24.04.2021 yildagi SQ-286-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun yaratilgan shart-sharoitlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament soʻrovi natijalari haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2020-yil 20-noyabrdagi “Xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun yaratilgan shart-sharoitlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament soʻrovi natijalari haqida”gi SQ-181-IV-sonli Qarori ijrosi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, xotin-qizlar tadbirkorligi borasida yagona va yaxlit “Mahalla-Tuman (shahar)-Viloyat-Respublika” tizimi yoʻlga qoʻyilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yilda 5,5 ming nafar ayolning kichik biznes loyihalari uchun imtiyozli kreditlar asosida 102 mlrd soʻm mablagʻ ajratilib, xotin-qizlar uchun 4 364 ta yangi ish oʻrni yaratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joriy yilning shu davriga qadar “Ayollar daftari”ga kiritilgan, tadbirkorlik bilan shugʻullanmoqchi boʻlgan jami 69 877 nafar xotin-qizning 28 foiziga yoki 19 643 nafariga Xalq banki tomonidan 372,8 mlrd soʻm miqdorida imtiyozli kredit mablagʻlari ajratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklari hamda Savdo-sanoat palatasi tomonidan Tadbirkor ayollarga tashkiliy, ijtimoiy-huquqiy, moliyaviy, psixologik va boshqa turdagi koʻmaklashish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilib, ijroga qaratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq joylarida vaqtincha ishsiz ayollar va umumtaʼlim maktablari bitiruvchilarini tadbirkorlikka yoʻnaltirish, ularning moliyaviy savodxonligini oshirish uchun onlayn “Biznes klinikalar” tashkil qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik faoliyatini toʻxtatgan 16 500 nafar xotin-qizga bandlik, mehnat huquqi va mehnat muhofazasi masalalari boʻyicha maslahat xizmatlari koʻrsatilgan, 11 890 nafariga faoliyatini qayta boshlashda koʻmak berilib, oʻqish bilan bogʻliq xarajatlari qoplab berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amalga oshirilgan ishlar bilan birga xotin-qizlar tadbirkorligi masalalarida, xususan ularni kasbga yoki tadbirkorlikka oʻqitish, kreditlar ajratish hamda tadbirkorligini boshlagan ayollarga tovar va xizmatlarni realizatsiya qilishda koʻmaklashish orqali ularni daromad olish darajasiga olib chiqish kabi masalalarni muvofiqlashtirib borish boʻyicha yaxlit tizim yaratilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi yoki davom ettirmoqchi boʻlgan xotin-qizlarning “E-IJRO AUKSION” elektron tizimi boʻyicha xabardorligi yetarli darajada emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga joylarda tadbirkorlik faoliyatini boshlagan xotin-qizlarga mahsulot va xizmatlarni bozorga olib chiqishda muayyan toʻsiqlar mavjud.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida bayon etilganlarga asosan “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatim qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2020-yil 20-noyabrdagi SQ-181-IV-sonli Qaroriga muvofiq xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun yaratilgan shart-sharoitlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan berilgan javob maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Hunarmand uyushmasi bilan hamkorlikda 2021-yil yakuniga qadar Xotin-qizlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan elektron tijorat platformasini yaratish choralarini koʻrsin. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xotin-qizlar tadbirkorligiga oid barcha maʼlumotlarni joylash va doimiy yangilab borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xotin-qizlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun tayyor biznes namunalarni oʻz ichiga olgan boʻlimlarni (elektron kitoblar, audio va video qoʻllanmalar) tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xotin-qizlarni kasbga-hunarga oʻqitish, ularga kreditlar ajratish hamda tadbirkorligini boshlagan ayollarga mahsulot va xizmatlarni realizatsiya qilish orqali ularni daromad olish darajasiga olib chiqishgacha boʻlgan jarayonlarning monitoringi oʻtkazilishini taʼminlash nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, AT “Xalq banki”, Savdo-sanoat palatasi, Yoshlar ishlari agentligi, Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari, “Tadbirkor ayol” ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik qilish istagi boʻlgan xotin-qizlarni aniqlash, ularning tadbirkorlik yoʻnalishida moliyaviy savodxonligini oshirish, ularga kreditlar ajratish kabi yoʻnalishlarda mahallalar kesimida targʻibot ishlarini yanada kuchaytirsin va amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi masalasini har chorakda qoʻshma majlislarda muhokama qilib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalarda xotin-qizlarning biznes gʻoyalarini aniqlash va yuqori samarali tadbirkorlik loyihalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha ishlar samaradorligini oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik faoliyatini endi boshlayotgan tadbirkor xotin-qizlar bilan muntazam ravishda uchrashuvlar oʻtkazib, ularni qiynab kelayotgan muammolarni hal etish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda bir oy muddatda xotin-qizlar uchun qulay, bugungi kunda talab yuqori boʻlgan tadbirkorlikning zamonaviy turlari hamda ularning afzalliklari toʻgʻrisida ijtimoiy roliklar tayyorlanishi va namoyish etilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik orqali yuqori natijalarga erishayotgan xotin-qizlarning ijobiy tajribalarini keng ommalashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda ijtimoiy tadbirkorlik yoʻnalishida faol ish olib borayotgan tadbirkorlik subyektlari, nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganib, amaliyotga tatbiq etish boʻyicha Senatga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda xotin-qizlar uchun moʻljallangan oʻquv dasturlariga IT sohalari va frilanserlikni rivojlantirish, aqliy mehnat orqali daromad topishga oʻrgatishni nazarda tutuvchi yoʻnalishlarni kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda ikki oy muddatda hududlarda tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi yoki davom ettirmoqchi boʻlgan xotin-qizlarning “E-IJRO AUKSION” elektron tizimidan foydalanish malaka va koʻnikmalarini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqsin va amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Davlat soliq qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shugʻullanish istagidagi tadbirkor ayollar uchun bojxona va soliq imtiyozlari, preferensiyalar haqida doimiy ravishda seminarlar tashkil etib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi (M. Kadirxanova) zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 24-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SQ-286-IV-son