Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq:
1. 2020-yil 15-dekabrda Toshkent va Moskva shaharlarida imzolangan “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati oʻrtasida ichki ishlar organlarining vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha axborot hamkorligi va elektron shaklda oʻzaro axborot almashish toʻgʻrisida”gi Bitim tasdiqlansin.
2. Ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli organi etib Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi belgilansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi toʻgʻrisida Rossiya tomoniga tegishli bildirishnoma yoʻllasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov xamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 19-may,
PQ-5115-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2021-y., 07/21/5115/0476-son)