish samaradorligi toʻgʻrisidagi axborotini inobatga olib, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunning 8-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrganishda aniqlangan xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻygan tegishli rahbar hamda xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralarini koʻrib, kelgusida budjet va budjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlarini shakllantirish, ulardan samarali foydalanish boʻyicha mutasaddilar masʼuliyati oshirilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan taqsimotga muvofiq 2018/2019 oʻquv yili toʻlov-shartnoma tushumlari hisobidan 14 ta oliy taʼlim muassasasi tomonidan Davlat test markazi faoliyatini rivojlantirish jamgʻarmasiga mablagʻlarning ajratilmasligi holatini oʻrganib, mazkur Qaror ijrosini nazoratga olsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu band ijrosi yuzasidan bir oy muddatda Oliy Majlis Senatiga axborot kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (M. Karimov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun test sinovlari jarayonlarini tashkil etishda jamgʻarma mablagʻlari sarflanishi talablarining buzilishiga, mablagʻlarni tijorat banklari depozitlariga joylashtirishda, xorijda malaka oshirgan xodimlarga ortiqcha mablagʻlarning toʻlanishiga yoʻl qoʻygan masʼul xodimlarga nisbatan tegishli choralar koʻrib, xato-kamchiliklarni kelgusida takrorlamaslik yuzasidan tegishli tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda 2019/2020 oʻquv yili qabuli test sinovlarida ishtirok etish uchun ariza topshirgan abituriyentlardan ortiqcha undirilgan 740 mln 100 ming soʻm miqdoridagi mablagʻdan maqsadli foydalanishni taʼminlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu band ijrosi boʻyicha 2021-yil 1-iyulga qadar Oliy Majlis Senatiga batafsil axborot bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov) bir oy muddatda jamoat ishlarini tashkil etishda hududlardan taqdim etilayotgan buyurtmalarning kechiktirib moliyalashtirilishi, markazlarga xarajatlar smetasiga nisbatan ortiqcha mablagʻlarning yoʻnaltirilishi, naslchilik ishi va sunʼiy urugʻlantirishni tashkil etishda belgilangan tartibga rioya qilinmaganligi, markazlar tomonidan jamoat ishlarining samarali tashkil etilmasligi hamda buning oqibatida yirik miqdordagi jamgʻarma mablagʻlarining hisob raqamlarda boʻsh turib qolishi, mablagʻlarning noqonuniy sarflanishi holatlariga yoʻl qoʻygan barcha masʼul xodimlarga tegishli intizomiy choralar koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tuman (shahar) hokimining birinchi oʻrinbosarlari tomonidan har oyda bir marta tuman (shahar) Aholi bandligiga koʻmaklashish markazining haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish boʻyicha buyurtmalarini shakllantirish va mablagʻlar ajratish hamda ulardan samarali foydalanish ishlarini muvofiqlashtirib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) bir oy muddatda boʻsh turgan jamgʻarma mablagʻlarini tijorat banklari depozit hisob raqamlariga joylashtirib qoʻshimcha daromad olish, plyonka mahsulotidan foydalanish orqali jamgʻarma mablagʻlarini tiklash, qonun talablariga rioya qilinmasdan davlat xaridlarini amalga oshirish va mavjud xaridlar, xizmatlar, qoʻllanilayotgan loyihalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni veb-saytga joylashtirmaslik kabi xato-kamchiliklarga yoʻl qoʻygan barcha masʼul xodimlarga tegishli choralar koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarda haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish boʻyicha har chorak va yil yakuni bilan belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan hududiy bandlik bosh boshqarmalari va uning tuman (shahar) boʻlimlari rahbarlarining hisobotini eshitib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
haq toʻlanadigan jamoat ishlariga haqiqatda ishsiz boʻlgan, shu jumladan “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” hamda “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalar aʼzolarining jalb etilishiga alohida eʼtibor qaratish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi (E. Gadoyev), Senat devoni Davlat budjeti va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini tahlil qilish boshqarmasi (X. Abduvoxidov) ushbu Qaror ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida 2021-yil 1-avgustga qadar Senat Kengashiga umumlashtirilgan axborot taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 24-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KQ-226-IV-son