Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.08.2008 17.06.1997 yildagi 302-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.08.2008
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“OʻZDEUAVTO” AJ MAHSULOTINI EKSPORT QILIShNI RAGʻBATLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 11-avgustdagi 180-sonli “Vazirlar Mahkamasining “OʻzDEUavto” AJ mahsulotini eksport qilishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 17-iyundagi 302-son qarorini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash haqida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi bozorlarda Vatanimizda ishlab chiqarilgan avtomobillar sotilishini taʼminlovchi yetarli shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, 1997-yil 1-iyungacha boʻlgan holatiga koʻra:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“OʻzDEUavto” AJning ishlab chiqarish hajmi soatiga 30 avtomobil ishlab chiqarish darajasiga yetdi, bu loyihadagi quvvatga chiqish dasturiga mos keladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida “OʻzDEUavto” AJning 11 shuʼba va qoʻshma korxonasi tuzilgan va ular faoliyat koʻrsatmoqda, avtomobillarni konsignatsiya shartlarida erkin muomaladagi valyutaga sotish sxemasi sinab koʻrildi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“OʻzDEUavto” AJ tomonidan “Oʻzavtosanoat” uyushmasi va “DEU” korporatsiyasi bilan birgalikda tannarxni pasaytirish, narx boʻyicha raqobatbardoshlikni taʼminlash, ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning isteʼmol xususiyatlarini yaxshilash yuzasidan tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, qayta eksport tariqasida “OʻzDEUavto” AJ tomonidan oʻz shuʼba va qoʻshma korxonalari ustav jamgʻarmasiga qoʻshish uchun, shuningdek xorijda avtomobillarga kafolatli va servis xizmati koʻrsatish uchun olib chiqib ketilayotgan uskunalar, asboblar, ehtiyot qismlar, asosiy va yordamchi materiallar aksiz soligʻi toʻlashdan ozod qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-iyundagi 235-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻRQ, 2002-y., 11-12-son, 96-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 1997-yil 20-iyundan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“OʻzDEUavto” AJning rasmiy dileri maqomiga ega boʻlmagan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan olib chiqib ketiladigan Vatanimizda ishlab chiqarilgan avtomobillarga dvigatel hajmining 1 kub santimetriga 3 EKYu miqdoridagi stavka boʻyicha aksiz soligʻi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtotransport vositalarini qayta sotishda avtomobil komission bahosining 10 foizi miqdorida soligʻning cheklangan stavkasi belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Oʻzbeksavdo” uyushmasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda “OʻzDEUavto” AJda ishlab chiqarilgan avtomobillarni jismoniy shaxslar oʻrtasida oldi-sotdi qilishda ularni komission baholash qoidalarini ishlab chiqsin va joriy etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1997-yil 17-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
302-son