24.04.2021 yildagi SQ-284-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq deputatlari Uychi tumani Kengashining 2021-yil 13-yanvardagi “Uychi tuman hokimining 2012-yil 12-martdagi 217-sonli, 2015-yil 19-noyabrdagi 1140-sonli, xalq deputatlari tuman Kengashining 2020-yil 20-martdagi 14/03-06-sonli, tuman hokimining 2020-yil 25-martdagi 222-sonli qarorlarini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida”gi 86/22-06-sonli qarorini oʻrganish natijalari haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Namangan viloyati Uychi tumanidagi “Dedamirza Tojiddin” fermer xoʻjaligiga yer maydoni ajratish toʻgʻrisidagi qarorlarning xalq deputatlari Uychi tumani Kengashining 2021-yil 13-yanvardagi 86/22-06-sonli qarori bilan bekor qilinganligi holati Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi tomonidan oʻrganib chiqildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aniqlanishicha, Uychi tumani hokimining 2012-yil 12-martdagi 217-sonli qaroriga asosan “Dedamirza Tojiddin” fermer xoʻjaligiga 47,5 gektar yer maydoni ajratilgan hamda 2015-yil 19-noyabrdagi 1140-sonli qarori bilan yer maydoni optimallashtirilib, jami 53,1 gektarni tashkil etgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biroq Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-oktabrdagi 476-sonli qarori bilan tasdiqlangan Yer uchastkalarini fermer xoʻjaliklariga uzoq muddatli ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq taraflar oʻrtasida yer ijara shartnomasi tuzilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunning:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-moddasida yer uchastkalari berilganda fermer xoʻjaligi oʻz zimmasiga qishloq xoʻjalik ekinlarining hosildorligi (uch yil uchun oʻrtacha yillik hosil hisobida) qonun hujjatlarida belgilangan normativ hosildorlikdan kam boʻlmasligini taʼminlash majburiyatini olishi, bu majburiyat yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasida mustahkamlab qoʻyilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-moddasida fermer xoʻjaligi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin tashkil etilgan deb hisoblanishi hamda uning muassisi yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish toʻgʻrisida shartnoma tuzishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-moddasida esa yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi fermer xoʻjaligining boshligʻi va tuman hokimi tomonidan imzolanishi belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer kodeksining 36-moddasiga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkasidan oqilona foydalanilmaganda, bu qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar uchun hosildorlik darajasi uch yil mobaynida normativdan (kadastr bahosiga koʻra) past boʻlganda butun yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga egalik qilish huquqi yoxud undan doimiy yoki muddatli foydalanish huquqi, shuningdek yer uchastkasini ijaraga olish huquqi bekor qilinishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tomonlar oʻrtasida nizo mavjud boʻlganda yer uchastkasiga egalik qilish huquqini yoki yer uchastkasidan doimiy yoxud vaqtincha foydalanish huquqini bekor qilish belgilangan tartibda sud tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shunga qaramasdan, amaldagi qonunchilikka zid ravishda tuman hokimining 2012-yil 12-martdagi 217-sonli hamda 2015-yil 19-noyabrdagi 1140-sonli “Dedamirza Tojiddin” fermer xoʻjaligiga yer maydoni ajratish toʻgʻrisidagi qarorlari xalq deputatlari tuman Kengashining 2021-yil 13-yanvardagi qaroriga asosan bekor qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunning 29-moddasiga muvofiq davlat fermer xoʻjaliklarining huquqlariga rioya etilishini va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini kafolatlaydi. Davlat organlari fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish va mustahkamlashga koʻmaklashishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, oʻrganishlar natijasida Namangan viloyati prokuraturasi, viloyat qishloq xoʻjaligi boshqarmasi, Uychi tumani adliya boʻlimi hamda Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari viloyat kengashi vakillarining taqdim etgan maʼlumotlarida ham mazkur masala yuzasidan qabul qilingan hujjatlarda qonunchilik talablari buzilganligi qayd etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida bayon etilganlarni inobatga olib, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 302-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Xalq deputatlari Uychi tumani Kengashining 2021-yil 13-yanvardagi “Uychi tuman hokimining 2012-yil 12-martdagi 217-sonli, 2015-yil 19-noyabrdagi 1140-sonli, xalq deputatlari tuman Kengashining 2020-yil 20-martdagi 14/03-06-sonli, tuman hokimining 2020-yil 25-martdagi 222-sonli qarorlarini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida”gi 86/22-06-sonli qarori qonunchilikka zid deb topilsin va bekor qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi (B. Tajiyev) zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur Qaror manfaatdor tomonlarga yuborilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 24-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SQ-284-IV-son