26.05.2021 yildagi PQ-5125-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 02.11.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

Hududlarda maktabgacha taʼlim xizmatlarini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qamrov darajasi past boʻlgan tumanlarda maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish, ular uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, 3 — 7 yoshli bolalarga taʼlim-tarbiya xizmatlarini koʻrsatish sifatini yaxshilash hamda sohada nodavlat sektorining ulushini oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2021-2022-yillarda maktabgacha taʼlim xizmatlarini kengaytirish bilan bogʻliq chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun Moliya vazirligiga Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hisobidan 100 million AQSH dollari miqdorida mablagʻlar ajratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, mazkur qarorning 1-bandida koʻrsatilgan mablagʻlar:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligiga foizsiz 2026-yilda qaytarish sharti bilan ajratiladi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-noyabrdagi PQ-5272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2021-y., 07/21/5272/1010-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ajratilayotgan mablagʻlarni qaytarish Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-noyabrdagi PQ-5272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2021-y., 07/21/5272/1010-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Moliya vaziri T. Ishmetov boshchiligida Qamrov darajasi past boʻlgan tumanlarda maktabgacha taʼlim xizmatlarini rivojlantirish boʻyicha komissiya (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) ilovaga muvofiq tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish boʻyicha loyihalarni odillik va shaffoflik tamoyillari asosida tanlash va moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini qurish va jihozlash boʻyicha manzilli dasturlarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabgacha taʼlim bilan qamrov darajasini oshirish maqsadlariga ajratilayotgan markazlashgan mablagʻlardan manzilli va samarali foydalanishini taʼminlash, sohada amalga oshirilayotgan loyihalarni doimiy tahlil qilib borish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish boʻyicha zarur choralarni koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabgacha taʼlim xizmatlarini kengaytirish bilan bogʻliq chora-tadbirlarni moliyalashtirishda korrupsiya holatlariga, ortiqcha sarsongarchilik va qogʻozbozlikka yoʻl qoʻymaslik.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Komissiya (T. Ishmetov) mazkur qarorga muvofiq belgilangan vazifalar doirasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida axborotni har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov va B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 26-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-5125-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-maydagi PQ-5125-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qamrov darajasi past boʻlgan tumanlarda maktabgacha taʼlim xizmatlarini rivojlantirish boʻyicha komissiya
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI

1.

T.A. Ishmetov

moliya vaziri, Komissiya raisi

2.

A.V. Shin

maktabgacha taʼlim vaziri, Komissiya raisining oʻrinbosari

3.

B.O. Onorboyev

Vazirlar Mahkamasi kotibiyati mudiri

4.

A.M. Boboyev

iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining oʻrinbosari

5.

N.B. Xusanov

bandlik va mehnat munosabatlari vaziri

6.

B.I. Zokirov

qurilish vaziri

7.

A.A. Kamalov

Markaziy bank raisining oʻrinbosari

8.

Lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining birinchi oʻrinbosari, viloyatlar hokimlarining birinchi oʻrinbosari

9.

A.B. Eshchanov

Moliya vazirligi departament direktori, Komissiya masʼul kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga mazkur lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.05.2021-y., 07/21/5125/0503-son, 02.11.2021-y., 07/21/5272/1010-son)